Asosan kardiomotsitlar ion kanallarini bloklovchi vositalar
Natriy kanallarini bloklovchi vositalar (membranalarni barqarorlashtiruvchi vositalar)
1 A kichik guruhi - xinidin sulfat, dizopiramid, novokainamid, aymalin
1 B kichik guruhi - lidokain, difenin
1 C kichik guruhi – flekainid, propafenon, etmozin, etatsizin
L-tipdagi kaltsiy kanallarini bloklovchi vositalar– verapamil, diltiazem
Kaliy kanallarini bloklovchi vositalar (repolyarizatsion jarayoni va xarakat potensiali davomiyligini uzaytiruvchi vositalar - amiodaron, ornid, sotalol
Na+ - K+ kirish oqimini sinus tugunida tanlab bloklovchi vositalar bradikardik vositalar) – ivabradin, falipamil, alinidin.
Yurak efferent innervatsiyasi retseptorlariga ta’sir qiluvchi vositalar
β-Adrenoblokatorlar: anaprilin va boshqalar.
β Adrenomimetiklar: izadrin
Simpatomimetiklar: efedrin.
M-xolinoblokatorlar: atropin
Antiaritmik ta’sirga ega turli preparatlar
Kaliy va magniy preparatlari, yurak glikozidlari, adenozin, antiaritmik ta’sirga ega b. vositalar turli birikmalar guruhiga mansub. Farmakologik jixatdan ham ular turli moddalar guruhiga mansub vositalardir. Xinidin, novokainamid, etmozin, etatsizin va aymalin faqat antiaritmik vosita sifatida qo‘llaniladi.
Quyidagi antiaritmik vositalar klassifikatsiyasi ko‘pincha qo‘llaniladi (ayniqsa birinchi 4 guruhga bo‘linish)
I guruh – natriy kanallari blokatorlari (1A kichik guruhi – xinidin va b; 1 B kichik guruhi – lidokain difenin; 1 C kichik guruhi flekainid va boshqalar)
II guruh – yurakka bo‘lgan adrenergik ta’sirni sustlashtiruvchi vositalar (β adrenoblokatorlar)
III guruh – xarakat potensialini uzaytiruvchi va repolyarizatsiya jarayoni davomiyligini oshiruvchi vositalar (amiodaron, ornid, sotalol)
IV guruh – kaltsiy kanallarini bloklovchi vositalar (verapamil)
V guruh – bradikardik vositalar (alinidin, ivabradin);
VI guruh – yurak glikozidlari (digoksin, digitoxin)
VII guruh – supraventikulyar taxikardiyada adashgan nervning tonusini kuchaytiruvchi vositalar (mezaton, edrofoniy).
Do'stlaringiz bilan baham: |