Antitra nspirantlar


Download 34.43 Kb.
bet7/21
Sana29.01.2023
Hajmi34.43 Kb.
#1139316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
bbbbbbb

16. Sugʻorish, irrigatsiya — tuproqni manbalardan olingan suv bilan sunʼiy namlash, melioratsiyannng bir turi. Sug'orish tuproqning oʻsimlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa oʻsimliklarning tuproqdan oziq moddalar — mineral va organik oʻgʻitlarni oʻzlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan yuqori hosil olishni taʼminlaydi. Sug'orish yer hosildorligini sugʻorilmaydigan sharoitlarga qaraganda 8—10 marta oshiradi, intensiv dehqonchilikni joriy etish imkoniyatini beradi. Bu esa suv xoʻjaligi qurilishiga va yerlarni meliorativ oʻzlashtirishga sarflangan kapital mablagʻlarning tez (3—5 yil ichida) qoplanishini taʼminlaydi. Qishloq xo'jalik o'simliklarini sun'iy sug'orish yuqori hosil olish garovidir. Chunki hosildorlik lalmikor yerlarga nisbatan 3-5 martagacha yuqori boʻladi. o'simliklami sun'iy sug'orish ayniqsa arid zonalari (suvning bug'lanishi yillik yog'ingarchilik miqdoridan ancha ko'p bo'lgan joylar) uchun katta ahamiyatga egadir. Chunki bunday zonalarda o'simliklarda suv taqchilligi tez-tez sodir bo'ladi. Olimlaming ko'rsatishicha, hatto juda qisqa muddatli suv taqchilligi ham o'simlikdaming normal o'sishiga ta'sir qilmay qolmaydi, o'simliklarda suv kamchilligi ayniqsa suvning surtishi, ildiz bosimi, og'izchalar holati, transpirasiya, fotosintez, nafas olish fermentlarining aktivligi, o'sish va rivojlanish, hosildorlik va hosil sifati kabi jarayonlarga ta'sir etadi.Qishloq xo'jalik o'simliklarini vegitatsiya davomida ta'minlash uchun sarflanadigan suv miqdoriga - sug'orish normasi deyiladi. O'simliklami bir marta sug'orish normasi ularning o'sish fazalari va bu fazalarda suvni o'zlashtirish xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, go'za o'z vegitatsiyasi davomida sarflaydigan sug'orish normasining 20-25 % al gillash fazasigacha, 55-60% gullash fazasida, 15-20 % esa ko'saklash va pishish fazalarida sarflaydi. Shunga a sug'orish sani va bir marta sug'orish (400 dan 900 m/ga, ayrim hollarda 1200 m³/ga bo'lishi mumkin) normalari belgilanadi. Ayniqsa o'simliklarning sug'orish muddatlarini to'g'ri aniqlash katta ahamiyatga ega. Bu masalada ham bir qancha fikrlar mavjud: 1) tuproq namligini hisobga olish, 2) o'simliklaming tashqi ko'rinishiga qarab belgilash, 3) o'simlikning fiziologik jarayonlari asosida aniqlash va hokazo.

Download 34.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling