Annotatsiya mazkur bitiruv malaka ishi mavzusi “Boburnoma” asarini oʻrgatish metodikasi


Download 144 Kb.
bet7/22
Sana05.01.2022
Hajmi144 Kb.
#224587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
КУРС1

Tashqi kurinish ifodalari




Xarakter xususiyatlari

Go’zal

Labi g’uncha

Sochi sunbul

Beli xipcha

Nigohi o’t

Sarvqomat

Va boshqalar




Shox

Iltifotsiz

Zulmkor

Sitamgor

Qahrli

Mag’rur

Va boshqalar




OSHIQ

Tashqi kurinish ifodalari




Xarakter xususiyatlari

Holi zabun

Zo’rlanuvchi

Qaddi xol

Ko’z yoshi qon

Rangi sariq

Va boshqalar




Sabrli

Yozg’irmaydi

Xokisor

Vafodor

Ishqda barqaror

Va boshqalar

Har bir ta’lim yoki tavsifga g’azallardagi baytlardan misol keltirishi hamda fikrni mantiqiy dalillar bilan ifodalash yuqori baho ball (uchun) asos bo’lishi kerak.




9-SINF ADABIYOT DARSLARIDA Z.M.BOBURNING “BOBURNOMA” ASARINI YANGI PEDAGOGIK VA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB O’TISH
9-sinf adabiyot darsida Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asaridan berilgan Samarqand va Andijon tasvirini o’tishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, bu mavzu ancha murakkab bo’lib, o’quvchilar berilgan matnni xotirada saqlab qolishi biroz mushkuldir. Ikkinchidan, Andijon tasvirida ham Samarqand tasvirida ham joynomlari maqbaralar, masjidlar turli inshootlar, shaxs nomlari ularning ta’riv-tavsifi ham talaygina. Hatto o’simlik dunyosi, hayvonot dunyosiyu, bozorlarining ta’rifi-tavsifi ham keltiriladi. Bularni so’zlab berish bilan birga ekranda slaydlar yordamida ko’rsatib berilsa menimcha xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi. Uchinchidan, “Boburnoma”da juda ko’plab so’zlarning lug’atlarsiz tushinish qiyin, shuning uchun o’quvchilarni lug’at ustida ishlashlarini tashkil etish, uyinlar orqali lug’atlarni o’rgatish lozim deb o’ylayman. To’rtinchidan, bunday o’tilgan darslar o’quvchilar ongida ona-vatanga muxabbat, o’tmishda yashab ijod etgan allomalarga hurmat extirom milliy qadriyatlarimizni, madaniy meroslarimizga nisbatan hurmat izzat eng asosiysi milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini hosil qiladi.

Quyida men 9-sinfda “Boburnoma” asarini o’tishga mo’jallangan dars bayonnomasini tavsiya etaman.

Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy maqsad:

“Boburnoma” asaridan berilgan parchadagi Andijon va Samarqand tasviri bilan uning mazmun mohiyati haqida bilim berish, berilgan fanlarni tahlil qilish lug’atlar ustida ishlash malakalarini shakllantirish.

b) Tarbiyviy maqsad:

O’quvchilarda ona-vatanga ulug’ allomalarga hurmat ehtirom, turli asari atiqalarni ezozlab saqlash shunday vatanda yashayotganidan g’urur va iftixor tuyg’ularini shakllantirish.

s) Rivojlantiruvchi maqsad:

Og’zaki nutq malakasini rivojlantirish ma’naviy va mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish mustaqil fikrlashga o’rgatish, Bobur sheriyatiga uning memuar asari “Boburnomaga” hurmat hissini rivojlantirish.

Dars turi yangi bilim beruvchi, shakllantiruvchi kompetentsiyalar. Kommunikativ va badiiy asarini o’qish, tushunish va tushuntirish hamda badiiy asarni tahlil (analiz, sintez) qilish kompetentsiyalarini shoir Nasriy asarining badiiy mahorati uning nafaqat ijodkor balki nozikta’b shaxs sifatida tarihchi va etnograf sifatida o’z davrining tarihiy shaxslari va inshootlari, masjid, xonadon yoki madrasalarini yaqqol tasvirlashi, o’simliklar dunyosi va hayvonot dunyosini tasvirlanishi hamda Andijon va Samarqandning o’ziga xos iqlimiyu bozorlari ta’sifini lug’atlar yordami mag’zini chaqish, tushuntira olish, o’zlashtirish, tahlil qilish, baxo berish.



Kommunikativ va adabiy bilimlarni adabiyotda qo’llash kompetentsiyalarni o’rganilgan mavzular bo’yicha fikrini og’zaki va yozma bayon qilish.


Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling