Aniqlash usullari


Dala sharoitida o‘lchangan tuproqning RET qiymati, Bk/m


Download 1.61 Mb.
bet119/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

Dala sharoitida o‘lchangan tuproqning RET qiymati, Bk/m2∙t


Detektor


Zichlik, iz/sm2kun

ARn, Bk/m3

ERn, Bk/m2∙st







Bahor

YOz

Bahor

YOz

Bahor

YOz

1

D1(Rn+Tn)

D2(Rn)


D3(Rn)

974

406


417

473

226


202

2678 2750


1490 1330


21,6

11,2




2

D1(Rn+Tn)

D2(Rn)


D3(Rn)

1100 380

410


870

290


280

2510 2706


1914 1850


20,7

14,9


3

D1(Rn+Tn)

D2(Rn)


D3(Rn)

1260 520

450


950

410


435

3430 2970


2706 2870


25,4

22,1


4

D1(Rn+Tn)

D2(Rn)


D3(Rn)

890

395


380

710

310


320

2610 2510


2050 2112


20,3

16,5


5

D1(Rn+Tn)

D2(Rn)


D3(Rn)

910

420


445

747

345


315

2770 2940


2280 2080


22,7

17,3

Bu erda D1 detektori 22O+222Rn+RH α-izlarini, D2 va D3 detektorlari esa faqat 222Rn+RH izlarini qayd qiladi. Alьfa izlarni sanashdagi xatolik ~ 12-15 % ni tashkil kilzyai Bahorda tuprok aktivligi 2510-3430 Bk/m3 oraliqsa, o‘rtachasi esa 2787 Bk/m3 ni tashkil qilgan. YOzda esa 1330-2970 Bk/m3 ni, o‘rtachasi 2070 Bk/m3 bo‘lgan. Ularning mos radon eksxalyasiyasi bahorda 20,3-25,4 Bk/m2∙st atrofida, yozda esa 11,2-22,1 Bk/m2∙st ni tashkil qilgan. Xuddi shu tuproq namunalari laboratoriyada o‘lchanganda uning eksxalyasiya qiymati 0,08-0,12 Bk/m2∙st atrofida bo‘ldi.

Bundan ko‘rinadiki, tuproqsagi radon eksxalyasiya tezligi dala sharoitiga va faslga ham bog‘liq ekan.

Natijalardan ko‘rinadiki, dalada o‘lchangan tuproqning RET qiymati, bahorda yozga nisbatan 1,5 marta yuqori bo‘lishi, laboratoriyada o‘lchangan RET qiymatiga nisbatan 160-220 marta yuqoriligi aniqlandi [229,230]. Radonning chiqish tezligi fasllar o‘zgarishiga kamroq va dala sharoitiga ko‘proq bog‘liq ekan.


6.3.4.4. RET qiymatini taqqoslash
6.17-jadvalda, dala sharoitida o‘lchangan tuproqning RET qiymati, boshqa mamlakatlar mualliflarining natijalari bilan taqqoslangan.

6.17-jadval

Turli mualliflar o‘lchagan dala tuprog‘ining RET qiymati

Mamlakatlar

Radon eksxalyasiyasi tezligi, Bk/m2∙st

O‘zbekiston

16,4-22,1 [229,230]

21,6-126 er yorig‘i [196, 198]



Misr

16,2-59,4 [104]

Xitoy

7,2-462,6 [105, 106];

Sloveniya

3,6-151,2 er yorig‘i [107]

Rossiya

10,8-19,1 [112]

16200 [114]



Polьsha

7,2-180 [115]

CHexiya

12,6-750 [111]

YAponiya

432-576 [116]

Turli mamlakatlarning mualliflari tomonidan dala sharoitida o‘lchangan tuproqning RET qiymatini taqqoslash natijasida shuni aytish mumkinki, Toshkent shahri tuprog‘ining o‘rtacha radon chiqish tezligi 22,1 Bk/m2∙st bulib, boshqa RET natijalari: Xitoy (229 Bk/m2∙st) [106], Rossiya (16200 Bk/m2∙st [114], CHexiya (750 Bk/m2∙st) [106], YAponiya (576 Bk/m2∙st) [106] va Polьsha (180 Bk/m2∙st) ga nisbatan sezilarli darajada kamdir.


6.4. Suvdagi radon konsentratsiyasini aniqlash usullari
Birinchi bobning 1.4.1.2. bo‘limida radon gazlarining suvda yaxshi erishi va suvning harorati 0; 20 va 50°S ko‘tarilganda radonning erish koeffitsienti mos ravishda 0,53 dan 0,23 va 0,14 kamayishi to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi. Radonning ichimlik suvlaridagi chegara normalari 3.4-jadvalda berilgan bo‘lib, ular (11,1-300 Bk/l) bir biridan juda katta farq qilishini ko‘ramiz. O‘zbekiston uchun, radonning ichimlik suvlaridagi chegara qiymati 60 Bk/kgdan oshmasligi kerak [140].

Radon gidrogeodinamikasini o‘rganish ishlari birinchi bo‘lib, 1966-1977 yillarda, V.I. Ulomov boshchiligidagi o‘zbekistonlik olimlar tomonidan olib borilgan [41].

Keyingi ishlar qatoriga, 1980-1982 yillarda, akademik G.N. Flerov hamkorligida Rossiya va O‘zbekiston olimlarining tuproq va er osti suvlarida radon variatsiyasi va zilzila orasida bog‘yaashpshsh o‘rganishga bag‘ishlangan [209]. Maqola mualliflari Toshkent shahri va CHorvoq suv ombori er osti yoriqlari yo‘nalishi va ularning kesimi bo‘yicha, ssintilyasion o‘lchash asbobi va LR-115-II iz detektorlari yordamida (ekspozitsiya vaqti 5-7 kun), er yoriqlaridan sizib chiqayotgan radon oqimini aniqlash metodikasini yaratishdi. Toshkent Fizoterapiya ilmiy tekshirish institutining (Semashko kasalxonasi) 1800-2000 m chuqurlik suvi-da (harorati 70°S) radon o‘zgarishlarini LR-115 yordamida izlar zichligi bo‘yicha o‘rganishgan va α-izlarni sanashda uchqunli razryad (4.4-§) asbobidan foydalanishgan.

Tarixiy ma’lumotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, er osti va buloq suvlarining shifobaxsh xususiyatlarga ega ekanligi tirik mavjudot (hayvonlar va insonlar)ga azaldan ma’lum bo‘lgan va bunday suvlarda davolanib kelganlar. Masalan, radonli suv bilan davolash uchun radon aktivligi 185-7500 Bk/l diapazonda bo‘lgan er osti artezian va tog‘ oldi buloq suvlari to‘g‘risida, ushbu kitobning 4.2-bo‘dimida etarli ma’lumotlar berilgan G47. 137. 139, 142].

O‘zbekiston misolida shuni aytish mumkinki, 2000 yillargacha Toshkentning Turon sanatoriyasida radon terapiyasi mavjud bo‘lib, maxsus ajratilgan binoning radon vannalarida kasallar davolab kelingan. Davolovchi manba sifatida maxsus qurilmadan, ya’ni 226Ra→222Rn generatoridan foydalanilgan.

Hozirgi paytda radonga boy bo‘lgan suvlarning tabiiy manbalarini anikdash va ulardan inson salomatligini tiklash hamda davolashda foydalanish masalasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqsa.

Ma’lumki, radon radioaktiv gaz bo‘lib har xil agregat holatlarda bo‘lishi mumkin. SHunday holatdan biri radonning suvdagi konsentratsiyasi (RSK) bo‘lib, uning mikdorini passiv va aktiv metodlar yordamida o‘lchanadi.

Suv namunalarvdagi radon konsentratsiyasini RAA-01M (Rossiya), RRM-145 (Sloveniya) radon o‘lchash asboblari va izli SR-39 detektori yordamida aniqlash mumkin. SHuning uchun ham, RAA-01M, RRM-145 asboblari va SR-39 iz detektori yordamida suvdagi radon konsentratsiyasini aniqlash bo‘yicha, ma’lumotlar berildi.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling