Aniqlash usullari
Zilzila va radon variatsiyasi
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kobedan 30 km uzoqda joylashgan radon o‘lchash stansiyasida
1.5.1. Zilzila va radon variatsiyasi
Ayrim adabiyotlar [40, 42]ga ko‘ra, zilzilani bashorat qilishning 15 xil parametrlari va belgilari bor. Ularga: er kuchlanishining seysmik va tepki to‘lqinlarining tarqalish tezligi va burchak yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zgarishi, er osti suvlari oqimining va uglevodorod miqdorining o‘zgarishi; er osti qatlamlari zaryadi va qarshiligining o‘zgaripsh, er geomagnit to‘lqinlari va radon miqsorining o‘zgarishi kiradi. Bu parametrlar ichida eng ishonchli prognoz - V.I. Ulomov, G.A. Mavlanov, B.Z. Maveshov va boshqalar tomonidan qilingan kashfiyot sanaladi [41]. Bu kashfiyotga asosan, radon miqdorining suvli muhitda keskin o‘zgarishi bu zilzila belgisi ekanligidir. Toshkent er osti suvlarida radon mikdorining seysmik davrlarda bir necha marta oshishini [190-192] 1966 yili Toshkentda magnitudasi M=6-8 bo‘lgan kuchli zilzila paytida kuzatilgan. V.I. Ulomov to‘la seysmik davrni 4 bosqichga bo‘lgan (5-bob, rasm 5.1) va 1; 2-bosqichda radon miqdori bir necha oylar mobaynida oshib borishi, 3-bosqichda radon maksimal qiymatga eripshb zilzila ro‘y berishi, oxirgi 4-bosqichda radon miqsori tez kamayib, fon darajasiga tushishi ko‘rsatilgan [190]. Xuddi shunday radon o‘zgarishlari 1982-1983 y., Alyaskadagi zilzila (1983 y., M= 6,3) vaqtida kuzatilgan [43]. Bu erda, radonni o‘lchash ishlari zilzila markazidan 178 km uzoqlikda olib borilganiga qaramasdan, zilzila paytida radon miqdori 40 marta ko‘paygan va zilziladan keyin kamaygan. YAponiya seysmik orollardan tashkil topgan mamlakatdir. 1995 yil 17 yanvarь, Kobe (Kobe) shahrida kuchli er qimirlash sodir bo‘ldi (M= 7,2) [45]. Kobe (1993 yiddan boshlab) shahridan 30 km uzoqliqda joylashgan stansiyada (17 m chuqurlikda) radon doimiy ravishda qayd qilib borilgan. Zilzila paytida radonning maksimal aktivligi 250 Bk/l bo‘lsa, zilziladan keyingi akshvlik fon darajasiga tushib - 25 Bk/l tashkil etgan. 1.6-rasmda, radon o‘lchash stansiyasida (1994-1995 yy., noyabr-mart oylari) qayd qilib borilgan radon spektri berilgan. Spektrda ikkita cho‘qqi yaqqol ajralib turibdi: birinchisi (250 Bk/l) kuchli zilzila vaqgiga to‘g‘ri kelsa, ikkinchi ko‘tarilish chizig‘i (70-80 Bk/l) 1995 y., 3 martda (zilziladan 45 kun keyin) qayd qilingan bo‘lib, uning sababi haligacha noma’lum bo‘lib qolmoqsa [45]. 1.6-rasm. Kobedan 30 km uzoqda joylashgan radon o‘lchash stansiyasida Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling