Annotatsiya: G‘aznachilikning yagona hisobraqami to‘g‘risida tushuncha, Res- publika va hududiy g‘aznachilik hisob raqamlarining yuritilishi hamda yagona g‘az- na hisob raqamida budjet daromadlari ijrosini hisobga olish to‘g‘risida mavzu yo


Download 41.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.12.2023
Hajmi41.38 Kb.
#1798899
1   2   3   4
Bog'liq
gazna 20.11 (3)

ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH
TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti
YANGIBOYEV FARRUX ANVAR O‘G‘LI
TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti 
talabasi
 
G‘AZNACHILIK YAGONA 
G‘AZNA HISOB 
RAQAMINI YURITISH
https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 2 2 2 - 2 2 7


STARS International University
225
etish tartiblarini, yuridik majburiyatlarai ro‘yhatga olishning umumiy qoidalarini, 
budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga 
xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini belgilab berdi va muqaddam amal qilib 
kelgan bir qator me’yoriy hujjatlarni o‘zida mujassamlashtirdi.
Yuqorida nomi keltirilgan 2007-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi Qoidalari”da 
respublika va hududiy g‘azna hisob varaqlarini qo‘llash sharoitida respublika 
budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetiarning g‘azna 
ijrosini amalga oshirish tartiblari belgilab berildi. Unga ko‘ra, davlat budjetiga 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar banklar tomonidan o‘rnatilgan tartibda qabul qilinadi va 23402 (005) 
“Respublika budjetining mablag‘lari” hisobvarag‘iga kirim qilinadi hamda 
belgilangan me’yorlarga muvofiq, banklarda ochilgan tegishli budjetlarning g‘azna 
hisob varaqlanga ajratiladi.
1
Respublika g‘azna hisob varag‘i. 
Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan barcha budjetdan mablag‘ oluvchilar 
g‘azna ijrosi bilan to‘liq qamrab olingunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi G‘aznachiligiga Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi 
Hisob-kitob kassa markazida (HKKM) 23402 (006) balans raqami bilan Respublika 
g‘azna hisob varag‘i ochiladi. Respublika budjetining g‘azna ijrosi bilan qamrab 
olingan budjetdan mablag‘ oluvchilarning kassa xarajatlarini amalga oshirish 
uchun mablag‘lar HKKM da 23402 (005) hisob varag‘i bilan ochilgan respublika 
budjetining asosiy hisob varag‘idan tushadi. Mablag‘lar taqsimlovchisi O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi hisoblanadi. Respublika budjetidan 
moliyalashtirishni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining 
bosh taqsimlovchisi hisoblangan budjetdan mablag‘ oluvchilar, O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining tarmoq boshqarmalariga budjetning g‘azna 
ijrosi bilan qamrab olingan har bir budjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha sertifikat 
summasining yoyilmasini ilova qilgan holda, shuningdek, budjetning g‘azna ijrosi 
bilan qamrab olinmagan, quyi turuvchi budjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘larni 
o‘tkazish uchun budjet rahbarlari bosh taqsimlovchilarining budjet depozit hisob 
varaqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qismi bo‘yicha mablag‘lariga o‘tkazish uchun 
rasmiylashtirilgan tayinlash sertifikatlarini taqdim etadi.
Tarmoq boshqarmalari budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan 
tayinlash sertifikatlarini o‘rnatilgan tartibda tekshirganlaridan so‘ng, ularni ijro uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti Bosh boshqarmasiga 
(DBBB) taqdim etadi.
23402 (005) hisob varag‘idan respublika g‘azna hisob varag‘iga mablag‘lar 
o‘tganligini tasdiqlovchi HKKMdan shaxsiy hisob varaqdan ko‘chirmalar olinganidan 
so‘ng, DBBB ijro etilgan tayinlash sertifikatlarining birinchi nusxalarini O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim etadi.
Joriy yilda budjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib 
tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim qilinadi 
(budjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga oshiriladigan 
to‘lovlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar).
1
Qosimova G.A. “G‘aznachilik”. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2015 y. 125-bet.


«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
226
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy 
moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek, tovar-moddiy boyliklarni, asosiy 
vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib 
tushgan summalar kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar budjetdan mablag‘ 
oluvchilar joylashgan hududning shartli hisob varaq raqami (ShHR) bilan ochilgan, 
23402 (005) “Respublika budjeti mablag‘lari” daromadlar tranzit hisob varaqlari 
orqali respublika budjetining daromadlariga o‘tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisob 
varaqlarda hisobga olinadi.
Respublika budjeti qaramog‘ida bo‘lgan budjetdan mablag‘ oluvchilarni g‘azna 
ijrosi bilan to‘liq qamrab olingandan so‘ng, ularning xarajatlarini respublika 
budjetining asosiy hisob varag‘idan moliyalashtirish to‘xtatiladi va asosiy respublika 
budjeti hisob varag‘i bilan birlashtiriladi. Respublika budjetining asosiy hisobvarag‘i 
bilan birlashtirilgandan so‘ng, respublika budjeti daromadlari 23402 (005) 
“Respublika budjetining mablag‘lari” hududiy daromad tranzit hisobvaraqlaridan 
mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri kirim qilinadi.
1

Download 41.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling