Annotatsiya mazkur bitiruv malaka ishi mavzusi “Boburnoma” asarini oʻrgatish metodikasi


Mundoq ulug' toshni xeyli yiroq yerdin kelturubturlar. O'rtasida darz bo'lubtur


Download 144 Kb.
bet15/22
Sana05.01.2022
Hajmi144 Kb.
#224587
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
КУРС1

Mundoq ulug' toshni xeyli yiroq yerdin kelturubturlar. O'rtasida darz bo'lubtur.

Derlarkim, ushbu yerda keltirgandin so'ng bu darz bo'lg'ondur. Ushbu bog'chada

yana bir chordara solibtur, izorasi tamom chiniy Chiniyxona derlar. Xitoydin kishi yiborib keltirubtur.

Samarqand qal'asining ichida yana bir qadimiy imorattur, masjidi Laqlaqa derlar. Ul gunbazning o'rtasida yerga tepsalar, tamom gunbazdin laq-laq un kelur, g'arib amredur, hech kim muning sirrini bilmas.

Samarqand shahri ajab orosta shahredur, bu shaharda bir xususiyate borkim, o'zga kam shaharda andoq bo'lg'ay. Har hirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut emastur, tavr rasmedur. Xub nonvoliqlari va oshpazliklari bordur. Olamda ya xshi qog'oz Samarqanddin chiqar. Juvozi kog'ozlar16 suyi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyohob yoqasidadurkim, bu qora suvni Obirahmat ham derlar. Samarqandning yana bir matoi qirmizi maxmaldurkim, atrof va javonibqa eltarlar.

Girdogirdida yaxshi o'langlari bor. Bir mashhur o'lang Konigil o'langidur.

Samarqand shahridin sharq tarafidadur, bir nima shimolg'a moyil, bir shar'iy bo'lg'oy. Qorasuvkim, Obirahmat ham derlar, Konigilning o'rtasidin oqar, yetti- sekkiz tegirmon suyi bo'lg'oy. Bu suvning atrofi tamom obgirdur18. Ba'zi derlarkim, bu o'langning asli oti Koni obgir ekandur, vale tarixlarda Konigil bitirlar,

xeyli yaxshi o'langdur.

Yuqoridagi so’zlarni faqat asli berilgan kartochkalardan olib, T chizmasini birinchi ustuniga yozadilar va ularning tarjimasini ikkinchi ustunga o’zlari yozishlari kerak. SHunday qilib qaysi guruh necha so’zni izohi bilan “T” chizmasining har ikki tomoniga yozib chiqsa, har bir to’g’ri yozilgan so’zga “1”balldan guruhiga olib bergan bo’ladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlashda ko’pincha “FSMU”, “Klaster”, “Sinkveyn” va “Blits” so’rov kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish mumkin. Mazkur mavzuni mustahkamlashda “Blits so’rov” va test savollaridan foydalanildi.

“Blits” so’rov usulini o’tkazish uchun har bir guruhga vatman qog’ozi va flamaster beriladi. “Blits so’rov”jadvali chizib ko’rsatiladi. Bunda yozuvchining Andijon va Samarqand tasvirida nimlarga katta e’tibor berganini aniqlash mumkin. O’quvchilar buni to’g’ri aniqlab jadvalni to’ldiradilar. Har bir guruhning jadvalni guruh bo’lib to’ldirishlariga qarab besh ball qo’yiladi. Ballar hisoblab chiqiladi.

Matnlar o’qib eshittirilgandan so’ng matndagi lug’atlar ustida ishlashni boshlaymiz. Buning uchun “T” chizmasidan foydalanamiz. Bunda har bir guruhga so’zlarning izohi yoki tarjimasi bilan yozish talab qilinadi. Birinchi guruhdan chiqqan o’quvchilar stol ustida turgan so’zlarni olib “T” chizmasining birinchi ustunini hosil qiladilar. O’zlari ikkinchi ustundagi so’zlarni topishlari kerak.

1. Qadimda yer yuzi yetti iqlimga bo'lingan.

2. Ma'mura --- ekin bitadigan obod yer.

3. Kanora --- qirg'oq, chet.

4. Voqe bo'lubtur --- joylashgan, o'rnashgan.

5. Sarhad --- chegara.

6. Muxtasar --- ixcham, kichik.

7. Jonibtin --- tarafdan.

8. Qasaba --- shaharcha.

9. Vasat --- o'rta.

10. Oshlig'i vofir --- g'allasi ko'p.

11. Girdogirdi --- aylanasi.

12. Sangrezalik --- shag'alli.

13. Shohroh --- katta yo'l.

14. Mahallot --- mahallalar.

15. Fosila --- ajratuvchi.

16.Lafzi qalam bila rost --- tili adabiy tilga muvofiq.

17. Musannafoti --- asarlari.

18. Bovujudkim --- qaysikim.

19. Hiri --- Hirot.

20. Nash'u namo --- shuhrat.

21. Husn xayli --- mahoratli kishilar, san'atkorlar.

22. Ufunati --- sassig'i, dimligi.

23. Rub'i maskunda --- yer yuzining to'rt tarafida.

24. Dast topmog'on uchun --- qo'lga kiritolmagani uchun.

25. Baldayi mahfuza --- muhofaza qilingan shahar.

1. Holo --- hozir.

2. Mazori Shoh --- shoh mozori, ya'ni Shohizinda.

3.Mutasharri' --- shariatga bo'ysunuvchi.

4 Hazrati risolat --- janobi Payg'ambar.

5 Aimmai islom --- islom imomlari.

6 Aimmai kalom --- huquqshunos, faqih.

7.Xoja Ismoil Xartang --- al-Buxoriy ko'zda tutilgan.

8. Sohibi "Hidoya" --- "Hidoya" asari muallifi Burhoniddin Marg'inoniy (1123--1197) ko'zda tutilgan.

9.Kuruh --- to'rt ming gaz (0,71 metr)lik uzunlik o'lchovi.

10 Pushta --- tepalik, kichik tog'cha, ya'ni Ko'hak hozirgi Cho'ponota tog'i.

11 Rud --- ariq, daryo.

12 Bir shar'iy --- 5-6 kilometrga teng masofa o'lchovi.

13 Tumonoti --- tumanlari.

14 Mazru' --- ziroat, ya'ni ekin.

15 Seb --- olma.

16 Sohibiy --- uzum turi.

1 Oshyonliq --- qavatlik.

2 Ko'ksaroyg'a mavsum va mashhur --- Ko'ksaroy oti bilan ma'lum va mashhur.

3 Sangin --- toshdan qurilgan.

4 Kitoba --- devor, darvoza, eshik va qabrtoshlariga o'yib yozish san'ati.

5 "Baqara" surasining 126-oyati. "Va mana, Ibrohim uyning asosini ko'tardi (oxiri bor)" ma'nosida.

6 Domanasida --- etagida.

7 Oti besh qolmaydur edi --- oti ham qolmagandi.

8 Farsh --- qoplama.

9 Masjidi Muqatta' --- "Parcha-parcha machit" ma'nosida.

10 Qit'a-qit'a --- parcha-parcha,

bo'lak-bo'lak.

11 Saqf --- shift.

12 Zij --- yulduzlarning ko'kdagi holati va yil davomidagi harakati aks etgan

jadval. 13 Musta'maldur --- amaldadir.

1 Burj --- qal'a va qo'rg'on burchaklariga quriladigan bino.

2 Qo'pormoq --- tiklamoq, solmoq.

3 Mor- pech xiyora --- tosh ustunga o'ralgan ilon tasviri. 4 Chordara --- to'rt eshikli. 5 To'li --- bo'yi, uzunligi.

6 Qari --- qarich.

7 Arzi --- eni, kengligi.

8 Umqi --- chuqurligi.

9 Izorasi --- uyning yer bilan tokcha orasidagi qismi.

10 Chiniy --- chinnidan qilingan.

11Un --- tovush.

12 G'arib amredur --- ajablanarli ish.

13 Hirfagar --- kasb egasi, hunarmand.

14 Maxlut --- xalaqit, aralash.

15. Tavr rasmedur --- yaxshi odatdir.

16.Juvozi kog'oz --- juvoz yordamida tayyorlangan qog'oz.

17. Qirmizi maxmal --- qizil baxmal.

18 Obgir --- suvot, havza.

“Blits so’rov” o’tkazilgach, guruhlarning javoblarini tahlil qilinadi. Bu usul orqali o’quvchilarni yangi bilimni qay holda egallaganliklarini aniqlash mumkin. Shundan so’ng mavzu bo’yicha test savollari asosida mavzu mustahkamlanadi.

Bunda monitorda test savollari o’quvchilarga taqdim etiladi. Javoblar aniqlanganch kalit ham ekranda beriladi. Guruhlar ballari aniqlanadi.



Test

  1. Yangi yozuv kashf etgan, musiqa bilan shug’ullanib “CHorgoh” maqomiga “” lar bitgan ijodkor kim?

A) Navoiy B) Bobur

S) Ogahiy D) Mashrab

2. Insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutshgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng mashhur shaxslaridan biri qaysi javobda berilgan?

A) B) S) D)

3. Z. M. Bobur qaysi yillari Samarqand shahrini egallagan?

A) 1494. 1497. 1498 – yillar

B) 1495. 1498. 1499 – yillar

S) 1496. 1499. 1500 – yillar

D) 1497. 1500. 1501 – yillar

4. Z. M. Bobur qalamiga mansub asarlarini belgilang?

A) 1.2.3.4.5 B) 1.2.4.5 S) 2.3.4.5 D) 1.2.3.4

5. Z. M. Bobur qachon Hindistonni zabt etgan?

A) 1507-yili B) 1526-yili

S) 1503-yili D) 1501 – yili

Yuqoridagi test savollari ekranda kompyuter yordamida namoyish etiladi. Guruhlarning javoblari tekshirilib, ballar belgilanadi? Test javoblari ham ekranda beriladi. Bunda testni 86-100 % topgan guruh “5” ball, 72-85% topgan guruh “4” ball, 56-71% bajargan guruh “3” ballga ega bo’ladi. Ballar e’lon qilinadi.


Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling