Annotasiya


Download 445.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana21.06.2023
Hajmi445.3 Kb.
#1640672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Diplom ishi hisoboti ASOSIY

O’zg.
 
Varoq
 
Hujjat№.
 
Imzo 
Sana
 
Varoq 
16 
Bitiruv malakaviy ishi 
 


soni konussimon tishlarinikiga qaraganda ko’p bo’lib, ilashib turgan tishlarning har biriga 
to’g’ri keladigan yukni kamaytiradi. Uzatish soni va yetaklanuvchi tishli g’ildirak diametri 
bir xil bo’lgan, ikki xil uzatmalarni taqqoslanganda gipoidli uzatmada yetakchi tishli 
g’ildirakning diametri konnussimon uzatmadagi yetakchi tishli g’ildiraknikiga qaraganda 
kattaroq ya’ni bikrligi yuqoriroq bo’ladi. Bo’larning barchasi gipoidli uzatmaning afzalligi 
xisoblanib, uning mustaxkamligini va uzoq muddat ishonchli shovqinsiz, ravon ishlashini 
ta’minlaydi.
Uzatmaning kamchiliklari: g’ildirak tishlarining spiral burchagi katta bo’lganligi 
tufayli tish sirtlari o’zaro sirpanib ishlaydi, natijada ular nisbatan tez yoyiladi; yoyilishni 
oldini olish uchun sirpanib ishlayotgan tish sirtlarida mustaxkam moy qatlami xosil 
qiladigan maxsus gipoid moydan foydalanish kerak. Bundan tashqari, bu uzatmaning tishli 
g’ildiraklarini tayyorlash nisbatan qiyin, ularni yig’ishning aniqlik darajasi yuqori, chunki 
kichik noaniqlikning ta’siri tez seziladi. Lekin shunga qaramay bu kamchiliklar gipoidli 
uzatmaning afzalliklariga xech qanday zarar yetkazmaydi. 
Silindrik asosiy uzatma, dvigateli ko‘ndalang joylashgan old yuritmali yengil 
avtom obillar (Neksiya, Tiko, VAZ-2108)da qoilaniladi. Bunday uzatma, uzatmalar qutisi 
va ilashish muftasi bilan birgalikda umumiy hisoblangan karterda joylashtiriladi 
.Uzatmaning yetakchi tishli gildiragi uzatmalar qutisi yetaklanuvchi valining orqa uchiga 
mahkamlanadi yoki u bilan birgalikda yaxlit ishlanadi. Uzatmaning shovqinsiz ishlashini 
ta’minlash maqsadida ko‘pincha gildiraklar qiya tishli boiadi va uning uzatish soni 3,5-4,2 
oraligida tanlanadi. Juft gildirakning ravon ishlashi uchun yetakchi gildirakning tishlar 
soni o‘ntadan kam olinmaydi. Aks holda, ya’ni uzatishlar soni katta bo’lganda 
yetaklanuvchi tishli gildirakning o’lchamlari kattalashib, uzatma karteri bilan yo‘l 
orasidagi masofa kichiklashadi, ishlashida shovqin ortadi. Silindrik juftlikning FIK 0,98 
dan kam emas.
Ko‘prik o’rtasida yaxlit joylashgan markaziy qo'shaloq asosiy uzatmalar (4.5-rasm,a) 
katta va ay rim o‘rta yuk avtomobillarida (ZIL-130, KamAZ-5320) qoilaniladi. Bunday 
uzatmalar bir juft konussimon va bir juft silindrik tishli gildiraklardan tashkil topib, avtom 
obil yetakchi k o ‘prigining o ‘rta qism ida karterga joylashtiriladi. 
O’zg.
 
Varoq
 
Hujjat№.
 
Imzo 
Sana
 
Varoq 
17 
Bitiruv malakaviy ishi 
 


Ikki qismga ajratilgan asosiy uzatmalar (4.5-rasm,b) asosan katta yuk 
avtomobillarida ( MAZ, BelAZ ), shuningdek katta uzunlikka ega avtobuslarda (LAZ, M 
ersedes), ayrim yengil o ‘tag ‘on avtomobillarda (UAZ-469) qo'llaniladi. Asosiy uzatmani 
bunday ikki qismga, ya’ni markaziy (2) va g'ildirak (1) uzatmalarga bo'linishi yarim o'qlar 
bilan differensialga tushadigan yuklarni kamaytiradi. Chunki yarim o'qlar va 
differensialdan uzatiladigan burovchi momentning qiymati uzatmaning ko'prik o'rtasida 
joylashgan qismi, konussimon juftlikning U=2 uzatish soniga yarasha oshiriladi, xolos. 
Burovchi momentning qolgan qiymatini g'ildirak uzatmada (1) kattalashtirildi. Bundan 
tashqari ko'prikning o 'rta qismidagi markaziy uzatma, faqat bir juft tishli g'ildiraklardan 
tashkil topganligi uchun ixcham. Bu esa o'z navbatida, ko'prik bilan yo‘l orasidagi masofa 
(N)ni (klirens) kattalashtirib, avtomobilning yomon yo'llarda va yo'lsiz joylarda 
o'tuvchanligini oshiradi. 
Chervakli asosiy uzatmalar tishli g'ildirakli uzatmalardan o'zining ixchamligi va 
shovqinsiz ishlashi bilan farqlanadi. Ammo bu uzatmaning FIK konusli va gipoidli 
uzatmalarga nisbatan kichik va uni tayyorlashda qimmat metall (bronza) ishlatilganligi 
sababli avtomobillarda deyarli qo'llanilmaydi. 
Qo’shaloq bosh uzatmaning uzatish sonini ikki juft shesternyalar uzatish sonlari 
ko’paytmasiga teng. Qo’shaloq bosh uzatma hisobiga gabarit kichik bo’ladi. 
Komponovkasiga ko’ra ular markaziy va ajratilgan turlarga bo’linadi.
3.2-rasm. Qo’shaloq markaziy bosh uzatmalar sxemasi: 
O’zg.
 
Varoq
 
Hujjat№.
 
Imzo 
Sana
 
Varoq 
18 
Bitiruv malakaviy ishi 
 


 1-yetakchi konussimon shesternya; 2-yetaklanuvchi konussimon shesternya; 3-yetakchi 
silindrik - 19 - shesternya; 4-oraliq val; 5-yetaklanuvchi silindrik shesternya; 6-
defferensial; 7- yarim o’qlar. 
Qo’shaloq markaziy bosh uzatmada ikki juft shesternyalar bir karterda joylashtiradi. 
Qo’shaloq ajratilgan bosh uzatmalarda bir juftlik shesternya markazda, ikkinchi juftlik 
g’ildirakda joylashtiriladi.
G’ildirakdagi planetar reduktor shakli keng tarqalgan (4.4-rasm).
3.3-rasm. Qo’shaloq ajratilgan bosh uzatmalar sxemasi: 
(a) va chizmasi (b). 1-markaziy konussimon juft; 2-yarim o’q; 3-ko’prik qobig’i; 4-
g’ildirak; 5- toj(koronnaya) shesternya; 6-o’q; 7-satelit; 8-quyosh shesternya. 
Burovchi moment markaziy konussimon juftda (1) yarim o’qqa (2) uzatiladi. Uning 
shesternyasidan (8) burovchi moment ko’prik qobig’iga (3) mahkamlangan o’qda (6) erkin 
o’rnatilgan satelitlar (7) orqali toj shesternyaga (5) va g’ildirakka (4) uzatiladi. 
O’zg.
 
Varoq
 
Hujjat№.
 
Imzo 
Sana
 
Varoq 
19 
Bitiruv malakaviy ishi 
 


3.4-rasm. Q o‘shaloq asosiy uzatmalarning turlari: 
a-yaxlit joylashgan markaziy uzatma; b-ikki qismga bo ‘lingan-ajratilgan uzatma; 1-
silindrik g ‘ildirak uzatma; 2-konussimon markaziy uzatma
Qo’shaloq ajratilgan bosh uzatma differensial va yarim o’qlar yuklanishini kamaytiradi, 
yetakchi ko’prik o’rta qism gabaritini kamaytiradi.Ko’prik bilan yo’l oralig’i kattalashadi. 

Download 445.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling