Aniqlash usullari
Aholining radon tufayli oladigan
Download 1,61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAngiobod va CHorkesar aholisy uchun radonning YED va RXK qiymati
- 6.3.3. Radon eksxalyasiyasini laboratoriya va dala sharoitida aniqlash 6.3.3.1. LSHda o‘lchangan tabiiy materiallarning RET qiymatlari
- Qurilish materiallarining RET qiymatlari, Bk/m 2 ∙st
- Tog‘ jimslarining RET qiymatlari, Bk/m 2 ∙st
- 6.3.3.2. Devorlar yuzasining RET kiymatlari
Aholining radon tufayli oladigan YED va RXK kiymatlari
6.9-jadvalga ko‘ra 9 qavatli uylardagi RHA 44-75 Bk/m3 atrofida bo‘lganda YED 1,2-2,1 mZv atrofida bo‘ladi. G‘ishtli kottejlardagi o‘rtacha RHA 220 Bk/m3 bo‘lganda, YED - 6,16 mZv ga teng. Paxsali uylarning aktivligi 90-384 Bk/m3, uparnivt YED sh RXK mos holda 2,3-10,7 mZv va (1,7-8,1)10-4 teng bo‘lgan. 6.10-jadvalda YAngiobod va CHorkesar posyolkalaridagi radon xavfi bo‘lgan binolardagi va uylardagi radonning YED va RXK qiymati keltirilgan. YAngioboddagi uylarda RHA qiymati 60-158 Bk/m3 bo‘lganda, YED va RXK mos holda 1,16 -4,4 mZv (YED ≤ 5,0 mZv/yil bo‘lishi kerak [140]) (1,3-3,3)10-4 ni tashkil qildi.
YUqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, radonning yillik effektiv dozasi tashqi faktorlarga nisbatan bino joylashgan maydonga va qurilish materiallariga ko‘proq bog‘liqsir. 6.3.3. Radon eksxalyasiyasini laboratoriya va dala sharoitida aniqlash 6.3.3.1. LSHda o‘lchangan tabiiy materiallarning RET qiymatlari Qurilish materiallari va tog‘ jinslari yuzasi tarqatayotgan radon tezligini aniqlash tajribalari laboratoriya sharoitida olib borildi. Qattiq materiallar (tosh, granit, kesak, g‘isht, beton, devor va boshqalar) chiqarayottan radon eksxalyasiyasini o‘lchash uchun filьtrli kamera (6.4-rasm, b) kirish tomoni bilan namuna yuzasiga zich mahkamlanib, kameranning tashqi perimetri bo‘yicha plastilin bilan zich yopiladi. Agar namuna sochiluvchan jism yoki tuprok bo‘lsa kameraning tashqi perimetri shu jism yoki tuproq bilan yopilib, yumshoq bosilib chiqildi. 20-30 kun ekspozitsiyadan keyin, kameralardagi SR-39 detektorlar olinib 6M NaON ishqorida 70°S haroratda, 6-7 soat davomida edirildi. Namuna materiallarning RET qiymatlari (Bk/m2∙st), F. Abu-Jarad va A.J. Xon (F.Abu-Jadar and A.J.Khan) [99, 103] taklif qshshshgan (2.9) formula bo‘yicha anikdandi: E=A∙λ(V/S)/[1+λ-1(e-λt-1)], (6.7) bu erda: A—namunaning integral aktivligi, Bk/m3; λ-emirilish doimiysi st-1 (λ=7,56∙10-3 st-1); V— kamera hajmi, m3 (4,4∙10-4 m3); S- kamera og‘iz o‘lchami, m2 (2,83∙10-3 m2); t-ekspozitsiya vaqti, soat (st). 6.11- va 6.12-jadvallarda, mahalliy qurilish materiallari va tog‘ jinslari yuzasidan chiqayotgan radon va uning hosilalarining α-izlar zichligi, aktivligi va eksxalyasiya tezligi qiymati keltirilgan [214, 219]. 6.11-jadvaldan ko‘rinadaki, eng katta radon chjqishi kesakda bo‘lib, uning RET qiymati mahalliy tosh va qum beradigan eksxalyasiya qiymatiga yaqindir - 1,02-1,17 Bk/m2∙st.
Mahalliy kurilish materiallaridan,ssement va alebastrning eksxalyasiya qiymati 0,03 va 0,028 Bk/m2∙st bo‘lib, tosh, kesak va qumga nisbatan 30-40 marta kamroqsir. Bir xil ashyodan tayyorlangan guvala (paxsa devor)ning RET qiymati, pishirilgan g‘isht qiymatiga nisbatan 5-6 marta ko‘pdir. Buning sababi, katta haroratda tayyorlangan g‘ishtning zichligi va g‘ovakligi o‘zgarishi natijasida, ra-don emanatsiyasining kamayib ketishi bilan tushuntiriladi. 6.12-jadval Tog‘ jimslarining RET qiymatlari, Bk/m2∙st
6.12-jadvalda tog‘ va kon materiallaridaga radon chiqishi 2,9-42,3 Bk/m2∙st atrofida bo‘lsa, tuproqsagi radon chiqishi 14,7 Bk/m2∙st bo‘lgan. Bunday materiallardan uy va jamoat qurilishlarida nazoratsiz va tartibsiz foydalanish, aholi sog‘ligi uchun xavflidir. Mahalliy granitning radon eksxalyasiyasi qiymat-lari 0,12-0,77 Bk/m2∙st [211] atrofida bo‘lishi aniqlandi. 6.3.3.2. Devorlar yuzasining RET kiymatlari Foydalanishda bo‘lgan uy va bino devorlarining yuzasi tarqatayotgan RET qiymati 6.13-jadvalda keltirilgan. 6.13-jadval Devorlar yuzasining radon eksxalyasiya tezligi
6.13-jadvalda, radon chiqish tezligi aniqlangan devorlarning (beton. shlakoblok. g‘isht va paxsa) materiallari va ularning yuza qoplamalari turlicha bo‘lgan. Ba’zilariga suvoq bilan ishlov berilgan bo‘lsa, boshqa devorlar yuzasi esa moy bo‘yoq yoki rangli qog‘ozlar bilan bo‘yalgan yohud yopishtirilgan. G‘ishtli devorlar yuzasining radon potensiali 0,15-0,22 Bk/m2∙st oraliqda topilgan bo‘lsa, betonli devorlarniki 0,14-0,36 Bk/m2∙st atrofidaligi aniqlandi. Eng yuqori radon aktivligi va RET somon suvoqli devorlarda ku-zatildi 0,27-1,95 Bk/m2∙st (210-1500 Bk/m3). Bo‘yalgan devorlarning RET qiymatlari, bo‘yoqsiz devorlar yuzasiga nisbatan 30-40% kam bo‘lgan. Qog‘ozli devorlar RET kattaligi, qog‘ozsiz devorlarga nisbatan 2 marta kam bo‘lar ekan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, radon eksxalyasiyasi devor materiallariga bog‘liq bo‘lib, ularning qiymati quyidagi tartibda aniqlandi: kesak > g‘isht ≥ beton. Devor yuzasi moy bo‘yog‘i va rangli qog‘oz bilan qoplanganda, radon eksxalyasiyasini mosravishda 30 va 50% ga kamaytirar ekan.
Download 1,61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling