Annotatsiya: G‘aznachilikning yagona hisobraqami to‘g‘risida tushuncha, Res- publika va hududiy g‘aznachilik hisob raqamlarining yuritilishi hamda yagona g‘az- na hisob raqamida budjet daromadlari ijrosini hisobga olish to‘g‘risida mavzu yo
Download 41.38 Kb. Pdf ko'rish
|
gazna 20.11 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Soliq to‘lovchi subyektlar
DSI tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda respublika budjetiga kelib tushadigan daro- madlarni saqlash uchun maxsus ochilgan tran- zit bisob raqam (23402) Ushbu tartibga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqlar va majburiy to‘lovlar banklar tomonidan qabul qilinadi va belgilangan tartibda 23402, 23403, 23407, 23409, 20207, 20205 va 23411- sonli balans hisobvaraqlarda ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadi va ular hisobidan tegishli budjetlar va Davlat maqsadli jamg‘armalari hisobiga belgilangan miqdorlarda ajratmalarni amalga oshirish tartibi 2012-yilning 1- yanvaridan boshlab joriy etildi. Buning natijasida tegishli budjetlar daromadlari, shu jumladan, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlari hisobi “g‘aznachilik” dasturiy majmuida ular uchun ochiladigan tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladigan bo‘ldi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (O‘quv markazi O‘quv materiallari) «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 228 Davlat budjeti daromadlarining g‘azna ijrosini amalga oshirish borasida joylardagi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan quyidagi ustuvor vazifalar bajarilishi lozim: - davlat budjetiga kelib tushgan mablag‘larni ajratib berilishi lozim boigan turli darajadagi budjetlarning g‘aznachilikdagi shaxsiy hisobraqamlariga o‘tkazib berish bilan bogiiq operatsiyalarni amalga oshirish; - davlat budjetining daromad qismi bo‘yicha g‘aznachilik funksiyalarining bajarilishi yuzasidan tegishli hisobotlarni tayyorlash va buxgalterlik hisobotlarini olib borish, bajarilgan barcha funksional jarayonlarga taalluqli malumotlarni g‘aznachilik tizimining Bosh kitobida aks ettirib borish; - davlat budjetining daromadlari, davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha zarur maiumotlarni yig‘ish, o‘rganib chiqish, tahlil qilish va olingan natijalarni mutasaddi davlat tashkilotlari (davlat soliq va bojxona organlari) ga taqdim etish; - davlat budjeti daromadlari qismiga soliq va boshqa xil majburiy to‘lovlarning tushirilishi, me’yoridan ortiqcha ushlanib qolingan soliq va boshqa xil majburiy to‘lovlar summasining qaytarib berilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tegishli ma`lumotlarni tayyorlash; - “Bank - g‘aznachilik” tizimi orqali Yagona g‘aznachilik tizimiga davlat budjetining daromadlar qismiga tushiriladigan tushumlarni qabul qilib olish operatsiyalarini STARS International University 229 bajarish; - moliya masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi davlat organlariga turli darajadagi budjetlarning kirim qismiga tushayotgan mablag‘lar haqida ma’lumotlar berib borish; - joriy qonunchilik normalariga muvofiq davlat budjetining daromadlari qismiga tushiriladigan mablag‘lar bilan ishlashga doir boshqa xil operatsiyalarni amalga oshirish. Xulosa qilib aytganda, dastlab davlat budjeti g‘azna ijrosi elementlari joriy qilinayotganda nazarda tutilgan davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari tushumining yagona g‘azna hisobraqamida yuritilishi mablag‘larni oqilona boshqarish imkonini beradi, qisqa vaqt oralig‘ida budjetga va boshqa maqsadli jamg‘armalarga tushgan mablag‘larning markazlashtirilgan tartibda hisobini yuritish uchun sharoit yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qosimova G.A. “G‘aznachilik”. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2015 y. 2. Qosimova G. G‘aznachilik. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013 y. Internet saytlar: www.senat.gov.uz / www.ceep.uz www.mf.uz / www.lex.uz www.cer.uz Download 41.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling