Antik davrda o’lamizning qadimgi davr tarixiy geografik o’rni reja


Download 36.66 Kb.
bet2/3
Sana07.01.2023
Hajmi36.66 Kb.
#1083438
1   2   3
Bog'liq
ANTIK DAVRDA O’LAMIZNING QADIMGI DAVR TARIXIY GEOGRAFIK O’RNI

II. ASOSIY QISM
1. Antik davr haqida umumiy ma’lumot.
Arxeologik tadqiqotlar jarayonida turar-joy, xo’jalik binolari bilan birga savdo markazi qoldiqlari ham ochib o’rganilgan. Bu yerdan 700 ga yaqin tanga-chaqalar topilgan.
Tangalarning paydo bo’lish tarixiga nazar tashlasak, ularning paydo bo’lishi mil. avv. VII asrda lidiyaliklar tomonidan muomalaga kiritilgan va keyinchalik boshqa hududlarga ham tarqalgan. Ilk Olviya tangalari mil. avv. VI-V asrlarda paydo bo’lgan. Ularda asosan delfinga tashlanayotgan burgut tasvirlangan.
Qal‘aning shimoliy qismida Zevs va Apollonga sig’iniladigan ibodatxona bunyod etilgan bo’lgan.
Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrda shakllangan davlatlar ham o’z navbatida jahon sivilizatsiya tarixida katta o’ringa ega. Sharq sivilizatsiyasini, shahar madaniyatini Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Farg’ona moddiy madaniyatisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Markaziy Osiyoning dastlabki davlatlari taraqqiyotining yangi ijtimoiy va iqtisodiy bosqichi mil.av. VI-IV asrlardagi ahmoniylar siyosati bilan bog’liqdir. Mil. avv. 330 yilda Makedoniyalik Aleksandr Eron podshosi Doro III qo’shinlarini tor-mor qiladi. Mil. avv. 329-327 yillarda Parfiya va Marg’iyona, Xorazm, Farg’ona va Sirdaryoning shimoliy rayonlari mustaqil bo’lib qoladi. Markaziy Osiyo tarixida qadimgi dunyo - antik davrni vujudga keltiradi. Mil.avv. III asrning o’rtalarida Baqtriya va Parfiya Salavka davlatidan ajralib chiqadi. Baqtriya yerlarida Yunon-Baqtriya davlati tashkil topadi.
Markaziy Osiyo hududlarining Ahamoniylar imperiyasiga qo’shib olinishi, garchi uning Yaqin Sharq dunyosi bilan madaniy aloqalari kengayishiga sezilarli darajada ta’sir etgan bo’lsada, ammo mintaqada asrlar osha davom etib kelgan moddiy madaniyatning hech bir jabhasida tub o’zgarishlarga olib kelmadi. Ammo mil. avv. 330-327 yillarda Aleksandrning O’rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari oqibatida Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona xalqlari madaniy hayotida iz qoldi. Lekin ko’zga tashlanarli o’zgarishlar Amudaryodan shimoliy viloyatlarda faqat salavkiylar davridan boshlanadi. Mil. avv. III asr o’rtalariga kelib Baqtriyada Yunon-Baqtriya davlatining qaror topishi bilan mahalliy madaniyatga ellinizm elementlarining kirib kelishi jadallashdi. Bu jarayon ayniqsa moddiy madaniyatda, uning me’moriy qurilish jabhalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. O’rta Osiyoning janubiy rayonlarini keng xalqaro munosabatlarga tortilishi, o’lka viloyatlarining qadimgi Sharq va Yunoniston, Makedoniya davlatlari bilan keng madaniy va savdo aloqalarda bo’lishi o’z navbatida uning markaziy va shimoliy viloyatlari – So’g’d, Xorazm, Shosh va Qadimgi Farg’onani ham chetlab o’tmadi. O’sha davr madaniy hayotidagi yuksalishlar Baqtriyada Dalvarzintepada, Eski Termiz, Jondavlattepa: So’g’dda Afrosiyob, Erqo’rg’on, Poykent; Xorazmda Jonbasqal’a, Ayozqal’a, Tuproqqal’a; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Qadimgi Farg’onada Asxikent, Koson, Marhamat kaba yodgorliklar va yuzlab kichik shaharlar va qishloqlar shaklidagi arxeologik yodgorliklar misolida ko’zga tashlanadi.
Miloddan avvalgi II asrning 2-yarmida O’rta Osiyoning shimoli-sharqidan ko’chmanchi yuechji (tohar) qabilalari Qadimgi Farg’ona, Usrushona, So’g’d orqali Qadimgi Baqtriya yerlariga kirib keladi. Milodiy I asrning boshlarida yuechjilarning guyshan qabilasi boshchiligida Kushonlar davlati tashkil topadi. Uning hududiy chegarasi Hindistonda Hind va Ganga daryolarining havzalarigacha borib yetadi. Qadimgi Farg’onada Davon davlati, O’rta Osiyoning qolgan hududlari (Xorazm va So’g’d) esa Sirdaryoning o’rta havzasida qadimgi davrda qad ko’targan Qang’ davlati tarkibida rivojlanishda davom etadi. Mil. avv. III asridan boshlab Kushonlar saltanati inqirozga uchraydi. Shu tariqa O’rta Osiyoning davlatlari quldorlik munosabatlari tushkunligi bilan bog’liq holda tanazzulga yuz tutadi.
Yunon-Baqtriya Sharqning yirik davlati sifatida 120 yildan ortiq (mil.av. 250-128 yillar) vaqt yashadi. Yunon-Baqtriya davlatining asosini Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona yerlari tashkil etgan bo’lib, ular iqtisodiy jihatdan to’q, shaharlari ko’p, tabiiy boyliklari mo’l hududlar edi. Yunon-Baqtriyaning ko’plab yodgorliklari qadimgi davrga mansub bo’lib, ularning asosiy qismi arxeologlar tomonidan o’rganilgan. Baqtriyada – (Afg’oniston qismida) Bagram, Baqtra, Oyxonum, Dalvarzin kabi; Qabadshoh, Qayqabod, Ko’hnaqal’a (Tojikiston qismida), Dalvarzintepa, Dunyotepa, Jondavlattepa va boshqa ko’plab qadimgi shahar xarobalari (O’zbekiston qismida) ochib o’rganilgan. So’g’diyonada Yerqo’rg’on, Afrosiyob, Talli Barzu yodgorliklarining shu davrga oid madaniy qatlamlari, Marg’iyonada Govurqal’a kabi shahar qoldiqlari tadqiq etilgan.
Antik davrda Yunon-Baqtriyada dehqonchilik va chorvachili-kdan tashqari kulolchilik sohasi yuksak darajada taraqqiy qilgan bo’lib, bu davrda yasalgan kulolchilik buyumlarining tengi yo’q edi.
Uy-joylarshohona saroylar, ibodatxonalar hamda mudofaa inshoatlari qurilishda bu o’lkalar xalqi antik davr olamida yuksalishning yuqori nuqtasiga ko’tarilgan. Bu davrda Baqtriya va So’g’d yozuvlari shakllanadi va rivojlanadi. Tasviriy san’at, me’morchilik, zargarlik san’atida katta yutuqlarga erishiladi.
Antik davr mualliflari Baqtriyani 1000 shaharli mamlakat, deb ta’riflaganlar. Yunon-Baqtriya aholisi zardushtiylik diniy e’tiqodida bo’lib, mahalliy diniy tasavvurlar yunon mifologiyasi obrazlari bilan chatishib ketgan. Suvga, yerga, quyoshga bo’lgan hurmat va e’tiqod ilohlarga bo’lgan (Mitra, Naxid) e’tiqod bilan uyg’unlashib ketgan.
Ko’chmanchi qabilalarning Yunon-Baqtriya yerlariga kirib kelishi uni inqirozga uchratadi. 110 yilda yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya yerlariga kirib kelib, o’z hukmronligini o’rnatdi. Guyshan qabilasi yabg’usi Kudzula Kadfiz boshqa qabila yabg’ularini tobe etib, o’zini hukmdor deb e’lon qiladi. Tarix sahnasiga shu tariqa Kushonlar davlati kelib, u uzoq muddat, milodning IV asrigacha hokimiyatga egalik qildi. Uning hududiy chegarasi Amudaryo qirg’oqlaridan janubda Hindistonning janubiy rayonlarigacha tarqaldi. Kushonlar podsholigida shahar qurilishi, me’moriy-monumental, amaliy va tasviriy san’at, haykaltaroshlik rivojlandi.buddaviylik diniy e’tiqodi davlat dini darajasiga ko’tarildi. Budda va uning sanamlari (badisatva) ni haykallari bilan ibldatxonalarni bezash ruhiy va ma’naviy zaruratga aylandi. Dehqonchilik, uning asosi hisoblangan irrigatsiya inshoatlari barpo etish taraqqiy etdi. Bu ishlarning davlat tasarrufiga olinishi ko’plab moddiy boyliklar yaratilishiga imkon berdi. Kushonlar davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Buyuk Ipak yo’li g’arb va sharq xalqlarining hayotida katta rol o’ynadi.
Kushonlar davrining katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklaridan biri milodiy I asr boshlariga mansub bo’lgan «Xolchayon hokimining saroyi» dir. Xolchayon saroyining kutish zalini qadimgi haykallar kompazitsiyasi egallagan bo’lib, ularda turli etnoslarning qiyofalari o’z aksini topgan. Shuningdek, saroyda a’yonlar, kurash sahnasi, og’ir gulchambarlarni ko’tarib turgan bolalar haykallari, musiqa asboblari tutgan ayol haykallari topilgan.
Buddaviylik bilan bog’liq bo’lgan yodgorliklardan biri Ayritom bo’lib, u Termiz yaqinida Amudaryo bo’yida joylashgan. Bu yerdan topilgan me’moriy san’at asarlarida turli xil musiqa asbobi chalayotgan musiqachilar tasvirlangan.
Termiz yaqinida arxeologlar Qoratepa yodgorligini topib o’rganganlar. Qoratepa buddaviylik dinining ibodatxonasi bo’lgan. Qoratepa tabiiy tepalik bo’lib, uning atrofidan ko’plab haykallar topilgan. Fayoztepa esa Qoratepa yaqinida joylashgan yodgorlik bo’lib, u buddaviylarning ibodatxonasi va maktabi vazifasini o’tagan.
Kushonlar davriga oid yodgorliklarning yana biri Dalvarzintepa bo’lib, u Surxondaryo viloyatida joylashgan. 1972 yilda Dalvarzintepani qazish vaqtida 34 kg og’irlikda tilladan ishlangan 115 dona buyum topilgan. Ular bilaguzuklar, uzuk, to’g’nag’ichlar bo’lib, yuksak mahorat bilan yasalgan. Dalvarzintepani qazish vaqtida 60 ta turli xil metal buyumlar topilgan. Metall bilan bog’liq hunarmandchilikning rivoji haqida gap ketganda Dalvarzintepadan topilgan tosh qoliplarni ham ko’rsatish mumkin. bu qoliplarda oyna, o’roq, pichoq, bigiz va boshqa shunga o’xshash xo’jalik buyumlari quyilgan. Metall esa sopol idishlarda tigellarda eritilganligi olimlar tomonidan aniqlanib, o’rganilgan. Dalvarzintepani qazish vaqtida ot uzangilari va suvlig’i, oyna, bilaguzuk, halqa va qarmoqlar, ikki parrakli bronza paykonlari topildi.
Chust madaniyati yodgorliklarida toshdan mehnat qurollari yasash davom etadi. Masalan, birgina Dalvarzintepani qazish vaqtida 1500 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Tosh qurollar orasida qum-toshdan yasalgan o’roqsimon pichoqlar yasash alohida diqqatga sazovordir. Bu yerdan 400 yaqin ana shunday tosh pichoqlar topilgan. Topilmalarga qaraganda o’sha davrda suyakdan qurol yasash ham keng yo’l qo’yilgan. Suyakdan yasalgan-taroq, moki, bigiz, urchuq va boshqa buyumlar ham Davlvarzintepada ko’plab uchraydi.
Antik davr yodgorliklari Xorazm hududlaridan ham topib o’rganilgan. Qadimgi Xorazm tarixi va madaniyati haqida ma’lumot beruvchi yodgorliklardan biri –Qo’yqirilganqal’adir.
Qo’yqirilganqal’ada 1951-57 yillarda arxeologik qazish va qidiruv ishlari olib borilgan. Bu yodgorlik qadimgi Xorazmning mil. avv. IV – milodning I asriga mansub bo’lgan shaharlaridan biri bo’lgan. Shahar doira shaklidagi qal’adan iborat bo’lib, u tashqi va ichki devorlar bilan o’rab olingan. Arxeologlar 3 qatordan iborat bo’lgan mudofaa devori bo’lganligini, tashqi devorning yuqori qismida kamonchilar uchun qilingan tuynuklar, aylana shaklida burjlar o’rnini aniqlaganlar. Qal’ada kulolchilik rivojlangan idishlar sirtiga afsonaviy qushlar rasmi chizilgan. Ko’plab idishlarda chopar ot ustidagi sipohiylar surati solingan. Tulpor ot tasviri esa ko’plab uchraydi. Urug’ totemlari bilan bog’liq xususiyatlarni aks ettiruvchi arslon, jayron, tuya singari hayvonlarning suratlari solingan buyumlar keng tarqalgan.
Devorning muhim madaniy yodgorliklaridan biri Tuproqqal’adir. Tuproqqal’a Xorazmshohlar podsholarining markaziy shahri bo’lgan. Yodgorlikda keng ko’lamdagi ishlar 1945 yildan S.P.Tolstov tomonidan olib borilgan. Tuproqqal’aning maydoni 17,5 ga bo’lib, u III-IV asrlarga mansub noyob yodgorlik. Yodgorlik markazida 80х80 m hududni podsho saroyi egallagan. Saroyning devorlari haykallar bilan bezatilgan. Saroy xonalari esa har xil maqsadlar uchun mo’ljallangan. Arxeologlar ularni «podsho zali», «raqqoslar zali» degan shartli nomlar bilan atashgan.
Podsho zalida ko’plab haykallar bo’lib, ularning barchasi loydan ishlangan. Ular qimmatbaho va turli rangdagi liboslarda tasvirlangan. (yaxtak, sholvor kiygan erkaklar, burmalangan ko’lakdagi ayollarning haykallari). “Qizil tanli harbiylar zali”da podsho haykali qo’yilgan, uning ikki tomonida o’ziga xos bosh kiyimdagi qurolli harbiylar haykali o’rnatilgan. Podshoh saroyining yana bir zalida mayho’rlik bazmi ko’rsatilgan. Tuproqqal’a yodgorligidan podsho arxivi topilgan, u 100 ga yaqin hujjat bo’lib, shundan 18 tasi yog’ochga, ko’pchiligi teriga yozilgan, hozirgi kungacha ularning 8 tasi yaxshi saqlangan. 100 ga yaqin hujjatdan 26 tasi o’qishga yaroqli. Tuproqqal’a Xorazm davlatining III-IVasrlarda poytaxti bilan bu shahar antik davr shahar madaniyatining yorqin timsolidir.
Toshkent viloyatida, Sirdaryo va Janubiy Qozog’iston yerlarida mil. avv. III asrda yarim o’troq Qang’ davlati tashkil topgan. Qang’ davlatining hayoti, turmush tarzi va madaniyati haqida Xitoy manbalarida ma’lumotlar uchraydi. Qang’da yashagan qang’uylarning madaniyati va ho’jaligi haqida Qovunchi yodgorligi ma’lumot beradi, Qang’ davlatining poytaxti qang’diz-qanqa (hozirgi Oqqo’rg’on markazida) shahar xarobasi hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 150 ga bo’lib, atrofi qalin mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Shahar xarobasidan arki a’lo, (o’rda), ibodatxona, savdo va hunarmandchilik mavzelari, shahar yo’llari, maydonlar, hovuzlarning o’rni topib o’rganilgan.
Ma’lumki, O’rta Osiyoda mil. avv. III-II asrlarda Farg’ona davlati-Davan shakllangan davlat sifatida mavjud edi. U qadimda Parkana, Xitoy manbalarida esa Davan deb atalgan.
Xitoy manbalarida mil.avv. I asrda Davan ko’p aholisi bor, dehqonchilik va hunarmandchilik xo’jaliklari yuksak rivojlangan, shaharlar
Davanda 70 ga yaqin obod shahar bo’lgan. Bu hududda bog’dorchilik, ziroatchilik, to’qimachilik rivojlangan. Farg’onaning samoviy duldurlari-afsonaviy otlari mashhur bo’lgan; Ershi, Axsi, Quva singari shaharlar taraqqiy etgan.
Makedoniyalik Iskandar o’z xarbiy yurishlari bilan Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Misr, Sirdaryo va Xindistongacha cho’zilgan ulkan hududda o’z saltanatini barpo qildi. Saltanat poytaxti Bobil edi. Bu ulkan davlat Iskandar vafot etishi bilanoq inqirozga yuz tutdi va parchalana boshladi.
Miloddan avvalgi 312 yilda Iskandar davlatining Sharqiy qismi (Kichik Osiyo, Suriya, Eron va O’rta Osiyo) sarkarda Salavka xukumronligi ostida birlashtirildi. Salavkaning xokimiyati turli xarbiy manzilgoxlarda joylashgan yunon-makedon va makedonlar qurol–yarog’lari bilan qurollangan mahalliy xalqlarning harbiy kuchlariga tayangan edi. Yunonlar o’z xokimyatlarini mustaxkamlash maqsadida O’rta Osiyo hududlarida bir qancha xarbiy istexkomlar va qal’alar barpo qilgan edi. Bu narsa Aleksandr vaqtidayoq boshlanib, uning o’zi O’rta Osiyoda 12 ta shaharga asos solgan edi. Bu shahar va qal’a istexkomlaridagi yunon- makedon harbiylari qo’riqchi kuch sifatidagi xarbiy kuch bo’lgan. Iskandar saltanati qulagach, bu an’analar Salavkiylarda ham davom etdi.
Salavkiylar davlati turli etnik guruhlarni xarbiy kuch ishlatish yo’li bilan birlashtirish orqali tashkil etilgan davlat edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy, xuquqiy va ijtimoiy yo’nalishlari podsho saroyi bilan bog’liq bo’lib, «podsho saroyi» davlat boshqaruvida katta axamiyatga ega edi. Ahmoniylar kabi, Salavkiylarda ham davlat ishlarini boshqaruvchi devonxona mavjud bo’lgan.
Salavkiylar davlatida birmuncha murakkab soliq tartibi mavjud bo’lib, Salavkiylar xukumdorlari o’zlarigacha bo’lgan soliq tartiblarini o’zgartirmay, unga bir qancha qo’shimchalar kiritganlar. Dexqonlardan soliq yig’ib olish satrap xokimining vazifasi edi. Satraplikning umumiy soliq miqdori jamoalardan tushadigan soliq miqdoriga qarab belgilanar edi.
Miloddan avvalgi 293 yil davlatning Sharqiy viloyatlariga Salavka va Spitaman qizi Apamaning o’g’li Antiox xokim etib tayinlandi. Bu narsa Salavkiylarda xokimlarning podsho oilasi bilan qarindoshlik bo’lishi sharti boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlaridan biri bo’lganligini ko’rsatadi. Miloddan avvalgi 280 yilda Salavka o’limidan so’ng Antiox podsho bo’ldi va davlatni 20 yil davomida boshqardi.
Salavkiylar davlati doimiy ichki kurashlar orasida qoldi. Miloddan avvalgi III asr o’rtalarida undan Baqtriya ajralib chiqadi. Shu vaqtda Salavkiylardan yana bir davlat-parfiya ajralib chiqadi va keyinchalik Sharqdagi eng qudratli davlatlardan biriga aylanadi.
Yunon-Baqtriya davlatining gullab – yashnagan davri miloddan avavalgi III asrning ikkinchi yarmi va II asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bu davlatning poytaxti Baqtra shaxri bo’lgan. Davlat bir necha dexqonchilik viloyat va tumanlarini o’z ichiga olgan. Davlat markazlashgan hokimiyatga bo’ysunuvchi boshqaruv tizimiga ega edi. Podsho yoki davlat hukmdorlari yunon – makedonlardan bo’lib, uni turli yillarda Diodot, Yevtidem, Demetriy va Yevkraditlar boshqarganlar. Davlat boshqaruv tizimi Iskandar davrida joriy etilgan siyosiy an’analarga asoslangan edi. Podsho hokimiyati harbiy kuchlarga va viloyatlar hokimlari madadiga tayanar edi. Muhim savdo yo’llari bo’ylab harbiy – strategik va iqtisodiy axamiyatga ega bo’lgan joylarda tayanch istehkomlari va qal’alari qurilgan edi.
Ichki nizolar va kurashlar davom etib turganligiga qaramay, bu davrda ijtimoiy – iqtisodiy hayotda bosqichma–bosqich rivojlanish jarayoni taraqqiy etganligi kuzatiladi. Miloddan avvalgi II asrning o’rtalarida Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz kurashlar olib bordi va harbiy qudratini yo’qota boshladi. O’sha vaqtda davlat hududlariga bostirib kirayotgan yuechjilar miloddan avvalgi 140–130 yillarda Yunon–Baqtriya davlatini qulatdilar va uni bosib oldilar.
Miloddan avvalgi I asrda yuechji qabilalari uyushmasida (Guyshuan, Shuanmi, Xisi, Xyumi, Xuanmi) Guyshuan (Kushon) urug’ining xokimlik mavqei ancha kuchaydi. Guyshuan qabilasi dastlab Surxon vohasida joylashgan va ularning poytaxti Dalvarzin shaxri (hozirgi Sho’rchi tumani) bo’lgan. Podsho Kudjula Kadfiz davrida Kushon podsholigi hududlari ancha kengaydi va davlat tarikibiga Janubiy Tojikiston, Afg’oniston va Kashmir yerlari qo’shib olinadi.
Kushon podsholigi Kanishka xukumronligi yillarida (78-123 yillar) ulkan saltanatga aylandi.
Kushon podsholigi Surxon vohasi, Janubiy Tojikiston, Afg’oniston, Shimoliy Xindiston va Sharqiy Turkiston yerlarini o’z tarkibiga kiritdi. Shu vaqtda poytaxt Dalvarzindan Peshovarga ko’chirildi. Kushon podsholigi qadimgi davrdagi Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari bilan teng bo’lgan va g’oyatda qudratli davlatga aylandi.
Mamlakatimiz hududlarida yuzaga kelgan Kushon podsholigi tarkibiga O’zbekistonning asosiy hududlari (Xorazm, Zarafshon, Qashqadaryo, Toshkent, Farg’ona) kirmaganligi diqqatga sazovordir. Bu hududlarda o’ziga xos boshqa mahalliy davlat yuzaga kelgan va kushonlar madaniy an’analarga holi tarzda taraqqiy etgan. Bu davlatlar bilan Kushon davlatining shimoliy chegaralari Ko’hitog’, Boysun, Xisor tog’lari orqali o’tganligi Boysun tumanidagi Darband atrofidan o’rganilgan mudofaa devorlarini o’rganish natijasida isbotlandi. Bu mudofaa devorlari qoldiqlari shu yerdan o’tgan chegara qal’asi devorlari bo’lgan.
Kushon sulolasi va davlati tarixi yozma manbalar va tangashunoslik tadqiqotlari orqali o’rganilgan. Tangalardagi dastlabki vaqtlarda yunon-Baqtriya shohlari tasviri mavjudigi va astasekin uning o’rnini kushonlarning «shoh», «shohlar shohi» so’zlari egallashi uning xarbiy siyosiy qudrati yuksalib borganligidan dalolat beradi.
Podsho Kanishka I o’zidan oldingi davlat boshqaruvi an’analari saqlab qoldi va davom ettirdi. Davlatning oliy xukumdori podsho viloyatlar va shaharlari o’z noiblari yordamida boshqarardi.
Buyuk Ipak yo’lining rivojlanishi bilan Kushon podsholigining ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan yashnashiga ta’sir ko’rsatdi. Shaxarlar ko’paydi, yangi – yangi yerlar o’zlashtirildi va sug’orish tarmoqlari barpo etildi.
Shaxarlar tuzilishiga ko’ra bir necha qismdan iborat bo’lgan: xokim saroyi, xunarmandchilik ustaxonalari, guzarlar, aloxida ibodatxonalar joylashgan shaxar qismi va boshqalar.
Davlatning iqtisodiy asosini sug’orma dexqonchilikka asoslangan xo’jalik, savdo va xunarmandchilik tashkil etgan. Xunarmandchilik turli-tuman kasb va xunarlardan iborat bo’lgan.
Tashqi siyosat ancha kengayib, Xindiston, Xitoy, Rim saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari o’rnatilgan. Savdo munosabatlarining kengayishida Buyuk Ipak yo’lining axamiyati katta bo’lgan. Tadqiqotlar natijasida Termizdan Rim tangalari, O’rta yer dengizi atroflaridan Kushon tangalarining topilishi ham fikrimizning dalilidir. Kanishka davrida kushonlar madaniyati xindlashtirildi va Budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari asosida kushon yozuvi shakillandi. Me’morchilik tasviriy san’at yuksak darajada rivojlandi. Jaxon miqyosida mashxur bo’lgan kushon davri san’at obidalari Ayritom, Eski Termiz, Dalvarzintepa va Xolchayondan topib o’rganilgan.
Kushon davlati xaqida shuni aloxida ta’kidlash joizki, davlat bir necha hududlar va ko’plab qadimgi xalqlarni birlashtirgan. Ular orasida o’zbek xalqi ajdodlari ham kushon madaniyati yuksalishiga o’z hissasini qo’shgan. Kushon davlati IV asrlargacha og’ir ichki va tashqi kurashlar iskanjasida qoldi va asosiy hududlaridan ajraldi. Bu vaqtda uning hududlari qisman Shimoliy Hindistondagina saqlanib qoldi.
O’zbekistonda qadimgi mahalliy davlatchilik tarixi Qang’, Dovon, Xorazm davlatlari rivoji bilan uzviy bog’lanadi. Qang’ davlati miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo bo’ldi. Uning dastlabki davrlardagi hududlari Toshkent vohasidan iborat bo’lgan.
Qang’ davlatining tashkil topishi asosiy sabablaridan biri tashqi harbiy hujumlardan himoyalanish zaruriyati bo’lgan. Miloddan avvalgi 329 yilda Iskandar qo’shinlari Bekobod va Ho’jand oralig’ida Sirdaryodan kechib o’tib, bosqinchilik qilganida mahalliy aholi unga qarshi qattiq qarshilik ko’rsatgan. Bundan natija chiqara olmagan Iskandar ortga qaytishga va Ho’jand yaqinida Aleksandriya Esxata shaxriga asos solishga majbur bo’lgan edi. Bu xaqda Kvint Kursiy
Ruf o’z asarida eslatib o’tadi («Makedonskiy tarixi» asari).
Miloddan avvalgi II va milodiy I asrda Qang’ davlatining hududi kengayib, Toshkent vohasi, Sirdaryoning o’rta oqimidagi yerlar, Talas vodiysi va Chu daryolarning quyi oqimidagi yerlarni o’z tarkibiga kiritadi. Qang’ davlatining ikkita poytaxti bo’lib, biri Qang’diz (Oqqo’rg’on) va ikkinchisi O’tror bo’lgan. Qang’ davlati aholisi tarkibini asosan dexqonlar va chorvadorlar tashkil etgan. O’troq aholi shaxarlarda va vodiylarda yashab, dexqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan mashg’ul bo’lgan. Dasht tumanlarida esa chorvachilik rivojlangan. Milodan avvalgi II asrda Qang’ qabilalari eng qudratli davlat birlashmasiga aylanadi, uning hukmdorlari o’z nomlaridan tangalar zarb qildilar. Qang’ davlatining iqtisodiy taraqqiyotiga Buyuk Ipak yo’lining davlat hududlaridan o’tgan shimoliy tarmog’i katta ta’sir o’tkazadi. Qang’ davlati milodiy III asrga kelib parchalanib ketadi. O’zbek xalqi davlatchiligi tarixi bo’yicha kam o’rganilgan masalalardan biri Dovon davlati tarixidir. Xitoy manbalarida Davanь nomi bilan atalgan davlat boshqa manbalarda Parkana, Fragana kabi bir qancha nomlar bilan yuritilgan. Dovon davlati taxminan miloddan avvalgi III asrda paydo bo’lgan. Manbalarga ko’ra, Farg’ona – Dovon davlatida 300 ming aholi yashagan va bu yerda 70 ga yaqin katta – kichik shaxarlar bo’lgan. Shaxarlar orasida Ershi shaxri alohida ahamiyatga ega bo’lgan va Davlat poytaxti hisoblangan. Miloddan avvalgi 104 – 101 yillarda Xitoy qo’shinlari jang qilib, Ershini bosib olgan vaqtda Dovonliklarga
Qang’ davlati qo’shinlari yordamga yetib keldi va ikki o’rtada tuzilgan sulh shartnomasiga ko’ra, xitoyliklar Dovon davlat hududlaridan chiqib ketadilar.
Farg’ona vodiysi hududlaridan qadimgi davrga oid uy-qo’rg’onlar, qishloqlar, shaxarlar xarobalari topib o’rganilgan. Dovon davlatining asosiy aholisi dexqonchilik, hunarmandchilik, savdo – sotiq bilan shug’ullanganlar. Dovon dexqonlari arpa, sholi, bug’doy va beda yetishtirishda mashhur bo’lganlar. Bog’dorchilik va uzumchilik keng tarqalgan.
Farg’ona – Dovon davlatining o’ziga xos boyliklaridan biri uning «samoviy» otlari bo’lgan. Manbalarga ko’ra Xitoy imperatorlarining Dovonga bosqinchilik uyushtirishlarining asosiy sabablaridan biri ham aynan ana shu «samoviy» otlarni qo’lga kiritish bo’lgan. Dovon davlati Xitoy, Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlari bilan olib boriladigan xalqaro savdoda muhim o’rin egallaganlar. Dovon davlati milodiy II asrgacha mavjud bo’lgan.
Mil.avv. IV–II asrlarda qadimgi Xorazm mustaqil davlat bo’lib, Iskandar, Salavkiylar, Yunon–Baqtriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bunday siyosiy qulaylik Xorazmda o’ziga xos mahalliy davlatchilik tizimiga ega bo’lgan davlatning shakllanishida muhim omil bo’ldi. Iskandar O’rta Osiyoning janubiy hududlarida hukmronlik qilgan vaqtda Xorazmda Farasman ismli odam podsholik qilgan. Yunon tarixchisi Arrian Farasmanning Iskandar bilan bitim tuzganligi xaqida ma’lumot qoldiradi («Aleksandrning yurishlari» asari).
Xorazmdan topib o’rganilgan qadimgi shaxar xarobalaridagi xususiyatlar bu yerda mustahkam davlatchilik tizimi barpo qilinganligidan dalolat beradi. Shunday shaxarlardan biri
Jonbosqal’adir. Bu shaxar tuzilishiga ko’ra to’g’rito’rtburchakli bo’lib, ikki qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan va devorlarda shinaklar mavjud bo’lgan.
Jonbosqal’a ikki qismdan iborat bo’lib, bir qismida «olov uylari» – ibodatxonalar, ikkinchisida aholi turar joylari bo’lgan. Qo’yqirilganqal’a shaxri xarobalari boshqa shaxarlardan farqli o’laroq, asosiy inshooti aylana shaklida bo’lib, inshootning markazidagi bino ikki qavatli bo’lgan va shu binoning o’zi ayni vaqtda rasadxona vazifasini ham bajargan.
Tuproqqal’a shaxri to’g’ri burchakli mudofaa devorlari bilan o’rab olingan bo’lib, devorlar xom g’ishtdan ishlangan va unda shinaklar bilan birga minoralar ham bo’lgan. Tuproqqal’a Xorazm hukmdorlari qarorgohi vazifasini ham bajargan. Bu yerda Xorazm davlati shohlari boshqaruviga oid bir qancha moddiy manbalar hamda hukmdorlarning arxivlari hujjatlaridan namunalar ham topilgan. Xorazm davlati xo’jalik hayotida dexqonchilik va hunarmandchilik asosiy o’rin egallagan. Milodning dastlabki asrlaridayoq, bu yerda kumush va mis tangalar zarb qilingan. Shuningdek, Xorazmdan O’rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv namunalari ham topilgan bo’lib, ular miloddan avvalgi V – IV asrlarga oid oromiy yozuvlari asosida shakllangan.
Qang’, Dovon va Xorazm davlatlarida mavjud davlatchilik tizimi, xo’jalik hayotining taraqqiy etib borishi keyingi davrlarda O’zbekistonda yuzaga kelgan davlatlarning yuksalishiga ham o’z ta’sirini o’tkazgan va ularning keyingi bosqichlarga ko’tarilishidagi muhim omillardan bo’lgan. Mil. avv. III asrning o’rtalarida mustaqil davlat sifatida tashkil topgan Parfiya davlati hozirgi Turkmaniston va Eronning bir qismini o’z ichiga olgan. Bu davlatning birinchi hukmdori Arshak bo’lib, u mil, avv. 247 yili taxtga o’tiradi. Mil. avv. 235 yildan boshlab, Parfiya podsholari o’z yerlari hududlarini kengaytirib bordilar. Milodiy III asrning birinchi choragida sosoniylar arshakiylar hukmronligini tugatib, Parfiyada hokimiyatni qo’lga oldilar. Antik davr Parfiyaning qishloq xo’jaligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Mil. avv. III asr o’rtalaridan boshlab Parfiya davlati hozirgi O’zbekiston hududlarida joylashgan qadimgi viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, So’g’diyona bilan siyosiy, madaniy va iqtisodiy munosabatlarni ayniqsa rivojlantirdi.
Undan tashqari, parfiyaliklar besh asr davomida Hindiston, O’rta Osiyo va Xitoyning g’arb mamlakatlari bilan qilgan savdo aloqalarida vositachilik qildilar, Parfiyaliklarning yozuvi oromiy
(Niso hujjatlari) yozuvi bo’lib, zardo’shtiylik diniga e’tiqod qilishgan.
Kadimgi Farg’ona turli davr manbalarida Dovon, Boxan, Polona, Parkana kabi nomlar bilan eslatib o’tiladi. Ma’lumotlarga qaraganda Ershi (Marhamat) shahri Dovonning poytaxti edi. Antik davr Dovon aholisi dehqonchilik, uzumchilik, yilqichilik bilan shug’ullanishgan. Dovonning «samoviy otlari» o’lkadan tashqarida ham ma’lum va mashhur bo’lgan.
Mil. avv. II asrning oxirlarida Xitoy hukmdorlari Dovon yerlarini bosib olishga harakat qildalar. Ammo qo’shni davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan dovonliklar o’z mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo’ddilar.
Mil. avv. III asrlar boshlarida paydo bo’lgan Kang’ davlatining hududlari Sirdaryoning o’rta oqimidagi yerlar edi. Mil. II-1 asrlarda Kang’ davlati yerlari kengayib, Amudaryo va oralig’idagi yerlar va Xorazmni o’z ichiga oladi. Antik Kang’ davlati ancha rivojlangan davlat edi. O’troq asosan vodiylarda yashab, dehqonchilik, bog’dorchilik va hunarmandchilik bilan shug’ulanib kelishgan. Qang’ hukmdorlarning markaziy shaharlari ikkita edi. Ular yozni O’trorda (hoz. Aris Turkiston oralig’ida), qishlovni esa Qang’a (hoz. Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumanida) shaharlarida o’tkazar edilar.
Mil. avv. I asrga kelib, O’rta Osiyo hududlarida antik davrning eng qudratli davlatlaridan biri bo’lgan kushon davlati tashkil topadi. Dastlabki hukmdorlar Kadfiz I va Kadfiz II lar davlat yerlarini kengaytirib, pul islohoti o’gkazadilar. Milodiy II asrga kelib Kushon davlati yerlari Shimoliy Hindiston, Afg’oniston, O’rta Osiyo, Sharqiy Turkistondan iborat edi. Kushon hukmdorlari, xususan Kanishka (II asr) davri savdo-sotiq, ichki va tashqi savdo ayniqsa rivojlanish dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik ham ancha taraqqiy, etadi. Bu jarayonda Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati nihoyatda katta bo’ldi. Kushon davlatida asosiy din buddaviylik bo’lib, yunon zardo’shtiylik aqidalariga ham e’tiqod qilinar edi. Antik davr O’rta Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mil. avv. IV-P asrlar oromiy yozuvi asosida Xorazm, Parfiya va So’g’d yozuvlari paydo bo’ldi. Kushon davriga kelib yana bir yozuv-Kushon (Baqtriya) yozuvi shakllanadi. O’rta Osiyo va Afg’oniston hududidagi arxeologik tadqiqotlar antik davr madaniyatining gullab yashnaganidan dalolat beradi. Ayritom va Ko’hna Termizda Budda ibodatxonalar ochilgan. Fayoztepa, Quva, Xolchayon, Dalvarzin kabi kuhna shaharlarda ham saroylar, ibodatxonalar ochilib, ular yuksak madaniyatga ega ekanligi kuzatilgan. 1972 yilda Dalvarzintepadan (Surxondaryo) tilla buyumlar xazinasi (32 kg) topilgan. Bu xazina orasida antik davrga oid bilaguzuk, xalqalar, to’g’alar, bo’yin taqinchoqlari kabi san’at buyumlari ham bor. Umuman, antik davr Qang’, So’g’d, Farg’ona yerlarida mavjud bo’lgan madaniyat o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko’tariladi. Antik davrda (mil.avv IV asrning oxiri milodning IV asri) O’zbekistonning janubiy o’lkasi bo’lmish Qashqadaryo vohasi aholisi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan bog’liq bir qataor muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Tadqiq qilinayotgan o’lka O’zbekistonda antik davr markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi jaroyonidan chetda qola olmas edi.1
Mil.avv III-II asrlar bo’sag’asida sharqiy Qashqadaryoning poytaxti Sho’robsoy vohasidan Osuvdaryoning o’rta oqimiga, Kitob shahri rayoniga ko’chadi. Kitob shahrining hozirgi imoratlari ostida mil.avv III asr milodiy VII asr qatlamlari yashirinib yotibdi. Antik davrda madaniy aloqalar va o’zar ta’sir (grek va mahalliy madaniyatlar qo’shilishi) shuningdek savdo va pul munosabatlarning jadal rivojlanishi bilan izohlanadi. Bularning barchasi markaziy osiyo turli viloyatlari o’rtasida rasmiy aloqa va savdo yo’llarning shakllanishiga olib keladi.2Antik davr arexologik manbalari Qashqadaryo vohasi aholisining qadimgi diniy qarashlari bilan bog’liq masalani o’rtaga qo’yish imkonini berdi. Tadqiqotchi olimlarning fikriga tayangan holda A Omelchenko Janubiy So’g’dning sharqiy qismidagi antik davr manzilgohlarni topologik va ichki tuzulishini quydagicha o’rganib chiqadi: Viloytning markaziy shahri (Suse-Kitob, maydoni 40gektar) alohida tumanlarning sobiq markazlari bo’lgan turli joylarda joylashgan yirik manzilgohlar(Sho’robsoydagi Saroytepa-Olvontepa, maydoni 8-9 gektar: Ayoqchisoydagi-Kattajartepa maydoni 6.5 gektar: Toldisoy va Guldarasoydagi Qayrag’ochtepa I va Qayrag’ochtepa II maydoni 10-20 gektar: Qorabog’daryodagi Kattakontepa maydoni 7-8 gektar). Tadqiqotchining fikriga ko’ra janubiy So’g’dning sharqiy qismida joylashgan Antik davr manzilgohlarning umumiy maydoni 130 gektarga teng.
Qashqadaryo vohasi antik davr yodgorliklarida olib borilgan qazishmalar natijasida olingan ma’lumotlar ushbu davr binokorlik uslublari to’g’risida ma’lum xulosalar chiqarish imkonini beradi Yakkabog’ tumanidagi Parmonqultepa yodgorligida bir qancha xo’jalik xonalari ochib o’rganilgan ularning devorlari paxsadan qurilgan. Bu yerda balandligi 2.2 metr diametri 0.8 metrga teng g’ishtli ustun saqlanib qolingan.1
Markaz ko’chirilishing siyosiy va iqtisodiy sabablari bor edi. Yangi poytaxt shahar(Xitoy manabalardagi Suse) markaziy Samarqand So’g’didan jom va Taxtaqoracha dovoni orqali Xisorning g’arbiy tarmoqlaridagi bronza va undan nariga- shimoliy Baqtryaga olib boruvchi qadimgi yo’llar chorrahasida strategik nuqtai nazardan juda qulay joylashgan edi. Dastavval u ellin hukmdorlarning shimoliy Qashqadaryodagi asosiy tayanch punkiti sifatida mo’ljallangan bo’lishi ehtimol.So’ng So’g’da mustaqil dinastiyalarning qaror topishi butun Kitob-Shahrisabz vohasining markazi bo’lib qolgan yangi shaharning ravnaq topishiga ko’maklashdi.2
Bir tomondan sug’orish tizmining rivojlanishi, ikkinchi tomondan Kitob-Shahrisabz vohasining markaziy qismida unumdor yerlar mavjudligi antik davrda kanallar tarmoqlari kengayishiga olib keladi Sho’robsoy va Qashqadaryo oralig’ida kamida uchta kanal aniqlanga soyning qiyi oqimidagi Saroytepa, Nomsiztepa va boshqa manzilgohlarga Qashqadaryodan uzunligi 8 kmdan ziyod bo’lgan Pistaxon kanali chiqarildi, uning sohili bo’ylab to’rt guruh mnazigohlar bunyod etildi. Kanal boshida toshdan qurilgan to’g’on tizmi hozirgacha saqlanib qolgan. Millod bo’sag’asida Oqchidaryoning o’rta oqimi bo’ylab yuqori saroy kanali yaqinida uchta katta bo’lmagan kanal va ehtimol suv ombori ham barpo etilgan.3
Urushdan keyin Respublika Fanlar Akamediyasining tarix va arxeologiy institute Qashqadaryoning o’tmish obidalarni o’rganilishini va tadqiq etishni rejalashtiradi. 1946-yildan boshlangan ish o’z natijalarini berdi.
Arxeologik tadqiqotlar asosan quyi Qashqadaryoda olib boriladi. Arxeologik qazuv ishlaring dastlabki samaralari haqida S.K.Kabanov maqola va axborotlari e’lon qilinadi.1
Umuman so’ngi o’rta asrdagi shimoliy Qashqadaryodagi kanallar va ariqlar tarmog’i O’rta Osiyoda eng rivojlangan tarmoqlaridan biri deb hisoblanadi. Voha aholisini hamda sug’orish tizmi asosiy inshoatlarini himoyalash uchun uncha katta bo’lmagan qal’alar qurilgan. Podayotoqtepa shunday qal’a namunasidir. Uning yuqori qatlami antik davr boshiga oid uni qurish uchun tanlagan joy qulayligi tufayli mavjud sharoitda mudofaa masalasi maksimal darajada hal qilingan.
Podayotoqtepasoyning burilishida qator joylarda qo’shimcha devor bilan kuchaytirilgan mustahkam soz tuproq qatlami ustiga qad ko’targan. Janub va sharq tomonlarda uni eni 8-11 metr bo’lgan xandaq o’rab turgan: shimol va g’arb tomondan qalinligi 3.5 metr bo’lgan devor yo’nilgan soz tuproqli paxsa hamda xom g’ishtdan iborat bo’lgan.2Sharqiy Qashqadaryo istehkomlari qo’shni mintaqalar mudofaa inshoatlari bilan qiyoslash ularning rivojlanganlik darajasi o’sha davrda O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan ilg’or namunalarga mos bo’lganini ko’rsatdi. O’rta Osiyoning ko’hna shaharlarida Markaziy So’g’dagi Afrosiyob va Shimoliy So’g’dagi Nurtepa, Shimoliy Baqtryadagi Qiziltepa hamda Dalvarzintepada olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida shunga o’xshash istehkomlar aniqlandi.
Qayrog’ochtepadan olib borilgan tadqiqotlar juda qiziqarli ma’lumotlarni berdi.Bu yodgorlik Qashqadaryo vohasi o’rta qismida joylashgan yirik antik davr yodgorligi bo’lib, o’z hajmiga ko’ra faqat qadimgi Kitob shahar xarobasidan kichikdir.3 O’zining juda katta hajmiga qarmasdan manzilgoh mudofaa devori bilan o’ralgan, ammo uni o’rab turgan keng va chuqur irmoqlari o’ziga xos xandaq va tabiiy to’siq bazifasini bajargan.
Kitob o’rnidagi antik davr manzilgohi hisoblangan-ilk manzilgoh Qalandartepa yoki Tepai Afrosiyob “Shohnoma” ning boshqa bir mashhur qaharamon nomi bilan bog’liq.Islomgacha yaratilgan manbalarda bu hudud to’g’risida ma’lumotlar I.Markvant asarida keltirib o’tilgan.Hozir bu ma’lumotlar numizmatik matreallar bilan muayyan darajada to’ldirilmoqda.1
Vohaning janubidagi Qayrog’ochtepa qal’asi hamda Kitob o’rnidagi poytaxt arki bo’lgan Qalandartepadagi imoratlar Podayotoqtepa yuqori qatlamlari bilan bir davrga oiddir.Mudofaa devorlari baquvvat poydevor ustiga qurilish usuli so’ngi jez, ilk temir davriga borib taqaladi. Bu vaqtda Orta Osiyo janubidagi shakllanayotgan shaharlar bo’lgan va ilk shahar markazlaridagi qal’alar baquvvat asos poydevor ustida barpo etilgan. Mudofaa devorni shuningdek burjlar ham kuchaytirilgan.Asosan tekis joyda bunyod etilgan, Kitob devori paxsadan ko’tarilgan ustidan to’g’ri burchakli, tamg’a bosilgan bir necha qator xom g’isht terilgan paxsa qatlamlari orasida bordon bosilgan, u zahdan va sho’rlanishdan asragan.2
Arxeologik tadqiqotlar ko’rsatilishicha mil.avv IV-III asrlarda sharqiy Qashqadaryoda uy-joy imoratlari istehkomlar va jamoat binolaridan farqli ravishda, asosan yarim yerto’lalardan va yengil bostirmasi imoratlardan iborat bo’lgan. Bu majmualarda paxsa va antik davrga xos bo’lgan kvadrat shakladagi xom g’isht uncha baland bo’lmagan devorlar va sandallar uchun ishlatigan. Masalan Podayotoqtepa devori ichidan o’zaro bog’lanib ketgan bostirmalar ostida uy- joy majmualari guruhi joylashagan.3XX asrning 70-80 yillarida N.I Krashenninikova rahbarligidagi arxeologiya otryadi eng shimoly Kitob tumanini tekshirdi.Sho’rob soy daryosi bo’ylab mustahkamlanmagan manzilgohlar aniqlandi.
Bu manzigohlardan tashqarida kulolchilik ishlab chiqarish izlari ham saqlanib qolgan edi.Ilk antik davr, ilk temir asri manzilgohlarni topilishi katta voqea bo’ldi.
Qudratli mudofaa inshoatiga ega bo’lgan bu manzilgohlarni o’rganish natijasida tadqiqotchilar vodiyning butun viloyatga nom bergan qadimgi markazi- Nautaka aynan shu yerda daryoni o’rta oqimida joylashgan degan xulosaga keladi.Qazish ishlari bu manzilgohlar ellin davrining boshidayoq obod qilingan bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.1
XX asrning 70-80 yillarida Qashqadaryo sharqiy qismining xaritasini tuzish bo’yicha keng miqiyosida olib borilgan ish jarayonida antik va o’rta sarlar davri yodgorliklari rayonlashtirish va tiplarga ajartish va dastlabki dehqonlar guruhlari kelgan davrdan boshlab mintaqa madaniyatining rivojlantirish masalalari ko’rib chiqilgan.2 O’rta Osiyoning janubi va markazini Janubiy So’g’d orqali bog’lovchi hamda qadimgi davrlardan buyon mavjud bo’lgan ko’hna yo’llar muammosi alohida qo’yildi.3Ayni mahalda mil.avv III-II asrlarda Kitob hududida ancha mustahkam uylar qurilgan.Ular odatda maxsus asos ustiga joylashgan O’rta Osiyo singari Sharqiy Qashqadaryoda ham qurilishda yoppasida xom g’isht ishlatishga o’tila boshlangan.Antik davrda odatda uylar xar-xil vazifani bajaruvchi bir necha xonadan iborat bo’lgan. Maydoni 20-30 kv metr gacha borgan turar joy xonalaridan tashqari unga albatta xumxona kirgan. Xumxonada (8-12 kv metr) devor yonida yarimgacha yoki bo’g’zigacha yerga ko’milgan don, moy, sharob saqlanadigan bir necha xum bo’lgan bazan xumlar turar joy xonalаri ichida joylashtirilgan.4
Xonalar shuningdek tashqaridan ko’mir cho’g’i keltirib solingan manqal yordamida ham isitilgan.Xonalarning derazasi bo’lmagan ko’rinadi. Hovliga olib chiquvchi eshiklar odatda ostonaga mahkamlangan yon ustunga o’rnartilgan. IV-asrning oxiri V asrning boshiga kelib esa to’g’ri burchakli g’ishtdan foydalanishga o’tilgan Sharqiy Qashqadaryoning Antikdavrdagi me’morchilik va qurilish texnikasi Baqtriya va yanada ko’proq markaziy So’g’d texnikasiga monand bo’lgan. Buning sababi viloyat geografik jihatdan O’rta Osiyoning mazkur ikki madaniy markazi oralig’ida joylashganligidir.
XULOSA
Makedoniyalik Aleksandr yurishlari bilan bog’liq bo’lgan siyosiy o’zgarishlar, muhimi shu hodisalardan keyin Old Osiyo va Yunonistonnig o’zidan ko’plab kishlar ko’chirib kelganligi O’rta Osiyo mintaqasi moddiy madaniyatinng turli jihatlariga turli ta’sir ko’rsatdi.1 Sharqiy Qashqadaryoda bu ta’sirning eng dastlabki izlaridan biri Podoyoqtepada va Kitob o’rnidagi qadimgi shahar spool majmualarida kuzatiladi. Yangi shakllar eng avvalo, uzunqadahlar, lagan va kosalar keng yoyilgan. Chekkasi past tomonga yoki ichiga qaytarilgan, tubida xalqasimon bo’rtmasi bo’lgan, baliqdan tayyorlangan taom solishga mo’ljallangan likopchani alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Ko’zalarda tutqich tanasida esa metal qolipni eslatuvchi xalqalar paydo bo’ldi ayrim idishlar qo’sh quloqsimon shakl kasb etdi. Sopol sirtiga ishlov berishning yangi texnikasi joriy qilindi. U qizg’ish jigarran angop bilan qoplanib, jilov berildi, natijada idish laklangandek ko’rinadi.2 Avvalgi davrdan farqli ravishda antik davrda ishlariladigan idishlardan faqat qozon va manqal qo’lda yasalardi. Antik davrda Sharqiy Qashqadaryoda kulolchilik ravnaq topishida yuqori sifatli tuproq qatlamlari muhim rol o’ynaydi.3 Bu davrda Janubiy So’g’dning sharqiy qismida ishlangan sopol buyumlar butun O’rta Osiyoda hatto sopol tayyorlashda don qozongan Baqtriya va Samarqand So’g’di singari markazlariga qiyoslaganda ham eng yaxshisi edi. Topilmalardan ma’lum bo’lishicha kundalik ro’zg’orda ishlatiladigan sopol idishlar qishloq kulolari tomonidan yasalgani holda yuqori sifatli sopol asosan shahar markazlarida tayyorlangan.4


Download 36.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling