Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
IV.BOB. AHOLI TARKIBI
4.1 Aholining jinsiy, yosh va oilaviy tarkibi Aholining jinsiy va yosh tarkibi ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga egadir. Chunki, mehnat resurslarini maktabgacha maktab yoshidagi kontingentlarni, nafaqa yoshidagi aholini hisoblash, ularga kerakli moddiy va ma’naviy imkoniyatlarni yaratish aholining jinsiy, yosh tarkibiga asoslanadi. 82 Aholining jinsiy tarkibi. Aholining jinsiy tarkibi, asosan uch omil ta’sirida shakllanadi: yangi tug‘ilganlardagi jinsiy nisbat, o‘limdagi jinsiy farq, hamda aholi migratsiyasidagi jinsiy farq. Statistik ma’lumotlar va ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha dunyo bo‘yicha qiz bolalarga nisbatan o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilar ekan. Ma’lumotlar ko‘rsatishicha dunyoda har 100ta qiz bolaga tug‘ilgan o‘g‘il bolalar soni 104–107ni tashkil etadi. O‘g‘il bolalar salmog‘ining qiz bolalarga nisbatan yuqorilgi ko‘p hollarda15–20 yoshlarga qadar saqlanib boradi. Asosan 20–24 yoshlarda jinslar nisbatan tenglashadi. Undan keyin esa, asta-sekin jami aholi tarkibidagi erkaklarga qaraganda ayollar salmog‘i ortib boradi. Bu hol qator omillar bilan bog‘liqdir. Ularga bolalik davrida o‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan ko‘proq xastalanishi, baxtsiz xodisalar va erkaklarning o‘ziga xos turmush tarzi kabilarni kiritish mumkin. Shuningdek, erkaklarning ko‘p qismi yoshlik va o‘rta yoshlik davrida og‘ir mehnat bilan mashg‘ul bo‘lib, inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan alkogolizm, chekish kabi odatlar bilan shug‘ullanadilar. Yuqorida keltrilgan turmush tarziga xos omillar, hamda xalqlar orasida, davlatlar orasida ro‘y berib turadigan urushlar erkaklarning hayotdan barvaqt ko‘z yumishiga olib keladi. 1 Shunday bo‘lsada aholi jinsiy tarkibining shakllanishi dunyo hududlarining har birida o‘ziga xos hususiyatga egadir. Ushbu xususiyatlar, yuqorida qayd etilganidek, ana shu hududning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan ifodalanadi Hozirgi davrda (XXI asr boshlari) sayyoramiz aholisining jinsiy mutanosibligi yosh guruhlari bo‘yicha keskin farq qiladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, dunyodagi barcha davlatlarda ham 0–14 yosh guruhlarida o‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan ko‘proq ekan. Bu hol yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘g‘il bolalarning ko‘proq tug‘ilishi bilan bog‘liqdir. 15–64 yosh guruhlarida esa, ayollar va erkaklar salmog‘i dunyo bo‘yicha bir muncha tenglashadi va har ming ayolga 1020 erkak to‘g‘ri keladi. Lekin bu nisbiylik hamma qit’alarda ham bir xil emas. Yevropada – 1000, Osiyoda – 1049, Afrikada – 979, Amerikada – 990, Okeaniyada – 1039ta to‘g‘ri kelgan. O‘zbekiston uchun mazkur ko‘rsatkich 996tani tashkil etadi. 65 va undan yuqori yosh guruhlaridagi ayollarga yer yuzida 742, Yevropada 649, Osiyoda 879, Afrikada 889, Amerikada 741, okeaniyada 818, MDH tarkibiga kirgan davlatlarda 444ta erkak to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 580tani tashkil etadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, ikkinchi jahon urushida Yevropagi qator davlatlar, ayniqsa sobiq SSSRda juda ko‘p erkaklar halok bo‘lgan. Shuning uchun ham XX asrning oxiriga qadar aholi tarkibida ayollar nisbatan eng yuqori bo‘lgan davlat sobiq SSSR hisoblanar edi. Chunonchi 1989 yilda bu davlatda har 1000 ayolga 891ta erkak to‘g‘ri kelgan. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha dunyo aholisining umumiy tarkibida erkaklar ayollarga nisbatan bir muncha ko‘proq bo‘lib, ya’ni har 1000 ayolga nasbatan erkaklar soni 1009 ni tashkil etar ekan. Ayollarga nisbatan erkaklarning ko‘pligi asosan Osiyo davlatlarida (1000 ayolga 1042 ta erkak) kuzatilsa. Yevropa davlatlarida esa aksincha – ayollar salmog‘i yuqoriligi kuzatiladi. Ayollarning 1 Асанов Г.Р. А оли географияси. – Т., 1978. – 75 б.; Б риева М.Р. Ўзбекистонда оила демографияси. – Т., 1987. – 57 б. 83 erkaklarga nisbatan ko‘pligi ayniqsa Rossiya davlatida yuqoridir (1000 ayolga 890 erkak) 1 . O‘zbekistonda ham aholining jinsiy tarkibi hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati va demografik jarayonlari ta’sirida shakllanib, kelgan. Respublika hududida XIX asrning ikkinchi yarmi hamda XX asrning boshlarida ayollar salmog‘i ancha past bo‘lib, har 1000 erkakka 856-859 ni tashkil etgan. XX asrning 60 yillaridan boshlab ayollar salmog‘i oshib borgan. Hozirgi davrda O‘zbekistonda aholining jinsiy tarkibi deyarli tenlashib, qulay demografik rivojlanishga asos bo‘lmoqda 2008 yil O‘zbekistonda 1000 ayolga nisbatan erkaklar soni 999,8 ni tashkil etgan. Aholining jinsiy tarkibida migratsiyaning o‘rni ahamiyatlidir. Aholi migratsiyasida erkaklar ishtiroki yuqori bo‘lganligi sababli migratsion oqim yuqori bo‘lgan ba’zi yirik shaharlarda, o‘zlashtirilayotgan hududlarda aholi tarkibida erkaklar salmog‘i yuqori bo‘ladi. Masalan Toshkent shahrida jami aholining 51 foizini erkaklar tashkil etadi. O‘lish jarayoni ham aholi jinsiy tarkibiga ma’lum darajada ta’sir etadi. Ayniqsa keksa aholi guruhida (65 va undan yuqori yoshlarda) ayollarga nisbatan erkaklar o‘limining yuqori bo‘lishi, ushbu yoshlarda erkaklar salmog‘ining pasayib ketishiga sabab bo‘lgan. Masalan O‘zbekistonda 2008 yil 70 yosh va undan yuqori har 1000 ayolga nisbatan 704 erkak to‘g‘ri kelgan. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling