Annotatsiya: G‘aznachilikning yagona hisobraqami to‘g‘risida tushuncha, Res- publika va hududiy g‘aznachilik hisob raqamlarining yuritilishi hamda yagona g‘az- na hisob raqamida budjet daromadlari ijrosini hisobga olish to‘g‘risida mavzu yo
Download 41.38 Kb. Pdf ko'rish
|
gazna 20.11 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 224 Annotatsiya: G‘aznachilikning yagona hisobraqami to‘g‘risida tushuncha, Res- publika va hududiy g‘aznachilik hisob raqamlarining yuritilishi hamda yagona g‘az- na hisob raqamida budjet daromadlari ijrosini hisobga olish to‘g‘risida mavzu yo- ritilgan. Kalit so‘zlar: G‘azna ijrosi, g‘azna hisobvarag‘i, HKKM (Hisob-Kitob Kassa mar- kazi), DBBB (Davlat budjet Bosh boshqarmasi). KIRISH “Davlat budjeti g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddasida “Yagona g‘azna hisobvarag‘i g‘aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i bo‘lib, bu hisobvaraqqa davlat budjeti mablag‘lari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari kiritiladi. Yagona g‘azna hisobvarag‘idan davlat budjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to‘lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari amalga oshiriladi”, - deb belgilab qo‘yilgan. 2009-yilga kelib, davlat budjeti g‘azna ijrosining tashkiliy-huquqiy hamda meyoriy asoslari ancha takomillashtirildi. Bu davrga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009- yil, 4-avgust-dagi 69-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil, 16- sentabrda 2007-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan “Davlat budjetining g‘azna ijrosi Qoidalari” qabul qilindi. Ushbu “Qoidalar Budjet tizimi to‘g‘risida” gi va “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007- yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligiva uning hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika va hududiy g‘azna bisobvaraqlarini qo‘ llash sharoitida respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning g‘azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi. Mazkur qoidalar respublika g‘azna hisobvarag‘i va hududiy g‘azna hisob varaqlarini yuritish tartiblari, Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarinmg yoyilmasi budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalarini va ularga o‘zgartirishlarni g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim Download 41.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling