Aniq va tabiiy fanlar


-rasm. O‘sib turgan daraxt qismlari. rasm


Download 4.28 Mb.
bet40/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

36-rasm. O‘sib turgan daraxt qismlari.





  1. rasm. Yog‘och tanasining ko‘ndalang qirqimi: 1-o“zak, 2-o“zak nurlari, 3-yadro, 4- po“kak qatlami, 5-lub qatlami, 6-po“stloqosti, 7- kambiy, 8-yillik qatlamlar.

uning ko‘ndalang qismidagi yillik halqalaridan ko‘rinadi (37-rasm).
Bu halqalar soni shu yog‘ochning yoshini bildiradi. Har bir daraxtning yog‘ochi uning og‘irligini ko‘tarib turish, turli ta’sirlarga chidam- liligini ta’minlash vazifalarini ham bajaradi. Daraxtning tanasi, butoqlari, shohlari, novdalari va ildizi uning yog‘och qismini tashkil qiladi. Daraxtning tanasi uning asosiy yo‘g‘on yog‘och qismi bo‘lib, ildizlar bilan barglar orasidagi modda almashinuvini ta’minlash hamda daraxtning yerdan ustki qismini ko‘tarib turish vazifalarini bajaradi.

Yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari


Xodalarni tilish (bichish) yoli bilan arralangan materiallar olinadi, ulardan esa arralangan tanavorlar (zagotovkal) tayyorlanadi. Arralangan detallar tanavorlardan xodalarning o‘zini arralab (tilib) olinadi.
Arralangan materiallar (38-rasm) muayyan o‘lchamli va sifatli arralangan mahsulot bo‘lib, ikkita parallel yassi yuzasi (qatlami) bo‘ladi. Arralangan

38-rasm. Arralangan materiallar assortimenti:
a-plastinka; b-choraktalik;d-tozalab qirqilgan taxta; e-cheti qirqilgan reyka; f-ikki qirrali brus; g-tozalab qirqilgan brus; h-kapantaxta;
i-uch qirrali brus; g‘-shpala.
materialar radial va tangentsial ko‘rinishda tilingan bo‘lishi mumkin.
Randalangan taxta deb, loaqal bitta yuzasi yoki chetiga randalab yoki frezalab ishlov berilgan materialni aytiladi.
Sinab ko‘rish usuli bilan yog‘ochning ko‘rinishi va yaroqliligi va yaroqsizligi hamda qattiq-yumshoqligi, zichligi, hamda xar turli tashqi ta’sirlarga chidamliligi aniqlanadi.
Yog‘ochning qattiqligini unga o‘zidan qattiq buyumlarning uchini, tig‘ini, qirrasini ma’lum miqdordagi kuchlar bilan botirib ko‘rish orqali, aniqlanadi. Bunda har bir maqsad uchun ishlatiladigan eng qulay qattiqlikdagi yog‘och sifatli hisoblanadi.
Yog‘ochning qancha og‘irlikni egilmasdan ko‘tarib tura olishini, undan imoratlar, ko‘priklar va shu kabilar qurishda asosan tajriba yo‘li bilan hamda tegishli hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Bunday tajriba va hisob kitoblar asosida xar bir maqsad uchun qanday yo‘g‘onlikdagi va uzunlikdagi yog‘ochni ishlatish kerakligi aniqlanadi.
Yog‘och daraxtni hosil qiluvchi asosiy material bo‘lib, daraxt tanasidagi suv va boshqa moddalarni kerakli yo‘nalishlarda o‘tkazib turish xususiyatiga ega, ham da uziga tushayotgan og‘irlikni ko‘tarib turish vazifasini bajaradi. Daraxt kesilgandan keyin yog‘och tuqimalari orasidagi suv harorat ta’sirida tashqariga chiqish natijasida yog‘och Quriy boshlaydi. Bunda suv yog‘ochning hamma to‘qimalari orasidan bir tekisda va bir xil vaqt oraliqlarida chiqib tursa, yog‘och tanasi yorilmasdan quriydi. Agar aksincha yog‘ochning biror qismidagi to‘qimalari orasidan suv ko‘proq, boshqa qismidan esa

kamroq tashqariga chiqa boshlasa hamda bundan tashqari, yog‘ochning turli qismlaridagi suv tash- qariga bir vaqtda chiqmasa, yog‘och tanasi bir tekis qurimaydi. Buning nati- jasida yog‘och tanasida yoriqlar paydo bo‘lishi, yog‘ochning buralish yoki bukilisll llodisalari kelib chiqadi (39- 3,_rasm. Yog-oclmmg yorilishi, rasm).


Bunday hollarning oldini olish uchun
yog‘ochni to‘g‘ri quritish qoidalariga rioya qilinadi. Buning uchun xo‘l yog‘ochni to‘g‘ri holatda kerakli og‘irlikdagi yuk bilan bostirib quyish va uning sirtiga havo oqimi bir tekisda tegadigan bo‘lishini ta’minlash hamda to‘liq qurigincha shunday holatda saqlash kerak.
Bundan tashqari, agar yog‘ochni biror buyumni yasash uchun kerakli shaklda etarli xolatga keltirish lozim bo‘lsa, xo‘l yog‘ochni kerakli shaklini hosil qilgan xolatga keltirib, tegishli og‘irliqdagi yuk bilan bostirib yoki tegishli moslamalar bilan mahkam uning sirtiga havo oqimi bir tekisda bo‘lishini ta’minlab, qurigancha shunday xolatda saqlanadi.
Yog‘ochning qattiqligini aniqlashning eng oddiy usuli unga mix qoqib ko‘rishdan iborat. Oddiy mixni qayrag‘och, eman, shamshod, nok, akastiya kabi qattiq yog‘ochlarga qoqib bo‘lmaydi, tol, terak, qarag‘ay kabi yumshoq yog‘ochlarga esa asosan qoqiladi.
Hamma yog‘och turlari yaxshi yonadigan material xisoblanadi. Shuning uchun yog‘ochdan tayyorlangan maxsulotlarni yong‘indan saqlash choralari ko‘riladi. Ustaxonada yong‘in chiqishiga qarshi barcha talablarni vaqti bilan bajarib borish shart.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling