Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/50
Sana17.10.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1705870
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
Axborot xavfsizligi60

vositalari — davlat va harbiy boshqaruv kanallarida axborotni soxtalashtirish; 
testli dasturlarni betaraflashtirish vositalari;— obyekt dasturiy 
ta’minotiga ayg'oqchilar tomonidan atayin kiritiluvchi turli xil xatoliklar.
Universallik, maxfiylik, apparat-dasturiy amalga oshirilishining har xilligi, 
ta’sirining keskinligi, qo'llanish vaqti va joyini tanlash imkoniyati, nihoyat, 
foydaliligi axborot qurolini haddan tashqari xavfli qiladi. Bu qurolni, masalan, 
intellektual mulkni himoyalash vositasiga o'xshatib niqoblash mumkin.
Bundan tashqari u, hatto, urush e'lon qilmasdan hujum harakatlarini 
avtonom tarzda olib borish imkonini beradi.Hozirgi jamiyatda axborot 
qurolini ishlatish harbiy strategiyasi fuqaro sektori bilan uzviy bog'langan.
Axborot qurolining, uning ta’siri shakli va usullarining paydo boiishi 
hamda qollanishi xususiyatlarining turli-tumanligi undan himoyalanishning 
murakkab masalalarini vujudga keltiradi.Axborot quroli qo'llanishining oldini 
olish yoki qoilanishi oqibatlarini bartaraf qilish uchun quyidagi choralarni 
ko'rish lozim: 
— axborot resusrlarining fizik asosini tashkil etuvchi moddiy-texnik 
obyektlarni himoyalash
— ma’lumotlar bazalari va banklarning bir me’yorda va muttasil 
ishlashini ta’minlash; 
— axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan, uni buzilishidan yoki yo'q 
qilinishidan himoyalash; 
— axborot sifatini saqlash (o'z vaqtidaligi, aniqligi, to'laligi va 
foydalanuvchanligi). 
Davlatning Dunyo ochiq tarmog'iga ulanishining iqtisodiy va ilmiy texnik 
siyosatida axborot xavfsizligini nazarda tutish lozim. Fuqarolarning 
axborotga va intellektual mulkka ega bo'Iishdek qonuniy huquqini saqlashga 
moljallangan bu ochiq siyosat mamlakat hududida tarmoq asbob 
uskunalarini axborot quroli elementlari kirishidan saqlashni ko'zda tutishi 
lozim. Bu muammo hozir, chet el axborot texnologiyalari ommaviy sotib 
olinayotgan paytda o‘ta muhimdir. 
Malumki, dunyo axborot makoniga ulanmasdan mamlakat iqtisodini 
rivojlantirib bolmaydi. Internet tarmogi tomonidan ta’minlangan axborot va 
hisoblash resurslaridan operativ foydalanishni davlatchilikni, fuqarolik 
jamiyati institutlarini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilmalarning rivojlanish 


158 
shartlari sifatida talqin etish mumkin. Ammo mamlakatning xalqaro 
telekommunikatsiya tizimida va axborot almashinuvida ishtirokini axborot 
xavfsizligi muammosini kompleks hal qilmasdan ta’minlash mumkin 
emasligini aniq tasavvur etish lozim. Ayniqsa, axborot va telekommunikatsiya 
texnologiyalari sohasida rivojlangan mamlakatlardan texnologik jihatdan 
orqada qolayotgan mamlakatlar uchun xususiy axborot resurslarini 
himoyalash muammosi jiddiy hisoblanadi. Axborot qurolini ishlab chiqishni 
va uni ishlatishni kimyoviy va bakteriologik qurol kabi taqiqlash ehtimoldan 
uzoq. Shuningdek, ko'pgina mamlakatlaming yagona global axborot 
makonini shakllantirish bo'yicha urinishlarini ham chegaralab bolmaydi.Tizim 
ma’muri uchun himoyaning maqbul sathini ta’minlashning yagona usuli 
axborotga ega bolishdir, chunki hozircha axborot hujumiga insongina eng 
tez munosabat bildira oladi. Demak, axborot himoya ma’murlarining 
o'qishiga va professional o'sishiga qilinadigan sarf-xarajat Axborot 
hujumlariga qarshi eng samarali vosita hisoblanadi. 
Kompyuter virusi. Kompyuter virusi – bu o’z-o’zidan ko’payuvchi, 
kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi
hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot va dasturlarga zarar 
yetkazuvchi dastur kodi yoki komandalar ketma-ketligi hisoblanadi.
Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o’zidan nusxa ko’chirish, 
axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish. U o’zining nusxalarini 
kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta ko’paytirib va tarqatib, 
hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul harakatlarni bajaradi.
Virus, aksariyat hollarda nosozlik va buzilishlarga sabab bo’ladi va biror 
hodisa yuz berishi bilan, masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi 
mumkin. 
Viruslarning turlari va vazifalari. Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari 
bo’yicha turkumlash mumkin: 
- yashash makoni
- operatsion tizim; 
- ishlash algoritmi xususiyati. 
Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar 
kiritiluvchi kompyuter tizimi ob’ektlarining xili bo’yicha turkumlash asosiy va 
keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi. 

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling