Annotatsiyasi


Download 7.86 Mb.
bet28/32
Sana06.10.2023
Hajmi7.86 Mb.
#1693135
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
XOLMURZAYEV

AMALIY TAVSIYALAR
1 Viloyatning tarixiy arxieologik turizm maskanlari, Dalvarzintepa, Kampirtepa (Oks Aleksandriyasi), Fayoztepa, Qoratepa kabi buddaviylik diniga aloqador ob’ektlar atrofida turizm infratuzilmasini shakllantirib, “Yashil makon” “Yashil hudud” umummilliy loyihasi doirasida turistik namoyish ob’ektiga aylantirish. Ob’ektlar atrofida, tarixiy ijtimoyi salohiyatini aks etiruvchi muzeylar tashkil etish. SHu orqalm ziyorat turizmi yo‘nalishida yangi turistik maxsulotlar ishlab chiqish va yo‘nalishlarni ishga tushirish imkoniyati oshiriladi.
2.Viloyatning tog‘ va tog‘oldi zonalaridagi tabiiy-rekreatsiya salohiyati yuqori hududlarda kichik turizm zonalari tashkil etib.Mahalliy turizm brendlarini yaratish ishlarini tashkil qilish. Masalan, boy o’tmishga ega xalqimizning takrorlanmas urf-odat, an’analar, xalq ijodiyoti namunalari, hunarmandchilik mahsulotlarini tayorlash usullari, folkrolshunoslik sa’nat tarixi, brendi ostida tarixiy ekoturizm marshrutlarini tashkil etish, tandir go‘shti, tandir somsa kabi mahalliy taomlar asosida “gastronomik ko‘chalar” tashkil etish orqali gastronomik turizm brendlarini shakllantirish ishlarini tashkil etish maqsadga muvofiq.
3. Viloyatda ichki turizmning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishda bir necha usullari tadqiq etildi.So’nggi 7 yilda davlatimizda “ijtimoiy davlat” tamoyiliga alohida e’tibor qaratildi.Xususan ta’limga, o‘qituvchilarga e’tibor
75


oshdi, oliy ta’limda qabul soni va yo‘nalishlar ko‘paydi. Lekin, maktablardagi
sifat hali talab darajasiga chiqqani yo‘q. Masalan, 11 yil maktabda o‘qigan bola
chet tilini mukammal bilmaydi. Sharoit va mutaxassislar yo‘qligi sababli yoshlarni kasblarga qiziqtirish muhiti shakllanmayabdi. Natijada maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo‘lmasdan kirib kelmoqda. Aynan turizmni barqaror rivojlantirish mexanizmi takomillashtirishda, tuman va mahallalarda turizm resusrslarining xususiyatidan kelib chiqib, 2030 yilgacha bo‘lgan prognozilarni ishlab chiqishda. Maktab bitiruvchilariga, turizm
mutaxassisligini ta’momlagan oliy ma’lumotli mutaxassislarni shtat jadvali asosida, turizm xizmatlari, kasblarga o‘rgatilish fan to’garaklarini tashkil qilishni amaliyotga tadbiq etilishi kerak.
4.Termiz shahri va viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida. Termiz shahri avtovakzakidan, Sariosiyo tumaniga ("Sangardak" erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi har kuni ikkita avtobus harakati yo‘lga qo‘yish kerak. Qatnov masofasi 205 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lovchilar belgilangan manzilga 3 soat 10 daqiqada etib boradi. Avtobuslar mavsumga qarab, may,iyun,iyul va avgust’ oyilarida ertalab soat 5:00 da jo‘nab, Sangardakka soat 8:00 da etib boradi. Kejki vaqt soat 17:00 da Sangardakdan jo‘nab, 20:00 da esa Termiz shahri avtovakzaliga etib kelish kerak. Qatnovlarni Yutong avtobuslarida amalga oshirilish, mijozlarga qulaylik yaratadi. Ushbu yo‘nalishda yo‘l narxi 45 000 so‘m etib belgilansa, viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.
5. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy hamda amaliy tavsiyalar kelgusida amaliyotga tadbiq etilishi turizmni barqaror rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishda, ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishda, yalpi hududiy maxsulot tarkibida turizm xizmatlari ulushini oshirishda, turizm xizmatlari
ko‘rsatish samaradorligini oshirishda hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi ustuvor vazifalarini amalga oshirishga o‘z xissasini qo‘shadi.
76



Download 7.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling