Aniqlash usullari


SR-39 detektorli radon o‘lchash kameralari


Download 1.61 Mb.
bet103/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

6.3.1. SR-39 detektorli radon o‘lchash kameralari
Radon va uning hosilalarining α-nurlanishini o‘lchash uchun oddiy, ixcham, kerakli miqsorda va tez tayyorlash mumkin bo‘lgan, ikki xilssilindrsimon hajmdagi plastik idishlardan (plastik stakanlar) va SR-39 detektorlaridan foydalanildi. Ikki xil hajmdagi plastik idishlarning sxematik ko‘rinishi 6.4-rasmda keltirilgan.



6.4-rasm. Radoshshng hajmiy aktivligini (a) va eksxalyasiya tezligini (b)

o‘lchashga mo‘ljallangan plastik kameralarning sxematik ko‘rinishi.
6.4-rasmga ko‘ra, ulardan birinchisi, havodagi radonning hajmiy akgivligini (a), ikkinchisi, esa radonning eksxalyasiya tezligini o‘lchashga mo‘ljallangan (b). Birinchi va ikkinchi kameralarning og‘iz diametri bir xil Ø = 6,0 sm, balandligi esa h =7 va 13 sm bo‘lib, hajmlari mos holda 140 va 280 sm3 ni tashkil qiladi. Birinchi kameraning yuqori qismiga SR-39 detektori (2,5x2,5 sm2) mahkamlansa, ikkinchi kameraga ikkita SR-39 detektorlari yuqori va pastki qismlariga mahkamlangan. Kameralarning havo kiradigan og‘zi filьtr qog‘oz bilan yopilgan. Filьtr qog‘oz havodagi chang va katta aerozolь zarralarini tutib qoladi; radon va toronning hosilalarini va ularning α-zarralari filьtr yuzasida ushlanib qoladi. Filьtrdan faqat 220Rn va 222Rn atomlari va kichik o‘lchamdagi aerozollar o‘tishi mumkin. Ko‘p tajribalar shuni ko‘rsatdiki keltirilgan o‘lchash kameralari bizning tajribalar uchun optimal qurilmadir. Masalan, birinchi kamera (140 sm3) xona havosidagi RHAni o‘lchashga mo‘ljallangan bo‘lib, undagi SR-39 detektori faqat 222Rn va uning hosilalarining α-zarralarini qayd qiladi. Kamera shipdan 0,5 m, poldan 2 m va devorlardan 1,5-2 m uzoqliqsa shipga osilgan. Ekspozitsiya vaqti 15-30 kun, ba’zi hollarda 90 kungacha borgan [212].

Ikkinchi kamera (6.4-b rasm) sochiluvchan va qattiq materiallar yuzasi tarqatadigan radon oqimining tezligini laboratoriya sharoitida aniqlashga mo‘ljallangan. Kamera ichiga ikkita SR-39 detektori qo‘yilgan, SK-39(1) namuna yuzasidan 0,5 sm, SR-39(2) esa 12 sm uzoqlikda o‘rnatilgan.

Quyida keltirilgan [5, 7] ma’lumotlardan ma’lumki, 222Rn va 220Rn kamera havosidagi diffuzion o‘tish masofalari mos holda 220 sm va 2,9 smni tashkil qiladi. Toron va uning hosilalarining (216Ro va 212Ro) α-zarralarining umumiy diffuzion masofasi 3-8 smni tashkil qiladi (bob 6.3.4.). SHuning uchun SR-39(1) detektori 220Rn+222Rn va ularning hosilalari a-zarralarini, SR-39(2) esa faqat 222Rn va uning RH α-zarralarini qayd qiladi [218].

Bu erda RHA va RET deganda, asosan xonalardagi 222Rn izotopining aktivligi va uning materiallar yuzasidan chiqayotgan oqim kattaligi tushuniladi. 220Rn izotopi inson kundalik hayotida katta rol o‘ynamagani va kalibrlash standart manba bo‘lmagani uchun unga tegishli RHA va RET bu erda keltirilmadi, faqat ba’zi hollarda, toronga tegishli tajribalarda α-zarralarning zichlik kattaligi keltiriladi.




Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling