Aniq va tabiiy fanlar


Download 4.28 Mb.
bet39/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Nazorat savollari:


    1. Yog’ochga ishlov berish xavfsizlik texnikasi

    2. Temirga ishlov berish xavfsizlik texnikasi



Foydalanilgan adabiyotlar


  1. R.Sh.Berdiqulov, Sh.M.Mirkomilov, A.Yu. Iskandarov. Anorganik Texnologiya . Toshkent. 2018.

  2. Axmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov. Umumiy va anorganik Texnologiya. Toshkent: Uzbekistan, 2003.

  3. Yu.T.Toshpulatov, Sh.S. Isxokov Anorganik Texnologiya. Toshkent: Ukituvchi, 1992.

  4. O.M. Yoriyev va b. Umumiy va noorganik Texnologiyadan masala va mashklar tuplami. Toshkent. 2008.



12-mavzu YOG’OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI (4 soat)




Reja:

  1. Yog‘ochning turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari

  2. Yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari

Tayanch so’zlar: Yog‘ochga ishlov berish, dastgoh,chilangarlik, Loyiha, Loyihalarni boshqarish bo’yicha bilimlar, Tejamkor Olti Sigma, texnologik jarayon, Texnologiya va dizayn, Servis xizmati, daraxt, buta..

Yog‘och tayyor qurilish materiali bo‘lib, u xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ko‘lamda ishlatiladi. Yog‘och duradgorlikda ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. Undan qurilish va inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, kimyo va ko‘mir sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari tayyorlash va boshqa sohalarda foydalaniladi.


Yog‘ochning keng ko‘lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xossalarining yuqoriligidir. Yog‘ochni ishlash oson, vazni engil, puxtaligi yuqori, issiqlik va elektrni yomon o‘tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez emirilmaydi, ko‘pchilik yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lib, puxta elimlanuvchan bo‘ladi va yaxshi pardozlanadi. Ammo yog‘ochning ayrim kamchiliklari ham bor: temperatura, namlik
o‘zgarishi natijasida yog‘och qurib tob tashlaydi, nam tortib shishadi, eshilib-toblanadi, yoriladi va hokozo. Yog‘ochning puxtaligi, qattiqligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yo‘nalishda turlichadir, yog‘ochning mexanik xossalari nam ta’sirida keskin kamayadi. Yog‘och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning emirishiga qarshilik ko‘rsata olmaydi.
Hozirgi kunda yog‘och ishlash korxonalarida tabiiy yog‘och o‘rnini oladigan yangi tur materiallar ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda. Yog‘och ishlash korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindilardan: arra qipig‘i va payraxalaridan presslash yo‘li bilan tayyorlanadigan yog‘och tayyorlanayotgan yog‘och materiallar tabiiy yog‘ochlarda

uchraydigan har xil nuqsonlardan, kamchilik- lardan holi, puxtalik jihatidan ustun bo‘lib ayrim hollarda metall o‘rnini ham olmoqda.
Yog‘och deb daraxtning tanasi, butoqlari, novdalari va ildizlarining asosiy qismini hosil qiluvchi qismiga aytiladi. (36-rasm). Daraxtning yog‘och hosil qiluvchi tanasi o‘zak, yog‘ochlik tola, po‘stloqdan iborat bo‘ladi.
Yog‘och uch xil yo‘nalishda kesib tekshiriladi.

    1. daraxt tanasining ko‘ndalang

kesmasi;

    1. daraxt tanasining markazidan uning radiusi yoki diametri bo’ylab uzunasiga o‘tgan radial kesmasi;

    2. daraxt tanasining markazidan o‘tmay, aylana vatari bo’ylab uzunasiga o‘tgan tangental kesmasi.

Shu bilan birga yog‘och to‘qimalari o‘zida tegishli moddalarni to‘plab o‘sib boradi. Yog‘och- ning o‘sishi

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling