Anorganik birikmalarning asosiy sinflari arxiv uz


Download 0.58 Mb.
bet3/10
Sana08.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1252300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari

mo’l
CaO + H3 PO4 = CaHPO4+ H2O
mo’l aksincha oksid mo’l bo’lsa asosli tuz hosil bo’ladi:
Al2O3 + 4HCI = 2AI(OH)CI2 + H2O
mo’l
Qo’sh oksidlar ikkita tuz hosil qiladilar:
Mn3O4 + 8HNO3 = 2Mn(NO3)2 + Mn(NO3)4 + 4H2O
Kislotali oksidlarning kislotalar bilan ta’sirlanishlari kam mos:
SiO2 + 4HF = SiF4 ↑ + 2H2O
2HNO3 + P2O5 = N2O5 + 2HPO3 Asoslarga bo’lgan munosabatlari:
Kislotali oksidlar odatdagi sharoitda ishqorlar bilan birikib tuz va suv hosil qiladilar:
SO3 + 2KOH = K2SO4 + H2O
P2O5 + 3Ca(OH)2 = Ca3(PO4)2 + 3H2O
CO2 + 2KOH = K2CO3 + H2O
Asoslar bilan suyuqlantirilganda ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladilar:
SiO2 + Ca(OH)2 =t0 CaSiO3 + H2O
SiO2 + Zn(OH)2 =t0 ZnSiO3 + H2O
Agar oksid ko’p negizli kislota angidridi bo’lsa va oksid mo’l bo’lganda nordon tuz hosil bo’lishi mumkin. Bunda suv molekulasi ham yutilishi yoki chiqishi mumkin:
KOH + CO2 = KHCO3
mo’l
2Ca(OH)2 + P2O5 = 2CaHPO4 + H2O
Ca(OH)2 + P2O5 + H2O= Ca(H2PO4)2
Ishqoriy va ishqoriy – er metallarining oksidlari suyuqlantirilganda amfoter oksidlar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladilar:
Li2O + 2Al(OH)3 =t0 2LiAlO2 + 3H2O
Na2O + Sn(OH)2 =t0 Na2SnO2 + H2O
BaO + 2Al(OH)3 =t 0 Ba(AlO2)2+ 3H2O
Amfoter oksidlar faqat ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib kompleks tuzlar yoki o’rta tuzlar hosil bo’ladi:
2KOH + ZnO + H2O = K2[Zn(OH)4]
2NaOH(Q) + SnO =t0 Na2SnO2 + H2O
Tuzlarga bo’lgan munosabatlari.
Oksidlar tuzlarbilan juda kam ta’sirlashadi va faqat suyuqlantirilganda reaksiyaga kirishadi:
Na2CO3 + SnO =t0 Na2SnO2 + CO2
Na2CO3 + CaCO3 + 6SiO2 =t0 Na2SiO3*CaSiO3*4SiO2 + 2CO2
shisha
Na2CO3 + SiO2 =t0 Na2SiO3 + CO2
eruvchan shisha
Faqat asosli oksidlar bilan kislotali oksidlar yaxshi ta’sirlashadilar va tuzlar hosil bo’ladi:
Na2O + SO3 = Na2SO4
CaO + CO2 = CaCO3
Amfoter oksidlar asosli oksidlar bilan yuqori haroratda yoki suyuqlantirilganda reaksiyaga kirishadi:
Na2O + PbO =t0 Na2PbO2
K2O + Al2O3 = 2KAlO2
Metallar bilan oksidlar yuqori haroratda birikadi. Bunda aktivroq
metall oksiddan passivroq metallni siqib chiqaradi:
Cr2O3 + 2Al=t0 Al2O3 + 2Cr
Mg + CuO =t0 MgO + Cu
Sanoatda metallar olishni qulay usuli shunga asoslangan bo’lib, metallotermiya deyiladi. Bunda qaytarish uchun qaysi metall olinsa, shu metall nomi bilan yuritiladi (masalan, alyumotermiya va hokazo).
Metallmaslar bilan oksidlar orasida boradigan reaksiyalarga ba’zi oksidlanish reaksiyalari kiradi:
2NO + O2 = 2NO2
2NO2 + O3 = N2O5 + O2
Bu reaksiyalar odatdagi sharoitda boradi. Metallmaslardan vodorod va uglerod ko’pchilik asosli va amfoter oksidlarni qaytaradilar, agar qaytarish to’liq bo’lmasa, metallning quyi oksidi hosil bo’ladi:
SnO2 + H2 =t0 SnO + H2O
PbO2 + C =t0 PbO + CO↑
Agar qaytarish to’liq bo’lsa, sof holdagi metall hosil bo’ladi:
FeO + C =t0 Fe + CO↑
WO3 + 3H2 =t0 W + 3H2O
MoO3 + 3H2 =t0 Mo + 3H2O
Ushbu usullardan sanoatda metallarni olishda keng foydalaniladi. Qaytarish uchun uglerod ishlatilsa karbotermiya, vodorod ishlatilsa gidridotermiya deyiladi.
Kislotali oksidlarni qaytarishda C va H2 dan foydalanish mumkin:
2P2O5 + 5C =t0 4P + 5CO2
SiO2 + C = Si + CO2
Ko’pchilik metallar va metallmaslarni quyi valentli oksidlari qizdirilganda yuqori valentli oksidlariga o’tadi:
2PbO + O2 =t0 2PbO2
2SnO + O2 =t0 2SnO2
4FeO + O2 =t0 2Fe2O3
2MnO + O2 =t0 2MnO2
P2O3 + O2 =t0 P2O5
2SiO + O2 =t0 2SiO2
Oksidlarni qizdirishga bo’lgan munosabatlari turlichadir. Ishqoriy va ishqoriy – er hamda ko’pgina boshqa metallarning oksidlari juda issiqqa chidamli. Ammo ayrim metall oksidlari (HgO, Ag2O, PtO2, . . .) qizdirilganda to’liq parchalanadi:
2HgO =t0 2Hg + O2
2Ag2O = 4Ag + O2
Ayrim metall oksidlari qizdirilganda kislorod chiqarib quyi oksidlariga o’tadi:
4CrO3 = 2Cr2O3 + 3O2
4MnO2 = 2Mn2O3 + O2

2 Asoslar, ularning turlari, nomlanishi, olinish usullari va xossalari

Asosli oksidlarning gidratlari asoslar deb ataladi. Ular tarkibida OH guruh tutgani uchun ko’pincha gidroksidlar deb ataladi.
Asoslarning umumiy formulasi:
Me(OH) n, Me — metall (yoki metall hususiyatiga ega bo’lgan radikal, masalan, NH+4), n — gidroksidlar soni.
Agar metallning valentligi o’zgaruvchan bo’lsa bir necha asos hosil qilishi mumkin. Shunga muvofiq ular nomlanadi. Ayrim asoslarning tuzilishi va nomlanishi quyidagicha:

Yuqoridagi umumiy formulaga muvofiq kelmaydigan yagona asos NH4OH — ammoniy gidroksid ma'lum. Uning tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin:

Ayrim gidroksidlar xossalariga va ishlatilishiga qarab ham alohida nomlanadi:
NH4OH — novshadil spirti
KOH — o’yuvchi kaliy, kaliy ishqori
Ca(OH)2 — so’ndirilgan ohak
Barcha asoslarni suvda eriydigan va suvda erimaydigan asoslarga bo’lish mumkin.
Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari (Na, K, Ca, Ba va boshqalar) ning gidroksidlari suvda yaxshi eriydi. Ular ishqorlar deb atalib, eritmasi o’ziga xos mazaga ega bo’ladi.
Boshqa metallarning gidroksidlari suvda erimaydigan asoslarga kiradi.
Asoslarning hammasi qattiq moddalar, faqat ammoniy-gidroksidi suvdagi eritmasidagina mavjud bo’ladi. U ammiakni suvda erishidan hosil bo’ladi.
Ishqorlaring suvdagi eritmalari indikatorlar rangini o’zgartiradi (masalan, lakmusni ko’kartiradi). Ularing kontsentrlangan eritmalari tirik organizm to’qimalarini, ayrim buyumlarni yemiradi. Shuning uchun ham ularni о'yuvchi ishqorlar deb ataladi.
Olinishi.
1. Suvda eriydigan asoslar ayrim metallar suv bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo’ladi.
2Na+2H2O=2NaOH+H2↑; Ca+2H2O=Ca(OH) 22
Sanoatda ishqorlar metall tuzlarining suvdagi eritmasini elektroliz qilib olinadi. Masalan, osh tuzining eritmasi elektroliz qilinganda eritmada o’yuvchi natriy hosil bo’ladi.
2.Tegishli metallaring suvda yaxshi eriydigan tuzlariga ishqorlar ta'sir ettirib, suvda erimaydigan asoslar olinadi:
CuCl2+2NaOH=↓Cu(OH) 2+2NaCl
eritma havorang cho’kma
FeSO4+2KOH=↓Fe(OH) 2+K2SO4
eritma och yashil cho’kma

  1. Ayrim metallaming oksidlari suv bilan birikkanda asoslar hosil bo 'ladi:

K2O+H2O=2KOH; Na2O+H2O=2NaOH;
СаО+Н2O=Са(ОН)2; ВаО+Н2O=Ва(ОН) 2.

  1. Ammoniy gidroksidi ammiakni suvda eritib olinadi:

NH3+H2O=NH4OH

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling