Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
155
suv omboriga kirayotgan suvlarning hajmlari nasos stansiyalarning
unumdorligiga qarab belgilanadi, bu har doim to‘g‘ri natija bermaydi, chunki nasos
agregatlarining ishchi g‘ildiraklarining еmirilishi natijasida suv chiqarish ancha
kamayadi;
suv chiqarish kanalida gidrometrik jihozlar bilan ta’minlangan gidropost
mavjud.
Suv ombori havzasidagi loyqa - cho‘kindilarning tavsifini o‘rganish suv
omboridagi suvning hajmi kamayganda olib borildi.
Suv ombori havzasining loyqa – cho‘kindilarga to‘lishiga quyidagilar: asosiy
sabablardan biri Amudaryodan suv olish inshooti xududida loyqa cho‘kindilarni
kirish kanaliga kirib kelishini kamaytirish choralari ko‘rilmaganligidadir.
Suv omboriga loyqa – cho‘kindilarni kelishi va ortishini oldini olish yoki
kamaytirishning asosiy tadbirlaridan biri, bu suv omborini suv bilan ta’minlovchi
Qarshi magistral kanalida suv bilan oqib keladigan loyqa cho‘kindilar miqdorini
kamaytirish suv olib kelish kanalini tozalash tadbirlarini amalga oshirishdir.
Har qanday suv omborida jadal ravishda loyqa cho‘kindilarga to‘lib borishini
kamaytirish uchun suv ombori ish rejimini gidrologik bashoratni hisobga olgan
holda va “Suv omboridan foydalanish qoidalari”ga amal qilgan holda olib borish
talab etiladi.
Tadqiqotlar olib borishda birinchi navbatda kuzatuv ishlari olib borildi.
Shundang so‘ng o‘lchash ishlari boshlandi. O‘lchov ishlari boshlanishida suv
ombori xududining nivelir yordamida o‘lchov ishlari bajarildi (2-rasm).
2-rasm. Nivelir yordamida o‘lchov ishlari jarayoni.
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
Do'stlaringiz bilan baham: |