Annotatsiya Dastur 5A311001 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo va oziq-ovqat sanoati) magistratura mutaxasisligiga kiruvchilar uchun 5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
TEXNOLOGIK JARAYONLARNI IDENTIFIKATSIYALASH VA
Download 319.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Annotatsiya Dastur 5A311001 – Texnologik jarayonlar va ishlab ch
2. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI IDENTIFIKATSIYALASH VA
MODELLASHTIRISH: Texnologik jarayonlarni modellashtirish va identifikatsiyalash asoslarining tarixi va rivojlanish tendensiyalari. Sanoat korxonalarida ishlatiladigan kompyuterli modellar to‘g‘risida umumiy ma’lumot. Texnologik jarayonlarni modellashtirish sohasidagi Respublikamizdagi islohotlar natijalari, hududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari. Fanning vazifalari. Matematik modellashtirish masalasini umumiy qo‘yilishi. Modellashtirish – bilish usuli sifatida. Farazlar tizimi tushunchasi. Modellashtirishning falsafiy masalalari. Fizik va matematik modellashtirish. Matematik model, matematik modellashtirishning texnik va dasturiy ta’minoti tushunchalari. Matematik modellashtirishning tipik masalalari. Hayoliy modellash. Ayoniy modellash. Analogli modellash. Tilli modellash. Matematik modellash. Imitatsion modellash. Kombinatsiyalangan modellash. Bilimlar modellari. Matematik modellashtirish, boshqarish tizimlarini tahlil qilish prinsiplari, ishlab chiqarish ierarxiyasining pog‘onalari, modellarning turlari, matematik tavsif va uni tashkil etuvchi tenglamalar tiplari, modelning monandligi, kompyuterli modellarni optimallash masalalarida qo‘llanishi. Mujassamlashgan parametrli modellar. Taqsimlangan parametrli modellar. Statik modellar. Dinamik modellar.Matematik tavsifni tuzishda blokli tamoyillar. Analitik usullari yordamida matematik tavsifni tuzish. Matematik tavsifni tuzishning eksperimental usuli. Matematik tavsifining tarkibi. Tizimlarning ishlash jarayonini shakllantirish va algoritmlash. Tizimlar modellarini EHMda amalga oshirish va ularning ketma-ketligini ishlab chiqish. Tizimning konseptual modelini qurish va uni shakllantirish. Modelni algoritmlash va uni mashinali amalga oshirish. Ob’ekt va uning moddiy, energetik va axborot oqimlari strukturasining tahlili. Substansiyaning saqlanish qonunlari asosida matematik model tenglamalarini keltirib chiqarish. Murakkab ob’ekt modellari. Strukturaviy modelni qurishning umumiy tamoyillari. Matematik tavsiv tenglamalar tizimining taxlili. Oqimlar strukturasining tadqiqot usullari (Impulsli usul). Oqimlar strukturasining tadqiqot usullari (Pog‘onali g‘alayon usuli). Oqimlar strukturasining tadqiqot usullari (Muvozanat holati usuli). Oqimlar strukturasining tadqiqot usullari (Sinusoidal g‘alayonlash usuli). Apparatda bo‘lish vaqti bo‘yicha oqim elementlari taqsimlanishining asosiy tavsiflari (taqsimlash funksiyalari momentlari). Momentlar usuli yordamida eksperimental S – egri chiziqlarni qayta ishlash. Tajribaviy F – egri chiziqlarga ishlov berish. Ideal aralashtirish va ideal siqib chiqarish modellari. Diffuziyali model. Masalaning qo‘yilishi. Passiv tajriba ma’lumotlari asosida empirik modellarni qurish. Regressiyaning taxminiy tenglamasi turini aniqlash. Regressiya koeffitsientlari – empirik modellar parametrlarini aniqlash (regressiya tahlilining birinchi bosqichini bajarish). Bir o‘zgaruvchili funksiyani chiziqli ko‘rinishga almashtirish. Regression va korrelyasion tahlilning bosqichlari. CHiqish o‘zgaruvchisi o‘lchovini tasodifiy kattaliklarining sonli tavsiflarini aniqlash. Regressiya koeffitsientlarining dispersiya baholarini aniqlash. Dispersiya baholarini aniqlash. Har bir parallel tajribalar soni turlicha bo‘lgan mustaqil o‘zgaruvchilar o‘zgaradigan tajribadagi dispersiyalar baholarini aniqlash. Mustaqil o‘zgaruvchilar o‘zgaradigan har bir k nuqtadagi parallel tajribalari soni bir xil bo‘lgan dispersiyalar baholarini aniqlash. Ixtiyoriy ajratib olingan nuqtada o‘tkaziladigan parallel sinovlardagi dispersiyalar baholarni aniqlash. Regressiya koeffitsientlarining ahamiyatliligini aniqlash. Regressiyaning ahamiyatsiz koeffitsientlarini tashlab yuborish protsedurasi. Download 319.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling