Antidangasalik
Topshiriqlarni to‘g‘ri yozish
Download 341.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
Topshiriqlarni to‘g‘ri yozish
1. “Nima qilish kerak?” savoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishi kerak. Misol: universitetga borib, Obid Shukurovich bilan ko‘rishib, fizika kitobini so‘rash. Siz “Buncha ko‘p yozishga erinaman”, deyishingiz mumkin. Biznesmenlar orasida bir gap bor: “Bir soatlik rejalashtirish yigirma kunlik vaqtni tejaydi”. 2. Maksimal ravishda kam fikrlashga majburlash kerak. Siz tuzgan topshiriq shunchalik sodda bo‘lishi kerakki, birinchi sinf o‘quvchisi ham tushunib, bajarib keta olishi kerak. O‘ylashga imkon qoldirmasligingiz zarur. 3. Topshiriqlarni bajarish uchun hamma narsa tayyor bo‘lishi kerak. Siz tuzgan topshiriq birinchi qadamdan iborat bo‘lishi lozim. Misol uchun, “Davlat xizmatlari markaziga borib, YTT bo‘yicha hujjat ochish”. Bu topshiriq to‘g‘ri tuzilgandek ko‘rinishi, lekin hali to‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Ya’ni siz biror marta davlat xizmatlari markaziga bormagan bo‘lsangiz, uning manzilini bilmasligingiz ehtimoli mavjud. Shunda topshiriqni quyidagicha tuzishingiz kerak bo‘ladi. “Google-xaritaga kirib, Davlat xizmatlari markazini qidirib, manzilni belgilash”. Ushbu holatda siz ishni birinchi qadamdan boshlagan bo‘lasiz. Yana shunga o‘xshagan bir misolni keltirsak: siz ertalab yugurmoqchisiz. Agar siz yugurish uchun kerak bo‘ladigan sport kiyimlaringizning 27 barchasini avvaldan taxlab qo‘ymagan bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan ertalab siz yugurmaysiz. Sababi, siz sport kiyimlaringizni qidirishga erinishingiz va yana dangasalik qilishingiz mumkin. Topshiriqlarni tuzish uchun sizga 10-15 daqiqa yetarli bo‘ladi. Boshlanishiga topshiriqlar sonini kamroq qilganingiz ma’qul, keyinchalik ko‘paytirib borishingiz mumkin. 1904-yilda rus fiziologi Ivan Pavlov itlarda o‘tkazgan tajribalari bilan shartsiz refleksni kashf qilib, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan 24 . Itlarning ovqat hazm qilish tizimi ustida olib borilgan tadqiqotlar davomida uning tajribasidagi hayvonlar ovqatlansa, so‘lak oqishni boshlaydi. Pavlov tajriba davomida har safar itlar ovqatlantirilganda qo‘ng‘iroq tovushini eshittirgan va natijada itlar shunchaki qo‘ng‘iroqqa javoban ham so‘lak chiqara boshlagan, ya’ni hayvonlarning so‘lak bezlari va qo‘ng‘iroq orasida shartsiz refleks hosil bo‘lgan. Pavlov tajribasidan keyingi o‘tkazilgan ko‘plab tajribalar natijasiga ko‘ra, insonlarda ham shartsiz reflekslar ular doimiy shug‘ullanadigan narsalar bilan amalga oshadi. Agar siz doimiy ravishda bloknotga rejalar tuzib, birma-bir bajarishda davom etsangiz, oradan vaqt o‘tgach, siz bloknotga tushgan vazifalarni shartsiz refleks oqibatida shu zahotiyoq bajaradigan bo‘lib qolasiz. Sizda “Stikerlarga topshiriqlarni yozmasdan ham bajarib ketaversam bo‘ladimi?” degan savol tug‘ilishi mumkin. Albatta, bo‘ladi, ammo samaradorligingiz bir necha barobarga tushib ketadi. II Bobda o‘rgangan narsalarimizga ko‘ra, jadvalimiz quyidagi ko‘rinishni oladi. Kitobning keyingi bobini ikki kundan keyin, bugun bilib olgan narsalaringizni amalda qo‘llaganingizdan so‘ng o‘qishingizni tavsiya qilamiz. Sana: Uyqu soatlari 6 6 7 8 6 7 8 7 8 8 Bajarilgan topshiriqlar soni 4 5 5 6 5 7 6 8 9 8 28 Download 341.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling