Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши
MYo bo‘yicha axborot manbai – aholining jins va yosh tarkibi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslar sonini aniqlash.
MYo bo‘yicha axborot manbai – aholining jins va yosh tarkibi
to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlari. V) Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar umumiy sonini aniqlash uchun faoliyatning har bir konkret turi bo‘yicha NRB haqidagi ma’lumotlar qo‘shiladi: i , bunda: NRB – norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lganlar soni. Mehnat resurslari balansida ish bilan band aholi soni amaldagi milliy tasniflagichlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari (iqtisodiy faoliyat turlari) bo‘yicha taqsimlanadi va bunda quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi: • Sanoat. • Qishloq xo‘jaligi. • Qurilish. • Transport va aloqa. • Savdo va umumiy ovqatlanish. • Moddiy-texnikaviy ta’minot, sotish va tayyorlash. • Moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari. • Uy-joy-kommunal xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish. • Ta’lim, fan, madaniyat, san’at. • Noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlari. Bunday qilish aholining iqtisodiy faollik darajalarini, mehnat resurslarining faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qilish va baholash imkonini beradi. Bu esa ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish choralarini ko‘rish uchun zarurdir. Ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslar sonini aniqlash. Bunday shaxslar soni mehnat yoshida ish bilan band bo‘lmagan, mehnat organlari tomonidan ishsiz (OI) maqomi berilgan shaxslarni; mehnat organlarida ish qidirayotganlar (IQ) sifatida ro‘yxatga olinganlar; mehnat organlariga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda ish qidirayotganlar (IQm)ni o‘z ichiga oladi. Axborot olish manbai: OI va IQ bo‘yicha – mehnat organlarining hisobot ma’lumotlari; IQm bo‘yicha – ishchi kuchini tekshirib chiqish ma’lumotlari; IQ sonini aniqlash uchun balans tuzilgan paytda mehnat organlarida hisobda turgan shaxslar sonidan shu paytda rasman ishsizlar maqomi berilgan shaxslar, shu jumladan, ishsizlik bo‘yicha nafaqa olayotgan, jamoat ishlarida band bo‘lgan hamda mehnat organlari yo‘llanmasi bo‘yicha kasb-hunar tayyorgarligidan o‘tayotgan, qayta ta’lim olayotgan va malakasini oshirayotgan shaxslar chegirib tashlanadi. Mustaqil ish qidirayotgan shaxslar (IQm) sonini hisoblash uchun: 1) ishchi kuchini tekshirib chiqish natijalariga ko‘ra ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj aholining salmog‘i aniqlanadi: IBJS = (IBt – INAt) : SS · 100, 115 bunda: IBJS – ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtojlar salmog‘i; Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling