Anorganik birikmalarning asosiy sinflari arxiv uz


Download 0.58 Mb.
bet4/10
Sana08.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1252300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari

Kimyoviy xossalari.
1.Asoslar kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi. Bunday reaksiyalar neytrallanish reaksiyalari deb ataladi.
NaOH+HCl=NaCl+H2O Са(ОН) 2+2НNO3=Са(NO3)2+2Н2О

    1. Asoslar kislotali oksidlar bilan ham reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi:

Са(ОН) 2+СО2=СаСО32O

    1. Asoslar tuzlar bilan reaksiyaga kirishib yangi tuz va yangi asos hosil qiladi.

NiС12+2КОН=↓Ni(ОН)3+2КС1
Suvda eriydigan asoslar juda yuqori haroratga ham chidamli, lekin suvda erimaydigan asoslar qizdirishga chidamsiz, tezda parchalanib ketadi:

    1. Ayrim asoslar borki, ular ham kislotalar bilan, ham ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi. Ular amfoter gidroksidlar deb ataladi. Masalan, А1(ОН)3, Zn(OH)2, Сг(ОН)3 va hokazo.

Amfoter gidroksidlar ham metallarning suvda yaxshi eriydigan tuzlariga ishqorlar ta'sir ettirilib olinadi:
ZnCl2+2NaOH=↓Zn(OH)2+2NaCl
Al(NO3)3+3KOH=↓Al(OH)3+3KNO3
Amfoter gidroksidlar suvda erimaydi. Ular kislota va ishqorlar bilan oson reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.
Zn(OH)2+2HCl=ZnCl2+2H2O
Zn(OH) 2+2NaOH=Na2ZnO2+2H2O
2А1(ОН)3+3Н2SO4=А12(SO4)3+6Н2O А1(ОН)3+КОН=КАlO2+2Н20
Eng muhim asoslar va ularning ishlatilishi.
Natriy va kaliy ishqorlari kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlari hisoblanadi.
NaOH — o’yuvchi natriy sanoatning juda ko’p tarmoqlarida ishlatiladi. U «kaustik soda» deb ham ataladi.
Natriy ishqori oq tusli modda, suvda yaxshi eriydi. Uning konsentrlangan eritmasi hayvonot va o’simlik mahsulotlaridan tayyorlangan matolarni yemiradi. O’yuvchi natriy eritmasiga botirilgan ip, jun bo’kib iviq massaga aylanadi. U odam terisiga tushsa yara qiladi.
O’yuvchi natriy sanoatning juda ko’p sohalarida ishlatiladi. U sovun tayyorlash korxonalarida, neftni qayta islash zavodlarida va boshqalarda ishlatiladi.
O’yuvchi natriy ko’p miqdorda osh tuzining suvdagi eritmasini elektroliz qilib olinadi.
KOH — o’yuvchi kaliyning barcha xossalari, ishlatilish sohalari o’yuvchi natriyga o’xshash, faqat farq shundaki, sovun tayyorlashda o’yuvchi kaliy ishtirok etgan bo’lsa suyuq sovun hosil bo’ladi.
O’yuvchi kalsiy — Ca(OH)2, ya'ni so’ndirilgan ohak osongina kukunga aylanadigan qattiq oq modda. U suvda kaliy va natriy asoslariga nisbatan yomonroq eriydi. Uning tiniq eritmasi ohakli suv deb ataladi.
So’ndirilgan ohak asosan qurilish materiali sifatida ishlatiladi. U ohak, qum va suvdan iborat qorishma, ancha arzon va yaxshi sementlovchi vositadir.
So’ndirilgan ohak ohaktoshni kuydirib olingan kalsiy oksidi (CaO — so’ndirilmagan ohak) ni suv bilan reaksiyaga kiritib olinadi.
Uning suvdagi eritmasiga xlor yuttirib хlorli ohak olinadi.
Xlorli ohak zararli mikroblarni o’ldiruvchi vosita sifatida turmushda, tibbiyotda ishlatiladi.
3 Kislotalar, ularning sinflanishi, olinish usullari va xossalari

Metall atomlariga almashina oladigan bitta yoki bir nechta vodorod atomlari va kislota qoldig’idan iborat murakkab moddalarga kislotalar deyiladi.
Suvli eritmalarida (yoki suyuqlanmalarida) musbat zaryadlangan vodorod ionlariga va manfiy zaryadlangan kislota qoldiqlariga dissotsiyalanadigan kimyoviy birikmalarga kislotalar deyiladi (Arrenius ta’rifi).
Kislotalarning umumiy formulasi: HnKq
Bu erda Kq-kislota qoldig’i (anion), n-kislota qoldig’ining zaryadi (valentligi).
Kislotalar har hil belgilari bo’yicha sinflanadilar:


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling