Aniqlash usullari


Joylardagi radon aktivligi yoz va qish faslida, Bk/m


Download 1.61 Mb.
bet110/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

Joylardagi radon aktivligi yoz va qish faslida, Bk/m3




YAngiobod

Qiziltepa

CHorkesar

Binolar

YOz

Qish

YOz

Qish

YOz

Qish

PG‘U

37-78

45-162

35-75

42-155

68-208

96-350

KMU

75-132

85-260

64-126

64-235

95-332

150-590

MMU

66-88

98-135

42-115

67-147

50-83

78-160

Maktab

70-110

80-150

34-116

67-185

41-83

64-145

Bog‘cha

60-85

50-90

40-70

65-105

83-140

120-210

Kasalxona

45-75

56-90

44-58

55-110

190-236

260-396

P-klinika

88-148

125-220

32-52

48-78

120-210

150-290

Ombor

700-1100

1000-1700













Dorixona













226

412

YAngiobodning g‘ishtli uylarida RHA maksimal qiymatlari yoz va qishda mos ravishda 78 Bk/m3 va 162 Bk/m3, paxsali uylarda esa 132 va 260 Bk/m3 ni tashkil qilgan. MMU, maktab, bog‘cha, kasalxona va poliklinika xonalaridagi RHA aktivligi 45-200 Bk/m3 atrofida bo‘lgan. Eng yuqori RHA YAngioboddagi magazin va uning omborxonasida deb topilgan, masalan, yozda bu ikki xonadagi radon aktivligi mos ravishda: 700 va 1100 Bk/m3 bo‘lsa, qishda 1000 Bk/m3 va 1700 Bk/m3 bo‘lgan. Emanatsiyani qidirish natijasida xavfli manba deb pol yuzasi belgilandi. Bunday vaziyatlarda, radondan himoyalanishning oson yo‘li ventillyasiya sistemasini yaxshilash yoki qarama-qarshi devorlarga darchalar ochib, sun’iy elvizak hosil qilishdir.

Qiziltepa posyolkasi uran chiqindilari to‘plangan joydan uzoqroqda joylashgan bo‘lib, chiqindilar yuzasi va uning atrofi neytral tuproq va shag‘al bilan yaxshi yopilib izolyasiya qilingan. Qiziltepa uylari, maktabi, bog‘chasi, kasalxonasi va MMU xonalaridagi radon miqdori 35-185 Bk/m3 bo‘lib, chegara qiymatidan oshmagan.

CHorkesar posyolkasida olyb borilgan radon o‘lchashlarida - kasalxona, dorixona va paxsali uylardagi radon aktivligi, mos ravishda: 390, 412 va 590 Bk/m3 bo‘lgan. Bog‘cha, maktab va MMU xonalaridagi radon miqdori chegara qiymatdan oshmagan, ya’ni 40-200 Bk/m3 atrofida bo‘ltan. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, uchala posyolkadagi radon mikdori chegara qiymatidan oshmagan.


6.3.2.4. Radonning effektiv dozasi va xavflilik koeffitsienti
SHahardagi, qishlokdagi yoki texnogen zonalarda joylashgan bir yoki ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining radondan oladigan yillik effektiv dozasini aniq o‘lchash uchun SR-39 detektorlari (15-90 kun) ekspozitsiyada bo‘lishi kerak.

Radonning yillik effektiv dozasi bilan uning ish joyidagi oylik qiymati orasida quyidagicha bog‘lanish mavjuddir. 1RIJOQ - aktivligi 3700 Bk/m3 bo‘lgan 222Rn o‘zining hosilalari (218Ro, 214Rb, 214Vi, 214Ro) bilan to‘la muvozanatda bo‘lganda, 170 st (bir oylik ish kuni) davomida 6,3∙10-5 Bk st/m3 aktivlik hosil qiladigan muhitdir [178, 179]. Bu α-parchalanish 1,3∙105 MeV/l potensial energiyaga yoki 2,08∙10-5 J/m3 ish qiymatiga ekvivalentdir (MeV = 1,6∙10-13 J).

Radioaktiv nurlanish bo‘yicha RMXK - ISRR-94 xalqaro komissiyaning (4.4.1.1 -§) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, agarda inson radon tufayli bir oyda 4 mZv/RIJOQ effektiv doza olsa, uning radon xavf koeffitsienti 3-10-4/RIJOQ katgaligiga ekvivalentdir [179]. (4.1) formulaga asosan, aholining radon tufayli oladigan yillik effektiv dozasi - YED quyidagicha aniqlanadi [179]:

YED =ĀRnF∙T∙D, (6.5)

bu erda: YED, mZv/yil; ĀRn- xonadagi RHA o‘rtacha qiymati, Bk/m3; F - muvozanat koeffitsienti, F=0,5; T - insonning yil davomida xonada o‘tkazadigan vaqti (6130 st), st; D - doza koeffitsienti, UNSCEAR -1993 [147] (4.4.1.1-§) xalqaro komissiyaning qabul qilgan doza qiymatidir, va u 9∙10-6 mZv/Bk∙m-3∙st tengdir. Tegishli sonlarni (6.5) formuladagi mos belgilar o‘rniga qo‘ysak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:



YED =0,028ĀRn (6.6)

6.9-jadvalda radon tufayli xonadon oladigan YED va RXK qiymatlari keltirilgan.



6.9-jadval


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling