Annotasiya
Download 445.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Diplom ishi hisoboti ASOSIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1 ГАЗ 3302 avtomobili bosh uzatmasi va tuzilish tafsilotlari
O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 6 Bitiruv malakaviy ishi Konstruktorlik qismi O’zg. List № Xujjat Imzo Sana Varoq 7 Bitiruv malakaviy ishi Bajardi: Tekshirdi: Raxbar: N. Kontr: Tasdiqladi: Liter Varaqlar 1.1 ГАЗ 3302 avtomobili bosh uzatmasi va tuzilish tafsilotlari Transmissiya dvigateldan yetakchi g’ildiraklarga burovchi moment uzatadi. Bu jarayonda burovchi moment qiymati o’zgaradi. Dvigatel bilan yetakchi g’ildiraklar o‘rtasidagi bog‘lanishga ko‘ra transmissiya mexanik, gidrohajmli, elektrik, kombinatsiyalashgan (gidromexanik, elektromexanik) turlarga bo‘linadi. Zamonaviy avtomobillarda, asosan, mexanik transmissiya qo'llaniladi (1.1- rasm). 1.1-rasm. Avtomobillar transmissiyalarining sxemalari: a-orqa yuritmali; b-old yuritmali; d-to’la yuritmali; e-elektrik (gidroxajmli); 1- dvigatel; 2-ilashish muftasi; 3-uzatmalar qutisi; 4-kardanli uzatma; 5-yetakchi ko’prik; 6- burchak tezliklari teng sharnirlar; 7-taqsimlash qutisi; 8-generator (gidronasos); 9- elektrodvigatel (gidromotor). O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 8 Bitiruv malakaviy ishi Orqa yuritmali avtomobillarda (4.1a-rasm) burovchi moment ilashish muftasi (2), uzatmalar qutisi (3), kardanli uzatma (4), yetakchi ko’prik (5) orqali uzatiladi. Yetakchi ko’prikda bosh uzatma, differensial va yarimo’qlar joylashgan. Old yuritmali avtomobillarda dvigatel ko’ndalang joylashtiriladi (2.1b-rasm). Bu holda dvigatel, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy uzatma va differensial bitta blokda joylashtiriladi. Unda yetakchi g’ildiraklarga burovchi moment kardanli uzarma 4 orqali uzatiladi. 1.2-rasm. ГАЗЕЛЬ 3302 avtomobili To’la yuritmali avtomobillarda (1.1d-rasm) taqsimlash qutisi (7) qo’llaniladi. Elektrik va gidroxajmli transmissiya sxemalari o’xshashdir (1.1e-rasm). Elektrik transmissiyada dvigatel (1) generatorni (8) harakatga keltiradi. Elektr toki yetakchi g’ildiraklarning elektrodvigatellariga (9) uzatiladi. Ichiga elektrodvigatel o’rnatilgan g’ildirak “electromotor g’ildirak” deb ataladi. O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 9 Bitiruv malakaviy ishi Bosh uzatma – uzatayotgan burivchi momentni doimiy oshiruvchi shesternyali mexanizm. Bosh uzatma uzatish soni uzatmalar qutisini ixcham, kardan uzatmani kam yuklanishli qiladi. 1.3-rasm. Gipoidli bosh uzatma. Bosh uzatmaning vazifasi. Bosh uzatma – avtomobil va traktor dvigatellari valining aylanma harakatini yetakchi g’ildiraklarga uzatadigan mexanizm. Bosh uzatma tishli g'ildiraklarining yetakchisi kichik diametrli yetaklanuvchisi esa, katta diametrli qilib yasalgani uchun yarim o'qlarning aylanishlar chastotasi (uzatish soni u ga qarab) kardan valning aylanishlar chastotasiga qaraganda kam bo'ladi. Yarim o'qlarning va u bilan bog'liq bo'lgan yetakchi g'ildiraklarning aylanishlar chastotasi kardan val aylanishlar chastotasiga nisbatan qancha kam bo'lsa, ulardagi burovchi moment shuncha ko'p bo'ladi. Demak, yetakchi g'ildiraklardagi burovchi momentning, kardan valnikiga nisbatan ortishi asosiy uzatmaning uzatish soniga bog'liq bo'ladi. Bosh uzatmaning uzatish soni asosan dvigatelning quvvatiga va tezyurarligiga, shuningdek, avtomobilning massasi va qanday ishga mo’ljallanganligiga bog’liq bo’lib, u yuk avtomobillarida 6,5…9,0; yengil avtomobillarda esa 3,5…5,5 oralig’ida bo’ladi. O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 10 Bitiruv malakaviy ishi 1.4-rasm. Bir juftli bosh (markaziy) uzatmaning tuzilishi. 1-bosh uzatmaning yetakchi о‘qi; 2-bosh uzatmaning yetakchi konussimon shestemyasi; 3-bosh uzatmaning yetaklanuvchi konussimon shestemyasi; 4-satellitlar о ‘qi; 5-satellitlar; 6-yarim о ‘q shestemyasi; 7-yarim o'q; 8-podshipniklar; 9,10-rostlash qistirmasi. Gipoidli asosiy uzatma. Bunday uzatmalar, dvigateli oldida va yetakchi ko'prigi orqada joylashgan barcha yengil avtomobillarda, shuningdek ayrim yuk avtomobillari O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 11 Bitiruv malakaviy ishi (GAZ-3302)da qo'llaniladi.Uzatish soni (𝑖 𝑏 ≤ 7) bo'lgan bunday uzatmada val bilan birga yasalgan yetakchi tishli g'ildirakning o'qi yetaklanuvchi g'ildirakning o'qiga nisbatan e=35...45 mm pastroq siljitilgan. Yetakchi tishli g'ildirakning vali uzatma karterida ikkita konussimon rolikli podshipniklarda o'rnatilgan.Podshipniklarning oralig'iga keruvchi vtulka o'rnatilgan. Keruvchi vtulka uzatmani yig'ish vaqtida podshipniklarni gayka bilan tortilganda, m a’lum elastiklik xususiyatiga ega bo'lgan keruvchi vtulka, o'rta qismida tashqi diametri tomon deformatsiyalanadi. Buning natijasida podshipniklarning doimo ma’lum darajada tig‘iz holda qisilib turishi ta’minlanadi va valni o‘q bo'ylab siljishiga imkon bermaydi. Yetaklanuvchi tishli g'ildirak differensial qutisiga boltlar bilan biriktirilgan. Differensial qutisi esa ikkita konussimon rolikli podshipniklarda uzatma karteriga qopqoqlar yordamida boltlar bilan mahkamlangan. Bu rolikli podshipniklarning dastlabki tig'izligi gaykalar bilan rostlanadi. Yetakchi tishli g'ildirakning yetaklanuvchiga nisbatan to‘g‘ri turish holati rostlovchi xalqa bilan bajariladi. Yigilgan asosiy uzatma karteri bilan birgalikda yetakchi ko'prikning karteriga o‘rnatiladi va boltlar bilan qotiriladi. Download 445.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling