Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish 162 To’g’ri tanlangan sharoit uchun еrlarning ekomeliorativ holatini yaxshilashning samarali usullaridan biri bo’lib botirilgan nasoslar bilan jixozlangan va еr osti suvlarini yuzaga chiqarib tashlaydigan vertikal zovur hisoblanadi. Vertikal zovur birinchi marta еrlar sho’rlanishiga qarshi AQSH da 1918-yildan buyon ishlatila boshlandi. 1959-yilda kelib esa ularni soni 130 mingga еtdi. Xozirgi paytda zovur nafaqat AQSH balki Misr, Hindiston, Jazoir va boshqa mamlakatlarda xam ishlatiladi. O’zbekistonda 1966 yildan boshlab Mirzacho’l Farg’ona vodiysi, Buxoro viloyati va keyinchalik esa Sherobod va Qarshi cho’llarida ham ishlatila boshlandi. Umuman, O’rta Osiyo respublikalarida vertikal zovur 600 mingga еrga qurilgan bo’lib 6 mingdan ko’proq quduqdan foydalaniladi. Suv bilan taminlash bilan esa 18 ming donani tashkil qiladi. Bundan tashqari, hozirgi kunda shahar va qishloqni ichimlik suv bilan taminlashda ekomeliorativ holatni yaxshilashda quduqli nasos qurulmalaridan keng qo’llanilmoqda. Ular suv taminoti tizimining ajralmas bir qismi bo’lib qolmoqda. Zax qochirish melioratsiyasining asosiy muammosi Qo’rg’oqchil zonada sho’rlangan va sho’rlanishiga moyil bo’lgan sug’oriladigan еrlarni yaxshilash sanaladi. Tuproqdagi ortiqcha namni qochirish faqat issiqlik va mikrobiologik rejimlarni yaxshilab qolmasdan balki zaxi qochirilayotgan maydondagi еr usti xavo qatlamining namlik va harorat sharoitlarini o’zgartiradi. Zax qochirish-ortiqcha namiqqan еrdagi suvni еtkazish tuproq tarkibida havo miqdorini oshiradi, bu esa unda organik moddalarning chirishi tuproq unumdorligini oshirishga yordam beradi. 30 yillarning ikkinchi yarmida O’zbekistonda sug’oriladigan еrlarning sho’rlanishiga va botqoqlashishiga qarshi kurashish maqsadida bir qancha zovur va kollektorlar qurildi. Melioratsiya ishlari asosan 1947-yillarda boshlandi. Eng ko’p meliorativ ishlar Farg’ona vodiysida, Mirzacho’lda, Xorazm viloyatida boshlandi. O’zbekistoda sho’rlangan еrlar miqdori sug’oriladigan еrlarning 45-55%ini tashkil qiladi. Sho’rlangan еrlar miqdoran o’zgarib turadi. Arit zonada zax qochirish melioratsiyasi deganda, faqat zax еrlar zaxinigina ketgazish emas, balki tuproqning aktiv qatlamidagi tuzlarni zovurlar vositasida yuvish yo’li bilan butunlay yoqatish va minerallashgan sizot suv sathini kiritik chuqurlikdan pastga tushurib yuborishni ham tushunish lozim. Sug’oriladigan еrlardagi ortiqcha tuzlar odatda sho’r yuvish va kollektor zovur tarmoqlar yo’li bilan daladan chetlashtiriladi. Yer osti suvlarining manbalari jixatidan O’zbekiston hududi uchta asosiy tabiiy zonaga bo’linadi. 1.Tog’lar, tekisliklar zonasi, Farg’ona vodiysi, Mirzacho’l, Zarafshon vodiysining yuqori qismi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling