Aql tarozisida o’lchab ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir. Abu Ali ibn Sino


Download 194.87 Kb.
bet2/11
Sana08.11.2020
Hajmi194.87 Kb.
#142581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BIOLOGIYA 80


3-DARS

Chala dominantlik
Ba’zan qarama-qarshi belgiga ega bo‘lgan organizmlar o‘zaro chatishtirilsa, F1 bo‘g‘inda ota yoki onaning dominant belgisi qisman dominantlik qiladi. Oqibatda F1 duragaylar irsiyati oraliq holatda bo‘ladi. CHunonchi, qulupnayning oq va qizil mevali formallari o‘zaro chatishtirilsa, F1 bo‘g‘indagi duragaylar mevasi pushti rangda bo‘ladi. Agar ular o‘zaro chatishtirilsa, F1 da fenotip va genotip bo‘yicha 1: 2: 1 nisbatda ajralish kuzatiladi. Buni quydagicha tasavvur etish mumkin:

P AA x aa

Fen : qizil oq
F1 Aa x Aa

fen pushti pushti

F2 AA Aa Aa aa

fen: qizil pushti pushti oq




Masalalar:
1. G‘o‘zada malla rangli tola oq tola ustidan qisman dominantlik qilgani uchun F1 bo‘g‘inda novvotrang tolali forma hosil bo‘ladi.

I. Agar F1 duragay o‘zaro chatishtirilsa, F2 da fenotip bo’yicha qanday natija olinadi.

A)2 : 1 B)1 : 2 : 1 C)3 : 1 D)1 : 1

II. Qo‘ng‘ir tolali bilan oq tolali g‘o‘za navlari chatishtirilganda F1 da 1800 ta o‘simlik olingan. Shundan nechtasining tolasi novvot rangda bo‘ladi?

A) 1800 B)900 C)600 D)450

III. Qo’ng’ir tolali g’o’za navi oq tolali g’o’za navi bilan chatishtirilganda hosil bo’lgan duragaylarni o’zaro (1) va (2) oq tolali g’o’za navi bilan chatishtirildi. Birinchi avlod duragaylari rangi va ularni 2 xil chatishtirish natijasida olingan genotipik nisbatni aniqlang.

A) malla; 1:2:1; 1:1

B) novvotrang; 1:2:1; 1:1;

C) novvotrang; 3:1; 1:1

D) mallarang; 1:2:1;1:1:1:1;

IV. Qo‘ng‘ir tolali bilan oq tolali g‘o‘za navlari chatishtirilganda F2 dagi duragaylar orasidan 580 tasining tolasi novvot rangli bo‘lgan. Duragaylardan nechtasi qo‘ng‘ir rangli tolaga ega?

A) 1160 B)580 C)290 D) 145

2. Nomozshomgulning qizil va pushti gultojibargli formallari oq gultojibargli formasi bilan chatishtirilganda, birinchi chatishtirishda F1 pushti gul, ikkinchi chatishtirishda 50% pushti 50% oq gultojibargli formallar hosil bo‘ladi. Har ikkala tajribadagi ota-ona genotipini aniqlang.

A)Aa x aa, aa x AA B) aa x AA, AA x Aa C)AA x aa, Aa x aa D) Aa x Aa,aa x Aa

3. Andaluz tovuqlarida patning qora rangda bo'lishi oq rang ustidan to'la ustunlik qila olmaydi, natijada parrandalarda patning havorang (kulrang) bo'lishi ham uchraydi.

I. Agar kulrang tovuqlar qora patli xo‘rozlar bilan chatishtirilsa, qanday natija kutish mumkin.

A)2 : 1 B)1 : 2 : 1 C)3 : 1 D)1 : 1

II. Kulrang andaluz tovuqlari o'zaro chatishtirilganida naslda 17 ta oq, 15 ta qora va 32 ta kulrang patli formalar olindi. Olingan avlodning nechtasi geterozigotali emas

A)36 B)15 C)16 D)32

III. Kulrang tovuq bir xo'roz bilan chatishtirilganida 9 ta kulrang va 10 ta qora rangli jo'jalar olingan. Chatishtirilgan xo'rozning genotipi va fenotipini aniqlang.

A) kulrang , AA B) qora ,AA

C) kulrang Aa D) qora,Aa

4. G'o'zaning poyasi, shoxlari, barglari antotsian rangli – R va yashil rangli – r bo'ladi. Agar shu belgili organizmlar chatishtirilsa, F1 och antotsian rangli bo'ladi.

I. Quyidagi genotipli organizm Rr x rr chatishtirilganida olinadigan avlodlarda qanday fenotipik ajralishlarni kutish mumkin (% larda ifodalang)

A) 50:50 B) 25:50:25 C) 100 D) 75:25

II. G'o'zaning och antotsian rangli o'simliklari chatishtirilishida 860 ta o'simlik olindi. Shundan 430 tasi och antotsian. rangli. Qolgan o'simliklardan qanchasi yashil rangli bo'ladi?

A) 430 B) 860 C) 215 D) 625

5. Sistinuriyaning bu formasi - bemor odamning siydigida bir qancha aminokislotalarning, jumladan, sistin, arginin, ornitin kabilarning uchrashi, moddalar almashinuvining buzilishi bilan xarakterlanadi, autosoma retsessiv belgi sifatida irsiylanadi. Genotip jihatdan geterozigotali organizmlarda faqatgina siydigida sistin aminokislotasining miqdori yuqori

bo'lishi kuzatilsa, retsessiv gomozigotalilarda kasallik buyrakda tosh hosil bo'lishi bilan kechadi.

I.Ota-onalardan biri bu kasallik bilan kasallanib, genotipi gomozigota holatda, ikkinchisida esa klinik belgilar namoyon bo'lmay, faqatgina siydigi tarkibidagi sistin moddasining miqdori yuqori bo'lsa, bu oilada tug'iladigan farzandlarda kasallikning uchrash ehtimolini (%) aniqlang.

A) 50 B) 25 C) 75 D) 100

II.Agar ota-onalardan birida shu kasallik tufayli buyragida tosh bo'lsa, ikkinchisi esa o'rganilayotgan belgi bo'yicha sog'lom bo'lsa, shu oilada tug'ilishi mumkin bo'lgan farzandlarning kasallikning gomozigota formasi bilan tug'ilish ehtimolini (%) aniqlang.

A) 50 B) 25 C) 75 D) 0

III.Nikohlangan qizning siydigida sistin moddasi ortiqcha, yigitning buyragida sistin toshlari borligi aniqlangan bo‘lsa, oilada mazkur kasallik bo’yicha sog’ bolalar tug‘ilishi ehtimoli qanday.

A) 50 B) 100 C) 75 D) 0

6. Dengiz cho‘chqalarining qaymoq rang junli erkak va urg‘ochilari chatishtirilgan, naslda 52 ta sariq rangli, 99 ta qaymoq rang, 41 ta oq paydo bo‘ladi.

I.Ota- ona genotip qanday bo’ladi?

A)Aa x aa B) aa x AA

C)AA x Aa D) Aa x Aa

II.Shu olingan individlaming nechtasi va qaysi rangdagilari genotip jihatdan gomozigotali ekanligini aniqlang.

A) 99 B) 52 C)41 D) 93

7.Talassemiya kasalligi qisman dominant belgi sifatida nasldan –naslga o’tadi. Bu kasallik bo’yicha gomozigota formalar 90-95% hollarda nobud bo’ladi. Agar ota-onalarning ikkisi ham talassemiya kasalligining yengil formasi bilan og’rigan bo’lsa, oilada tug’iladigan bolalarning genotipi va fenotipini toping.

A)AA, aa, Aa, aa (barchasi kasal)

B)AA, Aa, Aa, aa (kasal, yengil forma, sog’lom)

C)AA, AA, AA, AA (barchasi kasal)

D)Aa, Aa, Aa (yengil forma, kasal)

8. Odamlarda sochning jingalak bo’lishi(J), tekis bo’lishi(j) geni ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotali sochi to’lqinsimon bo’ladi.

I.Sochlari to’lqinsimon bo’lgan ayol, sochlari tekis bo’lgan erkakka turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining fenotip va genotipi qanday?

A) 100% to’lqinsimon; Jj

B) 75% jingalak; 25 % silliq; Jj, jj

C) 50 % jingalak va 50 % silliq; JJ, jj

D) 50 % to’lqinsimon va 50 % silliq; Jj, jj

II.Sochlari to'lqinsimon bo'lgan yigit va qiz nikohidan qanday fenotip va genotipga ega bo'lgan farzandlar tug'iladi?

A) 75% jingalak va 25% silliq; J J, Jj, jj

B) 100% to'lqinsimon; Jj

C) 50% to'lqinsimon va 50% silliq; Jj, jj

D) 25% jingalak, 50% to'lqinsimon va 25% silliq; JJ, Jj, jj

III.Sochlari to'lqinsimon bo'lgan ayol jingalak sochli yigitga turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining fenotipi va genotipini aniqlang.

A)75% jingalak va 25% silliq; JJ, Jj, jj

B)100% to'lqinsimon; Jj

C)50% jingalak va 50% to'lqinsimon; JJ, Jj

D)25% jingalak, 50% to'lqinsimon va 25% silliq; J J, Jj, jj

9. Bir juft belgisi bo'yicha geterozigota organizm tahliliy chatishtirilganda fenotip bo'yicha qanday nisbatda xilma-xillik yuzaga keladi?

A) 1:1 B) 1:1:1:1 C) 3:1 D) 9:3:3:1

10.Tajribada pushti gulli nomoshomgullar chatishtirilib, 1:2:1 nisbatda qizil, pushti va oq rangli gullar olindi. Ota-ona genotiplari qaysi javobda to’g’ri berilgan?

A)RR x rr B)Rr x rr C)Rr x Rr D)RR x Rr

11.Tahliliy chatishtirish natijasida birinchi bo'g'inda bir xillik kuzatilsa, bu holda genotipi noaniq bo'lgan organizmning genotipi qanday bo'ladi?

A)retsessiv gomozigotali

B)dominant gomozigotali

C)geterozigotali

D)gemizigotali

12.Tahliliy chatishtirish natijasida birinchi bo'g'inda genotip va fenotip bo'yicha 1:1 nisbatda ajralish yuzaga kelsa, bu holda genotipi noaniq bo'lgan organizmning genotipi qanday bo'ladi?

A)retsessiv gomozigotali

B)dominant gomozigotali

C)geterozigotali

D) retsessiv geterozigotali

13. Kulrang rangli shortgorn zotli sigir va buqalarni chatishtirish natijasida 270 ta buzoqchalar olindi. Ulardan 136 tasi ota-ona rangiga o'xshaydi. Qolgan buzoqchalarning genotipini, fenotipini va ularning miqdorini aniqlang. Bu misolda chatishtirish natijasida kulrang, oq va qora rangli mollarning ham bo'lishini etiborga oling.

A)AA, aa kulrang, oq 90 ta

B)Aa, aa qora, oq 65 ta

C)AA, aa qora, oq 67 tadan

D)Aa, Aa kulrang, qora 134 tadan

14.Pushti rangli qulupnaylarni o'zaro chatishtirilganda olingan avlodlar orasida 1500 o'simlik qizil rangli chiqdi. Duragaylar orasida taxminan nechtasi pushti rangli bo'lgan?

A)1500 B)3000 C)750 D)4500

15. Qulupnay o'simligida gulkosachabarglarining normal shakli gulkosochabarglarining birlashmaganligi ustidan to'la ustunlik qila

olmaydi, natijada geterozigotali formalarda gulqo'rg'on oraliq shaklda bo'ladi.

I. Gulqo'rg'oni oraliq formada bo'lgan va gulkosachabarglari birlashmagan o'simliklar o'zaro chatishtirilganida 3000 ta avlod olingan. Shu olingan avlodning qanchasining gulkosachabarglari birlashmagan?

A)1500 B)3000 C)750 D)4500

II.Gulqo'rg'oni oraliq formada bo'lgan va gulkosachabarglari birlashmagan o'simliklar o'zaro chatishtirilganida 3000 ta avlod olingan. Shu olingan avlodning qanchasi geterozigotali?

A)1500 B)3000 C)750 D)4500

III.Gulqo'rg'oni oraliq formada bo'lgan o'simliklar o'zaro chatishtirilganida 3000 ta avlod olingan. Shu olingan avlodning qanchasi toza liniyali (sof gomozigotali)?

A)1500 B)3000 C)750 D)4500

16. Xushbo'y no'xat o'simligida gultojbarglarining rangi oraliq irsiylanuvchi belgi sifatida irsiylanadi. Gomozigota dominant holatda gulining rangi qizil, geterozigota holatda esa pushti bo'ladi. Qizil va oq gultojbargli no'xat o'simliklari o'zaro chatishtirilganida F1 da olingan barcha o'simliklar pushti gulli bo'ldi. F1 duragaylarini qayta chatishtirilishi natijasida F2 da 1860 ta o'simlik olindi.

I.F2 da olingan o'simliklardan nechtasi pushti gultojbargli?

A)1850 B)930 C) 465 D)450

II.F2 da olingan o'simliklardan nechtasi oraliq belgiga ega emas?

A)1850 B)930 C) 465 D)450

III.Pushti va oq gultojbargli no'xat o'simliklari o'zaro chatishtirilganida F1 da olingan 2000 ta o'simliklar o'rtasida ajralish kuzatildi. Olingan o'simliklarning

nechtasi pushti gultojbargli bo'lgan. Olingan o'simliklarning (% jihatdan) qancha qismini qizil gulli o'simliklar tashkil etgan?

A)2000, 50% B) 1000, 0%

C) 500, 25% D) 1000, 50%

17. Itog'iz o'simliklari o'zaro chatishtirilganida F1 da taxminan 12560 ta organizm olingan. Ulardan faqat 6280 tasi pushti gulli bo'lib, qolgan 6280 o'simliklar deyarli teng nisbatlarda oq va qizil gulli bo'lgan Chatishtirilgan o'simliklarning nechtasi gomozigotali?

A)6280 B)930 C) 12560 D)3120

18.G'o'za o'simligida barg plastinkasining chuqur kesilganligi barg yaprog'ining butun bo'lishiga. nisbatan chala dominantlik qiladi, Geterozigotali organizmlarda esa barg yaprog'i bo'laklarga bo'lingan bo'ladi. Barg plastinkasi bo'laklarga bo'lingan g'o'za o'simliklari o'zaro chatishtirilganida F1 da fenotip jihatdan ajralish kuzatilgan. Agar olingan o'simliklarning 340 tasi butun barg yaprog'li bo'lsa, qolgan o'simliklardan nechtasining barg yaprog'i bo'laklarga bo'lingan bo'lgan?

Nechtasi shu belgilar bo'yicha gomozigotali bo'lgan?

A) 340 , 680 B) 680, 680

C) 1360, 680 D)460, 340

19.Qo'ylarda qulog'ining uzun bo'lishi quloqlarining bo'lmasligi ustidan chala dominantlik qiladi. Natijada geterozigotali organizmlarda quloqlar kalta bo'ladi. Quloqlari bo'lmagan va uzun quloqli organizmlar

o'zaro chatishtirilganida 120 ta avlod olingan. Shulardan necha %i geterozigotali?

A) 25 B) 75 C) 100 D) 50

20. Qizil urug'li yertut o'simliklari o'zaro chatishtirilganida har doim qizil mevali, oq urug'lilari o'zaro chatishtirilganida esa faqat oq mevali o'simliklar olingan. Har ikkala navni o'zaro hatishtirilishi natijasida och qizil rang mevali o'simliklar olingan. Och qizil rang mevali o'simliklar o'zaro chatishtirilganida F1 da 3000 ta o'simlik olingan bo'lsa, ulardan nechtasi qizil, nechtasi oq, nechtasi och qizil mevaga ega ekanligini aniqlang.

A) 1000,1000,1000

B) 750,750,150

C) 1500,750,750

D)1200,800,1000

21. Och qizil mevali yertut o'simliklari o'zaro chatishtirilganida F1 da olingan o'simliklar orasida 1200 ta oq va xuddi shuncha qizil mevali

o'simliklar uchragan. F1 da jami nechta o'simlik olingan?

A) 1200 B)2400 C) 4800 D)3600

22. Sariq va oq rangli dengiz cho'chqalari o'zaro chatishtirilganda doimo malla rangli avlodlar olingan. Malla rangli dengiz cho'chqalari o'zaro chatishtirilganida esa 120 sariq: 117 oq: 245 malla nisbatlardagi avlod olingan. Malla rangli dengiz cho'chqalarining genotipini aniqlang.

A)AA B) Aa C) aa D) AA va aa

23. Normal va to'lqinsimon patli parrandalar o'zaro chatishtirilganida 81 ta to'lqinsimon va 78 ta normal pat qoplamiga ega bo'lgan jo'jalar olingan. F1 da olingan to'lqinsimon pat qoplamli parrandalar o'zaro chatishtirilganida esa 31 ta to'lqinsimon, 18 ta normal pat qoplamli va 16ta jingalak patli bo'lgan jo'jalar olingan. To'lqinsimon patli parrandalarning genotipini aniqlang.

A)AA B) Aa C) aa D) AA va aa

24.Odamlarda anoftalma (ko'z olmasining bo'lmasligi) allel geni orqali irsiylanadi.

Uning A alleli ko'zning normal rivojlanishini ta'minlaydi. Geterozigotalilarda esa ko'z olmasi kichraygan bo'ladi. A geni bo'yicha geterozigotali bo'lgan erkak ko'zlari normal bo'lgan ayol bilan oila qurdi. Bu oilada kichraygan ko'zli farzandlarning tug'ilish ehtimolini aniqlang (%).

A) 50 B) 25 C) 75 D) 100

25. Giperxolesterinemiya kasalligi autosoma dominant belgi sifatida irsiylanadi. Geterozigotalilarda kasallik yengil o'tib, faqatgina qonda xolesterin miqdorining yuqori bo'lishi bilan xarakterlanadi. Gomozigotalarda esa kasallik ateroskleroz va terida ksantomalar (xavfsiz hisoblangan o'smalar) paydo bo'lishi bilan kechadi. Oilada ota-onalardan birida kasallik natijasida ateroskleroz va ksantomalar kuzatilgan bo'lsa va ikkinchisi bu belgi bo'yicha sog'lom bo'lsa, tug'iladigan farzandlarda kasallikning rivojlanish ehtimolini (%) aniqlang

A) 50 B) 25

C) 75 D)100

26.Agar ota-onalarning har ikkalasi ham kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo'lsa, bu oilada giperxolesterinemiya bilan kasallangan farzandlarning tug'ilish ehtimolini (%) toping.

A) 50 B) 25

C) 75 D) 100

27.Akatalaziya (qonda katalaza fermentining bo'lmasligi) autosoma retsessiv belgi sifatida irsiylanadi. Tekshirishlar natijasida bu belgi bo'yicha geterozigota bo'lgan odamlarda katalaza fermenti faolligining pasayishi aniqlangan. Oilada ota-onalarning har ikkalasida va ularning yolg'izgina o'g'lida katalaza fermenti faolligining pasayganligi aniqlandi. Shu oilada keyingi farzandning sog'lom bo'lib tug'ilish ehtimolini (%) aniqlang.

A) 50 B) 25 C) 75 D) 100

28. O'roqsimon anemiya- normal gemoglobinning (A-gemogbolin) S-gemoglobinga aylanishi natijasida organizmda atmosferadan qabul qilingan kislorodning eritrotsitlarda tashilishi buzilishi bilan

ifodalanadigan chala dominant belgi sifatida autosomalar orqali irsiylanadigan kasallik hisoblanadi. Bu belgi bo'yicha gomozigota

organizmlar juda yosh vaqtidayoq nobud bo'ladi. Geterozigotali organizmlar yashab ketish xususiyatiga ega bo'lib, ular kasallikning yengil

formasi bilan kasallanadi va hayotlari davomida bezgak paraziti bilan og'rimaydilar. O'rta Yer dengizi bo'ylarida bu kasallik keng tarqalgan.

Oilada ota-onalardan biri o'roqsimon anemiya bo'yicha geterozigotali ikkinchisi sog'lom bo'lsa, bu oilada farzandlarning bezgakka chidamli

bo'lib tug'ilish ehtimoli (%) qanday?

A) 50 B) 25 C) 75 D) 100

29.O'roqsimon anemiya - normal gemoglobinning (A-gemogbolin) S-gemoglobinga aylanishi natijasida organizmda atmosferadan qabul qilingan kislorodning eritrotsitlarda tashilishi buzilishi bilan

ifodalanadigan chala dominant belgi sifatida autosomalar orqali irsiylanadigan kasallik hisoblanadi. Bu belgi bo'yicha gomozigota

organizmlar juda yosh vaqtidayoq nobud bo'ladi. Geterozigotali organizmlar yashab ketish xususiyatiga ega bo'lib, ular kasallikning yengil

formasi bilan kasallanish va hayotlari davomida bezgak paraziti bilan og'rimaydilar. Agar ota-onalarning har ikkalasi bu kasallikning yengil

formasi bilan kasallangan bo'lsa, farzandlarning anomaliyasiz bo'lib tug'ilish ehtimoli (%) qanday?

A) 50 B) 25 C) 75 D) 100

30.Qorako'l qo'ylarning uzunquloqli bo'lishi to'liqsiz dominant holda nasldan naslga o'tadi. Tajribada geterozigotali organizmlar bir necha marta chatishtirilib, 28 ta nasl olindi. Olingan qo'zichoqlarning 25% i kalta quloqli bo'lgan.

I.Avlodlardan nechtasining quloq uzunligi o'rtacha bo'lishini aniqlang.

A) 14 B) 7 C) 28 D) 21

II.Avloddagi uzun quloqli qo'ylar sonini va foizini aniqlang.

A) 7 ta; 25

B) 14 ta; 50

C) 28 ta; 100

D) 21 ta; 75

31.Talassemiya kasalligi (normal gemoglobin sintezining buzulishi) qisman dominant belgi sifatida nasldan-naslga o’tadi. Bu kasallik bo’yicha gomozigota formalar 90-95% hollarda nobud bo’ladi. Geterozigota formalarida kasallik yengil o’tadi .

a)ota-onalardan biri talessemiya bilan kasal, ikkinchisi sog’lom bo’lsa farzandlarning mazkur kasallik bilan og’rish ehtimolligi qanday ?

A) 50 B) 25 C) 75 D) 0

II.ota-onalarning ikkalasi ham talessemiya kasalligini yengil formasi bilan og’rigan bo’lsachi ?

A) 50 B) 25 C) 75 D) 100


4-DARS

Diduragay chatishtirish
Agar chatishtirishda ishtirok etgan ota-ona organizmlar ikkita belgisi bilan farq qilsa, hosil bo‘lgan organizmlar diduragay, uchta, to‘rtta va hoqazo belgilari bilan farq qilsa, poliduragay deb nomlanadi. Diduragay va poliduragaylarda ham to‘lik va oraliq holda nasldan-naslga o‘tish kuzatiladi. Agar birinchi bo‘g‘in duragaylar o‘zaro chatishtirilsa fenotipik sinf 9:3:3:1 nisbatda ajraladi. Genotip bo‘yicha diduragaylarning ajralishi 1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda bo‘ladi,

Masalalar:
1. Odatda ko‘r bo‘lishning ikki turi uchrab, ularning har biri retsessiv gen orqali nasldan-naslga o‘tadi, Mazkur retsessiv genlar har xil xromosomallarda joylashgan;

I. agar ota-ona ko‘rlikning bir turi bilan kasallangan bo‘lsa, ikkinchi turi bo‘yicha normal bo‘lsa, bu oilada bolalarning necha % i ko‘rish qobiliyati normal bo‘ladi.

A) 50 B) 25 C) 75 D) 0

II. agar ota-ona gomozigota holda ko‘rlikning har xil turi bilan kasallangan bo’lsa , bu oilada bolalarning necha % i ko‘rish qobiliyati normal bo‘ladi.

A) 50 B) 25 C) 0 D) 100

III.quydagi ma’lumotlardan foydalanib, oilada ko‘r bola tug‘ilish ehtimolini aniqlang: ota-ona normal ko‘radi, buvilarining ikkisi ham bir turdagi ko‘rlik bilan kasallangan, ikkinchi turi bilan gomozigota holatda sog‘lom, buvalarining avlodida ko‘rlik kuzatilmagan.

A) 50 B) 25 C) 75 D) 100

2.Normal eshitadigan, birining sochi to‘lqinsimon ikkinchisiniki silliq bo‘lsa ota-onadan birinchi farzand kar, silliq sochli bo‘lib, ikkinchi farzand. normal eshitadigan, to‘lqinsimon sochli bo‘lib tug‘ildi. Agar to‘lqinsimon soch silliq soch ustidan dominantligi va karlik retsessiv belgi ekanligi ma’lum bo‘lsa, shu oilada keyingi farzandlarning kar, to‘lqinsimon sochli bo‘lib tug‘ilish ehtimoli qanday.

A) 50 B) 25 C) 6,25 D) 12,5

3. Yumaloq, chipor tarvuz o’simliklari uzunchoq, yashil mevali tarvuz o’simliklari bilan chachishtirilganda avlodda olingan o’simliklarning hammmasi yumaloq, yashil mevali bo’lgan. Ikkinchi tajribada ham huddi shunday chachishtirish o’tkazilganda avlodda olingan o’simliklarni quyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin bo’lgan:

a)20 ta o’simlik yumaloq, yashil mevali ;

b)18 ta o’simlik yumaloq, chipor mevali ;

c)19 ta o’simlik uzunchoq, yashil mevali;

d)21 ta o’simlik uzunchoq, chipor mevali ; Ikkinchi tajribadagi ota-ona genotipini aniqlang?

A)AaBb x aabb B)AaBB x aabb

C)Aabb x AaBb D)AABB x aabb

4. Tarvuzning mevasi yumaloq shakli uzunchoq shakli ustidan, yashil po‘choqlisi chipor po‘choqlisi ustidan dominantlik qiladi. Uning yumaloq chipor formasi bilan uzunchoq yashil formasi chatishtirilgan. F1 da 120 ta, F2 da 960 o‘simlik hosil bo‘ldi;

I) ota-onaning genotipini aniqlang;

A)AaBb x AaBb B)AaBB x AaBb

C)AABb x AaBb D)AAbb x aaBB

II) F2 necha xil fenotip hosil qiladi.

A) 4 B) 5 C) 6 D) 2

III) ular orasida yumaloq yashili, uzunchoq chipori nechta.

A) 540, 180 B)540 , 60

C)256, 180 D) 180 ,180

5. Odamda o‘ng qo‘lni ko‘p ishlatish va uzoqni ko‘raolmaslik dominant belgi, chap qo‘lni ko‘p ishlatish normal ko‘rish retsessiv belgi hisoblanadi. Uzoqni yaxshi ko‘raolmaydigan chapaqay erkak, ikkita belgisi bilan normal gomozigota ayolga uylandi( oilada normal ko’radigan farzand tug’ilgan)

I) ota necha xil gameta hosil qiladi.

A) 4 B) 8 C) 1 D) 2

II) ayolning 8 ta farzandidan nechtasi normal ko‘radigan, o‘naqay bo‘lishi mumkin.

A) 4 B) 8 C) 1 D) 2

III) farzandlarining nechtasi uzoqni ko‘ra olmaydigan, o‘naqay bo‘ladi.

A) 4 B) 8 C) 1 D) 2

6. Qovoq mevasi etining oq rangi (B), sariq rangi (b), mevasining diskasimon shakli (D) yumaloq shakli (d) ustidan .dominantlik qiladi. Quyidagicha genotipga ega formallar o‘zaro chatishtirilsa,fenotip bo’yicha qanday natija olinadi.

Bbdd X bbDd

A)9:3:3:1 B)1:1:1:1

C)1:2:1:2:4:2:1:2:1 D)1:1

7. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida Mendelning F1 da bir xilik qoidasi, belgilarning ajralish, genlarning mustaqil taqsimlanish qonunlari va tahliliy chatishmalar berilgan?

I)AABB x aaBB; II)aabb x AABB; III) Aa x Aa;

IV)Aabb x aaBb; V)Aabb x AaBb; VI) AaBb x aabb; VII)AA x aa.

A)VII,III,II,I B)VII,III,VII,V

C)VII,IV,VII,VII D)VII,III,II,IV

8. Nikohdan o‘tgan yigitning sochi qora rangli, labi qalin qizning esa sochi malla rangli labi yupqa. Oilada tug‘ilgan farzandlar sochining rangi va labining qalinligi qanday bo‘ladi.

A) qora, yupqa B) qora,qalin

C) malla,yupqa D) malla,qalin

9. Shapko’r (dominant belgi), chapaqay (retsessiv belgi) erkak har ikkala belgisi bo’yicha sog’lom ayolga uylangan. Oilada ikki bola tug’ilgan; ularning bittasi ikkala belgi bo’yicha sog’lom, ikkinchisi chapaqay va shapko’r. Ota- onalarning genotipini aniqlang.

A)AAbbxaaBb B)AabbxAaBb

C)AAbbxaaBB D)AabbxaaBb

10. Qandli diabet bilan kasallangan, ammo yaxshi eshitadigan ayol sog’lom erkak bilan turmush qurgan. Shu oilada qandli diabet bilan kasallangan va kar bola tug’ilishi mumkinmi? (Qandli diabet va karlik retsessiv belgi hisoblanadi).

A)mumkin 50% B)mumkinmas

C) mumkin 12.5% D) mumkin 100%

11.Boshog’i qiltanoqsiz, qizil bo’lgan bug’doy navlari boshog’i qiltanoqli, oq rangli bo’lgan navlar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o’simliklar qiltanoqsiz va qizil boshoqli bo’lgan F2 da esa quyidagicha ajralish namoyon bo’lgan :

162 ta qiltanoqsiz qizil; 48 ta qiltanoqsiz oq; 54 ta qiltanoqli qizil;16 ta qiltanoqli oq boshoqli o’simliklar olingan.

I. F2 o’simliklarning necha foizi geterozigotali?

A) 25 B) 75 C) 50 D) 18.75

II. F2 o’simliklarning nechtasi bir belgi bo’yicha geterozigotali?

A) 144 B) 140 C) 142 D) 162

III. F2 o’simliklarning nechtasi faqat ikkinchi belgi bo’yicha geterozigotali?

A) 144 B) 72 C) 142 D) 16

12.G’o’zaning hosil shohi cheklanmagan (A), gultojibarglilari sariq-limon rangdagi (B) formasi hosil shohi cheklandgan (a), gultojibarglari och sariq rangli (b) formasi bilan chatishtirilganda, 1/4 qism cheklangan hosil shoxli, gultojibarglari sariq-limon rangli, 1/4 qism cheklanmagan hosil shohli, gultojibarglari och sariq rangli va 1/4qism cheklangan hosil shohli, gultojibarglari och sariq rangli o’simliklar olingan. Chatishtirishda ishtirok etgan ota-ona organizmlarning genotipini toping.

A)AABB x aabb B)AaBb x Aabb

C)AaBb x aaBb D)AaBb x aabb

13.Itlarda jun rangining qora bo'lishi jigarrang ustidan, kalta bo'lishi uzun bo'lishi ustidan to'liq dominantlik qiladi. Har ikkala belgining rivojlanishini ta'minlovchi genlar boshqa-boshqa xromosomalarda joylashgan. Agar digeterozigotali qora va kalta junli itlar o'zaro chatishtirilganda keyingi avlodda olingan kuchukchalarning necha foizi qora va kalta junli bo'ladi?

A)56,25 B)18,75 C)81,25 D)6,25

14.Pomidor mevasining yumaloq shakli (A), noksimon shakl (a)ustidan, qizil rangi (B)sariq rangi (b)ustidan dominantlik qiladi.

I. Tajribada digeterozigota yumaloq qizil rangli pomidor noksimon sariq rangli pomidor bilan o'zaro chatishtirildi. F1 duragaylarining fenotipini toping.

A)hammasi yumaloq qizil rangli

B)25% yumaloq qizil rangli, 25% yumaloq sariq rangli, 25% noksimon qizil rangli, 25% noksimon sariq rangli

C)9 ta yumaloq qizil rangli, 3 ta yumaloq sariq rangli, 3 tanoksimon qizil rangli, 1 ta noksimon sariq rangli

D)3 ta yumaloq qizil rangli, 1 ta noksimon sariq rangli

II.Tajribada digeterozigota yumaloq qizil rangli pomidorlar o'zaro chatishtirildi. Olingan duragaylarining fenotipini toping.

A)hammasi yumaloq qizil rangli

B)25% yumaloq qizil rangli, 25% yumaloq sariq rangli, 25% noksimon qizil rangli, 25% noksimon sariq rangli

C) 9 ta yumaloq qizil rangli, 3 ta yumaloq sariq rangli, 3 tanoksimon qizil rangli, 1 ta noksimon sariq rangli

D)3 ta yumaloq qizil rangli, 1 ta noksimon sariq rangli

III.Tajribada yumaloq qizil rangli pomidorlar o'zaro chatishtirildi. F1 da 9 ta yumaloq qizil rangli, 3 ta yumaloq sariq rangli, 3 ta noksimon qizil rangli, 1 ta noksimon sariq rangli duragaylar olindi. Ota-ona formalarning genotipini aniqlang.

A)AaBbxAaBb B)AaBBxAaBb

C)AABbxAaBb D)AABBxAABB

IV.Tajribada yumaloq qizil rangli va noksimon sariq rangli pomidorlar o'zaro chatishtirildi. F1 da 50% yumaloq qizil rangli, 50% yumaloq sariq rangli duragaylar olindi. Ota-ona formalarning genotipini aniqlang.

A)AaBb x aabb B)AaBB x AaBb

C)AABb x aabb D)AABB x AABB

V.Tajribada yumaloq qizil rangli va noksimon sariq rangli pomidorlar o'zaro chatishtirildi. F1da 50% yumaloq qizil rangli, 50% noksimon qizil rangli duragaylar olindi. Ota-ona formalarning genotipini aniqlang.

A)AaBbxaabb B)AaBBxaabb

C)AABbxaabb D)AABBxAABB

VI.Agar qizil rangli yumaloq va qizil rangli noksimon bo'lgan, birinchi belgisi bo'yicha geterozigotali pomidorlar o'zaro chatishtirilsa, olingan avlodda fenotip bo'yicha qanday ajralish kuzatiladi?

A)1 ta qizil yumaloq, 1 ta sariq yumaloq, 1 ta qizil noksimon, 1 ta sariq noksimon

B)3 ta qizil yumaloq va 1 ta sariq yumaloq

C)2 ta qizil yumaloq va 2 ta sariq yumaloq

D)3 ta sariq yumaloq va 1 ta qizil yumaloq

15. No‘xatning uzun poyali, oq gultojibargli formasi kalta poyali, qizil gultojibargli formasi bilan chatishtirilgan, F1 da 120 ta uzun poyali, qizil gultojibargli, F2 da 720 ta o‘simlik hosil bo‘ldi;

I. Ota-onaning genotipi va F2 dagi o’simliklarning nechtasi uzun poyali, qizil gultojibargli bo’lishini aniqlang.

A)AaBb x aaBb, 135 ta B)AAbb x aaBB, 405 ta

C)Aabb x aaBb, 135 ta D)AABB x AABB, 45 ta

II.F2 dagi o’simliklarning nechtasi kalta poyali, qizil gultojibargli bo’ladi?

A)135 B)435 C)120 D)45

III. o'simlikdan nechtasi uzun poyali oq gultojibargli bo'ladi?

A)135 B)405 C)120 D)45

16. Tovuq va xo’rozlarda toj shaklining no’xatsimon bo’lishini taminlovchi A geni, bargsimon bo’lishini taminlovchi a geni ustidan, patlarini qizil bo’lishining taminlovchi B geni oq bo’lishini taminlovchi b geni ustidan to’liq dominantlik qiladi. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida 1:1:1:1 nisbatda no’xatsimon tojli, qizil patli, no’xatsimon tojli oq patli, bargsimon tojli qizil patli va bargsimon tojli oq patli tovuq va xo’rozlar paydo bo’ladi?

A)AABb x AaBB B)Aabb x Aabb

C)AABB x AaBB D)Aabb x aaBb

17. Qovoq mevasi etining oq rangi (B), sariq rangi (b), ustidan mevasining disksimon shakli (D) yumaloq shakli (d) ustidan dominantlik qiladi. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida 1:1:1:1 nisbatda oq disksimon, oq yumaloq, sariq disksimon, sariq, yumaloq, mevalar olinadi?

I)BbDD x BbDd; II)BbDd x bbdd;

III)BBDD x bbdd; IV)Bbdd x bbDd;

V)bbDd x BbDD

A)I, II B)II,V C)II,III D)II,IV

18. Bulg'or garmdorilarining qizil va yashil, yupqa va qalin etli xillari bo'ladi. Qizil rangni boshqaruvchi gen dominant, yupqa etli bo'lish retsessiv genga bog'liq. Ikki gen ham har xil autosoma xromosomalarda joylashgan.

I.Agar geterozigotali qizil va qalin po'stli garmdorini ikki belgisi bo'yicha retsessiv xili bilan chatishtirilsa qanday genotipga ega bo'lgan garmdorilarni olish mumkin?

A)AABB, AABb, AaBB, AaBb

B)AaBb, Aabb, aaBb, aabb

C)AABB, AABb, aaBb, aabb

D)AABB, AaBb, aaBB, AAbb

II.Ota-ona o'simliklarning genotipi qanday bo’lganda avlodda 1:1:1:1 nisbatda ajralish olinadi?

A)AaBb x AABB B)AaBb x AaBb

C)Aabb x aaBb D)AABb x aaBb

III. Agar gomozigotali qizil, qalin po'stli garimdorini ikki belgisi bo'yicha retsessiv xili bilan chatishtirilsa F1 da qanday fenotipga ega bo'lgan garirndorilar olinadi?

A)25% qizil yupqa; 25% qizil qalin; 25% yashil yupqa; 25% yashil qalin

B)50% qizil yupqa; 50% yashil yupqa

C) faqat qizil qalin

D)25% qizil yupqa; 50% yashil qalin; 25% qizil qalin

19.Ikki juft belgisi bo'yicha geterozigota organizm, ikkala belgisi bilan gomozigota retsessiv bo'lgan organizm bilan chatishtirilganda genotip bo'yicha qanday nisbatda ajralish sodir bo'ladi?

A)9:3:3:1 B)1:1:1:1

C)1:2:1:2:4:2:1:2:1 D)1:1

20. Quyonning juni oq va tekis. Agar ikkala belgi ham retsessiv holda nasldan naslga o'tsa, ushbu fenotipni yuzaga chiqaruvchi genotipni aniqlang.

A)AABB B)AAbb C)aaBB D)aabb

21. Odamda o’ng qo’lni ko’p ishlatish va uzoqni ko’ra olmaslik dominant belgi, chap qo’lni ko’p ishlatish va normal ko’rish retsessiv belgi hisoblanadi. Uzoqni yaxshi ko’ra olmaydigan chapaqay erkaka ikkita belgisi bo’yicha normal gomozigota ayolga uylandi, ularning genotipini aniqlang.

A)aaBBx AAbb B)AAbb x aaBB

C)AaBb x aabb D)Aabb x aaBb

22.No'xatda dukkakning bo'g'imliligi oddiyligiga nisbatan, mevaning yashil rangi sariq rangiga nisbatan retsessiv belgi hisoblanadi.

Gomozigotali bo'g'imli, sariq mevali va oddiy, yashil mevali o'simliklar chatishtirilganida F1 duragaylarining fenotipi qanday bo'ladi?

A)AABB B)AAbb C)AaBb D)aabb

23.Qovoq o'simligida W geni mevaning oq rangda, uning retsessiv sariq rangda, D geni mevaning disksimon bo'lishini, uning retsessiv

alleli esa sharsimon bo'lishini ta'minlaydi.

Quyidagi genotipli organizmlarning chatishtirilishidan olinadigan

avlodlarda fenotip ajralish nisbatlarini toping.

l)WWdd x WwDD 2) WwDd x WwDd

3) WWDd x WWDd 4) WwDD x wwdd

5) WwDd x Wwdd 6) WwDd x wwdd

a) 9:3:3:1, b) 3:1 ,c) 1:1, d) 1:1:1:1,

A) a-2; b-3; c- 4; d- 6

B) a-2; b-3; c-1,4; d- 5

C) a-2; b-4; c-1,3; d- 6

D) a-6; b-3; c-1,4; d- 2

24.Gomozigota qora to'lqinsimon yungli quyon oq silliq yungli quyon bilan chatishtirilganida F1 da hammasi qora to'lqinsimon yungli bo'lgan quyonlar olingan. Agar F1 duragaylari qayta chatishtirilsa, F2 da olingan duragaylarning fenotipi qanday bo'ladi?

A) 9:3:3:1 B) 3:1 C) 1:1:1:1 D) 1:1

25. Tarvuz mevasining rangi yashil va yo'l-yo'l, shakli uzunchoq va yumaloq bo'ladi. Gomozigota uzunchoq yashil mevali tarvuz o'simligi

yumaloq yo’l-yo’l mevali o'simlik bilan chatishtirildi. F1 da yumaloq yashil mevali o'simliklar olingan. F2 da esa jami 1200 ta o'simlik olingan.

I. Olingan o'simliklarning nechtasi yumaloq yashil ekanligini aniqlang.

A) 675 B) 75 C) 225 D) 1200

II. Olingan o'sirriliklarning nechtasi yumaloq, nechtasi yashil ekanligini aniqlang.

A) 675,675 B) 900,675

C) 900,900 D) 225,225

III. Olingan o'simliklarning genotip (1) va fenotip (2) jihatdari F1 duragaylariga o'xshashligini aniqlang.

A) 300,675 B) 675,300

C) 300,225 D) 300,300

26.Bangidevona o'simligida gulning qizil rangi uning oqligiga nisbatan to'la dominantlik qila olmaydi, natijada, geterozigota holatda gulning rangi qirmizi bo'ladi. O'simlik mevasi sirtining tikanliligi tekisligiga nisbatan to'la dominantlik qiladi. Qirmizi gulli va tikanli mevaga ega bo'lgan o'simliklar chatishtirilishi natijasida olingan F1 avlod ichida tekis mevali o'simliklar uchragan. Agar F1 da 960 ta o'simlik olingani ma'lum bo'lsa

I. olingan o'simliklarning nechtasi qizil gulli ekanligini aniqlang

A)120 B) 240 C)720 D)60

II.olingan o'simliklarning nechtasining mevasi tekis va tikansiz ekanligini aniqlang,

A)120 B) 240 C)720 D)60

27.Itog'iz o'simligining gullari shakli normal (ikki bo'lakka bo'lingan) va qo'shilgan bo'ladi. Ranglari bo'yicha qizil, pushti va oq rangli bo'ladi. Ikkala juft belgini yuzaga chiqaruvchi genlar turli xil xromosomalarda joylashgan bo'lib, normal shakl qo'shilgan shaklga nisbatan dominantlik qiladi. Pushti rang esa qizil va oq gullarni chatishtirganda namoyon bo'ladi. Pushti rangi shakli ikkiga bo'lingan va har ikkala belgisi bo'yicha geterozigotali itog'iz o'simliklari chatishtirilganda:

I.Fenotipda qanday ajralish namoyon bo'ladi, nechta fenotipik sinf hosil bo'ladi?

A) 9:3:3:1, 4 ta B) 3:6:3:1:2:1, 6 ta

C) 1:1:1:1 , 4 ta D) 1:2:2:4:1:2:1:2:1, 9 ta

II.Normal shaklga ega bo'lgan o'simliklarning necha %i pushti gulli bo'ladi?

A) 50 B) 25 C) 75 D)100

28. G'o'za o'simligida hosil shoxi cheklanmagan va cheklangan tipda, tola rangi esa qo'ng'ir va oq bo'ladi. Shoxning cheklanmagan tipda bo'lishligi cheklangan tipda bo'lishligi ustidan to'liq, tolaning qo'ng'ir rangda bo'lishligi esa oq rangi ustidan to'liqsiz dominantlik qiladi. Gomozigota cheklanmagan shoxli, qo'ng'ir tolali g'o'za o'simliklari cheklangan shoxli, oq tolali o'simliklari bilan chatishtirilganda F1 da olingan o'simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va tolasi nowotrang bo'lgan. Fenotipik sinflarning nisbatini aniqlang?

A) 9:3:3:1 B) 3:6:3:1:2:1

C) 1:1:1:1 D) 1:2:2:4:1:2:1:2:1

29. Itlarda jun rangining qora bo'lishi jigarrang ustidan, kalta bo'lishi uzun bo'lishi ustidan to'liq dominantlik qiladi. Har ikkala belgining

rivojlanishini ta'minlovchi genlar boshqa-boshqa xromosomalarda joylashgan.

I.Agar digeterozigotali qora va kalta junli itlar o'zaro chatishtirilganda keyingi avlodda olingan kuchukchalarning necha foizi jigarrang, kalta junli bo'ladi?

A) 18.75 B) 25 C) 6.25 D)12.5

II.Ovchi qora va kalta yungli itlarni

ko'paytirish maqsadida xuddi shunday fenotipli itlarni chatishtirgan. Ularning avlodidagi kuchukchalarning bir qismi qora, kalta yungli bo'lgan. Qolganlari esa qora uzun yungli yoki jigarrang uzun yungli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan itlarning genotipini aniqlang.

A)AaBb x AABB B)AaBb x AaBb

C)Aabb x aaBb D)AABb x AABb

30. Qoramollarda shoxsizlik belgisi, shoxlilik belgisi ustidan, junining qora rangda bo'lishi qizil rangda bo'lishi ustidan dominantlik qiladi. Bu berilgan 2 juft belgi har xil xromosomalarda joylashgan. Naslchilik xo'jaligida bir necha yillar davomida qora shoxsiz sigir qora shoxsiz buqalar bilan chatishtirilishi natijasida olingan 672 ta buzoqlardan 504 tasi qora shoxsiz, 168 tasi qizil shoxsiz bo'lgan. Olingan buzoqlar orasida qanchasi shoxli va qanchasi qizil rangda ekanligi aniqlang.

A) 168 , 168 B) 168, 504 C) 0, 168 D) 504,168

31.Parrandalarda pat qoplamasining qora rangi A, qo'ng'ir bo'lishi a geni orqali irsiylanadi. Tojli yoki tojsiz ekanligini belgilovchi gen ham autosoma orqali irsiylanadi. Bu genlar har xil autosoma romosomalarida joylashgan. Qo'ng'ir rangli tojdor xo'roz, tojsiz qora rangli tovuq bilan chatishtirildi. Ulardan 50 % qora va 50 % qo'ng'ir rangli jo'jalar olindi, jo'jalarning barchasi tojli bo'lgan. Chatishtirilgan tovuq va xo'rozning genotipini aniqlang.

A)aaBb x AaBb B)AaBb x AaBb

C)aabb x aaBb D)aaBB x Aabb

32.Bir xil rangdagi qurtlar beruvchi pillasining rangi sariq bo'lgan hamda yo'l-yo'l tusdagi qurtlar beruvchi pillasining rangi oq bo'lgan tut ipak qurti zotlari chatishtirildi. Birinchi bo'g'inda olingan qurtlarni

hammasi yo'l-yo'l tusli va sariq pillali bo'ldi. Ikkinchi bo'g'inda esa belgilarning ajralishi kuzatilib, 11040 ta qurtlar olindi.

I. Shulardan taxminan nechtasi yo'l-yo'l tusli ekanligini aniqlang. ?

A)11040 B)8280 C)690 D)2070

II. Nechtasi oq pillali ekanligini aniqlang.?

A)11040 B)2760 C)690 D)2070

33. Odamda quloqda erkin solinchak bo'lishi va iyakning uchburchak-chuqurchali ekanligi dominant belgilar hisoblanadi: Ular quloqda erkin solinchak bo'lmasligi va iyakning silliqligiga nisbatan to’liq dominantlik qiluvchi belgilar hisoblanib, har xil autosomalarda joylashgan bo'lib, mustaqil taqsimlanish xususiyatiga ega. Ayolning qulog'i erkin solinchakli va uning iyagi silliq, erkakning qulog'ida solinchak yo'q, iyagi chuqurchali (uning onasining iyagi silliq bo'lgan). Bu oilada xuddi otasiga o'xshash fenotipga ega bo’lgan qiz tug'ilgan.

I.Keyingi farzandning iyagi silliq bo'lib tug'ilish ehtimolini toping.

A) 25% B) 50% C) 75% D) 100%

II. Keyingi farzandning xuddi onasiga o'xshash fenolipga ega bo’lib tug'ilish ehtimolini toping.

A) 25% B) 50% C) 75% D) 100%

34. Odamda qo'y ko'zlik va o'naqaylik dominant. I.Erkak ko'k ko'z, o'naqay bo'lib,( uning onasi chapaqay bo’lgan). Ayol ko'k ko'z va o'naqay bo’lgan turmushdan ko'k ko'z, chapaqay bola tug'ilishi ehtimolini toping.

(Bu oilada oldin ko'k ko'z chapaqay bola tug'ilgan.)

A) 25% B) 50% C) 75% D) 100%

II.Erkak ko'k ko'z va o'naqay (uning onasi chapaqay bo’lgan), ayol qo'yko'z va o'naqay bo'lgan turmushdan gomozigotali ko'k ko'z, o'naqay bola tug'ilishi ehtimolini toping (Bu oilada oldin ko'k ko'z chapaqay bola tug'ilgan).

A) 25% B) 50% C) 75% D) 100%

35.Har ikkala belgisi bo'yicha geterozigota qora ko'zli va besh barmoqli erkak (lekin yoshligida ortiqcha barmog'i olib tashlangan) ko'k ko'zli, besh barmoqli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko'k ko'zli va olti barmoqli bola tug'ilishi ehtimoli qanday?

A) 25% B) 50% C) 75% D) 100%

36. Fruktozuriyaning ikki xil formasi mavjud. Birinchisi klinik belgilarsiz kechuvchi sindrom hisoblansa, ikkinchisi aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishga olib keladi. Har ikkala turi ham bir-biri bilan birikmagan, autosoma orqali irsiylanuvchi retsessiv belgilar hisoblanadi.

I. Ota-onadan birning siydigi tarkibida fruktozaning miqdori yuqori ekanligi aniqlandi, unda froktozuriya klinik belgilarsiz kechadi, lekin ikkinchi belgisi bo'yicha geterozigota. Ota-onalardan ikkinchisi esa vaqtida fruktozuriyaning 2-formasi bo'yicha davolangan, lekin klinik belgilarsiz kechuvchi formasi bo'yicha geterozigota. Bu oilada fruktozuriyaning faqat bir formasi bilan kasallangan bolalar tug'ilish ehtimolini toping.

A) 25% B) 50% C) 75% D) 100%

II. Ota-onadan birining siydigi tarkibida fruktozaning miqdori yuqori ekanligi aniqlandi, unda fruktozuriya klinik belgilarsiz kechadi,lekin ikkinchi belgisi bo'yicha geterozigota. Ota-onalardan ikkinchisi esa vaqtida fruktozuriyaning 2-formasi bo'yicha davolangan,lekin klinik belgilarsiz kechuvchi formasi bo'yicha geterozigota. Bu oilada fruktozuriyaning faqat klinik belgilari namoyon bo’luvchi formasi bilan kasallangan bolalar tug'ilish ehtimolini toping.

A) 25% B) 50% C) 75% D) 100%

37.Parrandalarda oyoqning patli (B) bo'lishi patsizligi ustidan,no'xatsimon toj (R) oddiy toj (r) ustidan to'liq dominantlik qiladi.

I. Ikkita ≪A≫ va ≪B≫ xo'rozlar va ≪C≫, ≪D≫ tovuqlar chatishtirildi. To'rttalasi ham oyoqlari patli, toji no'xatsimon edi. Xo'roz ≪A≫ shu ikkala tovuq bilan chatishtirilganda faqat tojlari no'xatsimon, oyoqlari patli bo'lgan jo'jalar olindi. Xo'roz ≪В≫ ≪C≫ tovuq bilan chatishtirilganda faqat no'xatsimon tojli, oyoqlari esa patli va patsiz bo'lgan jo'jalar olindi. ≪D≫ tovuq bilan ≪B≫ xo'roz chatishtirilganda esa no'xatsimon va oddiy tojli jo'jalar olingan hamda ularning hammasinmg oyog'i patli bo'lgan.≪A≫ xo'rozning genotipini aniqlang.

A) BBRR B) BbRR C) BbRr D) BBRr

II. Ikkita ≪A≫ va ≪B≫ xo'rozlar va ≪C≫, ≪D≫ tovuqlar chatishtirildi. To'rttalasi ham oyoqlari path, toji no'xatsimon edi. Xo'roz A shu ikkala tovuq bilan chatishtirilganda faqat tojlari no'xatsimon, oyoqlari patli bo'lgan jo'jalar olindi. Xo'roz ≪В≫, ≪C≫ tovuq bilan chatishtirilganda faqat no'xatsimon tojli, oyoqlari esa patli va patsiz bo’lgan jo'jalar olindi. ≪D≫ tovuq bilan ≪B≫ xo'roz chatishtirilganda esa no'xatsimon va oddiy tojli jo'jalar olingan hamda ularning hammasining oyog'i patli bo'lgan: ≪B≫ xo'rozning genotipini aniqlang.

A) BBRR B) BbRR C) BbRr D) BBRr

III. Ikkita ≪A≫ va ≪B≫ xo'rozlar va ≪C≫, ≪D≫ tovuqlar chatishtirildi. To'rttalasi ham oyoqlari patli, toji no'xatsimon edi. Xo'roz ≪A≫ shu ikkala tovuq bilan chatishtirilganda faqat tojlari no'xatsirnon, oyoqlaripatli bo’lgan jo'jalar olindi. Xo'roz ≪В≫ ≪C≫ tovuq bilan chatishtirilganda faqat no'xatsimon tojli, oyoqlari esa patli va patsiz bo’lgan jo'jalar olindi.

≪D≫ tovuq bilan ≪B≫ xo'roz chatishtirilganda esa no'xatsimon va oddiy tojli jo'jalar olingan hamda ularning hammasining oyog'i patli bo'lgan.≪C≫ tovuqning genotipini aniqlang.

A) BBRR B) BbRR C) BbRr D) BBRr

IV.Ikkita ≪A≫ va ≪B≫ xo'rozlar va ≪C≫, ≪D≫ tovuqlar chatishtirildi. To'rttalasi ham oyoqlari patli, toji no'xatsimon edi. Xo'roz ≪A≫ shu ikkala tovuq bilan chatishtirilganda faqat tojlari no'xatsimon, oyoqlari patli bo’lgan jo'jalar olindi. Xo'roz ≪В≫ ≪C≫ tovuq bilan chatishtirilganda faqat no'xatsimon tojli, oyoqlari esa patli va patsiz bo’lgan jo'jalar olindi.

≪D≫ tovuq bilan ≪B≫ xo'roz chatishtirilganda esa no'xatsimon va oddiy tojli jo'jalar olingan hamda ularning hammasining oyog'i patli bo'lgan.«D» tovuqning genotipini aniqlang.

A) BBRR B) BbRR C) BbRr D) BBRr

38. Glaukomaning bir nechta yo'l bilan irsiylanadigan formalari mavjud. Birinchi formasi autosoma dominant, ikkinchi formasi - retsessiv,bu formasi ham autosoma orqali, lekin birinchi forma bilan birikmagan holda irsiylanadi.

I.Agar ota-onaning ikkalasi ham kasallikning har ikkala formasi bo'yicha geterozigota bo'lsa, bu oilada farzandlarning glaucoma bilan kasallangan bo'lib tug'ilish ehtimoli qancha? (% )

A) 81,25 B) 12,5 C) 18,75 D) 25

II. Agar ota-onaning ikkalasi ham kasallikning har ikkala formasi bo'yicha geterozigota bo'lsa, bu oilada farzandlarning glaukomaning faqat bir turi bilan kasallangan bo'lib tug'ilish ehtimoli qancha? (%)

A) 81,25 B) 62,5 C) 18,75 D) 25

III. Agar ota-onaning ikkalasi ham kasallikning har ikkala formasi bo'yicha geterozigota bo'lsa, bu oilada farzandlarning glaukomaning har ikkala turi bo'yicha sog'lom tug'ilish ehtimoli qancha?

A) 81,25 B) 12,5 C) 18,75 D) 25

39. Odamlarda yaqinni ko'ra olishning ayrim formalari normal ko'rishga nisbatan, ko'zning jigarrangi ko'k ko'zlikka nisbatan dominantlik qiladi. I.Ota-ona har ikki belgi bo'yicha geterozigotali bo'lsa,

bu oilada farzandlarning sog'lom bo’lib tug'ilish ehtimoli qancha (%)?

A) 81,25 B) 12,5 C) 18,75 D) 25

II. Ota-ona har ikki belgi bo'yicha geterozigotali bo’lsa, bu oilada jigarrang ko'zli farzandlarning sog'lom bo'lib tug'ilish ehtimoli qancha %)?

A) 81,25 B) 12,5 C) 18,75 D) 25

40. Sariq (A) va silliq (B) no'xatlarni sariq, silliq belgili no'xat bilan chatishtirish natijasida avlodda uchta sariq silliq, bitta sariq burishgan donli o'simliklar hosil bo'lgan. Qaysi chatishtirish (lar)dan ushbu ajralish olinadi?

A)AaBB x AaBB B)AABb x AABb

C)AABB x AaBb D)AABB x AaBb

41. Sariq (A) va burishgan (b) no'xatlarni nomalum belgili no'xat bilan chatishtirilganda avlodda uchta sariq silliq, uchta sariq burishgan. bitta yashil silliq, bitta yashil burishgan donli o'simliklar hosil bo’lgan.

Qaysi chatishtirishdan ushbu ajralish olinadi?

A)aaBb x AaBb B)AaBb x aaBb

C)AABB x aaBb D)AaBb x Aabb

42. Sariq (A) va silliq (B) no'xatlarni sariq, burishgan belgili no'xat bilan chatishtirilganda avlodda bitta sariq silliq, bitta sariq burishgan donli o'simliklar hosil bo’lgan. Qaysi chatishtirishdan ushbu ajralish olinadi?

A) AAbb x AABb B) Aabb x AABb;

C) AaBb x Aabb D) AaBb x aabb

43. Bangidevonaning qizg'ish poyali (A), qizil mevali (B) xili yashil poyali, qizil mevali bilan chatishtirilganda avlodda 231 ta qizg'ish poyali,

sariq mevali va 693 ta qizg'ish poyali, qizil mevalilar hosil bo'lgan.

I. Ota-onaning genotipini aniqlang.

A)AaBB x aaBB B)AABb x aaBb

C)AABB x aaBb D)AaBb x aaBb

II. Avlodda olingan qizg'ish poyali, qizil mevalilarning nechtasi 2 ta belgi bo'yicha geterozigotali bo'lgan ?

A) 231 B) 462 C) 693 D)526

44. Qora rangli, paxmoq junli ona quyon birinchi belgisi bo'yicha geterozigotali bo'lib, oq rangli, paxmoq ikkinchi belgisi bo'yicha geterozigota ota quyon bilan chatishtirildi. F1 dagi organizmlar genotip va fenotiplarining nisbati qanday bo'ladi?

A) 3:1, 3:1 B) 1:1:1:1, 2:2

C)2:2, 1:1:1:1 D) 1:1:1:1, 1:2:1

45.Albinizmning har xil irsiy shakllari bo'lib, ulardan biri qisman albinizm autosoma-dominant tipda, ikkinchi xili to’liq albinizm autosoma

retsessiv tipda nasildan nasilga o'tadi. Agarda ota-onalardan birining genotipi digeterozigotali bo'lib, qisman albinizm bilan kasallangan, ikkinchisi to'liq albinizm bilan kasallangan bo'lib. uning avlodida qisman albinizm hech qachon kuzatilmagan bo'lsa, shu oilada

I) to’liq albmizm bo'yicha kasal farzandlarning

tug'ilish ehtimolini toping.

A) 100 B) 25 C) 18,75 D) 50

II) har ikkala turi bo'yicha kasallangan farzandlarning

tug'ilish ehtimolini toping.

A) 100 B) 50 C) 18,75 D) 25

III) qisman albinizm bo'yicha kasal farzandlarning tug'ilish ehtimolini toping.

A) 100 B) 50 C) 18,75 D) 25

IV) albizm bo'yicha sog'lom farzandlarning tug'ilish ehtimolini toping.

A) 100 B) 50 C) 18,75 D) 25

46. Kulrang silliq yungli mushuk bilan qora hurpaygan yungli mushuk o'zaro chatishtirilganida ulardan ko'p yillar mobaynida faqatgina kulrang silliq yungli mushuklar olingan.

I. F1 da olingan mushuklar o'zaro chatishtirilganida 240 ta mushukchalar olinganligi ma'lum bo'lsa, ularning taxminan nechtasi hurpaygan yungli?

A) 30 B) 120 C) 15 D) 60

II.F2 da olingan kulrang silliq yungli mushuklarda nechta genotipik sinf uchragan?

A) 3 B) 2 C) 5 D) 4

47. Oq gardishsimon mevali oshqovoq o'simligini oq yumaloq mevali o'simlik bilan chatishtirilganida 38 ta oq gardishsimon mevali, 36 tasi oq yumaloq, 13 tasi sariq gardishsimon, 12 tasi sariq yumaloq o'simlik olindi.

I. Ota-onaning genotipini aniqlang.

A) AAbb x AABb B) Aabb x AABb;

C) AaBb x AaBb D) AaBb x Aabb

II. Gardishsimon mevali o'simliklardan taxminan necha %i digeterozigotali (mevaning oq rangi sariq rangi ustidan, gardishsimon shakli yumaloq shakli ustidan to’la dominantlik qiladi)?

A) 50 B) 100 C) 25 D) 75

48. Oq gardishsimon mevali oshqovoq o'simligini oq yumaloq mevali o'simlik bilan chatishtirilganida olingan o'simlikning 74 tasi oq gardishsimon mevali, 72 tasi oq yumaloq bo'ldi. Ota-onaning genotipini

aniqlang.

A) AAbb x AaBb B) Aabb x AABb;

C) AaBb x AaBb D) AABb x AAbb

49. Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganligi (B) silliqligi (b) ustidan, meva eti oq rangda (C) bo’lishi sariqligi (c) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ikkala belgi bo'yicha geterozigotali o’simlik bilan tukli oq mevali o’simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta o’simlikdan 75% i ning mevasi tukli va rangi oq, 25% i ning mevasi tukli va rangi sariq bo’lgan.

I.Olingan o’simliklardan nechtasi bitta belgi bo'yicha geterozigotali bo'ladi?

A) 24 ta B) 72 ta C) 12 ta D) 48 ta

II. Olingan osimliklardan nechtasi genotip bo’yicha djgeterozigotali bo ladi?

A) 24 ta B) 72 ta C) 12 ta D) 48 ta

III. Olingan o’simliklardan nechtasi ikkinchi belgi bo'yicha gomozigotali dominant bo'ladi?

A) 24 ta B) 72 ta C) 12 ta D) 48 ta

IV. Olingan o’simliklardan nechtasi gomozigotali dominant bo'ladi?

A) 24 ta B) 72 ta C) 12 ta D) 48 ta

V. Olingan o’simliklardan nechtasi birinchi belgi bo'yicha gomozigotali dominant bo'ladi?

A) 24 ta B) 72 ta C) 12 ta D) 48 ta

50.Ko‘zi ko’k (a), chapaqay (b) erkak ko'zi qo'ng'irrang o'naqay ayol bilan turmush qurdi. Oilada tug'ilgan 4 farzanddan bittasi otasiga o’xshash bo’lsa, ota-ona genotipini aniqlang.

A) aabb x AaBb B) aaBb x AaBb

C) Aabb x AaBB D) AaBb x AaBB

51.Odamlarda sariq va tekis soch retsessiv belgi hisoblanadi. Sochi sariq va to'lqinsimon bo'lgan ayol sochi qora va to'lqinsimon bo'lgan erkakka turmushga chiqqan.

I.Bu oila farzandlarining necha foizi qora va jingalak sochli bo'lishi ehtimolini aniqlang.

A) 37,5 B) 50 C) 12,5 D) 75

II. Bu oilada tug’ilish ehtimoli bo'lgan farzandlarning necha foizi birinchi belgi bo'yicha geterozigotali bo'lishini aniqlang.

A) 37,5 B) 50 C) 12,5 D) 75

52.Sepkilsizlik (a) va kalta barmoqlilik (b) ni belgilovchi genlar uchun xos xususiyatlarni belgilang.

1) erkak va ayollarda bir xil genotipda bo’ladi; 2) ota-onada bu belgi bo’lsa, farzandlarning shu belgi bo’yicha tug’ilish ehtimoli 75 yoki 100%; 3) ota-onada bu belgi bo’lsa, avlodlarda ham shu belgi 100% bo’ladi; 4) agar ota-onada bu belgilar bo’lmasa, farzandlarning shu belgi bo’yicha tug’ilish ehtimoli 0 yoki 25%; 5) agar ota-onada bu belgilar bo’lmasa, farzandlarning shu belgi bo’yicha tug’ilish ehtimoli 0%; 6) o’g’il va qizlarda bir xil nisbatda uchraydi

A) a-2,5,6; b-1,5,6 B) a-6,3,4; b-1,4,3 C) a-1,3,4; b-2,5,6 D) a-1,5,6; b-6,3,4

53.G‘o‘zada poyasining uzun bo‘lishi kalta poya ustidan to‘liq dominantlik qiladi, tolaning malla rangi oq rangi ustidan chala dominantlik qiladi, tolaning novvot rangda bo‘lishi oraliq xarakterga ega. Digeterozigota g‘o‘zalar o‘zaro chatishtirilganda avlodda 640 ta o‘simlik olingan bo‘lsa, uzun poyali g‘o‘zalarning necha xil genotipik guruhlari mavjud?

A) 1 B) 9 C) 6 D) 3

54.G’o’za o’simligida hosil shoxi cheklanmagan (A), hosil shoxi cheklangan (a) formasi ustidan to’liq dominantlik qiladi, uning tolasi malla rangi(B), tolasi oq rangi (b) ustidan chala dominantlik qiladi. Hosil shoxi cheklangan malla rang g’o’za, oq hosil shoxi cheklanmagan navi bilan chatishtirildi. F1 da novvotrang, hosil shoxi cheklanmagan g’o’zalar olindi. F2da 720 ta individ olingan bo’lsa ularning nechtasi malla rang hosil shoxi cheklangan bo’ladi?

A) 135 B) 180 C) 45 D) 90

55.Odamda talassemiya (A)chala dominant holda irsiylanadi. Dominant gomozigotalar erta halok bo'ladi, geterozigotalar yashaydi. O'roqsimon anemiya (b)retsessiv gomozigota holatda o'limga olib keladi, geterozigotalar yashaydi va kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo'ladi.

I.Digeterozigota ota-onalardan tug'ilgan farzandlarning necha foizi talassemiyaning yengil formasi bilan kasallangan bo'ladi?

A)25 B)31,25 C)50 D)66,7

II. Digeterozigota ota-onalardan tug'ilgan farzandlarning necha foizi genotip jihatdan ota-onaga o'xshaydi?

A)12,5 B)25 C)50 D)44,4

III.Digeterozigota ota-onalardan tug'ilgan farzandlarning necha foizi ikkala kasallik bo'yicha sog'lom bo'ladi?

A)6,25 B)25 C)31,25 D)11,1

56. Normal eshitadigan, birining sochi to’lqinsimon, ikkinchisiniki silliq bo’lgan ota-onadan birinchi farzand kar, silliq soch bo’lib, ikkinchi farzand normal eshitadigan, to’lqinsimon sochli bo’lib tug’ildi. Ota-onaning genotipini toping.

A)AABb x AAbb B)AaBb x aabb

C)AaBb x Aabb D)aaBb x aabb

57.Ota to'lqinsimon sochli sepkilsiz, ona esa sepkilli (ayolning otasida sepkillar bo'lmagan) bo'lib, uning ham sochlari to'lqinsimon.

I.Ota-ona genotipini aniqlang (jingalak soch silliq sochlarga nisbatan to'la dominantlik qila olmaydi, natijada geterozigota holatda to'lqinsimon soch yuzaga keladi. Sepkillarning bo'lishi ularning bo'lmasligi ustidan

to’la dominantlik qiladi).

A)Aabb xAaBb B) Aabb xAaBB

C) Aabb xAABb D) AaBb xAaBb

II.Bu oilada tug'ilishi mumkin bo'lgan to'lqinsimon sochli farzandlarning ehtimolini (%) aniqlang

A)50% B) 25% C) 12,5 % D) 18,75%

III.Bu oilada jingalak sochli farzandlarning tug'ilish ehtimolini

A)50% B) 25% C) 12,5 % D) 18,75%

IV.Bu oilada silliq sochli sepkilsiz farzandlarning tug'ilish ehtirnolini aniqlang

A)50% B) 25% C) 12,5 % D) 18,75%

58.Andalus tovug’ining tanasini patli bo’lishi patsizlik ustidan, boshida tojning bo’lishi tojsizlik ustidan to’liq dominantlik qiladi. Patning qizil rangda bo’lishi oq rangga nisbatan chala dominantlik qilib, geterozigotalarda pushti rang namoyon bo’ladi.

I.Barcha belgilari bo’yicha geterozigota tovuq va xo’rozlarning avlodida necha xil fenotipik guruh hosil bo’ladi?

A) 27 B) 12 C) 8 D) 18

II. Barcha belgilari bo’yicha geterozigota tovuq va xo’rozlarning avlodida necha xil genotipik guruh hosil bo’ladi?

A) 27 B) 12 C) 8 D) 18

III. Barcha belgilari bo’yicha geterozigota tovuq va xo’rozlarning avlodida necha foizi tanasi patli, pushti rangda bo’ladi?

A) 37,5 B) 50 C) 25 D) 28,125

IV.Barcha belgilari bo’yicha geterozigota tovuq va xo’rozlarning avlodida genotipik guruhning necha foizi trigeterozigota holatida bo’ladi?

A) 3,7 B) 12,5

C) 29,7 D) 25

59.AaBb genotipli organizmlar o'zaro chatishti rilganda olingan organizmlarning necha foizi o'ziga o'xshagan genotipli organizm bilan o'zaro

chatishtirilsa, avlodda genotip bo'yicha ajralish bermaydi.

A) 75 B) 12,5 C) 25 D) 50

60.Pomidorning sariq gulli yumoloq mevasi bilan oq gulli noksimon shaklli mevasi chatishtirilganda barcha avlodlar novvot rangli yumoloq shaklli meva olindi. Digeterazigota pomidorlar o`zora chatishtirilganda 3200ta avlod olindi. Olingan avlodning nechtasi yumoloq shaklli sariq rangli genotipga ega bo`ladi?

A)600 B)1200 C)1800 D)1400

61. Pomidorning sariq gulli yumoloq mevasi bilan oq gulli noksimon shaklli mevasi chatishtirilganda barcha avlodlar novvot rangli yumoloq shaklli meva olindi. Digeterazigota pomidorlar o`zora chatishtirilganda 3200ta avlod olindi. Olingan avlodning nechtasi novvot rangli yumoloq mevali bo`ladi?

A)600 B)1200 C)1800 D)1400

62.



Download 194.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling