Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


 yilda dunyoning yirik mintaqalarida mehnatga yaroqli yoshdagi aholi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
2008 yilda dunyoning yirik mintaqalarida mehnatga yaroqli yoshdagi aholi
Yirik mintaqalar nomi 
jami aholiga nisbatan % da 
Dunyo bo‘yicha 
65 
Shimoliy Afrika 
62 
G‘arbiy Afrika 
53 
Sharqiy Afrika 
53 
Markaziy Afrika 
52 
Karib rayoni 
64 
Janubiy Amerika 
65 
G‘arbiy Osiyo 
62 
Markaziy va Janubiy Osiyo 
63 
Janubi-Sharqiy Osiyo 
65 
Sharqiy Osiyo 
71 
Shimoliy Yevropa 
66 
G‘arbiy Yevropa 
66 
Sharqiy Yevropa 
70 
Janubiy Yevropa 
67 
Avstraliya va Okeaniya 
66 
Aksincha, Sharqiy Osiyo (71%) aholi tarkibida mehnat resurslari ulushini 
yuqoriligi bilan ajralib turadi. Mazkur mintaqada aholi soniga ko‘ra dunyoda 
birinchi o‘rinni egallovchi Xitoyning joylashganligi va unda tug‘ilishni cheklash 
yuzasidan olib borilayotgan faol demografik siyosat natijalari buning sababidir. 
Bundan tashqari, Fors ko‘rfazida joylashgan davlatlar – Baxrayn (76%), Quvayt 
(75%), Katar (82%), BAA (80%) da ham mehnat resurslari salmog‘i katta. Hozirgi 
paytda jahon bozorida uglevodorod resurslariga bo‘lgan talabning ortishi 
iqtisodiyoti neft qazib chiqarishga ixtisoslashgan ushbu mamlakatlarning gullab-
yashnashiga olib keldi. Iqtisodiy va demografik rivojlanish teskari mutanosiblikda 
ekanligi bizlarga yaxshi ma’lum. Shunga ko‘ra, mazkur davlatlarda tug‘ilish 
darajasi yil sayin pasayib bormoqda. 
Iqtisodiy o‘sish jarayonlari jamiyatdagi bir qator miqdor va sifat o‘zgarishlar 
orqali ro‘y beradi. Bular orasida aholi bandligi bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari 
tarkibidagi o‘zgarish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyoti tez yuksalayotgan 
mamlakatlar uchun bandlik va yalpi mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qishloq 
xo‘jaligi salmog‘ining pasayishi xosdir. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, AQShda 
1920 yilda 70 foiz ishchi kuchi qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritgan, 1940 yilda 20 
foizga tushib qolgan, 2000 yildan u 3 foiz atrofida. Yaponiyada qishloq xo‘jaligida 
band bo‘lgan ishchi kuchi salmog‘i 1879 yildagi 72 foiz o‘rniga, 1930 yilda 30 
foizga, 1990-yillarda 8 foizga tushdi. Belgiyada 1846 yilda qishloq xo‘jaligida 51 
foiz ishchi kuchi band bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1947 yilda 12,5 foizni, 1970 
yilda 7 foizni tashkil etdi. Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakat iqtisodiy 


117 
rivojlanish darajasi u yerdagi aholi bandligining tarmoq tarkibi bilan uzviy bog‘liq. 
Bu fikrlarni quyidagi jadval ma’lumotlari ham tasdiqlaydi (3-jadval). 
3-jadval 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling