ko`pchilik viruslarga karshi ta`sir ko`rsatadi, shuning uchun interferon doirasi keng, uni
viruslarga qarshi antibiotik deb ham atash mumkin.
Interferonni
faqat viruslar emas, boshqa mikroorganizmlar, ularning endotoksinlari
qam hosil qilishi mumkin. Interferon fakat viruslarga emas, boshqa infeksiyalar —
traxoma, bezgak,
rikketsiyalar, toksoplazmoz paydo qiluvchi hujayradagi mikroorga-
nizmlarga ham qarshi ta`sir ko`rsatadi.
Interferon
modda sifatida virusli infeksiyani boshidal o`tkazgan odamlar
leykotsitlaridan olinadi, ampulalarda amorf holatda ishlab chiqariladi. Qo`llash
oldidan
izotonik eritma bilan suyultirib, burunga tomiziladi.
Interferon gripp, gsrpetik keratit,
dermatit, virusli gepa-titiing oldini olish uchun
qo`llanadi. Interferop virusli infeksiyani davolashda ham qo`llanadi. Davolashni juda tez,
grippning birinchi alomatlari ko`ringanda boshlash kerak.
Interferonning viruslarga, umuman hujayrali mikroorga-nizmlarga qarshi ta`siri bu
moddaning orga!!izm himoya kuchlarini oshirishi bilan ham bog`liq.
Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, interferon onkogen viruslarga ham qarshi ta`sir
ko`rsatadi, bunda normal va o`smali hujayralarning o`sishi, bo`linishi kamayadi.
Interferon qo`llanganda nojo`ya ta`sirlar kam ko`rinadi.
Tomizilgan joy qizaradi,
og`riq paydo bo`lishi mumkin, ba`zan allergik jarayenlar ham uchraydi.
Hozirgi kunda organizmda endogen interferon hosil bo`lishini oshiradigan moddalar
izlanmoqda. Ma`lumotlarta ko`ra, polimer modda — polivinilpirrolidon gripp
eiidemiyasi vaqtida qo`llab ko`rildi, natijalar ijobiy bo`ldi. Lekin bari bir viruslarga,
ayniqsa griip virusiga
qarshi moddalarni izlash, o`rganish va qo`llanish1'a tavsiya qilish
hozirgi kun tibbiyotining katta muammolaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: