Annotasiya
Download 445,3 Kb. Pdf ko'rish
|
Diplom ishi hisoboti ASOSIY
O’zg.
Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 16 Bitiruv malakaviy ishi soni konussimon tishlarinikiga qaraganda ko’p bo’lib, ilashib turgan tishlarning har biriga to’g’ri keladigan yukni kamaytiradi. Uzatish soni va yetaklanuvchi tishli g’ildirak diametri bir xil bo’lgan, ikki xil uzatmalarni taqqoslanganda gipoidli uzatmada yetakchi tishli g’ildirakning diametri konnussimon uzatmadagi yetakchi tishli g’ildiraknikiga qaraganda kattaroq ya’ni bikrligi yuqoriroq bo’ladi. Bo’larning barchasi gipoidli uzatmaning afzalligi xisoblanib, uning mustaxkamligini va uzoq muddat ishonchli shovqinsiz, ravon ishlashini ta’minlaydi. Uzatmaning kamchiliklari: g’ildirak tishlarining spiral burchagi katta bo’lganligi tufayli tish sirtlari o’zaro sirpanib ishlaydi, natijada ular nisbatan tez yoyiladi; yoyilishni oldini olish uchun sirpanib ishlayotgan tish sirtlarida mustaxkam moy qatlami xosil qiladigan maxsus gipoid moydan foydalanish kerak. Bundan tashqari, bu uzatmaning tishli g’ildiraklarini tayyorlash nisbatan qiyin, ularni yig’ishning aniqlik darajasi yuqori, chunki kichik noaniqlikning ta’siri tez seziladi. Lekin shunga qaramay bu kamchiliklar gipoidli uzatmaning afzalliklariga xech qanday zarar yetkazmaydi. Silindrik asosiy uzatma, dvigateli ko‘ndalang joylashgan old yuritmali yengil avtom obillar (Neksiya, Tiko, VAZ-2108)da qoilaniladi. Bunday uzatma, uzatmalar qutisi va ilashish muftasi bilan birgalikda umumiy hisoblangan karterda joylashtiriladi .Uzatmaning yetakchi tishli gildiragi uzatmalar qutisi yetaklanuvchi valining orqa uchiga mahkamlanadi yoki u bilan birgalikda yaxlit ishlanadi. Uzatmaning shovqinsiz ishlashini ta’minlash maqsadida ko‘pincha gildiraklar qiya tishli boiadi va uning uzatish soni 3,5-4,2 oraligida tanlanadi. Juft gildirakning ravon ishlashi uchun yetakchi gildirakning tishlar soni o‘ntadan kam olinmaydi. Aks holda, ya’ni uzatishlar soni katta bo’lganda yetaklanuvchi tishli gildirakning o’lchamlari kattalashib, uzatma karteri bilan yo‘l orasidagi masofa kichiklashadi, ishlashida shovqin ortadi. Silindrik juftlikning FIK 0,98 dan kam emas. Ko‘prik o’rtasida yaxlit joylashgan markaziy qo'shaloq asosiy uzatmalar (4.5-rasm,a) katta va ay rim o‘rta yuk avtomobillarida (ZIL-130, KamAZ-5320) qoilaniladi. Bunday uzatmalar bir juft konussimon va bir juft silindrik tishli gildiraklardan tashkil topib, avtom obil yetakchi k o ‘prigining o ‘rta qism ida karterga joylashtiriladi. O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 17 Bitiruv malakaviy ishi Ikki qismga ajratilgan asosiy uzatmalar (4.5-rasm,b) asosan katta yuk avtomobillarida ( MAZ, BelAZ ), shuningdek katta uzunlikka ega avtobuslarda (LAZ, M ersedes), ayrim yengil o ‘tag ‘on avtomobillarda (UAZ-469) qo'llaniladi. Asosiy uzatmani bunday ikki qismga, ya’ni markaziy (2) va g'ildirak (1) uzatmalarga bo'linishi yarim o'qlar bilan differensialga tushadigan yuklarni kamaytiradi. Chunki yarim o'qlar va differensialdan uzatiladigan burovchi momentning qiymati uzatmaning ko'prik o'rtasida joylashgan qismi, konussimon juftlikning U=2 uzatish soniga yarasha oshiriladi, xolos. Burovchi momentning qolgan qiymatini g'ildirak uzatmada (1) kattalashtirildi. Bundan tashqari ko'prikning o 'rta qismidagi markaziy uzatma, faqat bir juft tishli g'ildiraklardan tashkil topganligi uchun ixcham. Bu esa o'z navbatida, ko'prik bilan yo‘l orasidagi masofa (N)ni (klirens) kattalashtirib, avtomobilning yomon yo'llarda va yo'lsiz joylarda o'tuvchanligini oshiradi. Chervakli asosiy uzatmalar tishli g'ildirakli uzatmalardan o'zining ixchamligi va shovqinsiz ishlashi bilan farqlanadi. Ammo bu uzatmaning FIK konusli va gipoidli uzatmalarga nisbatan kichik va uni tayyorlashda qimmat metall (bronza) ishlatilganligi sababli avtomobillarda deyarli qo'llanilmaydi. Qo’shaloq bosh uzatmaning uzatish sonini ikki juft shesternyalar uzatish sonlari ko’paytmasiga teng. Qo’shaloq bosh uzatma hisobiga gabarit kichik bo’ladi. Komponovkasiga ko’ra ular markaziy va ajratilgan turlarga bo’linadi. 3.2-rasm. Qo’shaloq markaziy bosh uzatmalar sxemasi: O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 18 Bitiruv malakaviy ishi 1-yetakchi konussimon shesternya; 2-yetaklanuvchi konussimon shesternya; 3-yetakchi silindrik - 19 - shesternya; 4-oraliq val; 5-yetaklanuvchi silindrik shesternya; 6- defferensial; 7- yarim o’qlar. Qo’shaloq markaziy bosh uzatmada ikki juft shesternyalar bir karterda joylashtiradi. Qo’shaloq ajratilgan bosh uzatmalarda bir juftlik shesternya markazda, ikkinchi juftlik g’ildirakda joylashtiriladi. G’ildirakdagi planetar reduktor shakli keng tarqalgan (4.4-rasm). 3.3-rasm. Qo’shaloq ajratilgan bosh uzatmalar sxemasi: (a) va chizmasi (b). 1-markaziy konussimon juft; 2-yarim o’q; 3-ko’prik qobig’i; 4- g’ildirak; 5- toj(koronnaya) shesternya; 6-o’q; 7-satelit; 8-quyosh shesternya. Burovchi moment markaziy konussimon juftda (1) yarim o’qqa (2) uzatiladi. Uning shesternyasidan (8) burovchi moment ko’prik qobig’iga (3) mahkamlangan o’qda (6) erkin o’rnatilgan satelitlar (7) orqali toj shesternyaga (5) va g’ildirakka (4) uzatiladi. O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 19 Bitiruv malakaviy ishi 3.4-rasm. Q o‘shaloq asosiy uzatmalarning turlari: a-yaxlit joylashgan markaziy uzatma; b-ikki qismga bo ‘lingan-ajratilgan uzatma; 1- silindrik g ‘ildirak uzatma; 2-konussimon markaziy uzatma Qo’shaloq ajratilgan bosh uzatma differensial va yarim o’qlar yuklanishini kamaytiradi, yetakchi ko’prik o’rta qism gabaritini kamaytiradi.Ko’prik bilan yo’l oralig’i kattalashadi. Download 445,3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling