Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


IBt – ishchi kuchini tekshirib chiqish natijasida aniqlangan ish bilan


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
IBt – ishchi kuchini tekshirib chiqish natijasida aniqlangan ish bilan 
band bo‘lmaganlar soni, jami; 
INAt – ishchi kuchini tekshirib chiqish natijasida aniqlangan iqtisodiy 
nofaol aholi, jami; 
SS – mehnat yoshidagi so‘rab chiqilganlar soni. 
2) ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslarning umumiy 
soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
IBJ = MAT · IBJS : 100, 
bunda: IBJ – ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslar soni
MAT  mehnat yoshidagi aholi soni; 
IBJS tekshirish natijasida aniqlangan ish bilan band bo‘lmagan, ishga 
joylashishga muhtoj shaxslar salmog‘i. 
3) mustaqil ravishda ish izlayotgan shaxslar soni ish bilan band bo‘lmagan, 
ishga joylashishga muhtoj shaxslar soni bilan mehnat organlarida ish 
izlayotganlar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va rasman ishsiz maqomini olgan 
shaxslar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi:
IQm = IJM – IQ – RI, 
bunda: IQm – mustaqil ish qidirayotganlar; 
IJM – ishga joylashishga muhtojlar; 
IQ – mehnat organlarida ish qidirayotganlar sifatida ro‘yxatga 
olinganlar; 
RI – rasman ishsizlar. 
Iqtisodiy nofaol aholi. Mehnat resurslarining balansini tuzish vaqtida 
iqtisodiy nofaol aholining soni hamma vaqt mehnat resurslari soni bilan iqtisodiy 
faol aholi soni o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi:
INA = MR – IF, 
bunda: INA – iqtisodiy nofaol aholi; 
MR – mehnat resurslari soni; 
IF – mehnat resurslarining iqtisodiy faol qismi. 
Mehnat resurslari balansi ma’lumotlari turli tahliliy maqsadlar uchun, 
masalan, mehnat resurslarining shakllanish omillarini, ularning ish bilan bandligini 
va ishsizlikni aniqlash, shuningdek, mehnat bozorining ahvoli va ish bilan bandlik 
sohasidagi vaziyat, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylashishi 
haqida jamoatchilikka axborot berish uchun xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligidan farqli o‘laroq, xalqaro 
statistikada mehnatga laqayotli aholining yosh chegarasi 16-65 yosh qilib 
belgilangan. Bu yoshdagi kishilar guruhi Yer shari aholisining 2/3 qismiga 
yaqinini tashkil etadi. Biroq, dunyoning turli mintaqalarida ushbu ko‘rsatkich 
o‘zaro farq qiladi. 
2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bu sohadagi eng quyi 
ko‘rsatkichlar Afrika mintaqalariga tegishli (Shimoliy Afrika mustasno). Agar bu 
jarayonlar alohida mamlakatlar misolida o‘rganilsa, ko‘rsatkichlar yanada pastroq 
ekanini guvohi bo‘lamiz. Xususan, Burkina-Faso, Malavi, Zambiya, Chad, 
Uganda, Niger kabi davlatlarda mehnat resurslari salmog‘i jami aholining 


116 
yarmidan ham kamrog‘ini tashkil etadi. Buning sababi, mazkur mamlakatlarda 
aholi tabiiy o‘sishining yuqoriligi va kuchli «demografik portlash” jarayoni ro‘y 
berayotganligi bilan bog‘liq.
2-jadval 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling