Aniq va tabiiy fanlar


Yog‘ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari


Download 4.28 Mb.
bet37/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Yog‘ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari


Maktab ustaxonalarida belgilangan ichki tartib qoidalariga rioya qilish zarur.
Mashg‘ulot boshlanishidan oldin ish kiyimini kiyish kerak. Ustaxonaga qo‘ng‘iroq chalinmasdan oldin kelish, har bir o‘quvchining qo‘lida kundalik, daftar, darslik, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich bo‘lishi shart.

Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida ish o‘rinlarmmg taxminiy joylanish rejasi: 1- o‘qituvchining ish o‘rni; 2- qo‘l yuvgich; 3-aptechka, 4-asbob-uskuna va materiallar jovoni; 5-kunda, 6-dastgohlar; 7-devor soati; 8-o‘quv-ko‘rgazma qurollari jovoni; 9- bo‘yoqchilik stoli; 10, 11, 12, 13, 14- frezerlash, parmalash, yog‘och ishlash tokarlik stanoklari, randalash, arralash stanoklari; 15-charx; 16-materiallar tokchasi


Mashg‘ulot boshlanishida har kim o‘zining ish o‘rnini ko‘zdan kechirishi va uni ishlash uchun taxt qilishi lozim. Shuningdek, hamma o‘z ish o‘rnida ishlashi va o‘qituvchining ruxsatisiz hech kim u yerdan ketmasligi kerak. Asboblarni, moslamalarni va uskunalarni ehtiyotlab saqlash, ashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish zarur. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ishni to‘xtatish va uning tushuntirishlarini diqqat- e’tibor bilan tinglash kerak.


Tanafius vaqtida deraza darchalarini ochib qo‘yib, so‘ng ustaxonadan chiqish lozim. Tanaffusdan keyin har kim o‘zining ish o‘rniga keladi va ishlashni davom ettiradi. Ish tugagach asboblar, moslamalar, materiallar artib tozalanadi va joy-joyiga
qo‘yiladi, ish o‘rni yig‘ishtiriladi, tayyorlangan buyum topshiriladi, kiyimlar tozalanadi va qo‘llar yuviladi. O‘qituvchi ruxsat berganidan keyingina ustaxonadan chiqish mumkin.
Ustaxonada barcha mehnat topshiriqlarini bajarishda ishning xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilib olish va ularni aniq bajarish lozim. Bu qoidalar quyidagilardan iboratdir:

  1. Ish kiyimi to‘g‘ri kiyilganini tekshirish (xalatlarning qo‘l va old tugmalari qadalgan, galstuklar echib qo‘yilgan bo‘lishi kerak), sochni tartibga keltirib, ixcham qilib olish, ro‘mol va bo‘yinbog‘ uchlarini qistirish.

  2. Ish o‘rnining ahvolini tekshirish, asboblarning borligi va ishlatishga tayyorligini aniqlash.

  3. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnidan uzoqlashmaslik.

  4. Asboblar va ashyolarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish.

  5. O‘qituvchining ruxsatisiz dastgohlarda ishlamaslik. Tuzilishi o‘rganilgan uskunalardangina foydalanish.

  6. Faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish, ularni o‘z o‘rnida ishlatish. Asboblarni ish o‘rniga ulardan foydalanish uchun qulay holatda joylashtirish.

  7. Ishni yakunlangandan keyin ish qurollarini ko‘zdan kechirish kerak. Nosoz asboblar to‘g‘risida o‘qituvchi ogohlantirilishi kerak.

8 . Ish o‘rnini payraxa va qipiqlardan maxsus cho‘tka bilan tozalash.
9. Mehnat xavfsizligi qoidalari buzilgan yoki jaroxatlanish yuz bergan hollarda darrov o‘qituvchiga xabar qilish.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling