Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


  Er-hotin bir xil ijtimoiy guruhga mansub oilalar (ishchi oilalar


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
1. 
Er-hotin bir xil ijtimoiy guruhga mansub oilalar (ishchi oilalar, 
xizmatchi oilalar, dehqon, tadbirkor, savdogar, olimlar, san’atkor,
hunarmand va h.k. oilalar). 
2. 
Er-hotin turli ijtimoiy guruhga mansub oilalar. 
3. 
Er-hotinni ma’lumotlariga ko‘ra turlari: 
o‘rta ma’lumotli, o‘rta maxsus, yordamchi maktab ma’lumoti va oliy 
ma’lumotga ega bo‘lgan oilalar, ma’lumotsiz (savodsiz) oilalar. 
4. 
Oilaning «yoshiga» ko‘ra yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik 
turmush tajribasiga ega bo‘lgan oilalar), o‘rta yoshdagi oila, yetuk oila. 
5. 
Oilaning hududiy jihatlariga ko‘ra;
shahar, qishloq va aralash tipdagi oilalar. 
6. 
Oiladagi er-xotin va boshqa oila a’zolarining tutgan o‘rniga qarab; 
Avtoritar oila (oiladagi hamma muammoni bir kishi er yoki xotin, 
qaynota yoki qaynona hal etadi). 


86 
Demokratik oila (oiladagi har qanday muammolarni ko‘pchilik bilan 
kelishilgan holda hal tiladi) 
Hamda aralash tipdagi oilalar. 
7. 
Er hotinning millatiga ko‘ra; 
Bir millatli (er xotin bir bir xil millatga mansub) va baynalminal (er-
hotin turli millatga mansub) oilalar. 
Olaning yuridik xususiyatiga ko‘ra turlari; Rasmiy oila (nikohdagi oila) va 
norasmiy oila (nikohga kirmagan, nikohdan tashqari)
Oila paydo bo‘lgandan to hozirgi davrga qadar u bajarib kelgan vazifalar 
chuqur ilmiy tahlil etilsa, ularni asosan uch yo‘nalishda ifodalash mumkin. Bu
yo‘nalishlar farzandlarning tug‘ilishi, ularni tarbiyalash va moddiy ehtiyojini 
qondirishdir. Shuning uchun ham oila vazifalarini uch guruhga ajratish 
maqsadga muvofiqdir. 
Oilaning demografik vazifasi. 
Oilaning ijtimoiy vazifasi. 
Oilaning iqtisodiy vazifasi. 
Oilaning demografik vazifasiga–uning demografik faoliyati, ya’ni oilada 
farzandlarning tug‘ilishi, inson naslini, jamiyatni davom ettiruvchi-avlod 
yaratish kiradi. 
Oilaning ijtimoiy vazifasiga-oilada faorzandlarni tarbiyalash, inson sifatida 
kamolga yetkazish, ularning tabiatga, jamiyatga va o‘zaro munosabatlarini 
shakllantirish, dam olish va salomatligini tiklash kabilar kiradi. 
Oilaning iqtisodiy vazifasiga oila a’zolarini oziq-ovqat, kiyim-kechak va 
boshqa yashash uchun zarur bo‘lgan moddiy vositalar bilan ta’minlash kiradi. 
Oilaning mohiyati vazifalari dunyodagi barcha xalqlar uchun bir xildir. Lekin 
uning bajarilish darajasi ana shu xalqlar yashagan, yashab kelayotgan davrdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga, turmush tarziga, ularning urf odatlari, dini, 
qadriyatlariga bog‘liqdir 
Ilmiy manbalarda aholining oilaviy holati, degan tushuncha mavjud bo‘lib, 
bu tushuncha ma’lum hudud, davlat aholisiga tegishlidir. Aholining oilaviy holati. 
Ma’lumki, jamiatda insonlar oila muhitida oila a’zosi bo‘lib, turli guruhlarda guruh 
a’zosi bo‘lib yoki o‘zlari alohida, yolg‘iz holda yashaydilar. Aholining bunday 
guruhlarga bo‘linib yashashi uning oilaviy holatini bildiradi.
Aholining oilaviy holati haqidagi ma’lumotlar aholi ro‘yhati o‘tkazish yo‘li 
bilan to‘planadi. Sobiq sovet statistikasida aholi oilaviy holati bo‘yicha uch 
guruhga ajratilgan va aholi ro‘yhati dasturiga kiritilgan: oila bilan birga oila a’zosi 
bo‘lib yashovchilar; oiladan alohida, lekin oila bilan muntazam aloqani saqlab 
qolgan holda yashovchilar
1
; yolg‘iz yashovchilar. 
Aholinig oilaviy tarkibini, demografiyaga oid ilmiy manbalarda oilada 
yashovchi aholining oila turlari (tugal, tugalmas, nuklear (oddiy) va murakkab, 
katta, kichik, o‘rta va h.k.) bo‘yicha taqsimlanishini e’tirob etadi. Masalan 1989 
yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan aholi ro‘yhati ma’lumotlari ko‘rsatishicha oila 
1
Бу гуру га узоқ муддатга қишга, ишга ва бошқа сабаблар билан оиладан вақтинча кетган кишилар 
киради.


87 
muhitida yashovchi aholining 4,3% 2 kishilik oilada, 18,9% 3-4 kishilik kichik 
oilada; 27,9 foizi 5-6 kishilik o‘rta oilada; qolgan 48,9 foizi 7-10 undan ko‘p 
kishilik katta oilalarda istiqomat etishgan.
Shunday qilib aholining oilaviy holati ma’lum hudud yoki davlat aholisining 
oilada, oila azosi bo‘lib, oiladan alohida (oilasi bilan munosabatlarini uzmagan 
holda) va yolg‘iz yashovchilarga bo‘linishini, aholining oilaviy tarkibi esa 
aholining oila turlari bo‘yicha taqsimlanishini ifodalaydi.
Aholining oilaviy tarkibi aholining jinsiy va yosh tarkibiga bog‘liq bo‘lib, 
tug‘ilishi, o‘lim, nikoh, ajrim kabi demografik jarayonlar ta’sirida shakllanadi. 
Shuningdek aholining oilaviy tarkibiga katta farzandlarni oila qurib, o‘zlari ajralib 
chiqish jarayoni hamda migratsiya xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa 
nikoh va ajrim jarayonlari aholining oilaviy tarkibiga bevosita ta’sir etadi. 
Nikohning mustahkam bo‘lishi to‘liq oilalar va ularda yashovchi aholi salmog‘iga 
ijobiy ta’sir etsa, ajrim aksincha tugalmas oilalar sonini ko‘payishiga olib keladi. 
Bu holat o‘z navbatida qator ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolarga sabab 
bo‘ladi.
Xozirgi davrda dunyo, davlatlari aholisining oilaviy tarkibi, nikoh va ajrim 
jarayonlari bo‘yicha bir-birlaridan farq qiladilar. Ushbu farqlar alohida halqlarning 
urf-odatlari, qadriyatlari, diniy e’tiqodlari, davlatni oila mustahkamligini qo‘llab 
quvvatlash maqsadida olib borayotgan siyosiy, iqtisodiy chora tadbirlari bilan 
bog‘liqdir. 
Jahon statistikasida «Oila» tushunchasi bilan birga «uy xo‘jaligi» 
tushunchasidan ham foydalaniladi. Unda aholining oilaviy holati haqidagi 
ma’lumotlar uy xo‘jaliklari bo‘yicha to‘planadi. «Uy xo‘jaligi» birga xo‘jalik 
yurituvchi, birga yashovchi kishilarni biriktiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy yacheykadir
1

Uy xo‘jaligi tushunchasi oiladan farq qilib, unda faqat qarindoshlik munosabatlari 
asosida birikkan kishilargina emas balki, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida 
birga yashovchi begona kishilar ham, alohida mustaqil xo‘jalik yurituvchi yolg‘iz 
kishilar ham kiritiladi. 
Uy xo‘jaligi tushunchasi hamma davlatlarda ham bir xil emas. U har bir 
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga, unda isteqomat etuvchi xalqning turmush 
tarziga, urf-odatlariga bog‘liqdir. Ba’zi davlatlarda uy xo‘jaligi uchun kishilarning 
birga yashashi asos qilib olinsa, boshqa bir davlatda esa ularning birga ovqat 
tayyorlashi, birga ovqatlanishi asos qilib olingan.
Uy xo‘jaligi ikki turga bo‘linadi: shaxsiy va jamoa xo‘jaligi. Shaxsiy uy 
xo‘jaligida bir uyda yashovchi, birga xo‘jalik yurituvchi va o‘zlariga o‘zlari ovqat 
tayyorlovchi kishilar guruhi kiradi. Bunday guruhlarda bir uyda, yoki bir nechta 
uyda yashovchi yoki uyi bo‘lmagan kishilar ham yashashlari mumkin. Bunday uy 
xo‘jaligida, bir uyda yashovchi ota-ona, bola, qarindoshlardan tashqari ikki yoki 
undan ortiq bir xo‘jalikda yashovchi, lekin qarindosh bo‘lmagan yolg‘iz kishilar, 
xizmatkorlari bilan yashovchi yolg‘iz ayol yoki erkaklar ham kiradi. qarindosh 
bo‘lmagan ikki yoki undan ko‘p kishilar yashovchi shaxsiy uy xo‘jaligi 1980-1985 
1
Демографический энциклопедический словарь. М., 1985, С 127. 


88 
yillarda AqSh dagi uy xo‘jaliklarning 10% yaqinini Kanadada-5,6, Yangi 
Zerlandiyada-7,5, Belgiyada-3,6, va Yaponiyada 0,2% ni tashkil etgan
2

Jamoa xo‘jaliklariga bolalar, qariyalar nogironlar uylari, qamoqxonalar, 
kazarmalar, surunkali kasallar yashovchi kasalxonalar va boshqa shunga o‘xshash 
muassasalar kiradi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, juda ko‘p davlatlarda uy xo‘jaligining asosiy 
qismini nikoh va qon-qarindoshlik asosida tashkil topgan oilalar tashkil etadi. 
Bunday uy xo‘jaligi fanda «Oilaviy uy xo‘jaligi» deyiladi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling