Aҳоли статистиканинг ўрганиш объекти
Download 328.97 Kb.
|
5-ВАРИАНТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’liq boshlang’i c h qi y mat
- To’l i q qayta ti k lash qiymati ( joriy q i ymat)
- A mor t i za t s iy a normas i n i h i s ob l
Asosiy kapitalni baholash. Ma’lumki, asosiy kapital normativ xizmat muddati xalqaro hisoblashlarda, jumladan, Jahon bankida 25 yil qilib olinadi. Bu davr ichida birlamchi hisobga olingan asosiy kapital bahosi o’zgarib turadi. Asosiy kapital tarixiy (to’liq boshlang’ich), joriy (qayta baholangan qiymati – shu paytdagi bahosi), qoldiq qiymati, amortizatsiya qilinadigan qiymat, tugatilish qiymati, balans (aralash) qiymati, o’zgarmas baholardagi qiymati va boshqa usullarda baholanishi mumkin. Har bir metodda baholangan qiymatning hisobchilikda iqtisodiy statistik tahlilda, moliyalashtirish (reinvestitsiyada), soliqqa tortishda va milliy boylik hajmini hisoblashda o’z funktsiyasi mavjuddir.
To’liq boshlang’ich qiymat – bu asosiy kapital ob’ektining korxona sotib olish xarajatlari, tashib keltirish va montaj xarajatlarini o’z ichiga oluvchi qiymatdir. Eskirishni hisobga olgan holda boshlang’ich qiymat (boshlang’ich qoldiq qiymat)– bu to’liq boshlang’ich qiymatidan eskirishni hisobga oluvchi amortizatsion ajratmalar chegirilgandan so’ng hosil bo’lgan qiymat. To’liq qayta tiklash qiymati (joriy qiymat) – zamonaviy sharoitda korxona tomonidan xuddi shunday asosiy kapital ob’ektini sotib olish uchun sarflaydigan qiymatdir. Eskirishni hisobga olgan holda qayta tiklash qiymati (joriy qiymat) – bu to’liq tiklash qiymatidan eskirish qiymatini chegirishdan hosil bo’lgan qiymat. To’liq balans qiymat – asosiy kapitalning korxona balansida aks ettirilgan qiymati. Bunda so’nggi o’tkazilgan qayta baholash paytigacha mavjud asosiy kapital to’liq tiklash qiymat bo’yicha, undan so’ng kiritilgan asosiy kapital to’liq boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinadi. Asosiy kapitalni – milliy boylik tarkibiga kiritishda statistika fani va jahon amaliyoti joriy baho (qayta tiklash qiymati) dagi qoldiq qiymati ko’rsatkichidan foydalanishni tavsiya etadi. Ammo mamlakatlarda baholarni o’zgarishi tezligi va amortizatsiya siyosatini turlichaligi asosiy kapital hajmini va jon boshiga to’g’ri keladigan darajasini xalqaro solishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish imkoniyatini bermaydi. Ma’lumki, asosiy kapitalning joriy (qayta tiklash) qiymati – bu asosiy kapitalni ma’lum bir sanadagi amaldagi bozor narxlaridagi qiymatidir. Qayta baholash ikki usulda amalga oshiriladi: 1)indekslar (YaIM deflyatori, INI, investitsiya deflyatori, o’rtacha indeks, asosiy kapitalning u yoki bu guruhi bo’yicha indeks, deflyator) yordamida; 2)to’g’ridan-to’g’ri (rieltorlar xizmatidan foydalanish ham mumkin) usulda. O’zbekistonda qayta baholash asosiy kapital (guruhlari bo’yicha) ning eskirishi darajasiga ko’ra “koeffitsientlar” – indekslar yordamida amalga oshirildi. Asosiy kapitalni qayta baholanishi natijasida ularni texnologik, tarmoq strukturasi ham o’zgarar ekan hamda eskirishi darajasi va yaroqliligi (qoldiq qiymatning to’liq qiymatdagi salmog’i) darajasi ham o’zgaradi. Demak asosiy fondlarni qayta baholanishi asosiy fondlarning to’liq qiymatini o’zgartirishi bilan birga qoldiq qiymatini turli tarzda o’zgartirar, bu hol esa milliy boylik hajmiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Oldin ta’kidlaganimizdek, mamlakatda qo’llaniladigan amortizatsiya siyosati ham asosiy fondlar hajmiga (qoldiq qiymatiga) va uorqali fizik kapital hajmiga ta’sir etadi. Amortizatsiyani (kengroq ma’noda – asosiy kapital iste’moli) hisoblash metodi YaIM va reinvestitsiya hajmiga ta’siri katta ekanligi ma’lum. Shuning uchun fizik kapital bo’yicha qo’llaniladigan metodlar (jahon va O’zbekistonda) ustida to’xtalmoqchimiz. Jahonda statistika fani va amaliyotida amortizatsiya hisoblashning 11 metodi qo’llaniladi. O’zbekistonda qo’llanilishi mumkin bo’lgan metodlar soni 4 ta, bu metodlar haqidagi informatsiyani BHMS №05 “Asosiy vositalar” milliy standartida bayon qilingan. Unda: to’g’ri chiziqli, bajarilgan ishlar hajmiga ko’ra mutanosib ravishda, kamayuvchi qoldiq usulida, qiymatni foydali xizmat qilish yillar soni yig’indisi bo’yicha chegirib borish usulida, qiymatni ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga mutanosib ravishda chegirib borish usulida ko’rsatilgan. Amortizatsiya normasini hisoblashning an’anaviy usullari 1. Chiziqli usulda: 100 Download 328.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling