Mahalliy uylardagi muvozanat koeffitsienti
|
|
YOz
|
|
|
Qish
|
|
Uylar
|
Rn, iz/sm2
|
Rn+RHR,iz/sm2
|
G‘
|
Rn, iz/sm2
|
Rn+RHR, iz/sm2
|
F
|
*TBU
|
10
|
27
|
0,37
|
17
|
28
|
0,6
|
PG‘U
|
32
|
70
|
0,45
|
45
|
70
|
0,64
|
KMU
|
48
|
120
|
0,4
|
92
|
140
|
0,66
|
Erto‘la
|
185
|
380
|
0,48
|
210
|
380
|
0,56
|
*TBU - temir betonli va betonli uylar, PG‘U - pishiq g‘ishtli uylar, KMU -kesakli yoki sinchli mahalliy uylar.
YOz faslida F qiymati 0,37-0,48 ga, qishda esa 0,56-0,66 ga tengligi anikdandi. Agar F=0,5 bo‘lganda, uydagi RHA, ARn=500 Bk/m3 bo‘lsa, u paytda RH qiymati 250 Bk/m3 teng bo‘ladi. Agar F=0,4 bo‘lsa, u holda «yashirin energiya», ya’ni RH 200 Bk/m3 ga teng bo‘ladi.
YUqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, mahalliy uylardagi muvozanat koeffitsienti 0,4-0,7 oraliqsa ekan. Bu erda muvozanatning buzilishiga - xonada havoning aylanishi va iflosligi, RHning aerozollarga va boshqa yuzalarga o‘tirib qolishi sababchidir. Muvozanat koeffitsienti bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblashlarda uning o‘rtacha qiymatini F = 0,5 ga teng deb olindi.
6.3.2. Uy va binolardagi radon mikdorini o‘lchash
Toshkent shahri va viloyatida joylashgan uylar, ishchi va ishlab chiqarish binolari havosidagi radon-222 hajmiy aktivligi SR-39 detektorli kamera (6.4-a rasm) yordamida o‘lchandi va o‘lchash vaqgida binolarning qurilish materiallariga, qavatlar soniga, yil mavsumiga va geografik joylashishiga e’tibor berildi. SHuning uchun o‘lchanayotgan tajriba ob’ektlari, ya’ni xonadon va binolar qurilshp materiallari turiga qarab, shartli ravishda bir necha xil konstruksiyalarga bo‘lindi:
-temir betonli va betonli uylar (TBU)
-pishiq g‘ishtli uylar (PG‘U)
-kesakli yoki sinchli mahalliy uylar (KMU)
-yashlab chiqarish korxonalari yoki ish xonalari (ICHK)
-ma’muriy va maishiy binolar (MMB).
Do'stlaringiz bilan baham: |