Aql tarozisida o’lchab ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir. Abu Ali ibn Sino


Download 194.87 Kb.
bet3/11
Sana08.11.2020
Hajmi194.87 Kb.
#142581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BIOLOGIYA 80


5-DARS

Poliduragay chatishtirish

1. Qora va jingalak sochli, ko‘kko‘z ayol sariq, silliq sochli qo‘yko‘z yigitga turmushga chikib, sariq sochli ko‘kko‘z farzand ko‘rdi

Ota-onaning genotipi qanaqa.

A)AaBbCc x aabbcc B)AABBcc x aabbCC

C)aabbCC x AabbCc D)AaBBcc x aabbCc

2. Pomidorning gomozigota uzun poyali, qizil va yumaloq mevali formasi kalta poyali sariq va noksimon mevali formasi bilan chatishtirilgan.

I. F1 da duragaylarning ko‘rinishi qanday bo‘ladi.

A)AaBbCc B) AaBBCC

C) AaCcBB D) AaBbcc

II. Pomidorning geterozigota uzun poyali, qizil va yumaloq mevali formasi kalta poyali sariq va noksimon mevali formasi bilan chatishtirilgan F1 duragaylarning genotipini aniqlang?

A)AABBCC, AaBbCc, AaBBCc, Aabbcc

B)AaBbCc, AaBBCC, AaCcBB, AaBbcc, Aabbcc

C)AaBbCc, aaBbCc, AABbCc, AaBBCc, aaBbcc, AaBbcc, aabbcc

D)AaBbCc, AaBbcc, AabbCc, Aabbcc

3. Tovuqlarning gomozigota, oyog’ida pati bor, oddiy tojli va oq patli formasi, gomozigota, oyog’ida pati yo‘q gulsimon tojli va qora patli xo‘rozlar bilan chatishtirilgan. F1 ning genotipini aniqlang.

A)AaBbCc B) AaBBCC

C) AaCcBB D) AaBbcc

4. No‘xat donining sariq rangi (A) yashil rangi (a), tekisligi (B) burishganligi (b), gultojibargining qizil rangi (S) oq rangi (s) ustidan dominantlik qiladi.

I. Quyidagicha genotipga ega formallarni chatishtirish natijasida hosil bo‘lgan no‘xatlarning fenotipini aniqlang:

AaBbSS X aaBBSs;

A) 3:3:1:1 B) 1:1:1:1 C) 4:4 D) 6:2

II. Quyidagicha genotipga ega organizmlarning qaysi birini chatishtirsh natijasida 4 ta sariq tekis, qizil va 4 ta yashil, tekis, qizil formalarni olish mumkin.

A)AaBbCc x aabbcc B)AABBCc x AaBbCC

C) AabbCC x aaBbCc D)AaBbCC x aaBBCc

III. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida faqat sariq, tekis, qizil hamda sariq, burishgan, qizil duragaylar olish mumkin?

A)AABbCc x aabbcc

B)AABbCc x AaBbCC

C)aabbCC x AAbbCC

D)AAbbCc x aaBbCc

IV.Quyidagicha genotipga ega organizmlarning qaysi birini chatishtirsh natijasida faqat sariq tekis, qizil va faqat sariq, tekis, oq faromalarni olish mumkin.

A)AaBbCc x aabbcc B)AABBCc x AaBbCc

C)aabbCC x AabbCc D)AaBbCC x aaBBCc

5. Agar AaBbCcDd genotipga ega duragay bilan aabbccdd forma chatishtirilsa, u holda

a) duragaydan necha xil gameta olish mumkin bo‘ladi b)ularning nechtasi 4 ta dominant;

v) nechtasi 4 ta retsessiv genga ega bo‘ladi.

A) a-16, b-1, v-1 B) a-16, b-4, v-2

C) a-16, b-2, v-2 D) a-16, b-3, v-1

6. G‘o‘za o‘simligida antotsian rang (R) yashil rang (r), tolaning malla rangi (B) oq rang (b), panjasimon qirqilgan barg (O.) oddiy barg (o) ustidan qisman dominantlik qiladi.

Quyidagicha genotipli organizmlarning chatishishidan qanday genotipik nisbat olinadi.

RRBbOo X Rrbboo

A) 3:3:1:1 B) 1:1:1:1

C)2:1:2:1:1:1 D) 1:1:1:1:1:1:1:1

7. CHeklanmagan hosil shoxli, och antotsian rang poyali, novvotrang tolali g‘o‘za cheklangan hosil shoxli, yashil poyali, oq tolali g‘o‘za bilan chatishtirilganda Fb da hosil bo‘lgan o‘simliklarning genotipi qanday bo‘ladi.

A) 3:3:1:1 B) 1:1:1:1

C)2:1:2:1:1:1 D) 1:1:1:1:1:1:1:1

8.Bug‘doyning geterozigota poyasi uzun , boshog‘i uzun, boshog‘i qiltiqli navi bilan poyasi kalta, boshog‘i kalta, boshog‘i qiltiqsiz formasi chatishtirilgan, F1 ning fenotipik sinflarini aniqlang.

A) 3:3:1:1 B) 1:1:1:1

C)2:1:2:1:1:1 D) 1:1:1:1:1:1:1:1

9.Sulida poyaning balandligi, kechpisharlik va zang zamburug'iga chidamsizlik poyaning normalligi, ertapisharlik, zang zamburug'iga chidamlilik belgilariga nisbatan retsessivdir.

I. Baland poyali, kechpishar va zang kasalligiga chidamsiz suli navi barcha belgilari bo'yicha gomozigotali bo'yi normal, ertapishar, zang kasalligiga chidamli navi bilan chatishtirilishi natijasida olingan F1duragaylar necha xil garneta hosil qiladi?

A)birxil B)ikki xil C)to'rt, xil D)sakkiz xil

II.Baland poyali, kechpishar va zang kasalligiga chidamsiz suli navi bilan poyasining bo‘yi normal, ertapishar, zang kasalligiga chidamli navni chatishtirish natijasida olingan urug‘ 123 ta o‘simlik rivojlangan. F1 duragaylar barcha belgilari dominant bo‘lgan ota forma bilan chatishtirish natijasi 472 ta o‘simlik olingan:

a) F1 duragay necha xil gameta hosil qiladi.

b) Fb necha xil genotipga ega bo‘lishi mumkin.

v) Fb necha xil fenotipga ega bo‘ladi.

g) Fb o‘simliklar orasida genotipi F1 ga o‘xshash

o‘simliklar qancha bo‘lishi mumkin.

A) a-8, b-8, v-1, g-123 B) a-8, b-8, v-1, g-59

C) a-8, b-8, v-8, g-59 D) a-8, b-8, v-1, g-472

10. Guli qizil, baland bo'yli, yashil donli o'simliklar guli oq, past bo'yli, sariq donli o'simliklar bilan chatishtirildi. F1 da guli qizil, baland bo'yli, sariq donli o'simliklar olingan.

I. F2 da kombinatsiyalar soni qancha? Agar F2 da jami 960 ta o'simlik olingan bo'lsa, ulardan qanchasi fenotip bo'yicha F1 duragaylariga o'xshaydi?

A)27, 960 B)64, 960 C)64, 405 D)64,900

II. Agar F2 da jami 960 ta o'simlik olingan bo'lsa, ulardan nechtasi genotip jihatdan dastlabki ota-ona formalarga o'xshash bo'ladi?

A)45, 15 B)15, 15 C)405, 15 D)405,90

III. Agar F2 da jami 960 ta o'simlik olingan bo'lsa, ulardan nechtasi genotip jihatdan F1 duragaylariga o'xshash bo'ladi?

A)135 B)120 C)405 D)380

11. Bekkross chatishtrishda qanday duragaylash ishlari olib boriladi?

A)F1 duragaylar o’zaro chatishtirladi

B)F1 duragay gomozigotali dominanat organizm bilan chatishtiriladi

C)F1 duragay gomozigotali retsessiv organizm bilan qayta chatishtiriladi

D)Retsessiv organizmlar o’zaro chatishtiriladi

12.Ikkita ota-ona forma chatishtirilganda, naslda fenotipi har xil bo’lgan teng miqdordagi individ hosil bo’lgan, ya’ni 1:1:1:1:1:1:1:1. Bunday chatishtirish tipi nima deb ataladi?

A)diduragay chatishtirish

B)poliduragay chatishtirish

C)monoduragay chatishtirsh

D)tahliliy chatishtirish

13. Tetraduragay chatishtirishda F2 da genotiplarning mumkin bo’ladigan kombinatsiyalar soni nechta bo’ladi?

A)256 B)156 C)225 D)64

14. Qora va to’lqinsimon sochli, ko’kko’z ayol sariq silliq; sochli, ko’k ko’z yigitga turmushga chiqib sariq silliq sochli ko’kko’z farzand ko’rdi. Ota-onasining genotipi qanaqa?

A)AaBbcc x aabbcc B)AaBbCc x aabbcc

C)AaBbCC x AaBbCc D)AaBbcc x aabbCc

15. Quyidagi genotipga ega bo’lgan organizmlarning qaysi birlarini o’zaro chatishtirish natijasida 1:1:1:1:1:1:1:1 nisbat olish mumkin?

A)AaBbCC x AABbCc B)AaBbcc x aabbCc

C)AabbCc x aaBbCc D)aabbcc x AaBbCC

16. Triduragay chatishtirishda F2 da genotip va fenotip jihatdan har xil bo’lgan individlar soni nechta bo’ladi?

A)2,3 B)3,24 C)16,27 D)27,8

17.Odamlarda ko'zning qora (Q), yuzda sepkil (S) bo'lishi va polidaktiliya (P) dominant, ko'zning ko'k (q), barmoqlarning normal bo’lishi (p), sepkil yo'qligi (s) retsessiv belgilar hisoblanadi. Tubandagi genotipli erkak va ayollardan a)ko'k ko'zli, sepkilli, polidaktiliya farzandlar b) qora ko'z, sepkilsiz, 5 barmoqli farzandlarning tug'ilish ehtimolini (%) aniqlang.

QqSSPp x qqssPp

A) a-37,5% , b-0% B) a-37,5% , b-12,5%

C) a-37,5% , b-18.75% D)a-12,5% , b-0%

18. To'lqinsimon sochli, ko'zlar oralig'i va og'iz kattaligi o'rtacha bo’lgan erkak va ayol nikohidan jingalak sochli, ko'zlar oralig'i uzoq, og'iz kattaligi kichik farzand tug'ildi. Keyingi farzandlarining silliq sochli, ko'zlar oralig'i qisqa, og'iz kattaligi kichik bo’lib tug'ilishi ehtimolini aniqlang (%)

A) 2,26% B) 1,56% C) 1,67% D) 2,12%

19. Kataraktaning bir necha xil irsiy shakllari mavjud. Bir turi autosoma dominant tipda, ikkinchi turi autosoma retsessiv tipda irsiylanadi. Ular bir-biri bilan birikmagan holda irsiylanadi.

I.Bir oilada qo'ng'ir ko'zli er-xotinning ikkalasi kataraktaning autosoma-dominant turi bo'yicha ham, kataraktaning autosoma-retsessiv turi bo'yicha ham, ko'zining rangi bo'yicha ham geterozigotali bo'lsa, sog'lom farzandlarning tug'ilish ehtimolini aniqlang.

A) 18,75% B) 12,5% C) 6,25% D) 25%

II.Bir oilada qo'ng'ir ko'zli er-xotinning ikkalasi kataraktaning autosoma-dominant turi bo'yicha ham, kataraktaning autosoma-retsessiv turi bo'yicha ham, ko'zining rangi bo'yicha ham geterozigotali bo'lsa, sog'lom farzandlarning necha %i ko'k ko'zli

A) 18,75% B) 12,5% C) 6,25% D) 25%

III.Bir oilada qo'ng'ir ko'zli er-xotinning ikkalasi kataraktaning autosoma-dommant turi bo'yicha ham, kataraktaning autosoma-retsessiv turi bo'yicha ham, ko'zining rangi bo'yicha ham geterozigotali bo'lsa, katarakta bilan kasallangan farzandlarning necha %i qo'ng'ir ko'zli?

A) 18,75% B) 12,5% C) 75% D) 25%

20.Odamda jingalak soch silliq soch ustidan to'la dominantlik qilmaydi. Geterozigota holatda soch to'lqinsimon bo'ladi. O'naqaylik va normal eshitish chapaqaylik va karlik ustidan to'la dominantlik qiladi. Jingalak sochli, o'naqay, yaxshi eshitadigan ikki belgisi bo'yicha geterozigotali ayol to'lqinsimon sochli, chapaqay, yaxshi eshitadigan ikkita belgisi bo'yicha geterozigotali erkakka turmushga chiqdi. Bu oilada

a) to'lqinsimon sochli, o'naqay, yaxshi eshitadigan;

b) to'lqinsimon sochli,o'naqay, kar bolalar tug'ilishi ehtimolini aniqlang (%).

A) a-18,75, b- 6,25 B) a- 12,5 ,b-6,25

C)a-6,25, b-6,25 D) a-25,b-6,25

21.Odamlarda qoshning sertuk bo’lishi, yuqori qovoqning osilgan bo’lishi, burunning katta bo’lishi dominant belgi hisoblanadi. Agar qoshi sertuk, qovog’i normada, burni katta, genotip bo'yicha gomozigota erkak siyrak qoshli, qovog'i osilgan va burni kichik gomozigotali ayolga uylansa

I. ularning farzandlari orasida uchchala belgi bo’yicha geterozigotali farzand tug’ilish ehtimoli necha foiz?

A) 25 % B) 0 % C) 75 % D 100 %

II. ularning farzandlari orasida retsessiv belgili farzand tug’ilish ehtimoli necha foiz?

A) 25 % B) 0 % C) 75 % D 100 %

III. ularning farzandlari orasida necha foizining qoshi sertuk, qovog'i osilgan va burni katta bo'ladi?

A) 25 % B) 0 % C) 75 % D 100 %

IV. ularning farzandlari orasida necha foizining qoshi siyrak, qovog'i osilgan va burni kichik bo'ladi?

A) 25 % B) 0 % C) 75 % D 100 %

22.Barcha belgilari bo'yicha geterozigota qo'y ko'z, sepkilli, taram-taram sochli erkak va ayol oilasida

I. tug'lishi mumkin bo'lgan farzandlarning fenotipik sinflari soni to’g’ri berilgan javobni aniqlang.

A) 27 B) 12 C) 8 D) 18

II. tug'lishi mumkin bo'lgan farzandlarning genotipik sinflari soni to’g’ri berilgan javobni aniqlang.

A) 27 B) 12 C) 8 D) 18

III. tug'lishi mumkin bo'lgan farzandlarning qo'y ko’zli bolalarning genotiplari soni to’g’ri berilgan javobni aniqlang.

A) 27 B) 12 C) 8 D) 18

IV. tug'lishi mumkin bo'lgan farzandlarning sepkilsiz bolalarning genotiplari soni to’g’ri berilgan javobni aniqlang.

A) 9 B) 12 C) 8 D) 18

V. tug'lishi mumkin bo'lgan farzandlarning taram-taram sochli bolalarning genotiplari soni tog'ri berilgan javobni aniqlang.

A) 27 B) 12 C) 9 D) 18

VI. tug'lishi mumkin bo'lgan farzandlarning silliq sochli bolalarning genotiplari soni tog'ri berilgan javobni aniqlang.

A) 9 B) 12 C) 8 D) 18

VII.tug'lishi mumkin bo'lgan farzandlarning fenotipik sinflari soni to’g’ri berilgan javobni aniqlang.

A) 4 B) 12 C) 8 D) 6

VIII. tug'lishi mumkin bo'lgan farzandlarning genotipik sinflari soni to’g’ri berilgan javobni aniqlang.

A) 4 B) 12 C) 8 D) 6

23.Odamda o‘roqsimon anemiya glaukoma va axondroplaziya kasalliklari chala dominant holda irsiylanadi. Dominant gomozigotalar embrional rivojlanish jarayonida erta halok bo‘ladi, geterozigotalar yashaydi va kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo‘ladi. O‘roqsimon anemiya bo‘yicha sog‘lom, qolgan kasalliklarning yengil formasi bilan kasallangan ayol, glaukoma bo‘yicha sog‘lom qolgan kasalliklarning yengil formasi bilan kasallangan erkakka turmushga chiqqan.

I.Tug‘ilgan farzandlarning necha foizi uchchala kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo‘ladi?

A) 18,75% B) 12,5% C) 16,6% D) 25%

II. Tug‘ilgan farzandlarning necha foizi o‘roqsimon anemiya bo‘yicha sog‘lom, glaukoma va axondroplaziyaning yengil formasi bilan kasallangan bo‘ladi?

A) 18,75% B) 12,5% C) 16,6% D) 25%

III. Tug‘ilgan farzandlarning necha foizi glaukomaning yengil formasi bilan kasallangan boshqa belgilari bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?

A) 18,75% B) 12,5% C) 16,6% D) 8,3%

IV. Tug‘ilgan farzandlarning necha foizi axondroplaziyaning yengil formasi bilan kasallangan, boshqa belgilari bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?

A) 18,75% B) 12,5% C) 16,6% D) 25%

24.Odamda o‘roqsimon anemiya, glaukoma va axondroplaziya kasalliklari chala dominant holda irsiylanadi. Gomozigotalar embrional rivojlanishda erta halok bo‘ladi, geterozigotalar yashaydi va kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo‘ladi.

I. Trigeterozigota ota-onalardan farzandlarning necha foizi o‘roqsimon anemiya bo‘yicha sog‘lom, qolgan kasalliklarning yengil formasi bilan kasallangan bo‘ladi?

A) 18,75% B) 12,5% C) 6,25% D) 25%

II. Trigeterozigota ota-onalardan tug’ilgan farzandlarning necha foizi o‘roqsimon anemiyaning yengil formasi bilan kasallangan, qolgan belgilari bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?

A) 18,75% B) 12,5% C) 16,6% D) 7,4%

III. Trigeterozigota ota-onalardan tug’ilgan farzandlarning necha foizi glaukomaning yengil formasi bilan kasallangan, qolgan belgilari bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?

A) 18,75% B) 12,5% C) 16,6% D) 7,4%

IV. Trigeterozigota ota-onalardan tug’ilgan farzandlarning nechafoizi axondroplaziyaning yengil formasi bilan kasallangan, qolgan belgilari bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?

A) 18,75% B) 12,5% C) 16,6% D) 7,4%

V. Trigeterozigota ota-onalardan farzandlarning necha foizi halok bo‘ladi

A) 18,75% B) 57,8% C) 16,6% D) 7,4%

VI.Trigeterozigota ota-onalardan tug’ilgan farzandlarning necha foizi uchchala belgisi bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?

A) 18,75% B) 3,7% C) 16,6% D) 7,4%

VII. Trigeterozigotali ayol, glaukoma va anemiya bo‘yicha sog‘lom axondroplaziyaning yengil formasi bilan kasallangan erkakka turmushga chiqqan. Tug‘ilgan farzandlarning necha foizi o‘roqsimon anemiyaning yengil formasi bilan kasallangan, qolgan belgilari bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?

A) 8,3 B) 16,6 C) 12,5 D) 6,25

25.Odamda talassemiya, araxnodaktiliya, axondroplaziya kasalliklari chala dominant holda irsiylanadi. Gomozigotalar embrional rivojlanish jarayonida halok bo‘ladi. Axondroplaziya bo‘yicha sog‘lom qolgan, qolgan ikkita kasalliklarning yengil formasi bilan kasallangan ayol, talassemiya bo‘yicha sog‘lom, qolgan ikkita kasallikning yengil formasi bilan kasallangan erkakka turmushga chiqqan.

I. Naslning necha foizi halok bo‘ladi(a) va necha foizi uchchala kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo‘ladi (b)?

A) a-18,75, b- 6,25 B) a- 12,5 ,b-6,25

C)a-6,25, b-6,25 D) a-25,b-12,5

II. Tug‘ilgan farzandlarning necha foizi talassemiya bilan kasallangan bo‘ladi?

A) 50 B) 25 C) 12,5 D) 6,25

III. Tug‘ilgan farzandlarning necha foizi araxnodaktiliyaning yengil formasi bilan kasallangan bo‘ladi?

A) 50 B) 25 C) 12,5 D) 6,25

IV. Tug‘ilgan farzandlarning necha foizi axondroplaziyaning yengil formasi bilan kasallangan bo‘ladi?

A) 50 B) 25 C) 12,5 D) 6,25

V. Tug‘ilgan farzandlarning necha foizi talassemiya va araxnodaktiliyaning yengil formasi bilan kasallangan, uchinchi belgi bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?

A) 50 B) 25 C) 12,5 D) 16,67

VI. Tug‘ilgan farzandlarning necha foizi araxnodaktiliya va axondroplaziyaning yengil formasi bilan kasallangan, birinchi belgisi bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?

A) 50 B) 25 C) 12,5 D) 16,67

VII. Tug‘ilgan farzandlarning necha foizi faqat bittadan kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo‘ladi?

A) 50 B) 33,33 C) 12,5 D) 16,67

26. Odamlarda sochining jingalakligi silliqligi ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigota organizmlarning sochi to‘lqinsimon bo‘ladi. O‘ng qo‘lini ishlatish va normal eshitish esa chapaqaylik va karlik ustidan to‘liq dominantlik qiladilar. Jingalak sochli, o‘naqay, normal eshituvchi ayol to‘lqinsimon sochli, chapaqay, normal eshituvchi erkakka turmushga chiqqan.

I. Ularda to‘lqinsimon sochli, chapaqay, kar farzand tug‘ilgan bo‘lsa, otaona genotipini aniqlang.

A)AABbCc x AabbCc

B) AABBCC x AabbCc

C) AABbCc x AabbCC

D) AABbCC x AabbCc

II. Bu nikohdan jingalak sochli, o‘naqay, normal eshituvchi va jingalak sochli, o‘naqay, kar farzandlarning tug‘ilish ehtimolini toping.

A)3/16 : 3/16 B)3/16 : 1/16

C)1/16 : 3/16 D)9/16 : 1/16

III. Bu nikohdan to‘lqinsimon sochli, o‘naqay, normal eshituvchi va to‘lqinsimon sochli, o‘naqay, kar farzandlarning tug‘ilish ehtimolini toping.

A)3/16 : 3/16 B)3/16 : 1/16

C)1/16 : 3/16 D)9/16 : 1/16

IV. Bu nikohdan jingalak sochli, o‘naqay, normal eshituvchi va to‘lqinsimon sochli, o‘naqay, kar farzandlarning tug‘ilish ehtimolini toping.

A)3/16 : 3/16 B)3/16 : 1/16

C)1/16 : 3/16 D)9/16 : 1/16

V. Bu nikohdan jingalak sochli, o‘naqay, kar va to‘lqinsimon sochli, o‘naqay, kar farzandlarning tug‘ilish ehtimolini toping.

A)3/16 : 3/16 B)3/16 : 1/16

C)1/16 : 3/16 D)1/16 : 1/16

VI. Bu nikohdan to‘lqinsimon sochli, o‘naqay, kar va to‘lqinsimon sochli, chapaqay, kar farzandlarning tug‘ilish ehtimolini toping.

A)3/16 : 3/16 B)3/16 : 1/16

C)1/16 : 3/16 D)1/16 : 1/16

VII. Bu nikohdan silliq sochli, kar, chapaqay farzand tug‘ilish ehtimolini toping.

A)3/16 B)1/16 C)6/16 D)0/16

VIII. Ularda to'lqinsimon sochli, chapaqay, kar farzand tug'ilgan bo'lsa, ota-ona genotipini aniqlang.

A)AABbDd x AaBbDd

B)AaBbDd x AabbDd

C)AABbDd x AabbDd

D)AABbDD x AabbDd

IX. Bu nikohdan jingalak sochli, o'naqay, normal eshituvchi va jingalak sochli, o'naqay, kar farzandlarning tug'ilish ehtimolini toping.

A)3/16 : 3/16 B)3/16 : 1/16

C)1/16 : 3/16 D)9/16 : 1/16

X. Bu nikohdan silliq sochli, kar , chapaqay farzand tug'ilish ehtimolini toping.

A)0% B)25% C)50% D)100%

27. AaBbCC genotipli organizmda birinchi juft allel gen oraliq irsiylanadi. Shunday genotipli organizmlar o’zaro chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar soni va gameta sonini (c) aniqlang.

A) a-9; b-9; c-4

B) a-6; b-9; c-4

C) a-4; b-9; c-4

D) a-12; b-9; c-4

28. AaBbCc genotipli organizmda birinchi juft allel gen oraliq irsiylanadi. Shunday genotipli organizmlar o’zaro chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar soni aniqlang.

A) a-9; b-27

B) a-12; b-27

C) a-8; b-27

D) a-4; b-9

29. AaBbCc genotipli organizmda birinchi juft allel gen va ikkinchi juft allel genlar oraliq irsiylanadi. Shunday genotipli organizmlar o’zaro chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar sonini aniqlang.

A) a-18; b-27

B) a-9; b-27

C) a-27; b-27

D) a-12; b-27

30. AaBbCC genotipli organizmda birinchi juft allel gen va ikkinchi juft allel genlar oraliq irsiylanadi. Shunday genotipli organizmlar o’zaro chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar sonini (c) aniqlang.

A) a-9; b-9 B) a-12; b-27

C) a-18; b-9 D) a-4; b-9

31. AaBbCc genotipli organizmda barcha juft allel gen oraliq irsiylanadi. Shunday genotipli organizmlar o’zaro chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar sonini aniqlang.

A) a-27; b-27 B) a-12; b-27

C) a-18; b-27 D) a-9; b-27

32. AaBBCc genotipli organizmda barcha juft allel gen oraliq irsiylanadi. Shunday genotipli organizmlar o’zaro chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar sonini aniqlang.

A) a-27; b-9 B) a-12; b-27

C) a-18; b-9 D) a-9; b-9

33. Itlarda yungining uzun bo'lishi, tanasi qora

rangda bo'lishi va quloqlarning osilganligi,

yungi kalta bo'lishi, tanasi jigarrangda bo'lishi

va quloqlarning tikka bo'lishiga nisbatan

ustunlik qiladi. Barcha belgisi bo'yicha

geterozigota it, hamma belgilari bo'yicha

gomozigota retsessiv it bilan chatishtirilgan

bo'lsa, avloddagi qora uzun yungli itlarning

necha foizida quloq suprasi osilgan bo'ladi?

A)37,5% B)25% C)12,5% D) 50%

34.Baland poyali, kechpishar va zang kasalligiga chidamsiz suli navi barcha belgilari bo'yicha gomozigotali bo'yi normal, ertapishar, zang kasalligiga chidamli navi bilan chatishtirilishi natijasida olingan F1 duragaylarni barcha belgilari retsessiv gomozigotali bo'lgan ota forma bilan chatishtirish natijasida avlodda 472 ta o'simlik olingan.

I) Ular necha xil genotipga ega bo'lishi mumkin?

A)birxil B)ikki xil C)to'rt xil D)sakkiz xil

II) Olingan o'simliklar orasida genotipi F1 ga o'xshash o'simlik qancha bo'lishi mumkin?

A)472 B)236 C)59 D)8

III) Olingan o'simliklar orasida fenotipi F1 ga o'xshash o'simlik qancha bo'lishi mum kin?

A)472 B)236 C)59 D)8


6-DARS

Genlarning komplementar ta’siri.

Genlar o‘zaro ta’sirining komplementar tipida bir belgi ikkita genning o‘zaro ta’siri tufayli hosil bo‘ladi. Lekin belgiga ta’sir etuvchi genlar teng qiymatga ega bo‘lmay ulardan biri asosiy, ikkinchisi to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Komplementar holda nasldan-naslga o‘tish 2 xil bo‘ladi.

1. Yangi belgi hosil bo‘lishida ishtirok etadigan har ikki noallel gen mustaqil ravishda u yoki bu belgiga ta’sir etadi,

chunonchi AAbb genlar tovuqlarda gulsimon, aaBB genlar no‘xatsimon toj hosil qiladi.

2. Yangi belgi hosil bo‘lishida ishtirok etadigan ikki xil noallel genning biri mustaqil ravishda belgini vujudga keltiradi. Ikkinchi noallel gen esa bunday xususiyatta ega bo‘lmaydi.Komplementar holda nasldan-naslga o‘tishning bu xilida noallel genlar alohida-alohida ravishda belgiga mustaqil ta’sir qila olmaydi. CHunonchi oq patli tovuqlarni genotipi boshqa oq tovuqlar bilan chatishtirishganda duragay tovuqlar hammasining pati rangli bo‘ladi, F1 o’zaro chatishtirilganda esa 9 : 7 nisbatda ajralish ro‘y bergan. Ularning 9\16 qismi rangli patli, 7\16 qismi oq patli bo‘lgan.

Komplementar holda nasldan naslga o‘tishining ikkinchi bo‘g‘ini xilma-xillik

9 : 3: 3: 1; 9 : 7; 9: 3 : 4; 9 : 6: 1 nisbatda ajralish ro‘y beradi.
Masalalar :
1.Xushbo‘y no‘xat o‘simligi gultojibarglarining qizil bo‘lishi ikki noallel dominant gen ta’sirida ro‘y beradi. Digeterozigota qizil gulli xushbo‘y no‘xat ikkita noallel gen bo‘yicha gomozigota bo‘lgan oq gulli retsessiv xushbo‘y no‘xat bilan chatishtirilgan. Hosil bo‘lgan F1 ning fenotipini aniqlang.

A) 75% qizil, 25% oq B) 75% oq, 25% qizil

C) 50% qizil,50% oq D) 100% qizil

2.Genotipi har xil bo‘lgan oq pillali ikkita tut ipak qurtining kapalaklari chatishtirilgan. F1 diduragaylar sariq pilla hosil qilgan. Ularning urg‘ochi va erkak kapalaklari o‘zaro chatishtirilganda F2 da ikki xil fenotipik sinf 9: 7 nisbatda sariq, oq pillali kapalaklar hosil bo‘lgan. CHatishtirishda ishtirok etgan urg‘ochi va erkak, F1 va F2 duragay tut ipak qurt kapalaklarining genotipini aniqlang.

A) AaBb x aabb B) AaBB x AABb

C) AaBb x AaBb D) AABB x aabb

3. Odamlarda karlik har xil xromosomada joylashgan retsessiv genlar—d va e larga bog‘liq. Normal eshitadigan odamlarda bu genlarning D va E si uchraydi. ddEE genotipli kar erkak, DDee kar ayolga uylangan:

I.ular bolalarining eshitish qobiliyati qanday bo‘ladi.

A) 75% kar, 25% normal

B) 75% normal, 25% kar

C) 50% normal 50% kar

D) 100% normal

II. agar nikohdan o‘tgan ayol va erkak bir xilda kar bo‘lsa ulardan kar bolalar tug‘ilish ehtimoli qanday.

A) 75% kar, 25% normal

B) 75% normal, 25% kar

C) 50% normal 50% kar

D) 100% normal

4. Qovoq mevasini gardishsimon shakli A va B dominant genlarga bog‘lik. Agar genotipda bu ikki dominant gendan biri bo‘lsa, u holda meva sharsimon shaklda bo‘ladi. Ikki noallel retsessiv genlari gomozigota holatda qovoq mevasi uzunchoq bo‘lishini ta’minlaydi.

I. Tubandagi genotipga ega formallarning chatishishidan hosil bo‘lgan duragaylarning fenotip nisbatini toping:

Aabb X AaBB

A) 75%gardishsimon, 25% sharsimon

B) 50% gardishsimon ,25% sharsimon ,25% uzunchoq

C) 50% gardishsimon, 50% sharsimon

D) 100% gardishsimon

II.Agar 2 noallel bo’yicha geterozigotali gardishsimon qovoq 2 allel gen bo’yicha retsessiv uzunchoq qovoq bilan chatishtirilsa, duragay avlodning meva shakli qanday nisbatda hilma-xil bo’ladi?

A)2:2 B)3:1 C)2:1:1 D)1:2:1

5. Kartoshka tugunagida antotsian rang bo‘lishi asosiy P va R genlariga bog‘liq. Lekin ular o‘z ta’sirini dominant D geni bo‘lgandagina fenotipda namoyon qiladi. SHunga ko‘ra, P-rr-D genotipli kartoshka tugunagi ko‘k-binafsha rang; P-R-D genotipli tugunagi qizil-binafsha rang;

p-R-D genotipli tugunagi pushti rangda bo‘ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda.

I.Kartoshkaning geterozigota qizil-binafsha tugunakli o‘simligi gomozigota oq rangli tugunak hosil qiluvchi pprrdd genotipli o‘simligining changi bilan changlatildi. F1 da 152 ta o‘simlik hosil bo‘ladi.

a) qizil-binafsha tugunakli o‘simlik necha xil gameta hosil qiladi,

b) Fb da nechta o‘simlik qizil-binafsha rang tugunakli bo‘lishi mumkin?

v) Fb yecha xil genotipga ega bo‘ladi?

g) oq tugunakli o‘simliklar qancha ?

d) oq tugunakli o‘simliklardan nechtasi keyinchalik fenotip ajralmaydi?

A) a-2 xil,b-19 ta,v-1,1,1,1,1,1,1,1 d-19 ta

B) a-8 xil,b-19 ta,v-5,1,1,1 d-95 ta

C) a-8 xil,b-57 ta,v-6,1,1 d-95 ta

D) a-8 xil,b-19 ta,v-2,1,1,4 d-95 ta

II. Quyidagi genotiplarning qaysi birida fenotipi oq rangli bo'ladi?

a)PprrDd; b)PpRrDd; c)ppRRDD; d)PPrrdd; e)pprrDd; f)PPrrDD; j)PPRrDD; k)pprrdd

A)a, f B)b, j C)d, e, k D)c, f, k

III. Kartoshkaning geterozigotali qizil binafsha tugunakli o'simligi gomozigota oq rang

hosil qiluvchi PPrrdd genotipli o'simlik bilan chatishtirilganda Fb da 896 ta o'simlik hosil boidi. Ulardan nechtasi barcha allellar bo'yicha

geterozigotali?

A) 224 B) 126 C) 112 D) 56

IV. Tugunagi oq gomozigotali kartoshka qizil-binafsha rangli gomozigota kartoshka bilan chatishtirilsa ,olingan avlodning necha foizi fenotip bo’yicha qizil-binafsha rangli bo’ladi?

A) 25 B) 100 C) 75 D) 50

6. Drozofila meva pashshasida ko‘zning qizil rangi A - B genlarga borliq: A- bb genotipga ega drozofilaning ko‘zi jigarrang; aa-B-genotipliniki och qizil rang, aabb genotipliniki oq rangda bo‘ladi. qizil ko‘zli F1 drozofilalarni oq ko‘zli drozofilalar bilan chatishtirib, 196 ta Fb nasl olingan:

a) Fb necha xil genotipli organizmlar uchraydi.

b) ular necha xil fenotip hosil qiladi.

v) ulardan nechtasi qizil ko‘zli.

g) nechtasi jigarrang ko‘zli.

d) nechtasi oq ko‘zli

A) a-4xil,b-4xil,v-49, g-98, d-49

B) a-4xil,b-1xil,v-49, g-49, d-49

C) a-4xil,b-4xil,v-49, g-49, d-98

D) a-4xil,b-4xil,v-49, g-49, d-49

7.Tovuqlarning yong‘oqsimon tojli xili bilan oddiy tojli xili chatishtirilgan da 1: 1: 1: 1 nisbatda ajralish ro‘y bergan chatishtirishda ishtirok etgan tovuq va xo‘rozlarning genotipini aniqlang

A) AaBb x aabb B) AaBB x aabb

C) Aabb x aaBB D) AABb x aaBb

8.Oddiy tojli tovuqlar bilan digeterozigotali yong'oqsimon tojli xo'rozlar o'zaro chatisht.irilganda fenotip bo'yicha qanday ajralish uamoyon bo'ladi?

A)50% yong'oqsimon va 50% gulsimon tojli

B)100% yong'oqsimon tojli

C)50% yong'oqsimon va 50% no'xatsimon tojli

D)25% yong'oqsimon, 25% gulsimon, 25% no'xatsimon, 25% oddiy tojli

9. Xlorofil pigmentini sintezlashda arpa o’simligida ikkita ferment qatnashadi ularning bo’lmasligi pigment buzilishiga olib boradi. Har bir fermentning sintezi har xil autosomalarda joylashgan dominant (A-B) genlar bilan ifodalanadi. Birinchi ferment sinteziga javobgar genning bo’lmasligi o’simliklarning oq rangda, ikkinchi ferment sinteziga javobgar genning bo’lmasligi o’simliklarning sariq rangda bo’lishiga olib keladi. Ushbu genlarning birgalikda bo’lmasligi o’simlikning oq rangini, birgalikda bo’lishi yashil rangini ta’minlaydi. Agar degeterozigotali arpalar o’zoro chatishtirilsa, sariq o’simliklarni e’tiborga olmaganda avloddagi duragaylarning necha % i genotip bo’yicha digomozigotali bo’ladi?

A) 18,75% B) 6,25% C) 23% D) 25%

10. Tovuqning yong‘oq tojli formallari oddiy tojli xo‘roz bilan chatishtirilganda quyidagicha natija olingan:

a) tovuq, xo‘rozlarning 50% yong‘oqsimon, 50% gulsimon tojli;

b) hamma tovuq va xo‘rozlar yong‘oqsimon tojli;

v) tovuq va xo‘rozlarning 50% yongoqsimon. 50% no‘xatsimon tojli;

g) tovuq va xo‘rozlarning 25% gulsimon, 25% no‘xatsimon 25% yong’oqsimon, 25% oddiy tojli bo‘ladi. CHatishtirishga ishtirok etgan tovuq va xo‘rozlarning genotipini aniqlang.

A) a-AABbxaabb, b-AABBxaabb, v-AaBBxaabb

g-AaBbxaabb

B) a-AaBbxaabb, b-AABBxaabb, v-AaBBxaabb

g-AABbxaabb

C) a-AABbxaabb, b-AABBxaabb, v-AaBBxaabb

g-AABbxaabb

D) a-AABbxaabb, b-AABbxaabb, v-AaBBxaabb

g-AaBBxaabb

11.Hayvonotchilik xo’jaligida ko’paytiriladigan norka mo’ynalarining rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. Ikki juftning dominant genlari mo’ynaning qo’ng`ir rangini, ularning retsessiv allellari esa mo’ynaning kumush rangda bo’lishini belgilaydi.

a) Ikki juft genlar bo’yicha geterozigotali norkalarni o’zaro chatishtirish natijasida qanday avlod hosil bo’lishini aniqlang?

b) Ota-onalar genotipi qanday bo’lganda faqat qo’ng`ir mo’ynali duragaylar hosil bo’ladi ?

A) a- 9 ta qo’ng’ir,b-7ta kumush b- AAbbxaaBB

B) a-6 ta qo’ng’ir,b-3ta kumush b- AAbbxaaBB

C) a- 9 ta qo’ng’ir,b-7ta kumush b- AABBxaabb

D) a- 9 ta qo’ng’ir,b-7ta kumush b- AaBbxaaBb

12.Tovuqlar tojining shakli komplementar genlar bilan belgilanadi. No'xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar chatishtirilganda naslda oddiy, no'xatsimon, yong'oqsimon va gulsimon tojlilar olingan. Ota-onalar genotipini aniqlang?

A) AaBb x aabb B) AaBB x aabb

C) Aabb x aaBb D) AABb x aaBb

13. Tut ipak qurtida A-bb, aaB- oq rangni, A-B- sariq rangni namoyon etadi. F1 da 1: 1 nisbat olish uchun qanday genotipga va fenotipga ega tut ipak qurtini chatishtirish kerak.

A) AaBb x aabb B) AaBB x aabb

C) Aabb x aaBB D) AABb x aaBb

14. To’ti qushlarda patlar rangi 2 juft birikmagan va allelmas genlar tomonidan belgilanadi. Ikki xil dominant genlarning genotipda birga kelishi yashil rangni belgilaydi, 1-juftning dominant geni ikkinchi juftning retsessiv geni bilan birga uchraganda sariq yoki 2-juftning dominant geni 1- juftning retsessiv geni bilan birga uchraganda havorang namoyon bo’ladi, har ikkala juftning retsessiv genlari oq rangni belgilaydi.

I. Fermada yashil va havorang to'tiqushlarni chatishtirish natijasida quydagilardan qaysilarida genotipda sariq to'tiqushlar paydo bo'lmaydi?

1)AABB x aaBB; 2) AaBb x aaBB;

3) AABb x aaBB; 4) AaBB x aaBB;

5)AaBb x aaBb; 6) AABb x aaBb;

7) AaBB x aaBb; 8) AABB x AaBb.

A) 1,2, 5, 6, 8 B) 1,2, 3,4, 7

C) 2, 3, 4, 6, 7 D) 1, 3, 4, 6, 8

II.Yashil rangli to‘tiqushlami o‘zaro chatishtirish natijasida avlodda 27 ta yashil, 9 ta sariq, 10 ta havorang va 4 ta oq rangli qushlar olingan, ota-ona genotipini aniqlang.

A) AaBb x, aabb B) AaBb x AaBb

C) Aabb x AaBb D) aaBb x AaBB

15. Itlarning bir zotida tanasi rangi ikki juft allel bo’lmagan genlar bilan boshqariladi. Genotip A-B- holatda tanasi rangi qora, A-bb holatda malla, aaB-holatda jigarrang rang hosil qiladi. Ikki juft retsessiv genga ega bo’lgan itlar tanasi och sariq rangda bo’ladi. Qora urg’ochi va malla erkak itlar chatishtirilganda qora, malla, och sariq, jigarrang itlar hosil bo’lgan. Kuchukchalarning necha foizini tana rangi malla bo’lmagan kuchukchalar tashkil etadi?

A) 62,5% B) 50% C) 37,5% D) 25%

16.Hidli no’xatning gultojibarglari oq va qizil rangda bo’ladi. Genotipi boshqa-boshqa bo’lgan ikkita oq gultojibargli shakli chatishtirilgan. Natijada F1 da qizil gultojibargli shakllar, F2 da esa oq va qizil gultojibargli shakllar olingan. Dastlabki ota-ona va F1 duragayining genotipini toping.

A)AAbb x AaBbc; AaBb

B)AABB x aabb; AaBb

C)AAbb x aaBB; AaBb

D)AABB x AaBb; aaBB

17. Quyida berilgan chatishtirish nisbatlarining qaysi biri komplementar ta'sirga tegishli?

A)13:3 B)12:3:1 C)9:7 D)15:1

18. Olako'zanlarning sarg'ish va kulrang mo'ynali organizmlari o'zaro chatishtirilganida F1 duragaylarining barchasi jigarrang bo'ldi. F2 da esa 9 ta jigarrang, 3 ta sarg'ish, 3 ta kulrang hamda 1 ta oq rangli individlar olindi.

I.Jigarrangni yuzaga chiqaruvchi genotiplarni aniqlang?

II.Agar 1-dominant gen 2-ressessiv gen bilan kelsa, kulrang, 1-ressessiv gen 2- dominant gen bilan kelsa, sarg'ish tus yuzaga chiqsa, sarg'ish tusni yuzaga chiqaruvchi genotiplarni aniqlang.?

III.Kulrangni yuzaga chiqaruvchi genotiplarni aniqlang?

IV.Oq rangni yuzaga chiqaruvchi genotiplarni aniqlang?

A)I-AaBb, II-aaBB, III-AABb, IV-aabb

B) I-AABb, III-aaBb, II-Aabb, IV-aabb

C) I-AABB, II-AAbb, III-AAbb, IV-aabb

D) I-AABb, II-aaBB, III-Aabb, IV-aabb

19.Piyoz rangining irsiylanishi genlarning komplementar ta'siriga bog'liq. A va B geni birgalikda piyozning oq rangda bo'lishini ta'minlaydi. A geni B genisiz piyozga qizil rang beradi. Qolgan holatlarda piyoz rangi sariq bo'ladi. Qizil va sariq rangli piyozlar o'zaro chatishtirilganda F1 da 960 ta oq rangli piyozlar olingan, ularni o'zaro chatishtirish natijasida F2 da 1440 ta o'simlik olingan. F2 da olingan qizil rangli piyozlarning soni qancha?

A) 540 B) 810 C) 1080 D) 270

20. Odamda yaqindan ko'rish dominant bo'lib, turli darajada namoyon bo'ladi. Bu belgi har xil autosomada joylashgan dominant genlarning komplementar ta'siri natijasidadir. Genotipda har ikkala dominant genlar uchrasa yaqindan ko'rishning yuqori darajasi, dominant belgilardan faqat bittasi uchrasa o'rta darajasi kuzatiladi. Ona yuqori darajada yaqindan ko'radigan, ota esa normal ko'rish qobiliyatiga ega bo'lgan oilada ikki farzand tug'ilgan: biri yuqori darajada, ikkinchisi esa o'rta darajada yaqindan ko'radi. Ota-onalar genotipini toping.

A) AaBB aabb B) AaBbxaabb

C) AaBBxAAbb D)AaBBxaaBB

21. Itning koker spaniel nomli zotining genotipida ikki noallel genning dominant genlari birgalikda kelsa qora tus, bir dominant gen ikkinchisisiz kelsa sariq va jigarrang tus, ularning retsessiv alellari birgalikda kelsa och sariq tus namoyon bo’ladi. Sariq va jigarrang tusli itlar o'zaro chatishtirilganida ulardan faqatgina qora rangdagi avlodlar olingan.

a) Olingan avlodlar o'zaro chatishtirilsa, F2 da fenotip bo'yicha qanday ajralish olinadi?

b) F2 da olingan qora tusli individlar

ichida necha xil genotipik sinf xosil bo’ladi?

c) F2 da olingan jigarrang tusli

individlar ichida necha xil genotipik sinf xosil bo'ladi?

A) a-9:3:3:1, b-5 xil, c-2

B) a-9:6:1, b-3 xil, c-2

C) a-9:7, b-5 xil, c-2

D) a-9:3:3:1, b-5 xil, c-3

22. Qora urg'ochi quyonni oq erkak quyon bilan chatishtirilganda birinchi bo'g'inda olingan avlodning hammasi qora rangli bo'ldi. F1 duragaylari o'zaro chatishtirilganida F2 da 27 ta qora va 21 ta oq quyonchalar olindi.

I. Dastlabki oq rangli individlarning genotipini aniqlang?

II.Qora rangli individlarning genotipini aniqlang

A) I-aabb, II-AABB B) I-aabb, II-AAbb

C) I-AABB, II-aabb D) I-aaBB, II-AAbb

23.Makkajo'xorilarda aleyronning qizil rangi rivojlanishi uchun bir vaqtning o'zida C va P genlarining ta'siri zarur, agar shu genlardan

bittasi bo'lmasa aleyron oq bo'ladi. Agar genotipda C va P geni bilan birgalikda K geni ham qatnashsa uning rangi qirmizi bo'ladi. K geni C va P genlari genotipda birga bo’lgandagina o'zining ta'sirini namoyon qiladi.

I. CcPpKk va ccPpKK genotipli organizmlar chatishtirilganda fenotip bo'yicha qanday ajralish olinadi?

A)6 ta qirmizi:10 ta oq

B) 6 ta qirmizi:10 ta oq:3ta qizil

C) 10 ta qirmizi:6 ta oq

D) 9 ta qirmizi:6 ta oq:1ta qizil

II. CcPpKk va ccPpKK genotipli organizmlar chatishtirilganda 960 ta individ olingan bo’lsa, ulardan nechtasi qizil rangli?

A) 960 B) 360 C) 0 D) 600

III.CcPpKk va ccPpKK genotipli organizmlar chatishtirilganda 960 ta individ olingan bo'lsa, ulardan nechtasi qirmizi rangli?

A) 960 B) 360 C) 0 D) 600

IV. CcPpKK x ccPpKK genotipli organizmlar chatishtirilganda 960 ta individ olingan bo’lsa, ulardan nechtasi oq rangli?

A) 960 B) 250 C) 0 D) 600

24. Sichqonlarda jun rangining kulrang bo'lishi dominant A va B genlarning komplementar ta'siriga bog'liq. A geni mustaqil holda jun rangining qora bo'lishini ta'minlaydi, B geni esa A geni ishtirokida junning rangli bo'lishini ta'minlaydi, lekin A geni ishtirokisiz junning rangli bo'lishini ta'm'inlay olmaydi. Shuning uchun genotipida dominant gen B bo’lsa ham sichqonlar oq junli bo’ladi. Shu genlarning retsessiv allellari yig'indisi ham jun rangining oq bo'lishiga sabab bo’ladi.

I. Kulrang sichqonlar chatishtirilganda keyingi avlodda olingan sichqonlarning 82 tasi kulrang,

27 tasi qora va 35 tasi oq junli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan sichqonlarning genotipini aniqlang.

A) AaBb x AaBb B) AaBb x aabb

C) Aabb x aaBb D) Aabb x Aabb

II. Kulrang sichqonlar chatishtirilganda F1 da olingan sichqonlarning 57 tasi kulrang va 19 tasi qora junli bo’lgan. Sichqonlarning genotipini aniqlang.

A) AaBb x AaBb B) AaBb x aabb

C) Aabb x aaBb D) AABb x AABb

III. Digeterozigotali kulrang sichqonlar retsessiv oq sichqonlar bilan chatishtirilsa, keyingi avloddan olingan sichqonlarning fenotipi qanday

bo'ladi?

A)1ta kulrang:1 ta qora:2ta oq

B) 1ta kulrang:1 ta qora:1ta oq

C) 9ta kulrang:6 ta qora:1ta oq

D) 1ta kulrang:2 ta qora:1ta oq

25.Beda o‘simligida gulining yashil rangda bo‘lishini dominant A va B genlari belgilaydi.

A-bb holatda gul qizil, aa-B holatda gul sariq, ikkala gen retsessiv bo‘lganda gul oq rangda bo‘ladi. Digeterozigota yashil o‘simlik geterozigota qizil gulli o‘simlik bilan chatishtirilsa, avlodning necha foizi yashil gulli bo‘ladi?

A) 25 B) 37,5 C) 50 D) 6,25

26. Qalampirning qizil rangda bo’lishi R va C genlariga bog’liq. Genotipda bu genlarning bo’lmasligi yashil, birinchi dominant genning bo’lishi qo’ng’ir, ikkinchi dominant genning bo’lishi esa sariq rangni namoyon qiladi. Qo’ng’ir va sariq qalampirlar o’zaro chatshtirilganda avlodda barcha rangdagi qalampirlar hosil bo’ldi.

I.Avlodda qanday genotipli organizmlar uchramaydi.

1) AABB; 2) AaBb; 3) aabb; 4) AAbb; 5) aaBb; 6) Aabb; 7) aaBB; 8) AaBB

A) 1,2,3,4 B) 5,6,7,8

C) 1,4,7,8 D) 2,3,5,6

II. Ota ona genotipini aniqlang.

A) AaBb x AaBb

B) AaBb x aabb

C) Aabb x aaBb

D) Aabb x Aabb

III. Avloddagi fenotipik guruh sonini toping.

A) 9 B) 4 C) 3 D) 2

27.Genotipi har xil bo`lgan oq gulli va qizil gulli xushbo`y no`xat o`simligining navlari chatishtirildi. 1-avlodda qizil gulli o`simlik olindi, F2da fenotipik nisbat 9:7 bo`lgan bo`lsa,

I. qizil gulli o`simliklar orasida necha xil genotipik sinf uchraydi?

II.oq gulli o`simliklar orasida necha xil genotipik sinf uchraydi?

A) I-4 xil,II-6 xil B) I-4 xil,II-5 xil

C) I-5 xil,II-4 xil D) I-2 xil,II-3 xil

28.Norka juning jigarrang bo’lishi dominant noallel A-B genlarni genotipiga birgalikda kelishi natijasida yuzaga keladi. Genotipda ushbu dominant genlardan biri bo’lsa yoki umuman bo’lmasa platina rangli jun yuzaga chiqadi. Agar degetrazegota organizm o’zaro chatishtirilganda nazariy jihatdan 80 ta nasl olinsa

I. avlodning nechtasi jigarrang junga ega?

II. avlodning nechtasi platina rangga ega bo’ladi?

A) I-45,II-90 B) I-45,II-35

C) I-90,II-45 D) I-55,II-45

29. Ipak qurti pillasining rangi ikki xil A va B dominant allellarning genotipda birga uchrashi bilan belgilanadi. Dominant genlar alohida kelganda yoki ularning retsessiv genlari birga uchraganda pigment hosil bo’lmaydi va pillalar oq rangda bo’ladi. Ikkita oq rangli pillali zotlar F2 da 9 ta sariq pillali va 7 ta oq pillali duragaylar hosil bo’ldi. Dastlabki ota- ona genotipini aniqlang

A) AaBb x AaBb B) AaBb x aabb

C) Aabb x aaBb D) AAbb x aaBB

30. Digomozigota no`xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar o`zaro chatishirilgandan olingan F1 duragaylar o`zaro chatishtirilganda olingan no`xatsimon tojli tovuqlar F2 da olingan tovuqlarning necha foizini tashkil qiladi?

A)6,25% B)12,5% C)25% D)18,75%

31. Digomozigota no`xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar o`zaro chatishirilgandan olingan F1 duragaylar o`zaro chatishtirilganda olingan yong`oqmon tojli tovuqlarning necha foizi taxliliy chatishtirish natijasida ajralish ro`y bermaydi?

A)12,5% B)50% C)25% D)6,25%

32.Digomozigota no`xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar o`zaro chatishirilgandan olingan F1 duragaylar o`zaro chatishtirilganda hosil bo`lgan genotipik sinflarning necha foizi taxliliy chatishtirish natijasida genotipik ajralish ro`y bermaydi?

A)44,4 B)75 C)25 D)55,5

33.Xoldor to`tilarning sariq va havorangdagilari o`zaro chatishtirilganda F1 da digeterozigota yashil patli to`tilar olindi. F2 da olingan yashil patli to`tilarning necha foizi taxliliy chatishtirish natijasida ajralish ro`y bermaydi?

A)11,11 B)25 C)6,25 D)50

34.Xoldor to`tilarning sariq va havorangdagilari o`zaro chatishtirilganda F1 da digeterozigota yashil patli to`tilar olindi. F2 da olingan havorang patli to`tilarning necha foizi taxliliy chatishtirish natijasida ajralish ro`y beradi?

A)33,3 B)25 C)66,6 D)6,25

35. Xoldor to`tilarning sariq va havorangdagilari o`zaro chatishtirilganda F1 da digeterozigota yashil patli to`tilar olindi. F2 da olingan to`tilarning necha foizi taxliliy chatishtirish natijasida fenotipik ajralish ro`y bermaydi?

A)50 B)25 C)75 D)62,5

36.Kokev zotli itning qora yungli ranggi A.B gen ta`sirida iriylanadi. Dominat genlarning biri bo`lsa yungi jigarrang, umuman bo`lmasa oq rang yuzaga chiqadi. Yungi oq va qora zotli itlar chatishtirilganda F1 da qora zotli itlar olindi. F2 da olingan avlodning necha foizini fenotipi qora rangli itga o`xshab, genotip jihatdan farq qiladi.

A)31,25 B)25 C)56,25 D)75

37. Kokev zotli itning qora yungli ranggi A.B gen ta`sirida iriylanadi. Dominat genlarning biri bo`lsa yungi jigarrang, umuman bo`lmasa oq rang yuzaga chiqadi. Yungi oq va qora zotli itlar chatishtirilganda F1 da qora zotli itlar olindi. F2 da olingan avlodning necha foizini fenotip va genotip jihatdan qora yungli it zotiga o`xshash bo`ladi.

A)31,25 B)25 C)56,25 D)75

38.Xoldor to`tilarda pat ranngi irsiylanishi havorang yashil, sariq va oq ranglarda kechadi.Sariq va havorang patli to`tilar avlodida yashil to`tilar olindi Qanday genotipli organizmlar o`zaro o`ziga o`xshash genotipli organizmlar bilan chatishtirilgandafenotip bo`yicha 3:1 nisbat hosil bo`ladi?

1.Aabb 2.AaBb 3.aaBb 4.aabb 5.aaBB 6.Aabb

A)1,3 B)2,4 C)1,2 D)2,3

39.Xushbo`y hidli no`xatlarda digeterazigota qizil gulli o`simliklar o`zaro chatishtirilganda necha xil genotip(a) va necha xil fenotipik(b) sinf hosil bo`ladi?

A)a-9 b-2 B)a-9 b-3 C)a-9 b-4 D)a-9 b-9

40. Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta’sirida irsiylanadi.Gomozigota gulsimon toj (A) va gomozigota no’xatsimon tojli (B)tovuq va xo’rozlar o’zaro chatishtirilsa,yong’oqsimon tojli tovuqlar hosil bo’ladi.Retsesiv genlar oddiy tojni yuzaga chiqaradi. ab tipdagi gametalar hayotchan bo’lmagan digeterezigota tovuq va xo’rozlar o’zaro chatishtirilib 108 ta jo’ja olindi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib,quyidagilarni aniqlang.

a)avlodda olingan jo’jalarning fenotipik guruhlar nisbati; b)avlodda olingan aaBB genotipli jo’jalar sonini aniqlang.

A.a-1 ta gulsimon: 1 ta no’xatsimon: 7 ta yong’oqsimon; b-12 ta

B. a-7 ta no’xatsimon: 1 ta gulsimon: 1 ta yong’oqsimon; b-36 ta

C. a-2 ta no’xatsimon: 8 ta gulsimon: 2 ta yong’oqsimon; b-24 ta

D. a-2 ta no’xatsimon: 2 ta gulsimon: 8 ta yong’oqsimon; b-12 ta


Download 194.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling