Annotatsiya mazkur bitiruv malaka ishi mavzusi “Boburnoma” asarini oʻrgatish metodikasi


Download 144 Kb.
bet13/22
Sana05.01.2022
Hajmi144 Kb.
#224587
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
КУРС1

SAMARQAND TASVIRI

Rub'i maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur. Beshinchi iqlimdindur. Shahri Samarqanddur, viloyatini Movarounnahr derlar. Hech yog'iy qahr va g'alaba ila munga dast topmog'on uchun "baldayi mahfuza " derlar.

Samarqand amirul mo'minin Usmon zamonida musulmon bo'lg'ondur. Sahobadin

Qusam Ibn Abbos anda borg'ondir. Qabri Ohanin darvozasining toshidadur. HoloMazori Shohg'a mashhurdir. Samarqandni Iskandar bino qilg'ondur. Mo'g'ul va turk ulusi Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilib edi. Temurbekdin burun Temurbekdek ulug' podshoh Samarqandni poytaxt qilg'on emastur. Qo'rg'onini fasilning ustidin, buyurdumkim, qadam urdilar, o'n ming olti yuz qadam chiqti.

Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri' ...eldur. Hazrati risolat zamonidin beri ul miqdor aimmai islomkim5, Movarounnahrdin paydo bo'lubtur, hech viloyattin ma'lum ermaskim, muncha paydo bo'lmish bo'lg'ay. Shayx Abumansurkim, aimmai kalomdindur6, Samarqandning Motrid otliq mahallasidindur. Aimmai ka- lom ikki firqadur: birni motridiya derlar, birni ash'ariya derlar. Motridiya shayx Abumansurga mansubdur. Yana sohibi "Sahihi Buxoriy" Xoja Ismoil Xartang ham Movarohaunnahrdindur. Yana sohibi "Hidoya"kim, imom Abu Hanifa mazhabida "Hidoya"dan mo'tabarroq kitobi fiqh kam bo'lg'oy, Farg'onaning Marg'inon otliq viloyatidindur, ul ham doxili Movarohaunnahrdur.

Ma'muraning kanorasida voqe bo'lubtur. Sharqi Farg'ona va Koshg'ar, g'arbi Buxoro va Xorazm, shimoli Toshkand va Shohruxiyakim, Shosh va Banokat bitirlar, janubi Balx va Tirmiz. Ko'hak suyi shimolidin oqar, Samarqanddin ikki kuruh bo'lg'ay. Bu suv bila Samarqand orasida bir pushta10 tushubtur. Ko'hak derlar. Bu rud muning tubidin oqar uchun Ko'hak suyi derlar. Bu suvdin bir ulug' rud ayiribturlar, balki daryochadur. Darg'am suyi derlar. Samarqandning janubidin oqar, Samarqanddin bir shar'iy bo'lg'oy. Samarqandning bog'ot va mahalloti va yana necha tumonoti bu suv bila ma'murdir.




Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling