Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet51/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Tayanch iboralar 

PABK
- Paraaminobenzoat kislota
Sil-
Organizmda turli organ va to’qimalarni zararlantiradigan surunkali yuqumli
kasallik.
Bu moddalar sil mikobakteriyalariga tanlab qarshi ta`sir ko`rsatadi. Ular olinishi-ga
qarab ikki turga bo`linadi:
1. Sintetik moddalar, ular o`z holiga gidrazid izonikotin (TINK) kislota unumlari —
izoniazid, ftivazid; paraaminosali-silat kislota unumlari — natriy paraaminosalitsilat, bepask
va boshqa kimyoviy birikmalar — etionamid, tioatsetazon .
2. Antibiotiklar — streptomitsin sulfat, digidrostrep-tomitsin, streptomitsinning xlor
kalsiyli kompleksi, rifampitsin, Solkoseril, kanamiqin sulfat, florimitsin.
Sintetik moddalar faqat sil, ba`zan moxov paydo qiluvchi, ya`ni kislotalarga chidamli
mikobakteriyalarga qarshi ta`sir ko`rsatadi.
Silga karshi antibiotiklar boshqa mikroorganizmlarga ham karshi ta`sir ko`rsatadi.
Bularning ko`pchiligi bakteriostatik, ba`zi birlari bakteritsid ta`sir ko`rsatadi.
Qo`llanishi bo`yicha bu moddalar ikki turga bo`linadi 
Silga qarshi moddalar tasnifi 
Olinishiga ko`ra 
Biriichi qatordagi
moddalar

Ikkinchi qatordagi
moddalar

Sintetik birikmalar
Antibiotiklar

Izoniazid
Ftivazid
Natriy 
paraaminosalitsilat

Streptomitsin 
Rifampitsin 
Etionamid 
Etambutol 
Tioatsetasazon 
Etoksid 
Kanamitsin sulfat 
Florimitsim 
Solkoseril 

1. Birinchi qatordagi yoki asosii moddalar: izoniazid, streptomitsin, rifampitsin,


PASQ.
2. Ikkinchi qatordagi yoki rezerv moddalar, bularga: qolgan moddalar kiradi.
Asosiy moddalar silga qarshi kuchli ta`sir etadi, nisbatan kam zaharli. Kasallikni
davolash shu moddalar bilan boshlanadi va . davom attiriladi. Ikkinchi qatordagi
moddalar asosiylariga nisbatan ta`siri kuchsizroq, shu bilan birga zaharliroq,
qo`llanganda nojo`ya ta`sirlar ko`proq uchraydi. Mikobakteriyalar birinchi qatordagi
moddalarga nisbatan chidamli bo`lib qolsa, ikkinchi qatordagi moddalar ko`llanadi.


Silga karshi moddalarii qo`llanish tartib qoidalari: 1. Uzoq muddat mobaynida


qo`llanilishi (oylab, yillab qo`llanadi). 2. Silga qarshi ikki, uchta moddani birgalikda
qo`llanish.
3 Moddalarni uzluksiz qo`llanish.
4. Ba`zi modda qo`llangan davrda nojo`ya ta`sir qilgudek bo`lsa, uni butunlay
to`xtatib qo`yib bo`lmaydi, bu moddani bir necha vaqt o`tgandan keyin qo`llash tavsiya
etiladi.
Sil ximioterapiyasi konun-qoidalariga astoydil rioya qilinsa, moddalar bilan
davolash barvaqt boshlansa, shunday og`ir ka-sallikni to`la davolash mumkin bo`ladi.
Moddalar uzoq muddat mobaynida qo`llangani uchun mikobakteriyalar bularga o`rganib,
chidamli bo`lib qolishi mumkin. Bir xil moddalarga, ayniksa streptomitsinga, PASKga
mikobakteriyalarning chidamliligi sekinroq hosil bo`ladi. Chidamlilikni kamaytirish
uchun bir nechta moddalar birgalikda qo`llanadi.
Silga qarshi hamma moddalarning nojo`ya ta`sirlari, allsrgik jarayonlar va
superinfeksiyaga sabab bo`lishi, ba`zilari jigarga, buyraklarga, asabga, kon yaratilishiga
o`ta zaharli ta`sir ko`rsatishi mumkin.
SINK
unumlari sil mikobakteriyalariga qarshi tuberkulosta-tik, tuberkulotsid,
hujayralar ichidagi mikobaktsr«yalarga qarshi tanlab kuchli ta`sir ko`rsatadi. Ta`sir
mexanizmi hali oxirigacha yaxshi aniqlanmagan. Ma`lumotlarga ko`ra, izoniazid
mikobakteriya membranalarining asosiy negizi bo`lgai mikol kislotalarni kamaytiradi.
Tubazidning ta`sir mexanizmini tushuntirishda bir necha ilmiy gipotezalar bor. Izoniazid
kimyoviy jihatdan nikoTinat kislotaga yaqin bo`lgani uchun mikobakteriyalar ichiga
kirganidan keyin peroksidaza, vodorod (1)-oksid tufayli izonikotinat kislotani hosil
qiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling