Aniqlash usullari
Toshkent viloyati tuproqlaridagi RET qiymatlari
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.3.3.4. RET qiymatlarini taqqoslash
- Mamlakatlar laboratoriyalarida o‘lchangan RET qiymatlari, Bk/m 2 ∙st
- 6.3.4. Radon eksxalyasiyasini dala sharoitida aniqlash
Toshkent viloyati tuproqlaridagi RET qiymatlari
6.14-jadvalga ko‘ra LSHda o‘lchangan tuproqlarning eksxalyasiya qiymati 0,09-0,22 Bk/m2∙st oralig‘ida bo‘lib. ±20-25% xatolik bilan o‘lchangan. Angrendan keltirilgan namunalardagi RET kiymatining (1,06 Bk/m2∙st) yuqori bo‘lishi, YAngiangren issiklik elektrostansiyasida mahalliy ko‘mirni eqilishi natijasida uranli ko‘mir kullarining atrof er maydonlariga ta’siri bilan va mahalliy tuproq tarkibida uran va radiy elementlarining ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Qibray bog‘idan olingan namuna tuproqlarda RET yuqori 0,52 -1,52 Bk/m2∙st bo‘lishi, o‘z paytida, fosforli minerallarning ko‘p ishlatilishi natijasidir. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Toshkent viloyati tuproqlarining RET qiymati laboratoriya sharoitida 0,09-1,52 Bk/m2∙st intervalda aniqlandi. Bu esa chegaraviy normadan kam, demakdir. 6.3.3.4. RET qiymatlarini taqqoslash Olingan natijalarni boshqa ishlar bilan taqqoslash va ulardan xulosa chiqarish hamma mualliflarni qiziqtiradi. 6.15-jadvalda turli mamlakatlar mualliflari tomonidan laboratoriyalarida o‘lchangan materiallarning (namuna materiallar nomi qisqartmalar bilan berilgan) RET kdymatlari keltirilgan. 6.15-jadval Mamlakatlar laboratoriyalarida o‘lchangan RET qiymatlari, Bk/m2∙st
6.15-jadvalga ko‘ra, bizning materiallardagi RET hind mualliflari [179] o‘lchagan RET qiymatiga juda yaqin, biroq [118-122] ishlarda berilgan qiymatlarga qaraganda - granit, tosh va tuproq uchun RET 3-15 martagacha farq qiladi. Buning sababi, materiallar Hindistonning har xil regionlaridan to‘plangan va ular tarkibida uran elementi har xil bo‘lishi mumkin. Misr, Pokiston, Falastinliklar [103, 110, 123] tomonidan o‘lchangan tuproq, granit va kumning radon eksxalyasiya qiymatlari, bizning natijalarga nisbatan ±20-25% farq qiladi. Liviyalik mualliflar o‘lchagan [125], devorlar yuzasining radon eksxalyasiyasi qiymati, biz olgan RET qiymatigajudayakin. RET ning qiymatlari Italiyassementida [101], bizningssementga nisbatan 20 marta ko‘p bo‘lgani uchun ularning beton bloklaridagi RET qiymati ham yuqoridir. Iroq tuprog‘ining RET qiymati [124], bizlarnikiga nisbatan 9-60 marta ko‘pdir. Tuproqlar yuzasidagi RETning maksimal qiymatlari quyidagiga teng bo‘ldi: 14 (Iroq), 1,76 (Hindiston), 1,52 (O‘zbekiston) va 0,65 Bk/m2∙st (Pokiston). 6.3.4. Radon eksxalyasiyasini dala sharoitida aniqlash Dala sharoitida radon oqimiga quyidagi geologik va meteorologik faktorlar ta’sir qiladi: er qatlamidagi yoriqlar va bo‘shliqlarga radon to‘planipsh; harorat va bosim gradienti o‘zgarishlari; tuproq namliga, g‘ovakligi va zichligi; Erdagi magnit kuchlar va Quyosh aktivligi variatsiyasi tufayli tuproqda ro‘y beradigan deformatsiya o‘zgarishlari. Bunday tabiiy turg‘unlikning buzilishi tuprokda har xil konvektiv oqimlarni yuzaga chiqaradi, natijada bu oqimlar radon va toron gazlarining o‘tish masofalariga ta’sir qiladi. 220Rn va 222Rn erkin atomlarini alohida (selektiv, selective) tanlab o‘tkazadigan filьtrning yo‘qligi, α-izlarning tasviriga va shakliga qarab, uning energiyasini aniqlash yo‘li hali bizda yaratilmagan. YAdro fizika institutida 220Rn va 222Rn izotoplarini alohida qayd qiladigan yangi va oddiy bo‘lgan, ko‘p kamerali va SR-39 detektorli usul yaratildi [229, 230]. YAngi kameraning tuzilishi va qayd qilish prinsipini keltirishdan avval radon va toron gazlarining laboratoriya va dala sharoitlarida kameralar ichidagi o‘tish masofalarini va ularning taqsimlanishini o‘rganib chiqamiz. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling