Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
154
UO‘T 628.132
TALIMARJON SUV OMBORINING FOYDALI HAJMI HAQIDA
TUSHUNCHALAR VA ANIQLASH METODIKALARI.
Idiyev Hamidjon Murodilloyevich
−
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish
instituti “Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari” kafedrasi stajyor-
o’qituvchisi. Email:
idiyevh70@gmail.com
.
Homidova Dilorom O‘ktamovna −
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish
instituti “Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari” kafedrasi stajyor-
o’qituvchisi. Email:
homidova_dilorom@gmail.com
.
Toyirov Muhriddin Zoir o‘g‘li −
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish
instituti “Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari” kafedrasi talabasi.
Email:
toirovmuhriddin82@gmail.com
Annotatsiya: Talimarjon suv omborining hozirgi
vaqtdagi texnik xolatini
o’rgandim.Suv ombori ko’ndalang kesim yuzasi bo’yicha mexanik lot yordamida
chuqurliklar aniqlandi. Chuqurlik va kenglik ma’lumotlariga
asoslanib suv
omborining ko’ndalang kesim yuzasi aniqlandi.
Kalit so‘zlar: Talimarjon, suv ombori, pezometr, suv satxi, suv sarfi, zatvor,
reper, stvor
Suv omborining loyiha va ekspluatatsiya ma’lumotlariga, texnik holati
bo‘yicha kuzatuvlar natijasiga asosan quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
Suv ombori havzasining loyqa bosishi davom etmoqda. Loyqa bosish asosan
Qarshi magistral kanalidan loyqa suvlar tashlanishi natijasidir. Qirg‘oqlarning
еmirilishi kuzatilmaydi;
To‘g‘onlar (1 va 2) qiyaliklaridagi beton qoplamalarning
texnik holatlari
qoniqarli. Shamol ta’sirida havzada paydo bo‘ladigan to‘lqinlarning beton plitalar
tomon harakatlanishi oqibatida, suv omborini to‘ldirish va bo‘shatish
natijasida
plitalarning choklarini ayrim joylarida havfli bo‘lmagan sinishlar va buzilishlar
paydo bo‘lgan;
suv omborida (to‘g‘on 1 va 2) to‘g‘on tanasidagi
suvlarni bosimini kuzatib
borish uchun loyiha bo‘ycha 261 ta pezometrlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning texnik
holatlari qoniqarli va barcha p’ezometrlar ishchi holatda;
suv chiqarish inshooti va uning mexanik hamda
elektr jihozlarining texnik
holatlari qoniqarli. Kam miqdorda zatvorlarning rezina zichlagichlari orqali suvning
sizilishi kuzatilmoqda;
nasos stansiyaga olib boruvchi kanalda loyqalar cho‘qishi kuzatilmoqda;