Annotasiya
Download 445.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Diplom ishi hisoboti ASOSIY
1.3 Mavzuga oid mavjud bajarilgan ishlar bayoni va tahlili O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 14 Bitiruv malakaviy ishi O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 15 12 Bitiruv malakaviy ishi Bosh (markaziy) uzatmaning vazifasi transmissiya uzatishlar sonini ko'paytirish orqali burovchi momentni ko'paytirish va harakatni 90° burib, yarim o'qlarga vetkazib berishdan iborat. Ular odatda uzatmalar qutisi bilan differensialni (gildirakli traktor va avtomobillarda) yoki burish mexanizmi (zanjir tasmali traktorlarda) bilan bog’laydi va odatda yetakchi ko'prik karteriga joylashtiriladi. Bir juftli bosh (markaziy) uzatma sodda, arzon va massasi kichik, shuningdek, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish qulay bo’lgani uchun keng tarqalgan. Kamchiligi shuki, ularda uzatmalar sonini ko'paytirish cheklangan (𝑖 𝑏 ≤ 7) . Agar bu ko’paytirilsa , uning gabariti kattalashib ketadi. Bosh uzatmalar ilashishdagi tishli g’ildiraklarning soniga qarab yakka yoki qo’shaloq bo’lishi mumkin. Yakka uzatma bir juft tishli g’ildirak (shesternya)dan, qo’shaloq uzatma esa ikki juft tishli g’ildirak (shesternya)lardan iborat. Yakka Bosh uzatmalar konussimon, gipoidli, chervyakli va silindrik turlarga bo’linadi (4.1-rasm). Qo’shaloq uzatmalar esa, odatda, bir juft konussimon va bir juft silindrik tishli g’ildiraklardan tashkil topib, ular o’z navbatida ko’prik o’rtasida yaxlit joylashgan – markaziy uzatma yoki ikki qismga bo’lingan, ajratilgan uzatma bo’lishi mumkin. Yakka uzatmalar ko’pincha yengil yoki o’rta yuk avtomobillarida qo’llaniladi. Dvigateli oldida va yetakchi ko’prigi orqada joylashgan kompanovkali avtomobillarda konusli yoki gipoidli uzatmalar ishlatiladi. Komponovkasi old yuridmali bo’lgan yengil avtomobillarda (Nexia, Tico, Matiz) silindrik uzatmalar qo’llanilmoqda. 3.1-rasm. Yakka bosh uzatmalar sxemasi: a-konussimon; b-gipoidli; d-chervyakli; e-silindrik; 1-yetakchi shesternya; 2- yetaklanuvchi shesternya; 3-chervyak; 4-chervyakli shesternya; 5-yetakchi val; 6- yetakchi shesternya; 7-yetaklanuvchi shesternya; 8-differensial. Yakka bosh uzatmalar uzatish soni odatda yengil va o’rta yuk avtomobillarida qo’llaniladi. Uzatishlarining soni oltigacha bo’ladi. Konussimon bosh uzatmaning yetakchi (1) va yetaklanuvchi (2) shesternyalar o’qlari bir tekislikda bo’ladi. Gipoidli bosh uzatma yetakchi (1) va yetaklanuvchi (2) shesternyalar o’qlari bir tekislikda yotmaydi. Yetakchi shesternya o’qi yetaklanuvchi shesternya o’qidan (4.1 e- rasm) masofaga siljigan bo’ladi. Gipoidli bosh uzatma konussimonga nisbatan gabariti kichik, shovqini past bo’ladi. Gipoidli asosiy uzatmada yetakchi va yetaklanuvchi tishli g’ildiraklarning o’qlari o’zaro kesishmay, bir-biriga nisbatan ma’lum masofaga (e) siljitilgan (2.2- rasm,b). O’qlarining bir-biriga nisbatan bunday joylanishi kardanli uzatmaning orqa uchini pastroq tushiradi, bu esa o’z navbatida avtomobilning og’irlik markazini pasaytirib, uning turg’unligini oshiradi. Bundan tashqari gipoidli uzatmada tishlarning spiral burchagi katta bo’lgani uchun, ularning uzunligi xam katta bo’lib, bir vaqtda ilashib turgan tishlarning Download 445.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling