Anorganik birikmalarning asosiy sinflari arxiv uz


Download 0.58 Mb.
bet9/10
Sana08.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1252300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari

Tuzlar gidrolizi tuz tarkibiga qarab 4 hil bo’ladi.
Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizga uchramaydilar va ularning suvdagi eritmalari neytral bo’ladi.
Bunday tuzdan tashkil topgan ionlar suvning ionlari bilan birikib kuchsiz elektrolitlar hosil qilmaydilar. Hatto tuz ionlari H+ va OH- ionlari bilan biriksalar ham, to’liq dissotsiyalanadi. Natijada faqat suvning dissotsiatsiyalanishi yoziladi. Shu sababli bunday tuzlarning eritmalarini muhiti neytral bo’ladi (pH = 7).
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizi. Masalan, NaNO2, Na2CO3, Na2S, KCN, CH3COONa, Na2SiO3,
K2SO3........
Bunday tuzlarning gidrolizi anion bo’yicha boradi va eritmaning muhiti ishqoriy bo’ladi (pH>7).
Masalan: Natriy nitrit- kuchli asos NaOH va kuchsiz kislota HNO2 hosil bo’lgan bu tuz suvli eritmada natriy kationiga va nitrit anioniga dissotsiyalanadi va keyingi bosqichda nitrit – anioni suv bilan ta’sirlanadi: NaNO2 = Na+ + NO-2
NO-2 + H2O ↔ HNO2 + OH- (pH>7)
Gidroliz natijasida natriy nitrit eritmasi ishqoriy muhitga ega (pH>7).
Agar tuz ko’p negizli kuchsiz kislota anionidan hosil bo’lgan bo’lsa, gidrolizga gidroanion hosil bo’ladi. Masalan: natriy karbonat gidrolizi quyidagi ikki bosqich bilan yoziladi:
Na2CO3 = 2Na+ + CO 32-
CO 32- + H2O ↔ HCO 3- + OH- (pH>7).
Bunday tuzlarning gidrolizlarini faqat birinchi bosqichda ifodalash to’g’ri bo’ladi. Ikkinchi bosqichda ifodalash, masalan:
CO 32- + 2H2O ↔ HCO 3- + 2OH- to’g’ri, chunki teskari reaksiya sodir bo’ladi:
H2CO3 + OH- = HCO 3- + H2O va yana dastlabki natijani olamiz. Shuning uchun Na2CO3, K2CO3 kabi tuzlar gidrolizi faqat birinchi bosqichda ifodalanadi.
Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizi. Masalan, Zn(NO3)2, ZnCl2, AlI3, Mg(NO3)2, CuCl2, (NH4)2SO4, Al2(SO4)3……
Bunday tuzlarda gidroliz kationi bo’yicha boradi va gidroliz muhiti kislotali bo’ladi (pH<7).
Masalan: Kuchsiz asos (ammiak gidrati NH3. H2O) va kuchli kislota HNO3 dan hosil bo’lgan tuz NH4NO3 – suvda ammoniy (NH+4 ) kationiga va nitrat anioniga dissotsiyalanadi, gidrolizning keyingi bosqichida ammoniy kationi suv bilan ta’sirlashadi:
NH4NO3 = NH+4 + NO 3-
NH +4 + H2O ↔ NH3 + H+, H++ H2O = H3O+ (pH<7).
Gidroliz natijasida ammoniy nitrat eritmasi nordon reaksiyani ko’rsatadi (pH<7).
Agar tuz ko’p kislotali asosdan hosil bo’lgan bo’lsa, gidroliz mahsulotida asosning gidrokso kationi hosil bo’ladi.
Masalan, temir (II) xlorid gidrolizi quyidagicha ikki bosqichda boradi: FeCI2 = Fe2+ + 2CI-
Fe2+ + H2O ↔ Fe(OH)+ + H+, H+ + H2O = H3O+ (pH<7).
Bunday tuzlarning gidrolizi ham faqat birinchi bosqichda ifodalanadi.
Suvda yaxshi eriydigan kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizi.
Masalan, NH4NO2, (NH4)2 S, (CH3COO)3Al, (NH4)2CO3…..
Bunday tuzlarda gidrolizlanish jarayoni kation bo’yicha ham, anion bo’yicha ham boradi.
Gidroliz muhiti gidroliz natijasida hosil bo’ladigan kuchsiz asos va kuchsiz kislota tabiatlariga bog’liq bo’ladi.
Agar asos va kislota teng kuchli bo’lsa gidroliz muhiti neytral (pH=7) bo’ladi. Agar asos salgina kuchliroq bo’lsa muhit kuchsiz ishqoriy bo’ladi. Masalan, ammoniy nitrit gidrolizi quyidagi bosqichlarda boradi:
NH4NO2 = NH+4 + NO-2
NH+4 + H2O ↔ NH3. H2O + H+, H+ + H2O = H3O+
Ikkala qator reaksiyaning borish darajasi bir hil, shuning uchun ammoniy atsetat eritmasi neytral pH=7.
CH3COO- + H2O ↔ CH3COOH + OH-
Ammoniy tsianid eritmasi gidrolizida muhit ancha kuchli ishqoriy bo’ladi (pH>7), chunki 2- chi qaytar reaksiyaning borish darajasi juda katta:
NH4CN = NH+4 + CN-

  1. NH +4 + H2O ↔ NH3. H2O + H+, H+ + H2O = H3O+

  2. CN- + H2O ↔ HCN + OH-

Nordon tuzlarning suvli eritmalarida bir vaqtning o’zida, har hil darajada 2 ta qaytar reaksiyalar gidroanionning dissotsiyasi va uning gidrolizi boradi, bu reaksiyalar reaksiya muhitini aniqlaydi.
Masalan, natriy gidrosulfitning suvdagi eritmasi kuchli ishqoriy muhitga ega bo’ladi:
NaHSO3↔ Na+ + HSO 3-
HSO 3- ↔ H HSO O ↔ SO2 ∙ H2O + OH- (pH> 7)
Natriy gidrofosfat tuzining gidrolizi ham ishqoriy muhitga ega bo’ladi.
Na2HPO4 = 2Na+ + HPO 24-
HPO 24- ↔ H+ + PO 34- ; H+ + H2O = H3O+
HPO 24- + H2O ↔ H2PO-4 + OH- (pH >7)
Shu sababli nordon tuzlarning gidrolizi hamma vaqt “nordon” bo’ladi degan chalkashlikka bormaslik zarur.
Hamma aytilganlarni umumlashtirib, quyidagilarni tavsiflash mumkin ya’ni:
- agar tuz kuchliroq kislotadan (asos kuchi bilan taqqoslaganda) hosil bo’lgan bo’lsa, u holda tuz eritmasi nordon bo’ladi (gidroliz muhiti – kislotali);
Agar tuz kuchliroq asosdan (kislota kuchi bilan taqqoslanganda) hosil bo’lgan bo’lsa, u holda tuz eritmasi ishqoriy bo’ladi (gidroliz muhiti – ishqoriy).
Shunday qilib, tuzni hosil qiluvchi kislota va asos kuchli o’zaro bog’liqlikda ko’rilishi zarur. Quyidagi jadvalda turli tuzlarning suvli eritmalari muhiti keltirilgan.

Hosil bo’lgan tuzlar

Gidroliz muhiti

pH

Kislota

Asos

Kuchli

kuchli

Neytral

7

Kuchli

kuchsiz

Kislotali

<7

Kuchsiz

kuchli

Ishqoriy

>7

Kuchsiz asosdan

kuchsiz

Kislotali

<7

Kislotadan kuchliroq


Ishqoriy

>7

bir hilda


Amalda neytral

=7

Demak, tuzlar gidrolizi sodir bo’lishi uchun birinchi sharoit tuz suvda eruvchan bo’lishi kerak;
2- chi sharoit tuz tarkibida kuchsiz asos, yoki kuchsiz kislota hosil qiladigan ionlarning bo’lishi shart. Agar tuzda kuchli kation, kuchli anion bo’lsa, yoki tuz suvda juda kam erib, ionlar kontsentratsiyasi juda kichik bo’lsa gidroliz mutlaqo bormaydi deyiladi.
Amalda gidroliz jarayoni asosan birinchi bosqich bilan tugaydi, ikkinchi va undan keyingi bosqichlarning borish ehtimoli juda qiyin.
Agar tuz juda kuchsiz asos va juda kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan bo’lsa (masalan, Al2S3, Fe2S3, Cr2S3 …) bunday tuzlar gidrolizi amalda 100% va qaytmas bo’ladi.
Al2S3 + 6H2O = 2Al(OH)3↓ + 3H2S↑
Shu sababli bunday tuzlarni suvli eritmalardan olib bo’lmaydi, ular suvsiz muhitda sof moddalarni suyuqlantirib olinadi:
2Al + 3S = Al2S3

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling