Antitra nspirantlar


Download 34.43 Kb.
bet21/21
Sana29.01.2023
Hajmi34.43 Kb.
#1139316
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
bbbbbbb

Polipeptid gormonlar. Polipeptid gormonlar birinchi bor o'simliklarda 1991-yilda yosh pomidor 0‘simligi barglaridan ajratilgan va sisteminlar deb nom berilgan. Hozirgi vaqtda sisteminlar qalampir, kartoshka va boshqa o'simliklarda topilgan. Sistemin 18 dona aminokisiotadan tashkil topgan polipeptiddir. Ushbu gormon ham boshqa gormonlar singari juda ham kam ya’ni 10‘15 M konsentratsiyada ta’sir qiladi. Sisteminning retseptori 1999-yilda ajratilgan va uning 160 kD massaga ega boMgan yuqori molekulali polipeptid ekanligi tasdiqlangan. Sisteminning boshqa gormonlardan farqi shundaki, u o'simliklar o'sishiga ta’sir qilmasdan, balki o'simliklami patogenlardan himoyalanishini ta’minlovchi tizimni ishga tushishiga yordam beradi.
Steroid gormonlar. Steroid gormonlar birinchi bor 1970-yilda amerikalik olim J.Mitchell tomonidan raps Brassisa narus ajratib olingan va fasol o‘simligi o‘sishini tezlashtirishi ko‘rsatilgan va shu tariqa o‘simliklarda ham xuddi odamlar va hayvonlardagi kabi polipeptid gormonlari mavjud ekanligi tasdiqlangan. Ushbu gormonlaming vakili brassinoliddir (C28H480 6). Brassinolidning kimyoviy tarkibi 1979-yilda M.D.Grovi tomonidan aniqlangan. M.D.Grovi asalarilar tomonidan yig'ilgan 40 kg urug'chi changchilaridan 4 mg brassinolid ajratib olgan. Hozirgi vaqtda gormonal xususiyatga ega 30 xildan ortiq steroid birikmalar aniqlangan. Ushbu gormonlar brassinlar yoki brassinosteroidlar deb atalib barglarda, poyalarda va pishmagan uruqlarda topilgan. Ular gibberillinlar, ABK va fuzikoksin kabi terpensimonlar turkumiga taalluqlidir.


Download 34.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling