Aql tarozisida o’lchab ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir. Abu Ali ibn Sino


Download 194.87 Kb.
bet7/11
Sana08.11.2020
Hajmi194.87 Kb.
#142581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BIOLOGIYA 80


12-DARS

Odam genetikasiga doir masalalar
1.II qon guruhli, ko’k ko’z, polidaktiliya bilan kasallangan ona va III guruhli, ko’k ko’z, besh barmoqli otadan I qon guruhli, ko’k ko’z, 5 barmoqli farzand tug’ildi (qo’y ko’zlik ko’k ko’zlik ustidan dominantlik qiladi). Ota- ona genotipini aniqlang

A) IAIoaaBb x IBIBaabb

B) IAIAaaBb x IBIoaabb

C) IAIoaaBB x IBIoaabb

D) IAIoaaBb x IBIoaabb

2.Albinizm kasalligi retsessiv autosoma kasalligi, daltonizm retsessiv jinsga birikkan holda irsiylanadi. I qon guruhi I0 I0 va II qon guruhi IA IA, IA I0 holda ifodalanadi. I qon guruhli daltonizm va albinizm bo'yicha sog'lom gomozigotali ayoldaltonik bo'Imagan va qolgan ikki belgi bo'yicha geterozigotali II qon guruhli yigitga turmushga chiqdi.

I. Ushbu oilada tug'ilgan farzandlar necha foizining qon guruhi I va II bo'lishi ehtimolini mos ravishda toping.

A) 50, 50 B) 50, 25 C) 25, 50 D) 0, 100

II.Ushbu oilada tug’ilgan qiz bolalardan necha foizi II qon guruhli hamda daltonizm va albinizm bo'yicha kasal bo'lish ehtimolini toping.

A) 0 B) 25 C) 75 D) 50

III. Ushbu oilada tug’ilgan o'g'il bolalardan necha foizi I qon guruhli va ikkala belgi bo'yicha sog'lom bo'lish ehtimolini toping.

A) 0 B) 25 C) 75 D) 50

IV. Ushbu oilada tug'ilgan farzandlardan necha foizi 1 qon guruhli va ikkala belgi bo'yicha sog'lom bo'lish ehtimolini toping.

A) 0 B) 25 C) 75 D) 50. 3.Polidaktiliya jingalak sochli yigit bilan barmoqlar soni normal, sochi to‘lqinsimon bo‘lgan qiz nikohidan polidaktiliya jingalak sochli farzand tug‘ildi. Keyingi farzandning normal barmoqli to‘lqinsimon sochli bo‘lib tug‘ilish mumkinmi?

A) mumkin 25% B) mumkin 50%

C) mumkin 100% D) mumkinmas

4. Nikohdagi ayolning ko‘zi katta va qo‘yko‘z. Erkakning ko‘zi kichik va xavo rangli. Ularning ikki farzandidan birining ko‘zi o‘rtacha kattalikda bo‘lib, rangi qo‘yko‘z, ikkinchisining ko‘zi kichik, havorang. Erkak va ayol

genotipini aniqlang.

A) AABB x aabb B) AaBB x aabb

C) AaBb x aabb D) AABb x aabb

5.Leykositlar yadrosi segmentlanishining Polger anomaliyasi autosoma orqali chala dominant belgi sifatida nasldan naslga o’tadi. Gomozigotali holatda yadro segmentatsiyasi kuzatilmaydi, geterozigotali holatda esa segmentatsiyada buzilish kuzatiladi. Ota- onalardan birida segmentatsiya buzilgan bo’lib, ikkinchisida normal holatda bo’lsa, bolalarda leykosit yadrosi segmentatsiyasi qanday bo’lishini(a) , ota- onalardan birida segmentlashmaydigan ikkinchisida normal bo’lsa bolalardagi segmentlanish xarakterini aniqlang(b).

A)a- 100% buzilgan, b-50%:50%

B) a- 50%:50%, b-50%:50%

C) a- 100% buzilgan, b-100% buzilgan

D) a- 50%:50%, b-100% buzilgan

6. II qon guruhli gomozigota ayol III qon guruhli gomozigota erkakka turmushga chiqsa, bu nikohdan qaysi qon guruhiga ega bo’lgan bolalar tug’iladi?

A)IV B)II, III

C)I D)I,II,III,IV

7. Ko‘zi katta, labi do‘rdaygan ayoldan, ko‘zi kichik, labi yupqa erkak nikohidan labi o‘rtacha qalinlikda, ko‘zi o‘rtacha kattalikda bo‘lgan farzand tug‘ildi. Ota-ona genotipi qanday?

A) AABB x aabb B) AaBB x aabb

C) AaBb x aabb D) AABb x aabb

8. To‘lqinsimon sochli, qora ko‘zli ayol, ko‘k ko‘zli, to‘lqinsimon sochli erkakka turmushga chiqdi. Birinchi farzandi ko‘k ko‘zli, jingalak sochli bo‘lib tug‘ildi, bu oilada keyingi farzand qora ko‘zli, tekis sochli bo‘lib tug‘ilishi mumkinmi?

A) mumkin 25% B) mumkin 12,5%

C) mumkin 100% D) mumkinmas

9. Tug’ruqxonada 2 ta chaqaloqni almashtirib qo’yishdi. Bitta bolaning ota- onasining qoni I va II gruppa, ikkinchi ota- onaning qoni II va IV guruh. Bolalardan birida I qon guruhi, ikkinchisida IV qon guruhi. Qaysi o’g’il bola kimniki ekaninini aniqlang.

A)1- I va II niki, 2-II va IV niki

B) 1- IIva IV niki, 2-II va IV niki

C) 1- II va IV niki, 2-I va II niki D) 1- I va II niki, 2-I va II niki

10 Miopiya, yani yaqindan ko’rish kasalligi dominant belgi bo’lib autosoma xromosomada joylashgan, uning retsessivi esa normal ko’rishni belgilaydi. Gemofiliya kasalligi jinsiy X xromosomada, tepakallik geni esa Y xromosomada joylashgan bo’lib, retsissiv holda irsiylanadi. Barcha belgilari bo’yicha geterozigota ayol, normal ko’ruvchi gemofilik tepakal erkakka turmushga chiqdi, tug’ilgan o’g’il farzandlarning necha foizi otasiga o’xshaydi.

A) 75 B) 100 C) 50 D) 25

11.Ba’zan odamlarda qon guruhlarining o’ziga xos holatda nasldan naslga o’tishi kuzatiladi(Bombey fenomeni). Bunday holatlarda II va III qon guruhlarining yuzaga chiqishi retsessiv Epistaz geni tomonidan bo’g’ib qo’yiladi. Ota I qon guruhli , ona esa II qon guruhli bo’lgan oilada qon guruhi I bo’lgan qiz tug’ilgan, u qon guruhi II bo’lgan yigitga turmushga chiqqan va ularda ikkita qiz tug’ilgan: birinchisida IV, ikkinchisida I qon gruppasi mavjud. Uchchala avlodning genotiplarini “Bombey fenomeni”ni hisobga olgan holda aniqlang.

12. Oilaviy giperxolesterinemiya autosoma orqali nasldan- naslga o’tadi. Geterozigota holatda kasallik qonda xolesterin miqdorining ko’payishi bilan xarakterlanadi, gomozigota holatida esa undan tashqari ksantoma va ateroskleroz ham kuzatiladi. Har ikkala ota- onada qonda xolesterin yuqori miqdorda bo’lganda bolalarda giperxolesterinemiyaning rivojlanish darajasi ehtimolligini aniqlang.

A) 25% og’ir; 50% yengil; 25% sog’

B) 50% og’ir; 25% yengil; 25% sog’

C) 25% og’ir; 50% yengil; 50% sog’

D) 25% og’ir; 50% yengil; 12,5% sog’

13.Tarixda Bombey fenomeni deb nom olgan hodisa tafsiloti quydagicha. Birinchi qon guruhiga ega yigit uchinchi qon guruhli qizga uylanganda, birinchi qon guruhli qiz tugilgan. U balog’atga yetkach, ikkinchi qon guruhli yigitga turmushga chiqib, ikkita qiz tuqqan. Ularning biri birinchi, ikinchisi to’rtinchi qon guruhli bo’lgan. Bu g’ayritabiiy hodisa adabiyotlarda bir necha marotaba takrorlanganligi qayd qilinadi. Bazi bir genetikalar bu g’ayritabiiy hodisani retsessiv epistaz genlari qon guruhini belgilovchi A va B genlar ta’sirini yo’qotish bilan tushuntiradilar. Shu taxminni e’tiborga olib;

Uchunchi avloddagi birinchi qon guruhiga ega qiz shunday genotipga bo’lgan yigitga turmishga chiqsa, qanday qon guruhli bo’ladi?

14.Daun sindromi bilan kasallangan erkakda jinsiy xromosomalar bo'yicha kariotipi qanday?

A)XX B)XY C)XXY D)XO

15.Daun sindromi bilan kasallangan ayolda jinsiy xromosomalar bo'yicha kariotipi qanday?

A)XX B)XY C)XXY D)XO

16.Klaynfelter sindromi bilan kasallangan shaxslarda jinsiy xromosomalar bo'yicha kariotipi qanday?

A)XX B)XY C)XXY D)XO

17.Shereshevskiy-Terner sindromi bilan kasallangan shaxslarda jinsiy xromosomalar bo'yicha kariotipi qanday?

A)XX B)XY C)XXY D)XO

18. II qon guruhi bo’yicha geterozigota ayol qon guruhi IV bo’lgan erkak bilan turmush qurganda, ularning bolalarida qon guruhi qanday bo’lishi mumkin?

A)II,IIIIV B)II, III

C)I D)I,II,III,IV

19. Ota- onalarning har ikkalasining qoni II guruhli bo’lsa ularning bolalarida II qon guruhidan boshqa yana qanday guruhli qonlar bo’lishi mumkin?

A)II,IIIIV B)II, III

C)I D)I,II,III,IV

20.Odamda birinchi qon guruhi I°I°, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA , geterozigota holatda IAI°, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBI0 , to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi.

I. Gomozigota holatdagi II va III qon guruhiga ega bo'lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhiga ega bo'lgan farzandlar dunyoga keladi?

A)IV B)II, III C)I D)I,II,III,IV

II.Geterozigota holatdagi II va III qon guruhiga ega bo'lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhiga ega bo'lgan farzandlar dunyoga keladi?

A)IV B)II, III C)I D)I, II, III, IV

III. I va geterozigota II-guruhiga ega bo'lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhiga ega bo'lgan farzandlar dunyoga keladi?

A)IV B)II, III C)I, II D)I, II, III, IV

IV. Qaysi qon guruhiga ega bo'lgan yigit va qiz nikohidan dunyoga kelgan farzandlarda qon guruhi ota-onasinikidan farq qiladi?

A)I, II B)II,III C)I, IV D)I,III

21.Odamda karlikning 2 turi mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi dominant (, ikkinchisi esa retsessiv (b) genlar bilan belgilanadi.

I.Сhatishtirishlarning qaysi birida naslda

5 ta kar : 3 sog‘lom nisbatda ajralish ro‘y beradi?

A) AABB x aabb B) AaBB x aabb

C) AaBb x aaBb D) AABb x aabb

II.Сhatishtirishlarning qaysi birida naslda

7 ta kar : 1 sog‘lom nisbatda ajralish ro‘y beradi?

A) AABB x aabb B) AaBB x aabb

C) AaBb x Aabb D) AaBb x aaBb

22.Odamda shapko’rlik normal ko’rishga nisbatan dominant holda irsiylanadi. Onasi shapko’rlik bilan kasallangan (gomozigota), otasi polidaktiliya (gomozigota) qiz otasi shapko’r, polidaktiliya (digomozigota) onasi sog’ yigitga turmushga chiqdi. Shu oilada tug’iladigan farzandlarning necha foizining a) genotipi otasiga o’xshash; b) genotipi onasiga o’xshash; c) polidaktiliya mutatsiyasi sodir bo’lgan; d) polidaktiliya mutatsiyasi kuzatilmaydi?

1) 18,75%; 2) 6,25%; 3) 25%; 4) 50%; 5) 0%;

6) 56,25%; 7) 75%

A) a-3; b-3; c-3; d-7

B) a-3; b-3; c-7; d-3

C) a-1; b-3; c-5; d-7

D) a-2; b-4; c-6; d-1

23.Odamda normal eshitish qobiliyati ikki gen D va E genlari bilan belgilanadi. D- chig’anoqning rivojlanishi, E- eshituv nervi rivojlanishini belgilaydi.Har ikkala genlar bo’yicha dominant gomozigotalar DDEE yoki geterozigota DdEe organizmlar eshitish qobiliyati normal bo’ladi. Agar ikkita allelmas genlarning bittasi retsessiv gomozigota holda kelsa (DDee, yoki ddEE) karlik yuzaga keladi. Quyidagi genotipli insonlar turmush qurganda ulardan qanday farzandlar tug’iladi?

DdEe x ddee

A) 7:1 B) 3:1

C)1:1 D) 6:2

24.Odamda normal eshitish dominant, karlik esa retsessiv belgi hisoblanadi. Normal eshituvchi, II qon guruhli geterozigotali ota-onadan tug‘ilgan farzandlarning necha foizi ikkala belgi bo‘yicha gomozigotali bo‘ladi?

A) 50% B) 25% C) 0% D) 66,6%

25.Odamlarda normal ko‘rish miopiyaga, ko‘z rangining ko‘k bo‘lishi qora ranglisiga nisbatan retsessiv irsiylanadi. Onasining ko‘zi normal ko‘radigan, ko‘k ko‘z va otasining ko‘zi qora va normal ko‘radigan bo‘lsa,bu oiladan qora ko‘zli farzandlarning tug‘ilish ehtimolliligi necha % bo‘lishi mumkin?

A) mumkin 25% B) mumkin 12,5%

C) mumkin 100% D) mumkinmas

26.Odamlarda sepkillarning bo‘lishi dominant genga, sepkillarning bo‘lmasligi retsessiv genga bog‘liq. Sepkilli ayol bilan sepkillari bo‘lmagan erkak turmushidan beshta farzand tug‘ildi deb faraz qilaylik. Ularning 3 tasi sepkilli, 2 tasi sepkilsiz bo‘lsa ota-ona genotipi qanday bo‘ladi.

A) AA x aa B) Aa x aa

C) AAx Aa D) Aa x Aa

27. Onasi shap ko’r (geterozigota), otasi polidaktiliya bilan kasallangan sog’ qiz otasi shap ko’r va polidaktiliya bilan kasallangan onasi sog’ yigitga turmushga chiqdi. Yigit shap ko’rlik bilan, uning ukasi polidaktiliya bilan kasallangan. Shu oilada tug’ilidagin farzandlarning necha foiz ikkala kasallik bilan kasallanishi mumkin.

A) 50% B) 25% C) 0% D) 66,6%

28.Odamlarda sochning qora rangi malla rang soch ustidan, sepkillilik sepkilsizlik ustidan dominantlik qiladi.

I. Qora sochli sepkilsiz ayol malla sochli, sepkilli yigit bilan turmush qurgan. Ushbu oilada ikki farzand bo'lib, ulardan biri qora sochli, sepkilli va ikkinchisi malla sochli, sepkilli bo'lgan. Ota-onalarning genotipini aniqlang.

A)AabbxaaBB B)AAbb x aaBB

C)AABBxaabb D)AAbb x aaBb

II. Qora sochli sepkilli yigit xuddi shunday ayol bilan turmush qurgan. Ushbu nikohdan qora sochli, sepkilsiz o'g'il va malla sochli, sepkilli qiz tug'ilgan. Ota-onalarning genotipi qanday?

A)AaBB x AaBB B)Aabb x Aabb

C)AaBb x AaBb D)AABb x AABb

III. Qora sochli sepkilli (ikki belgi bo'yicha geterozigotali)yigit malla sochli, sepkilsiz ayol bilan turmush qursa, avlodda fenotip bo'yicha qanday ajralish olinadi?

A)1:2:1 B)1:1:1:1 C)9:3:3:1 D)1:4:6:4:1

IV. Qora sochli sepkilli (ikki belgi bo'yicha geterozigotali)yigit malla sochli, sepkilsiz ayol bilan turmush qursa, avlodda qanday genotiplilar olinmaydi?

A)AaBB, aaBB B)AaBb, aabb

C)Aabb, aaBb D)AaBb, Aabb

29.Qon guruhi I bo'lgan yigit gomozigota III qon guruhli qiz bilan turmush qurdi. Oilada tug'iladigan bolalarning qon guruhi bo‘yicha eritrotsitlari va plazmasi tarkibini ko‘rsating.

A)eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo'lmaydi, plazmada agglutinin a va b bo'ladi

B) eritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglutinin b bo‘ladi

C) eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada agglutinin a bo'ladi

D) eritrotsitlarda agglutinogen A va В bo'ladi, plazmada agglutinin umuman bo'lmaydi

30.O’roqsimon anemiya, katarakta, ahondroplaziya kasaliklari chala dominantlik holda irsiylanadi. Gomogigota dominant holda embrional rivojlanishning dastlabki bosqichlaridayoq o’lib ketadi. Trigetrozigota ota-onadan tug’ilgan farzandlarni necha % o’roqsimon anemiya va ahondroplaziya bo’yicha hamda barcha belgilar bo’yicha sog’lom bolalarning tug’ilish ehtimolligi necha %ni tashkil etadi?

A) 3.703 / 7.407 B) 7.407 / 3.703

C)11.109 / 7.407 D) 7.407 / 11.109

31. Gipofosfatomik raxit jinsiy X-xromosomada joylashgan dominant gen ta'sirida yuzaga chiqadi. Gipofosfatomik raxit bilan kasallangan, II qon guruhiga ega bo'lgan ayol bilan ushbu raxit formasi bo'yicha sog'lom, III qon guruhli erkak oilasida I qon guruhiga ega sog'lom bo'lgan qiz tug'ildi.

I. Ushbu oilada anomaliyaga ega bo’lgan farzandlarning necha %i I, II, III, IV qon guruhlariga ega?

A) 25;25;25;25 B) 12,5;25;12,5;50

C) 25;25;0;50 D) 50;12,5;12,5;25

II. Ushbu oilada anomaliyaga ega bo’lgan va anornaliyasiz II qon guruhli farzandlarning tug'ilish ehtimolini toping.

A) 25;25 B) 12,5;12,5

C) 25;0 D) 50;12,5

III. Ushbu oilada sog'lom farzandlarning necha %i I, II, III, IV qon guruhlariga ega?

A) 25;25;25;25 B) 12,5;25;12,5;50

C) 25;25;0;50 D) 50;12,5;12,5;25

32.Odamlarda ko'zning qo'ng'ir rangda bo'lishi, sochning jingalak shaklda boiishi dominant belgi, barmoqlarning normal, ya'ni 5 ta bo’lishi retsessiv belgi. Ushbu belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar har xil juft xromosomalarda joylashgan bo'lib, bir-biri bilan birikmagan holda irsiylanadi. Ko'zlarining rangi qo'ng'ir, silliq sochli, polidaktiliya belgisiga hamda II qon guruhga ega bo'lgan erkak va ko'zlarining rangi

ko'k, sochlari to’lqinsimon, barmoqlari normada, III qon guruhli ayol nikohidan ko'zining rangi ko'k, barmoqlarining soni normada, silliq sochli, I qon guruhiga ega bo’lgan farzand tug'ildi.

a) Ota-onaning genotipini toping.

b) Bu oiladagi II qon guruhli farzandlarning necha %i sog'lom?

c) Bu oiladagi IV qon guruhli farzandlarning necha %i polidaktiliya bilan kasallangan?

A) a-AabbCcIAIo x aaBbccIBIB b-50%,c-50%

B) a-AabbCcIAIo x aaBbccIBIo b-75%,c-25%

C) a-AabbCcIAIA x aaBbccIBIo b-50%,c-50%

D) a-AabbCcIAIo x aaBbccIBIo b-50%,c-50%

33.Odamlarda qandli diabet va fenilketonuriya kasalliklari retsessiv autosoma tipda irsiylanadi. Qandli diabet bilan kasallangan erkak, shu belgilari bo‘yicha sog‘lom ayol bilan turmush qurdi. Ularning oilasida tug‘ilishi mumkin bo‘lgan farzandlardan biri qandli diabet bilan, ikkinchisi esa birinchi belgi bo‘yicha sog‘lom, ikkinchi belgi bo‘yicha fenilketonuriya bilan kasallangan. Tug‘ilgan farzandlardan diabet bilan kasallanganlarining shu belgi bo‘yicha sog‘lom farzandlarga nisbatini aniqlang.

A) 3:1 B) 4:1 C) 2:1 D) 1:1

34.Odamda shapko’rlik normal normal ko’rishga nisbatan dominant holda irsiylanadi. Onasi shapko’rlik bilan kasallangan (gomozigota), otasi polidaktiliya (gomozigota) qiz otasi shapko’r, polidaktilya (digomozigota), onasi sog’ yigitga turmushga chiqdi. Qizning ota-onasining genotipini toping.

A) aaBb х AaBb B) Aabb х aaBB

C) AaBb х Aa Bb D) aaBB х AAbb

35.Glaukoma kasalligi katta yoshdagi odamlarda bir necha yo'l bilan nasldan naslga o'tadi. Bu kasallikning bitta turi autosomada joylashgan dominant gen bilan, ikkinchi turi retsessiv autosoma geni bilan ifodalanadi. Bu genlar bir-biri bilan birikmagan holda irsiylanadi. Agar ota-onalar ikkala patologik genlar bo'yicha geterozigotali bo'lsa, bolalarning sog' bo'lib tug'ilish ehtimoli nechaga teng?

A)9/16 B)3/16 C)1/16 D)15/16

36. Odamda kar-soqovlik kasalligining ikki xil turi uchraydi va ular retsessiv, autosomaga birikkan genlar bilan ifodalanadi.

I. Agar ota-onalar kar-soqovlik kasalligining bir turi bilan kasallangan, boshqa turi bo'yicha esa sog' va geterozigotali bo'lsa, kar-soqov bolaning tug'ilish ehtimolini aniqlang.

A)100% B)75% C)25% D)50%

II.Agar ota-onalar kar-soqovlik kasalligining bir turi bilan kasallangan, boshqa turi bo'yicha esa sog' va geterozigotali bo'lsa, sog'lom bolalarning tug'ilish ehtimolini aniqlang.

A)75% B)0% C)50% D)25%

III.Agar ota-onalar kar-soqovlik kasalligining bir turi bilan kasallangan, boshqa turi bo'yicha esa sog' va geterozigotali bo'lsa, ota-ona genotipi qanday bo'ladi?

A)AABbxaaBb

B)aaBB x Aabb

C)aaBb x aaBb

D)AaBb x AaBb

IV. AaBb x AaBb genotipga ega bo'lgan ota-onalar avlodida fenotip bo'yicha qanday ajralish namoyon bo'ladi?

A)3 sog' : 1 kar B)3 kar : 1 soqov

C)9 sog' : 7 kar-soqov D)1 sog': 3 kar

37.Glaukoma kasalligi katta yoshdagi odamlarda bir necha yo'l bilan nasldan naslga o'tadi. Bu kasallikning bitta turi autosomada joylashgan dominant gen bilan, ikkinchi turi retsessiv autosoma geni bilan ifodalanadi. Bu genlar bir-biri bilan birikmagan holda irsiylanadi. Agar ota-onaning bittasi ikkala patologik genlar bo'yicha geterozigotali, ikkinchisi esa ikkala genlar bo'yicha sog' va gomozigotali bo'lsa, avlodda kasal bolalar tug'ilish ehtimolini aniqlang.

A)25% B)0% C)50% D)75%

38. II qon guruhli, qo'yko'z, polidaktiliya bilan kasallangan ona va III guruhli, ko'kko'z, 5 barmoqli otadan I qon guruhli, ko'kko'z, 5 barmoqli farzand tug'ildi (qo'y ko'zlik ko'k ko'zlik ustidan, polidaktiliya 5 barmoqlilik ustidan dominantlik qiladi). Ota-ona genotipini toping.

A)IAI0AaBbxIBI°aabb

B)IAI°aaBbx IBI°Aabb

C)IAIAAaBbx IBI°aabb

D)IAIAAaBbx IBIBaabb

39.Genotipi qanday bo'lgan ota-onalardan 4 ta qon guruli, malla sochli, chapaqay farzandlar tug'ilishi mumkin? (sochning to'q rangi malla rangi ustidan, o'naqaylik chapaqaylik ustidan dominantlik qiladi)

A)AaBbIAI° x AaBbIB

B)AaBbIAI° x AabbIB

C)AaBbIAI° x aabbIB

D)barchasidan

40.Odamda normal eshitish dominant, karlik retsessiv belgi hisoblanadi.

I. Normal eshituvchi II qon guruhli geterozigotali ota-onadan tug'ilgan farzandlarning necha foizi ota-onaga genotip jihatdan o'xshash bo'ladi?

A)25% B)50% C)75% D)100%

II. Normal eshituvchi II qon guruhli geterozigotali ota-onadan tug'ilgan farzandlarning necha foizi ikkita belgisi bo'yicha gomozigota bo'ladi?

A)25% B)50% C)75% D)100%

41.Rezus musbat. II qon guruhli. rangni ajrata olmaydigan, qoni normal ivimaydigan erkak bilan rezus musbat, II qon guruhli, rangni

yaxshi ajrata oladigan, gemofiliya bo'yicha tashuvchi sog'lom ayol turmush qurishdi. Ular nikohidan rezus manfiy, I qon guruhli, rangni yaxshi ajrata oladigan, gemofilik o'g'il tug'ildi. (Rezus musbat dominant, daltonizm va gemofiliya kasalliklari jinsiy X- xromosomada joylashgan retsessiv gen kasalliklari bo'lib, to'liq birikkan holda irsiylanadi). Tug'ilgan I qon guruhli o'g'il bolalar ichidan necha %i rangni yaxshi ajrata oladigan, gemofiliya bilan kasallangan, manfiy rezusga ega?

A)25 B) 50 C) 12, 5 D) 37,5

42. Odamda karlikning 2 turi mavjud bo'lib, ulardan birinchisi dominant (A), ikkinchisi esa retsessiv (b)genlar bilan belgilanadi.

I. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida naslda 5 ta kar : 3 sog'lom nisbatda ajralish ro'y beradi?

A)AaBb x aabb

B)AaBb x aaBb

C)AaBb x Aabb

D)AaBb x AaBb

II.Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida naslda 7 ta kar : 1 sog'lom nisbatda ajralish ro'y beradi?

A)AaBb x aabb B)AaBb x aaBb

C)AaBb x Aabb D)AaBb x AaBb

43.Otasi qora ko’zli, onasi ko’k ko’zli bo’lgan qora ko’zli yigit, ota-onasi qora ko’zli bo’lgan qora ko’zli qizga uylandi. Bu nikohdan qora ko’zli bir o’g’il va ikki qiz tug’ildi. Agar farzadlarning ona tomonidan ajdodlari hech qachon retsessiv belgiga ega bo’lmaganligini hisobga olsak, bu oilada ko’k ko’zli farzanlarning tug’ilish ehtimolligi qancha % ni tashkil etadi?

A) 100% B) 50% C) 25% D) 0%

44.Odamda ko’r bo’lishning ikki turi uchrab ,ularning har biri retsessiv gen orqali nasldan-naslga o’tadi. Mazkur retsessiv genlar har-hil xromosomalarda joylashgan.

I)agar ota-ona ko’rlikning bir turi bilan kassallangan bo’lsa, ikkinchi turi bilan normal bo’lsa, bu oilada bolalarning ko’rish qobilyati qanday bo’ladi ?

A) 100% ko’r

B) 100% sog’

C) 50% ko’r : 50% sog’

D) 75% ko’r : 25% sog’

II)agar ota-ona gomozitgota holatda ko’rlikning har ikkala turi bilan kasallangan bo’lsachi ?

A) 100% ko’r

B) 100% sog’

C) 50% ko’r : 50% sog’

D) 75% ko’r : 25% sog’

III)quydagi ma’lumotlardan foydalanib, oilada ko’r bola tug’ulish extimolini aniqlang :

ota-ona normal ko’radi, buvilarining ikkisi ham bir turdagi kasallik bilan kasallangan, ikkinchi turi bilan gomozigota holatda sog’lom buvalarining avlodida ko’rlik kuzatilmagan

A) 100% ko’r

B) 100% sog’

C) 50% ko’r : 50% sog’

D) 75% sog’ : 25% ko’r

45. II qon guruhli, qo’yko’z, polidaktiliya bilan kasallangan ona va III qon guruhli, ko’kko’z 5 barmoqli otadan I qon guruhli, ko’kko’z, 5 barmoqli farzand tug’ildi(qo’y ko’z ko’k ko’z ustidan, polidaktiliya 5 barmoqlilik ustidan dominantlik qiladi). Ota ona genotipini aniqlang.

A) IAI0AaBb x IBI0 aabb

B) IAI0AABb x IBIBaaBb

C) IAIAAaBB x IBI0aabb

D) IAIBAaBb x I0I0Aabb

46. Albinizm kasalligi retsessiv autosoma kasalligi, daltonizm retsessiv jinsga birikkan holda irsiylanadi. I qon guruhi I0 I0 va II qon guruhi IAIA, IAIO holda ifodalanadi. Geterozigota II qon guruhli daltonizm va albinizm bo‘yicha sog’lom gomozigotali ayol, daltonik bo’lgan va qolgan ikki belgi bo‘yicha geterozigotali II qon guruhli erkakka turmushga chiqdi. Ushbu oilada tug‘ilgan farzandlarning necha foizining qon guruhi I, gomozigotali II va geterozigotali II bo’lishi ehtimolini toping.

A) 25; 25; 50 B) 50; 25; 25

C) 25: 50; 25 D) 12,5; 12, 5; 75




13-DARS.

Nuklein kislotalar va

Oqsil biosintezi

Irsiy belgilarni nasldan-naslga olib o‘tuvchi gen-dezoksiribonuklein kislotaning ma’lum uchastkasi hisoblanadi. Gen albatta belgiga birdaniga ta’sir ko‘rsatmaydi. U odatda, oqsilning birlamchi strukturasini ya’ni oqsil polimerida aminokislotalar qancha va qanday izchillikda joylashganligini ifodalaydi. Boshqacha ayttanda, gen bilan belgi o‘rtasidagi munosabat gen – oqsil-belgi tartibida amalga oshadi. DNK—dezoqsiribonuklein kislota biopolimer bo‘lib, qo‘sh spiraldan tashqil topgan. Uning monomerlari nukleotidlar hisoblanadi. Har bir nukleotid azotli asos, dezoksiriboza va fosfat kislota qoldig‘idan iborat. Nukleotidlarda azotli asoslarning 4 xili-adenin, timin, sitozin va guanin uchraydi. DNK spiralida azotli asoslar komplementarlik qonuni asosida joylashgan. CHunonchi, DNK spiralining birida adenin bo‘lsa, qarama-qarshasidagi qo‘sh spiralda albatta timin. guanin qarshisida qo‘shni spiralda sitozin joylashgan bo‘ladi.DNK ning bir sipiralida nukleotidlar o‘zaro azotli asos va fosfat kislota qoldig‘i bilan birikadi. qo‘shni spiraldagi nukleotid bilan esa vodorod bog‘lari orqali birikadi. . RNK bir qavat zanjirdan iborat. Unda ham yuqorida qayd etilgan azotli asos, riboza va fosfat kislota qoldig‘i uchraydi. Lekin farqi shundaki, timin o‘rniga uratsil azotli asosi joylashgan bo‘ladi.RNK informatsion RNK (i-RNK), transport RNK (t-RNK) va ribosomal RNK (r-RNK) ga bo‘linadi.DNK dagi nukleotidlarning joylanish tartibi ma’lum ma’noga ega.




Download 194.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling