Antiaritmik vositalar
Kardiomiotsitlar ion kanallarini bloklovchi vositalar
Download 101.66 Kb.
|
19. Antiaritmik
Kardiomiotsitlar ion kanallarini bloklovchi vositalar. Bunday antiaritmik vositalarning farmakoterapevtik ta’siri ularining avtomatizmni susaytiruvchi, o‘tkazuvchanlikka, samarali refrakter davriga ta’sir qiluvchi xususiyatlariga asoslanadi. Bu parametrlar o‘zgarishi, preparatning ion kanallariga bo‘lgan ta’siridan kelib chiqib, ularning yurak retseptorlariga bo‘lgan ta’siri bilan to‘ldirilishi mumkin.
Yurak xujayralari avtomatizmi bu antiaritmik preparatlar guruhi ta’siri ostida pasayadi. Bu asosan diastolik depolyarizatsiyaning (4 faza) uzayishi va qisman qo‘zg‘alish bo’sag‘asining birmuncha oshishi bilan bog‘liq. Bularning barchasi ritmning tabiiy boshqaruvchisining haddan tashqari faollashuvini va ektopik qo‘zg‘alish o‘chog‘lari paydo bo‘lishini bartaraf etadi. Ko‘plab antiaritmik vositalar, masalan xinidin, novokainamid, o‘tkazuvchanlikni sustlashtiradi. Bu esa tezkor depolyarizatsiya tezligini tushishiga olib keladi (0 faza) va umuman depolyarizatsiya-repolyarizatsiya jarayonlarini sekinlashtiradi. EKG da o‘tkazuvchanlik sustlashuvi P-Q intervali uzayishi bilan namoyon bo‘ladi. O‘tkazuvchanlik sustlashuvining ijobiy ta’siri shundaki, bo’lmachalar taxiaritmiyasida bo’lmacha-qorincha o‘tkazuvchanligi sustlashuvi patologik yuqori ritmlarning bo’lmachadan qorinchalar tomon tarqalishini oldini oladi, bu esa shu kabi aritmiyalarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega. “Qayta kirish” mexanizmi orqali rivojlanuvchi aritmiyalarda ham o‘tkazuvchanlikni sustlashtirish ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holda bir tomonlama blok ikki tomonlamaga almashadi. Samarali refrakter davr xinidin kabi antiaritmik preparatlar ta’siri tufayli oshadi. Odatda bu xarakat potensiali davomiyligi oshishi, ya’ni, repolyarizatsiya jarayoni sekinlashuvi bilan ham chambarchas bog’liq. Shunisi oydinki, effektiv refrakter davrning uzayishi impulslarni tarqalish darajasini chegaralaydi, bu esa aritmiyaga ta’sir etmay qo‘ymaydi. Qo‘zg‘aluvchanlik ko‘plab preparatlar tomonidan susaytiriladi. Antiaritmik preparatlarni qo‘llash davomida shuni inobatga olish kerakki, ular miokardning qisqaruvchanligini susaytiradi. Miokard qisqaruvchanligining sustlashuvi esa albatta yurakning funksional ahvolini yomonlashuviga olib keladi, ayniqa yurak etishmovchiligida. Antiaritmik vositalarning kardiotrop ta’sirlarini baholash davomida ularning ayrimlari adashgan va simpatik nervlar orqali amalga oshiriluvchi ekstrakardial ta’sirlarni o‘zgartirish xususiyatiga ega ekanligini inobatga olish zarur. Adashgan nervdan yurakka impulslar berilishini sustlashishi (m-xolinoblokatorlar ta’siri tufayli) sinus ritmni oshishi, bo’lmacha- qorincha tugunida o‘tkazuvchanlikni yaxshilanishi, refrakter davrni qisqarishiga olib keladi. Download 101.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling