Annotatsiya mazkur bitiruv malaka ishi mavzusi “Boburnoma” asarini oʻrgatish metodikasi


Download 144 Kb.
bet14/22
Sana05.01.2022
Hajmi144 Kb.
#224587
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
КУРС1

3-guruhga

Buxoro va Qorako'lgachakim, o'ttuz-qiriq yig'och yo'lg'a yovuqlashur Ko'hak suyi bila ma'mur va mazru'dur14. Mundoq ulug' daryo aslo ziroattin va imorattin ortmas, balki yozlar uch-to'rt oy Buxoroga suv yetmas. Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki jami mevasi xo'b bo'lur. Vale ikki meva Samarqanddin mashhurdur: sebi15 Samarqand va sohibiyi Samarqand. Qishi mahkam sovuqtur, qori agarchi Kobul qoricha tushmas. Yozlar yaxshi havosi bor, agarchi Kobulcha yo'qtur.

Temurbekning va Ulug'bek mirzoning imoroti va bog'oti Samarqand mahallotida ko'ptur. Samarqand arkida Temurbek bir ulug' ko'shk solibtur, to'rt oshyonliq, Ko'ksaroyg'a mavsum va mashhur va bisyor oliy imorattur. Yana Ohanin darvozasig'a yovuq qal'aning ichida bir masjidi jum'a solibtur, sanginaksar Hindistondin eltgan sangtaroshlar anda ish qilibturlar.

Masjidning peshtoqi kitobasida4 bu oyatni "Va iz yarfau Ibrohimu al-qavoida...

(i la ox i r i h i)5" andoq ulug' xat bila bitibturlarkim, bir kuruh yovuq yerdin o'qusa

bo'lur. Bu ham bisyor oliy imorattur. Samarqandning sharqida ikki bog' solibtur, birikim, yiroqroqtur, Bog'i Bo'ldudur, yovuqrog'i Bog'i Dilkushodur. Anda Feruza darvozasig'acha xiyobon qilib, ikki tarafida terak yig'ochlari ekturubtur.

Dilkushodagi ko'shkta Temurbekning Hindiston urushini tasvir qilibturlar.

4-guruhga

Yana pushtai Ko'hakning domanasida6 Konigilning Qorasuyining ustidakim, bu suvni Obirahmat derlar, bir bog' solibtur, Naqshijahonga mavsum. Men ko'rgan mahalda bu bog' buzulub erdi, oti besh qolmaydur edi. Yana Samarqandning janubida Bog'i Chanordur, qal'aga yovuqtur. Yana Samarqandning quyi yonida Bog'i Shamol va Bog'i Bihishttur. Temurbekning nabirasi, Jahongir mirzoning o'g'li Muhammad Sulton mirzo Samarqandning toshqo'rg'onida---Chaqarda bir qo'rg'on solibtur. Temurbekning qabri va avlodidin har kimki Samarqandta podshohliq qilibtur, alarning qabri ul madrasadadur.

Ulug'bek mirzoning imoratlaridin Samarqand qal'asining ichida madrasa va xonaqohdur. Xonaqohning gumbazi bisyor ulug' gumbazdur, olamda oncha ulug' gumbaz yo'q deb nishon berurlar. Yana ushbu madrasa va xonaqohg'a yovuq bir yaxshi hammom solibtur, Mirzo hammomig'a mashhurdur. Har nav' toshlardin farshlar8 qilibtur. Xuroson va Samarqandta oncha hammom ma'lum emaskim, bo'lg'ay. Yana bu madrasaning janubida bir masjid solibtur, Masjidi Muqatta' derlar. Bu jihattin Muqatta' derlarkim, qit'a-qit'a10 yig'ochlarni tarosh qilib, islimiy va xitoyi naqshlar solibturlar, tamom devorlari va saqfi ushbu yo'sunluqtur. Bu masjidning qiblasi bilan madrasa qiblasining orasida bisyor tafavuttur. ...Yana bir oliy imorati pushtayi Ko'hak domanasida rasaddurkim, zij bitmakning olatidur.

Uch oshyonlikdur. Ulug'bek mirzo bu rasad bila ...Ziji Ko'ragoniy"ni bitibturkim, olamda holo bu zich musta'maldur. O'zga zij bila kam amal qilurlar...

Yana pushtai Ko'hakning domanasida g'arb sori bog'e solibtur Bog'i Maydonga mansub. Bu bog'ning o'rtasida bir oliy imorat qilibtur Chilsutun derlar. Du oshyona, sutunlari tamom toshdin. Bu imoratning to'rt burchida to'rt manordek burjlar1 qo'poribturlarkim2, yuqorig'a chiqar yo'llar bu to'rt burjdindur. O'zga tamom yerlarda toshdin sutunlardur. Ba'zini morpech xiyora qilib turlar.

5-guruhga

Yuqorig'i oshyonining to'rt tarafi ayvondur, sutunlari toshdin. O'rtasi chordara uydur. Imorat kursisini tamom toshdin farsh qilibturlar. Bu imorattin pushtai Ko'hak sari domanada yana bir bog'cha solibtur, anda bir ulug' ayvon imorat qilibtur. Ayvonning ichida bir ulug' tosh taxt qo'yubtur, to'li taxminan o'n to'rt -o'n besh qari6 bo'lg'oy, arzi yetti-sekkiz qari, umqi bir qari.




Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling