Aniqlash usullari


вариациясини ўлчаш камера-


Download 1.61 Mb.
bet26/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

вариациясини ўлчаш камера-

сининг схематик кўриннши:

1 - ПЭҚ, 2 - ўлчаш камераси,

3 - СR-39 детектори, 4 — намсўргич,5 - мембрана-фильтр, 6 - сақлагич, 7 — ёпқич.
1.5.1.1. Zilzilaniig radon dinamikasiga ta’siri
Seysmik davr shartli ravishda to‘rtta bosqichga bo‘lingan: 1-boshlang‘ich, 2-zilzilagacha, 3-zilzila payti va 4-zilziladan keyingi bosqichlar [190]. Birinchi va ikkinchi bosqich orasidagi vaqt 200 kungacha cho‘ziladi va bu davrda o‘lchash stansiyasidagi radon mikdori ma’lum qiymatgacha oshib boradi [46]. Seysmik tebranishlar vaqtida, zilzila o‘chog‘idan (epitsentrdan) juda keng chastotada elektromagnit to‘lqinlar butun sfera bo‘ylab tarqaladi. Joylardan tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinlar (1000 km masofagacha) tuproq g‘ovaklariga ta’sir qilib, radon miqsorini keskin ravishda bir necha marta oshirib yuboradi. Bu hodisa ilmiy tilda «radon bo‘roni» deb ataladi. To‘rtinchi bosqichda esa, zilziladan keyin radon aktivligi tez kamayib fon darajasiga tushadi.

Qanday qilib seysmik tebranishlar uzoq masofalardagi (100-1000 km) tuproq g‘ovaklariga ta’sir qilib, «radon bo‘ron»larini keltirib chiqaradi? Markazdan uzoq gmasofalarda «radon bo‘ron»larining hosil bo‘lishini prof. E. SHem’i-Za-de (E. SHemьi-Zade) [47, 48] seysmik anomaliya bilan bog‘liq deb tushuntiradi. Uning fikricha, bu hodisa er magnit maydonining to‘satdan bo‘ladigan o‘zgarishlarida hosil bo‘ladigan «geomagnit bo‘ron»lar bilan uzviy bog‘liq. Bunday bo‘ronlar juftligi faqat zilzila paytida ro‘y beradi. Magnit bo‘ronlari paytida tuproq g‘ovaklari mignitostriksiya effekti tufayli birdaniga kuchli deformatsiyaga uchraydi. Deformatsiya tufayli vujudga kelgan oqim g‘ovaklardagi radon gazini atrofga sochadi. Rus olimlarining fikriga ko‘ra, seysmik jarayonlar, er qobig‘i atrofida 10-1000 km ga cho‘zilgan magnit dipollarini hosil qiladi. Bu dipollar maydoni erning magnit maydoni bilan ta’sirlashishi natijasida xususiy tebranishlar chastotasiga ega bo‘lgan qo‘shimcha magnit kuchlarining hosil bo‘lishiga olib keladi [49, 50]. Bu chastotalar spektri juda katta diapazonni egallagan bo‘lib, ular ichi-da magnitsferada quyosh shamoli yuzaga keltiruvchi chastotadan ham past chastotaga ega tebranishlar mavjuddir. Ma’lum seysmik sha-roitda, past chastotali «magnit bo‘ron»lari tuproq qatlamlarida rezonans tebranishlar, ya’ni «radon bo‘ron»larini bir vaqtda hosil qilishi mumkin [50].



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling