Annotatsiya: G‘aznachilikning yagona hisobraqami to‘g‘risida tushuncha, Res- publika va hududiy g‘aznachilik hisob raqamlarining yuritilishi hamda yagona g‘az- na hisob raqamida budjet daromadlari ijrosini hisobga olish to‘g‘risida mavzu yo
Download 41.38 Kb. Pdf ko'rish
|
gazna 20.11 (3)
Hududiy g‘azna hisobvaraqlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramogida boigan budjetdan mablag‘ oluvchilarning pul mablag‘larini kirim qilish va o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar hududiy g‘azna hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramogida boigan budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari (ota- onalarning maktabgacha taiim muassasalarida bolalami saqlash uchun to‘lovlari, ota-onalarning musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, maktabgacha ta’lim muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan tushumlar, shuningdek, ijtimoiy ta’minot organlaridan budjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lash uchun tushgan mablag‘lar) o‘rnatilgan tartibda kirim qilinadi. Joriy yilda budjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim qilinadi (budjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga oshiriladigan to‘lovlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar). Budjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek, tovar-moddiy boyliklarni, asosiy vositalari sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib tushgan summalar kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar budjetdan mablag‘ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami (ShHR) bilan ochilgan 23402 (005) “Respublika budjeti mablag‘lari” daromadlar tranzit hisob varaqlari orqali tegishli budjetlarning daromadlariga o‘tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisob varaqlarda hisobga olinadi. Ma’lumki, O‘zbekistoRespubllkasi davlat budjeti daromadlari qismi asosini mamlakatimizda 2014-yil, 1 - yanvardan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 50-51 -52-moddalari bilan belgilab qo‘yilgan daromadlar tashkil qiladi. Davlat budjetiga majburiy to‘lovlarning kelib tushishi soliq va bojxona tizimlariga kiruvchi maxsus vakolatli organlar hamda mazkur vazifa zimmasiga yuklatilgan boshqa davlat organlari tomonidan ta’minlanadi. 1 Qosimova G. G‘aznachilik. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013 y. 123-bet. STARS International University 227 Davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarning hisobga olinishi yoki budjet hisobiga keragidan ortiq miqdorda o‘tkazib yuborilgan summalarning qaytarib berilishi respublikamizda amalda bo‘lgan Soliq Kodeksi, Bojxona Kodeksi, shuningdek, 2001-yil, 19-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa operatsiyalarini amalga oshirish orqali ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” gi 1009-sonli raqam bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilgan yo‘riqnomalar asosida bajariladi. Davlat budjetining markaziy bo‘g‘ini bo‘lgan respublika budjetiga Soliq Kodeksining 23-moddasida belgilab berilgan umumdavlat daromadlari va majburiy to‘lovlari tushiriladi. Ma’lumki, umumdavlat ahamiyatiga ega boigan tartibga soluvchi soliqlar bo‘yicha to‘lovlar O‘zbekistoRespublikasi Prezidentining Budjet parametrlari to‘g‘risidagi maxsus qarori bilan har moliya yili uchun tasdiqlanadigan normativlar bo‘yicha respublika budjetiga o‘tkaziladi. Umumdavlat soliqlarining ayrimlari bo‘yicha to‘lovlar turlicha respublika budjetiga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining budjetlariga o‘tkazilishi mumkin. Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlardan to‘lovlarini bajarish yuzasidan zimmasidagi majburiyatlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan soliqlar va boshqa to‘lovlar summalari tegishli banklar tomonidan respublika budjetiga o‘tkaziladi va O‘zbekistoRespublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartib-qoidalarga muvofiq respublika budjetining asosiy hisob- kitob raqamiga jamlanadi, shuningdek, amaldagi qonunchilik normalariga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy hokimiyat organlarining budjetlariga o‘tkazib beriladi. Alohida shahar hududiga kiruvchi tumanlarning mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlarining qanday qismini ajratib berish lozimligini belgilovchi normativlar, o‘z navbatida, viloyat miqyosi-dagi shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanadi. 1 Download 41.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling