Aql tarozisida o’lchab ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir. Abu Ali ibn Sino


Download 194.87 Kb.
bet4/11
Sana08.11.2020
Hajmi194.87 Kb.
#142581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BIOLOGIYA 80


7-DARS

Genlarning epistaz ta’siri.
Epistaz tashqi ko‘rinishidan dominantlikka o‘xshaydi. Lekin dominantlik noallel genlar orasida ro‘y beradi. Noallel genlar ustidan dominantlik qiluvchi genlar supressor yoki ingibitor- epistatik gen deyiladi. Epistatik genlar retsessiv gomozigota xolatda ham bo‘ladi. Dominant epistazning F2 bo‘g‘inida 13: 3,

12 : 3: 1 nisbatda, retsessiv epistazning ikki tomonlisida 9 : 7 nisbatda, bir tomonlisida

9 : 3: 4 nisbatda ajralish ro‘y beradi.
Masalalar:
1.Tovuqlar patining rangli bo‘lishi S geniga bog‘lik. Bu genning retsessivi s esa rang hosil qilmaydi. Boshqa xromosomada joylashgan I gen S gen ustidan dominantlik qilgani sababli pat oq rangli bo‘ladi. i geni esa S geniga ta’sir etmaydi. Quyidagicha genotipli tovuq va xo‘rozlar chatishtirilsa, F1 da tovuqlarning pati qanday rangda bo‘ladi.

a) IiSs X iiss; b) IISS X liSs

A) a-2:1:1 b-100% oq B) a-2:1:1 b-100% rangli

C) a-2:2 b-100% oq D) a-2:2:1 b-100% oq

2.G‘o‘zaning malla va yashil tolali liniyalari chatishtirilgan. F1 da malla tolali duragaylar etishdi. F1 duragay o‘z-o‘zidan changlanganda F2 da asosan malla, qisman yashil va juda oz miqdorda oq tolali o‘simliklar hosil bo‘lgan. Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin.

F2 da fenotip bo’yicha ajralish nisbati qanday bo’ladi?

A)12:3:1 B) 9:6:1 C) 9:3:4 D) 13:3

3.Suli donining rangi ikki xil gen ta’sirida rivojlanadi. Ulardan biri donning qora, ikkinchisi kulrang bo‘lishini ta’minlaydi. Qora rang hosil qiluvchi gen kulrang hosil qiluvchi gen ustidan dominantlik qiladi. Mazkur genlar retsessiv holatda donning oq bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.

I.Seleksioner qora donli sulini o‘z-o‘zi bilan changlatgan, nasldagi o‘simliklarning 1205 tasi qora donli, 306 tasi kulrang donli, 99 tasi oq donli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tajribadagi ota-ona o‘simliklarning genotipini aniqlashda seleksionerga yordam bering.

A) AaBb x AaBb B) AaBb x aabb

C) Aabb x aaBb D) AAbb x aaBB

II.Qora donli suli o'simliklari kulrang donli o'simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o'simliklarning 50 %i qora, 25 %i kulrang va 25 % oq donli bo’lgan. Chatishtirishdan olingan qora donli o'simliklarning ayrimlari oq donli o'simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o'simliklarning ½ qismi qora, 1/2 qismi oq donli bo’lgan.

a) 1-chatishtirish uchun olingan o'simliklarning

genotipini aniqlang.

b) 2-chatishtirish ucliun olingan o'simliklarning genotipini aniqlang

A) a-AabbxaaBb, b- aaBbxaabb

B) a-AabbxaaBb, b- Aabbxaabb

C) a-AaBbxaaBb, b- aaBbxaabb

D) a-AabbxaaBb, b- AaBbxAaBb

4. Sulida A - dominant supressor donning qora rangda bo'lishiga olib keladi, a - geni rang hosil bo'lish jarayoniga ta'sir ko’rsatmaydi

B- donning kulrang bo'lishini ta'minlaydi.

b - mevaning oq rangli bo'lishini ta'minlaydi. Genotiplari bir-biridan farq qilgan 2 ta suli

chatishtirilganda F1 da 4098 ta o'simlik olingan, shulardan 1032 tasi kulrang donli, qolganlari esa qora donli bo'lgan. Chatishtirilgan o'simliklarning genotipini aniqlang?

A) AaBb x AaBb B) AaBb x aabb

C) AaBB x Aabb D) AAbb x aaBB

5. Qovoq mevasining oq rangi - W, sariq rangi - U, yashil rangi - u, gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi.

I. Quyidagi WwYy va wwyy genotipga ega organizmlar o’zaro chatishtirilgandan birinchi bo’g’in duragaylarining fenotipi qanaqa nisbatda bo’ladi?

A) hammasi oq rangda

B) 1 ta sariq, 1 ta yashil, 2 ta oq

C) 6 ta oq , 1 ta sariq, 1 ta yashil

D) 3 ta oq, 1 ta sariq

II. Qovoq mevasining oq rangi W, sariq rangi Y, yashil rangi y gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagi WwYy va wwyy genotipiga ega organizmlar o'zaro chatishtirilsa, birinchi bo'g'in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo'ladi?

A) 1 ta sariq, 1 ta yashil, 2 ta oq

B)6 ta oq, 1 ta sariq, 1 ta yashil

C)3 ta oq, 1 ta sariq

D)hammasi oq

III.Quyidagi WwYy va Wwyy genotipiga ega organizmlar o'zaro chatishtirilsa, birinchi bo'g'in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo'ladi?

A)3 ta sariq, 1 ta yashil

B) 6 ta oq, 1 ta sariq, 1 ta yashil

C)3 ta oq, 1 ta sariq

D)hammasi oq

IV.Quyidagi WwYY va Wwyy genotipiga ega organizmlar o'zaro chatishtirilsa, birinchi bo'g'in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo'ladi?

A)3 ta sariq, 1 ta yashil

B)6 ta oq, 1 ta sariq, 1 ta yashil

C)3 ta oq, 1 ta sariq

D)hammasi oq

6. Qovoqda U - geni mevaning sariq rangini, u -geni yashil rangini ifodalaydi. S - dominant ingibitor, s - qovoq rangining yuzaga chiqishiga to'sqinlik qilmaydi.

I.Ikki juft dominant genlar bo'yicha gomozigota oq qovoq yashil qovoqlar bilan chatishtirish natijasida hosil bo'lgan F1duragayni o'zaro chatishtirilsa, F2 da fenotip bo'yicha qanday ajralish vujudga keladi?

A) 9 ta oq, 3 ta sariq, 3 ta oraliq, 1 ta yashil

B) 9 ta sariq, 3 ta oq, 4 ta yashil

C) 9 ta sariq, 6 ta oq, 1 ta yashil

D) 12 ta oq, 3 ta sariq, 1 ta yashil

II.Quyida berilgan genotiplarni tahlil qilib, oq rangli qovoqlar berilgan javobni toping.

1)UuSS; 2)UuSs; 3)Uuss; 4)UUSs; 5)uuss; 6)uuSs; 7)UUss; 8)uuSS.

A)3, 5 B)1, 2, 4, 6, 8

C)1, 2, 5, 7, 8 D)5

III. Tajribada UuSs genotipli qovoq, uuss bilan chatishtirilgan. F1 da qanday fenotipik xilma-xillik vujudga kelishini aniqlang.

A) 50% oq, 25% sariq, 25% yashil

B) 50% yashil, 25% sariq, 25% oq

C) 50% sariq, 50% oq

D) 100% oq

IV.Tajribada Uuss genotipli qovoq, uuss bilan chatishtirilgan. F1 da qanday fenotipik xilma-xillik vujudga kelishini aniqlang.

A)50% oq, 25% sariq, 25% yashil

B)50% sariq, 50% yashil

C)50% oq, 50% yashil

D)100% sariq

V. Sariq mevali qovoq o'simliklari oq mevali o'simliklar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o'simliklarning mevasi oq rangli bo'lgan.

F2 da esa 204 ta oq mevali, 53 ta sariq mevali va 17 ta yashil mevali o'simliklar olingan. F1 da olingan oq mevali o'simliklar yashil mevali o'simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avloddagi meva rangi bo'yicha qanday fenotipda ajralish bo’ladi?

A) 4:3:3 B) 2:2 C) 2:1:1 D) 1:1

8. Xushbo‘y no‘xat o‘simligida A va B dominant genlar genotipda alohida bo‘lganda gultojibarglari oq, birgalikda bo’lganda gultojibarglari qizil rangda bo‘ladi.

aabb genotipli formallar esa oq gultojibargli bo‘ladi. Quidagi chatishtirishdan hosil bo‘lgan F1 bo‘g‘inda gultojibargi qanday rangda bo‘ladi.

a) AaBb X aabb b)AaBb X Aabb

c)AaBb X AaBb

A) a- 3:1, b-3:5, c-9:7

B) a- 1:1, b-3:5, c-9:7

C) a- 3:1, b-3:6, c-9:7

D) a- 1:1, b-6:5, c-9:7

9. G‘o‘zada B gen tolaning malla, b gen oq rangda bo‘lishini ta’minlaydi. A gen esa yuqoridagi har ikkala gen ta’sirini bo‘g‘ib, tolaning yashil rangda bo‘lishiga olib keladi.

a gen esa tola rangiga ta’sir ko‘rsatmaydi. aaBB va Abb genotipli liniyalarni chatishtirib F1 da 116 ta o‘simlik, F1 o‘z-o‘zini changlatashidan F2 da 800 o‘simlik olingan:

a) F1 dagi o‘simliklarning qanchasi yashil tolali.

b) F2 dagi o‘simliklarning qanchasi malla, qanchasi yashil, qanchasi oq tolali bo‘lgan.

A) a-116,b-600 ta yashil,150 ta malla, 50ta oq

B) a-125,b-600 ta yashil,150 ta malla, 50ta oq

C) a-116,b-600 ta yashil,110 ta malla, 100ta oq

D) a-116,b-600 ta yashil,150 ta malla, 50ta oq

10. Zig‘ir gultojibarglari chetining kungurador bo‘lishi A, tekisligi—a genlarga bog‘liq. I—gen ingibitor vazifasini bajaradi, i—gen gultojibarg shakliga ta’sir ko‘rsatmaydi.

I.Quyidagicha chatishtirishdan qanday fenotipli duragaylar hosil bo‘ladi.

a) IIAA x iiaa; b) IiAa x iiaa;

A) a-100% tekis, b-6 ta tekis:2ta kungurador

B) a-100% tekis, b-3 ta tekis:1ta kungurador

C) a-100% tekis, b-3 ta tekis:2ta kungurador

D) a-100% tekis, b-2 ta tekis:2ta kungurador

II.Tekis va kungurador gultojbargli o'simliklar chatishtirilganida 135 ta kungurador va 225 ta tekis gultojbargli o'simliklar olingan bo'lsa, chatishtirilgan o'simliklarning genotipini aniqlang.

A) IiAaxiiAA B) IiAaxIiAa

C) IiAAxiiAa D) IiAaxiiAa

11. Itlarning qora junli urg‘ochisi, oq junli erkak formasi bilan chatishtirilgan. 50% oq junli, 25%kulrang junli, 25% qora junli itlar tug‘ilgan. Erkak, urg‘ochi itning genotipini aniqlang.

A) AaBb x AaBb B) AaBb x Aabb

C) AaBb x aabb D) AAbb x aaBB

12. Genotipa har xil, fenotipi o‘xshash bo‘lgan ikki xil piyoz chatishtirilgan. F1 da 60 oq piyozboshlar, ularning o‘zaro chatishishidan F2 da 260 oq payozbosh, 60 ta rangli piyoz hosil bo‘ladi. Chatashtirishda ishtirok etgan dastlabki ota-ona piyozboshlarning genotipini aniqlang?

A) AaBb x AaBb B) AaBb x Aabb

C) AaBb x aabb D) AABB x aabb

13. Piyoz po‘stining qizil rangini B gen, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda I gen bo‘lsa yuzaga chiqadi. Uning


retsessiv i alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Po‘sti qizil piyoz sariq piyoz bilan chatishtirilganda avlodda qizil, sariq va oq piyozlar hosil bo‘ldi.

a)Hosil bo‘lgan avlodda fenotip bo‘yicha qanday ajralish namoyon bo‘ladi?

b) Chatishtirilgan ota-onalarning genotipini aniqlang.

A) a-3:3:2, b-IiBbxIibb

B) a-6:4, b-IiBbxIibb

C) a-3:3:2, b-IIBbxIibb

D) a-3:3:2, b-IIBBxiibb

14.Piyoz po'stining qizil rangini B gen, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda I gen bo'lsa yuzaga chiqadi. Uning retsessiv i alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to'sqinlik qiladi.

I.Po'sti sariq piyoz oq piyoz bilan chatishtirilganda F1 da olingan barcha duragaylar qizil po'stli bo'lgan. F2 da fenotip bo'yicha qanday ajralish namoyon bo'ladi?

A) 1 qizil: 2 sariq : 1 oq

B) 3 qizil: 3 sariq : 2 oq

C) 9 qizil: 3 sariq : 4 oq

D) 9 qizil: 6 sariq : 1 oq

II.Quyidagi genotiplarning qaysi biri sariq rangli

fenotipga ega?

a)BBII; b)Bbii; c)bbII; d)bbii; e)bbIi;

f)BbIi; j)BbII; k)BBii

A)c,e B)a, f, j C)b, d, k D)c, e, f

III.Quyidagi genotiplarning qaysi biri qizil rangli

fenotipga ega?

a)BBII; b)Bbii; c)bbII; d)bbii; e)bbIi;

f)BbIi; j)BbII; k)BBii

A)c,e B)a, f, j C)b, d, k D)c, e, f

IV.Quyidagi genotiplarning qaysi biri oq rangli

fenotipga ega?

a)BBII; b)Bbii; c)bbII; d)bbii; e)bbIi;

f)BbIi; j)BbII; k)BBii

A)c,e B)a, f, j C)b, d, k D)c, e, f

15. Tovuqlarda C- patning qora rangini, c- oq rangini belgilaydi. Ikkinchi juft noallel dominant (I) gen rangni yuzaga chiqarmaydi, i- rangga ta’sir qilmaydi.

I.Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida 3 ta qora, 1 ta oq tovuq hosil bo’ladi?

A) IICC x iiCc B) iiCc x iicc

C) iiCc x iiCc D) IiCc c iicc

II.Oq patli tovuq va xo'roz chatishtirilganda 1680 jo'ja olingan. Ulardan 315 tasi rangli, qolgani oq. Tovuq, xo'roz va rangli jo'jalarning genotipini aniqlang.

A)Ccii x ccii; CCii, Ccii

B)CCIi x CCIi; Ccii, Ccii

C)CcIi x CcIi; CCii, Ccii

D)Ccii x CCIi; Ccii, Ccii

III.Oq tovuq rangli xo'roz bilan chatishtirilganda 715 rangli va 716 oq jo'jalar olindi. Tovuq xo'roz va jo'jalarning genotipini aniqlang.

A)CCII x ccii; Ccii, Ccii

B)CcII x Ccii; CCIi, Ccii

C)CCU x Ccii; CCIi, Ccii

D)ccii x Ccii; Ccii,ccii

IV. Genlarning epistaz ta'siriga ko'ra tovuqlarning oq patli (1)va qora patli (2)formalarini ajrating.

a)IICC; b)IiCc; c)iiCC; d)licc; e)iiCc; f)iicc.

A)1 - a, b, d,f;2-c,e

B)1-c, e; 2-a,b,d,f

C)1 - a, c, d, e; 2-b,f

D)1-c,f;2-a,b,d, e

V.Quyidagi chatishtirishlarning qasi birida faqat rangsiz tovuqlar hosil bo’ladi?

A)IiCC x IiCC B)IiCc x iicc

C)IICc x iicc D)IiCC x Iicc

VI. Oq patli tovuqlarni o'zaro chatishtirilganda F1 da barcha duragaylar oq patli, F2 da esa 650 ta oq, 150 tasi qora rangli bo'lgan.

a) F2 da olingan oq patli duragaylarning nechtasi 2 ta gen bo'yicha gomozigotali genotipga ega?

b) F2 da olingan oq patli duragaylarning nechtasi 2 ta gen bo'yicha geterozigotali genotipga ega?

c) F2 da olingan qora patli duragaylarning nechtasi 2 ta gen bo'yicha gomozigotali genotipga ega?

A)a-200,b-200, c-50

B) a-150,b-200, c-150

C) a-150,b-200, c-50

D) a-150,b-100, c-100

16. Sichqonlarning rangi ikki juft allel bo'lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni kulrangni, retsessivi esa qora rangli bo'lishini, ikkinchi juftning dominant geni rangning hosil bo'lishiga yordam beradi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi.

I.Kulrang sichqonlar o'zaro chatishtirilganda 82 kulrang, 35 oq va 27 qora rangli sichqonlar paydo bo'lgan. Ota-ona sichqonlarning genotipini aniqlang.

A)AaBb x Aabb

B)AaBb x AaBb

C)AABb x AABb

D)AaBb x AAbb

II.Kulrang sichqonlar o'zaro chatishtirilganda 40 kulrang, 13 qora avlodlar paydo bo'lgan. Ota-ona sichqonlarning genotipini aniqlang.

A)AaBb x AaBb

B)AaBb x AABB

C)AaBB x AaBB

D)AaBb x AAbb

17. Quyidagi berilgan chatishtirish nisbatlarining qaysi biri epistaz ta'siriga tegishli emas?

A)9:7 B)13:3 C)12:3 D)12:3:1

18. Oq urug'li loviyani qo'ng'ir urug'li loviya bilan chatishtirganda birinchi bo'g'inda olingan hamma avlod sarg'ish tusli bo'ldi. Ikkinchi avlodda esa quyidagicha ajralish kuzatildi: 567 ta sarg'ish, 189 ta qo'ng'ir, 252 ta oq.

a) Olingan oq urug'li individlarda nechta genotipik sinf uchraydi,

b) sarg'ish urug’lilarning nechtasi sof gomozigotali?

c) Olingan qo'ng'ir urug'li individlarda nechta genotipik sinf uchraydi,

d) oq urug'li o'simliklarning nechtasi sof gomozigotali?

e) Olingan sarg'ish urug'li individlarda nechta genotipik sinf uchraydi,

g) qo'ng'ir urug'lilarning nechtasi sof gomozigotali?

A) a-3,b-63,c-2xil,d-126,e-3,g-63

B) a-3,b-63,c-3xil,d-126,e-4,g-63

C) a-3,b-63,c-2xil,d-126,e-4,g-63

D) a-5,b-63,c-2xil,d-126,e-4,g-63

19. Genlarning epistatik ta'siri natijasida oq mevali qovoq o'simliklari yashil mevali o'simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o'simliklarning 50 %i oq, 25 %i sariq va 25 %i yashil mevali bo'lgan. Chatishtirish uchun olingan o'simliklarning genotipini aniqlang.

A)AaBb x AaBb

B)AaBb x AAbb

C)AaBB x aabb

D)AaBb x aabb

20. G'o'zada A geni tolaning malla, a geni esa oq bo'lishini ta'minlaydi. S geni esa ularning ta'sirini bo'g'ib tolaning yashil rangda bo'lishiga olib keladi. Uning retsessiv alleli s tola rangiga tasir ko'rsatmaydi. Tajribada aaSS x AAss genotipli organizmlar chatishtirilganida F1da 180 ta o'simlik. F2 da esa 800 ta o'simlik olingan

a) Chatishtirilgan o'simliklarning F2 da fenotip bo'yicha ajralish nisbatini aniqlang.

b) F2 da olingan o'simliklardan nechtasi yashil, oq, malla tolali?

A) a-12:3:1,b- 600ta yashil:100ta malla:100ta oq

B) a-12:3:1,b- 300ta yashil:150ta malla: 150ta oq

C) a-12:3:1, b- 600ta yashil:150ta malla: 50ta oq

D) a-13:3, b- 600ta yashil:150ta malla: 50ta oq

21. Otlar junining kulrang belgisi ikki xil noallel dominant gen ishtirokida rivojlanadi. Ularda B - qora, b-malla junning rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Boshqa xromosomada joylashgan I geni esa B va b genlar funksiyasini susaytiradi.

I.Otlar fermasida gomozigota kulrang biya bilan malla junli ayg'ir chatishtirilganida F1 da kulrang otlar hosil bo’lgan.Ular o'zaro chatishtirilganida F2 da kulrang, qora va malla junli otlar hosil bo’lgan. F2 da fenotipik ajralish nisbati va fenotipik sinflar sonini aniqlang

A) 12:3:1, 3ta B) 12:3:1, 5ta

C) 13:3, 3ta D) 12:3:1, 2ta

II.Kulrang va malla junli otlar o'zaro chatishtirilganida o'zaro teng miqdorda kulrang va qora junli otlar olingan. Chatishtirilgan organizmlarning genotipini toping.

A) IiBbxIibb B) IiBBxiibb

C) IiBbxIIbb D) IiBBxIibb

III.Ot zavodida gomozigota kulrang biya bilan malla junli ayg‘ir chatishtirilgan F1 da kulrang otlar hosil bo‘lgan. Ular o‘zaro chatishtirilganda F2 da 12 ta kulrang, 3 ta qora va bitta malla junli otlar hosil bo‘lgan. CHatishtirishda ishtirok etgan biya va ayg‘irning genotipini aniqlang.

A) IiBbxIibb B) IiBBxiibb

C) IiBbxIIbb D) IIBBxiibb

22.Otlar junining rangini ikkita allel bo’lmagan genlar nazorat qiladi. Genotipdagi dominant B geni qora rangli, b geni esa malla rangli jun hosil bo’lishiga sabab bo'ladi. I geni esa B va b genlar funksiyasini pasaytirib, rangning kulrang tusda bo’lishiga olib keladi.

I.Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida digeterozigotali otlarni chatishtirish natijasida olingan nasl orasida necha foiz organizm kulrang tusda bo'lishi ehtimolini aniqlang.

A) 75 B) 50 C) 25 D) 100

II. Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida digeterozigotali otlarni chatishtirish natijasida olingan nasl orasida fenotip bo'yicha nisbat qanday bo’lishini aniqlang.

A) 12:3:1 B) 9:6:1

C) 9:3:3:1 D) 15:1

III. Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida digeterozigotali otlarni chatishtirish natijasida olingan nasl orasida fenotip bo'yicha ota-onaga o'xshamagan organizmlar necha foizni tashkil qiladi?

A) 75 B) 50

C) 25 D) 100

23.Genotipi har xil bo’lgan oq gulli va xushbo’y no’xat navlari chatishtirlganda 1-avlodda qizil gulli o’simlik olindi, 1-avlod duragaylari o’zaro chatishtirilganda F2 da olingan o’simliklar 9/16 qismi qizil , 7/16 qismi oq gulli bo’ldi, oql gulli o’simliklar necha xil genotipik guruh hosil qiladi?

A) 4 xil B) 5 xil C) 3 xil D) 2 xil

24. Genlarning epistaz ta'sirida nima kuzatiladi?

1)ota-onada bo'lmagan yangi belgi vujudga keladi;

2)xilma-xillik kuchayadi, polimorfizm kengayadi;

3)seleksiya va evolyutsiya samaradorligi ortadi;

4)gomozigota formalar nobud bo'ladi;

5)belgining vujudga kelishi dominant genlarning soniga bog'liq;

6)bir gen ikkinchi genni to'ldiradi.

A)1,2,3 B)2, 4, 6 C)1, 2, 5 D)1,3,6

25. Sichqonlar rangi ikki juft allelmas genlar tomonidan belgilanadi. Bir juftning dominant geni kulrangni, uning retsessiv geni qora rangni belgilaydi. Ikkinchi juftning dominant geni rangning yuzaga chiqishini ta’minlaydi. Uning retsessiv geni rangsizlikni ta’minlaydi. Kulrang sichqonlar o’zaro chatishtirish natijasida 82 ta kulrang, 35 ta oq va 27 ta qora sichqonlar tug’ildi. Ota- ona genotiplarini aniqlang?

A)AaBb x AaBB B)AaBb x AAbb

C)AaBB x aabb D)AaBb x AaBb

26. Tovuqlar patlarning rangi ikki juft allelmas genlarning o’zaro ta’siri bilan belgilanadi. Birinchi juftning dominant geni patning rangli bo’lishini, retsessiv geni rangsiz bo’lishini ta’minlaydi. Ikkinchi juftning dominant geni rang yuzaga chiqishini bo’g’ib qo’yadi, retsessiv geni esa rangga ta’sir qilmaydi. Oq tovuqlar o’zaro chatishtirilganda 1680 ta jo’jadan, 315 tasi rangli, qolganlari rangsiz bo’lib chiqqan. Tovuqlar va rangli jo’jalar genotipini aniqlang.

A)CCIi x ccii; Ccii, Ccii

B)CcIi x Ccii; CCIi, Ccii

C)CcIi x CcIi; CCii, Ccii

D)ccii x Ccii; Ccii,ccii

27.IICC va iicc genotipli oq patli tovuq va xo`rozlar o`zaro chatishtirilganda F1 da olingan oq patli duragaylar o`zaro chatishtirildi. F2 da hosil bo`lgan oq rangli tovuqlarning necha foizi taxliliy chatishtirish natijasida ajralish ro`y beradi?

A)23% B)25% C)75 % D)77%

28. IICC va iicc genotipli oq patli tovuq va xo`rozlar o`zaro chatishtirilganda F1 da olingan oq patli duragaylar o`zaro chatishtirildi. F2 da hosil bo`lgan oq rangli tovuqlarning necha foizi taxliliy chatishtirish natijasida genotip ajralish ro`y bermaydi?

A)23% B)25% C)75 % D)77%

29.Oq piyoz boshli o`simliklar o`zaro chatishtirilganda F1 da digeterozigota oq piyozboshli F2 da esa rangli va oq piyozboshli o`simliklar olingan bo`lsa, F2 da olingan rangli piyozboshli o`simliklarning necha foizi taxliliy chatishtirilganda genotip ajralish ro`y beradi?

A)66,6 B)33,3 C)75 D)25

30.Oq piyoz boshli o`simliklar o`zaro chatishtirilganda F1 da digeterozigota oq piyozboshli F2 da esa rangli va oq piyozboshli o`simliklar olingan bo`lsa, F2 da olingan oqpiyozboshli o`simliklarning necha foizi taxliliy chatishtirilganda ajralish ro`y bermaydi?

A)84,6 B)23 C)75 D)25


8-DARS.

Genlarning polimer ta’siri

Genlarning o‘zaro polimer ta’siri deyilganda, ikkita va undan ko‘p genning bir xil yo‘nalishidagi ta’siri tushuniladi. Bunday genlar polimer genlar deb nomlanadi va indeksi bilan farq qiluvchi bir xil harflar bilan ifodalanadi. CHunonchi, A1 A1 A2 A2 A3 A3 yoki

a1 a1 a2 a2 a3 a3 . Qishloq xo‘jalik ekinlari, chorva mollarining xo‘jalikda ahamiyatli miqdor, ba’zan sifat belgilari polimer genlar ta’sirida rivojlanadi. Polimer holda nasldan-naslga o‘tish kumulyativ va nokumulyativ xillarga bo‘linadi. Kumulyativ polimeriyada belgining fenotipda namoyon bo‘lish darajasi dominant genlar soniga bog‘liq bo‘lsa, nokumulyativ polimeriyada dominant genlar nechta bo‘lishiga qaramay, fenotipda belgi bir xil namoyon bo‘ladi.

Kumulyativ polimeriyada F2 da 1: 4: 6 : 4: 1, nokumulyativ polimeriyada 15: 1 nisbatda ajralish ro‘y beradi. Agar belgi uchta gen ta’sirida rivojlansa, kumulyativ polimeriyada F2 da 1:6:15:20:15:6:1, nokumulyativ polimeriyada 63:1 nisbatda ajralish ro‘y beradi.


Masalalar:

1. Xirzutum turiga mansub g‘o‘za chigitining mikropile qismidagi tuklar dominant F1 F1 F2 F2 genlarga bog‘lik. Agar genotipda dominant gen 4 ta bo‘lsa tuk normal, 3 ta bo‘lsa normadan oz, 2 ta bo‘lsa oraliq, bitta bo‘lsa juda oz bo‘ladi. Bu genlar retsessiv holatda bo‘lagnda chigitda tuk rivojlanmaydi. Mikropile qismi normal va tuksiz chigitli g‘o‘za navlari o‘zaro chatishtirilsa

(a)F2 nechtasida chigit tuki normal,

(b) nechtasi tuksiz, (c) agar F1 duragaylar tuksiz chigitli formallar bilan qayta chatishtirilsa, Fb da nechta fenotipik sinf hosil bo‘ladi.

A) a-4ta,b-1ta, c-3ta

B) a-2ta,b-1ta, c-3ta

C) a-1ta,b-2ta, c-3ta

D) a-1ta,b-1ta, c-3ta

2. Makkajo‘xorining so‘tasi 20 va 8 sm uzunlikda bo‘lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so‘taning 5 sm, retsessiv gen 2 sm uzunligini namoyon etsa, u holda:

a) F1 da so‘ta uzunligi qancha bo‘ladi.

b) 3 ta dominant genli formallar F2 dagi 960 ta o‘simlikdan necha qismini tashqil etadi.

A) a-14sm,b-240 ta B) a-14sm,b-360 ta

C) a-12sm,b-140 ta D) a-12sm,b-240 ta

3. Quyonlarning Baron zoti quloq suprasining uzunligi 28 sm, boshqa zotiniki 12 sm ga teng. Agar quloq suprasining uzunligi ikki juft dominant genga bog‘liq deb faraz etsak va Baron zotining genotipi D1 D1 D2 D2 , ikkinchi zotniki d1 d1 d2 d2 bo‘lsa, ularni o‘zaro chatishtirish natijasida olingan F1 duragaylarning quloq suprasi necha santimetr bo‘ladi(a).

Agar F1 duragay quyonlarning urg‘ochi va erkagi o‘zaro chatishtirilsa, F2 da:

(b) nechta genotipik;

(c) nechta fenotipik sinf hosil bo‘ladi.

(d) quyonlardan necha % i quloq suprasi xuddi Baron zotinikidek uzun bo‘ladi

A) a-20sm,b-9xil,c-5 xil, d-18,75%

B) a-20sm,b-9xil,c-5 xil, d-12,5%

C) a-18sm,b-9xil,c-5 xil, d-6,25%

D) a-20sm,b-9xil,c-5 xil, d-6,25%

4. Polimer gen alternativ belgilarning fenotipda namoyon bo‘lishini ham tartibga soladi. Bu holda nokumulyativ nasldan naslga o‘tish protsessi amalga oshadi.Tovuqlar oyog‘ida pat bo‘lishi ikkita polimer nokumulyativ genga bog‘lik. Agar ulardan bittasi genotipda bo‘lsa, tovuq oyog‘ida pat hosil bo‘ladi. Agar polimer genlar retsessiv holatda bo‘lsa pat rivojlanmaydi.

Oyog‘ida pati yo‘q tovuq oyog‘ida pati bor xo‘roz bilan chatishtirilgan. F1 da 12 ta va F2 da 1120 ta tovuq va xo‘roz olingan:

a) F2 dagi nechta tovuq va xo‘rozning oyog‘ida pati bor

b) nechtasida pat yo‘q

c) bir xil genotipga ega, oyog‘ida pati bor F2 tovuq va xo‘roz o‘zaro chatishtirilsa, ulardan necha xili F3 da genotip ajralmaydi.

A) a-1050ta,b-70ta, c-5 xil

B) a-1050ta,b-70ta, c-4 xil

C) a-980ta,b-140ta, c-5 xil

D) a-1050ta,b-70ta, c-3 xil

5. Bug‘doyda A1 A2 genlar bahorilik xususiyatini, a1 a2 genlar esa kuzgilik xususiyatini namoyon qiladi. A1 A1 A2 A2 genotipga ega formallarda bahorilik xususiyati, a1 a1 a2 a2 genotipli formallarda kuzgilik belgi kuchli ifodalangan bo‘ladi. Quyidagicha chatishtirishdan olingan formallarda fenotipni aniqlang (% da);

a)A1 A1 A2 A2 x a1 a1 a2 a2

b) A1A1 a2 a2 x a1 a1 a2 a2

v) A1 a1 a2 a2 x a1 a1A2 a2

A) a-100% baxorlilik,b-100% baxorlilik,v-75% kuzlilik:25% baxorlilik

B) a-100% baxorlilik,b-75% baxorlilik:25% kuzlilik,v-100% baxorlilik

C) a-100% baxorlilik,b-100% baxorlilik,v-100% baxorlilik

D) a-100% baxorlilik,b-100% baxorlilik,v-75% baxorlilik:25% kuzlilik

6. Odatda bo‘yning uzunligi kumulyativ polimer genlarning o‘zaro ta’siri tufayli nasldan-naslga o‘tadi. Agar muhitning ta’siri e’tiborga olinmasa, u holda bunday genlarni A1 A1 A2 A2 A3 A3 va

a1 a1 a2 a2 a3 a3 bilan ifodalash mumkin. Agar odamning biror populyasiyasida barcha genlar dominant bo‘lsa, bo‘y 180 sm, barcha genlar retsessiv bo‘lgan taqdirda bo‘y 150 sm ga teng bo‘ladi;

a) 3 ta gen bo‘yicha geterozigota odamlarda bo‘yning uzunligi qancha bo‘ladi.

b) past bo‘yli ayol o‘rtacha bo‘yli erkakka turmushga chiqqan va 4 ta farzand ko‘rgan. Ularning bo‘ylari 165 sm, 160 sm,155 sm, 150 sm. Ayol va erkakning genotipini aniqlang.

A) a-165 sm b-A1a1A2a2A3a3 x a1a1a2a2a3a3

B) a-170 sm b-A1a1A2a2A3a3 x a1a1a2a2a3a3

C) a-160 sm b-A1a1A2a2A3a3 x a1a1a2a2a3a3

D) a-180 sm b-A1a1A2a2A3a3 x a1a1a2a2a3a3

7. Odam terisining rangi ikki xil gen bilan belgilanadi. BBSS genotipli odamlarning terisi qora, bbss genotipli odamniki oq rangda bo‘ladi. Genotipda 3 ta dominang gen bo‘lsa teri qoramtir, 2 ta bo‘lsa oraliq, bitta bo‘lsa oqish bo‘ladi.Terisi rangi oraliq bo‘lgan erkak terisi oqish bo‘lgan ayolga uylangan. Ular farzandlarining 6\8 qismida teri rangi oraliq va oqish 2\8 qismida qoramtir va oq bo‘ladi. Erkak va ayolning genotipini aniqlang

A) BbSs x BbSs B) BbSs x Bbss

C) BbSs x BBss D) BBSs x Bbss

8. Jag`-jag` o’simligining mevasi uchburchakli va oval shaklda bo’ladi. Mevaning shakli ikki juft birikmagan, allel bo’lmagan genlar bilan ifodalanadi. Ikkita o’simlikni o’zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo’lib, ularning 15 qismi uchburchakli va 1 qismi oval shaklli mevalarga ega bo’lgan. Ota-ona genotipini aniqlang.

A) A1A1A2a2 x A1a1A2a2

B) A1A1A2A2 x a1a1a2a2

C) A1a1A2a2 x A1a1A2a2

D) A1a1A2a2 x a1a1a2a2

9. G‘o‘zaning gultojibarglari asosida antotsian dog‘ R1 R1 R2 R2 genlar ta’sirida hosil bo‘ladi,

r1 r1 r2 r2 genli retsessiv formallar gultojibargida antotsian dog‘ uchramaydi. Gultojabarglari asosida antotsian dog‘i bor g‘o‘za gultojibarglari asosida antotsian dog‘i yo‘q liniya bilan chatishtirilganda hosil bo‘lgan F2 duragaylarning fenotipini aniqlang.

A) 15 ta antotsian dog’li:1 ta antotsian dog’siz

B) barchasi antotsian dog’li

C) barchasi antotsian dog’siz

D) 15 ta antotsian dog’siz:1 ta antotsian dog’li

10. Mo'ynachilik xo'jaligida ko'paytiriladigan norka mo'ynalarining rangi 2 juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. 2 juftning dominant genlari mo'ynaning qo'ng'ir rangini, ularning retsessiv allellar esa mo'ynaning kumush rangda bo'lishini belgilaydi. Nokumulativ polimeriya qoidalariga mos holda irsiylanadi. Ikki juft genlar bo'yicha geterozigotali norkalarni o'zaro chatishtirilishi natijasida qanday avlodlar hosil bo'lishini (a) va qo’ng’ir ranglilarning necha %i keyingi bo’g’inda fenotip ajralmasligini(b) aniqlang?

A) 15 qo’ng’ir:1 kumush, b-6,25%

B) 15 qo’ng’ir:1 kumush, b-46,7%

C) 15 qo’ng’ir:1 kumush, b-53,3%

D) 15 qo’ng’ir:1 kumush, b-18,75%

11.Bug’doy donining rang 2 juft nokomulyativ polimer genlarga bog’liq. Agar digeterozigota va ikkalasi ham retsessiv genotipli bug’doylar chatishtirilsa olingan avlod genotipi bo’yicha qanday nisbatda ajraladi ?

A) 15:1 B) 1:4:6:4:1

C) 1:1:1:1 D) 1:2:2:4:1:2:1:2:1

12. Quyonlar juni uzunligi ikki juft allelmas genlar tomonidan boshqariladi. Agar bu genlar hammasi dominant holda kelsa jun uzunligi 8 sm, hammasi retsessiv bo’lsa, jun uzunligi 2 sm bo’ladi. Bunday quyonlar o’zaro chatishtirilganda birinchi va ikkinchi avlod quyonlarda belgilar ajralish nisbati fenotip bo’yicha qanday bo’ladi?

A) F1 da barchasi 5 sm, F2 da 15:1

B) F1 da barchasi8 sm, F2 da 1:4:6:4:1

C) F1 da barchasi 2 sm, F2 da 1:4:6:4:1

D) F1 da barchasi 5 sm, F2 da 1:4:6:4:1

13. Odam terisining pigmentatsiyasi uchta allelmas genlar tomonidan nazorat qilinadi. Dominant genlar genotipda qancha ko’p bo’lsa teri rangi shuncha qora bo’ladi. Negrlarda A1A1A2A2A3A3, oq tanlilarda esa a1a1a2a2a3a3 . Negr va oq tanlilar avlodi mulat deyiladi. Agar ikkita mulatning nikohidan oq tanli va mulat farzandlar tug’ilgan bo’lsa , uning genotipini aniqlang.

A) A1A1A2a2a3a3

B) A1a1A2a2A3a3

C) A1a1A2A2A3a3

D) A1A1A2a2A3a3

14. Quyonlarning quloq suprasining 24 sm uzunlikda bo'lishi dominant D1D1D2D2genlarga, 12 sm uzunlikda bo'lishi retsessiv d1d1d2d2 genlarga bog'liq. Quloq suprasining uzunligi 21 sm bo'lgan organizmlarning genotipini toping.

1)D1D1D2D2; 2)D1d1D2D2; 3)D1D1D2d2

4)D1D1d2d2 5)D1d1d2d2; 6)d1d1d2d2

7)d1d1D2d2 8)D1d1D2.d2

A)2,3 B)4, 8 C)5,7 D)1, 6

15. Quyonlarning quloq suprasining 24 sm uzunlikda bo'lishi dominant D1D1D2D2genlarga, 12 sm uzunlikda bo'lishi retsessiv d1d1d2d2 genlarga bog'liq bo'lsa, quloq suprasining uzunligi 18 sm bo'lgan organizmlarning genotipi qanday bo'lishi mumkin?

1)D1D1D2D2; 2)D1d1D2D2; 3)D1D1D2d2

4)D1D1d2d2 5)D1d1d2d2; 6)d1d1d2d2

7)d1d1D2d2 8)D1d1D2.d2

A)2, 3 B)4, 8, 9 C)5, 7 D)1, 6

16.Quyonlarning quloq suprasining 24 sm uzunlikda bo'lishi dominant D1D1D2D2genlarga, 12 sm uzunlikda bo'lishi retsessiv d1d1d2d2 genlarga bog'liq bo'lsa, quloq suprasining uzunligi 15 sm bo'lgan organizmlarning genotipi qanday bo'lishi mumkin?

1)D1D1D2D2, 2)D1d1D2D2 3)D1D1D2d2 4)D1D1d2d2 5)D1d1d2d2; 6)d1d1d2d2; 7)d1d1D2d2 8)D1d1D2d2.

A)2, 3 B)4,8 C)5, 7 D)1, 6

17. Quyonlarning quloq suprasining uzunligi 2 juft polimer genlar bilan ifodalanadi. Agar har bir dominant gen 6 sm, retsessiv gen esa 3 sm uzunligini ta'minlasa, bu holda quloq suprasining uzunligi 24 va 12 sm li bo'lgan organizmlarning genotipi qanday bo'lishi mumkin?

1)D1D1D2D2, 2)D1d1D2D2 3)D1D1D2d2 4)D1D1d2d2 5)D1d1d2d2; 6)d1d1d2d2; 7)d1d1D2d2 8)D1d1D2d2.

A)2, 3 B)4,8 C)5, 7 D)1,6

18. Quyonlarning quloq suprasining uzunligi 2 juft polimer genlar bilan ifodalanadi. Agar har bir dominant gen 6 sm, retsessiv gen esa 3 sm uzunligini ta'minlasa, quyida berilgan genotiplarning quloq suprasi uzunligiga mos keladigan ko'rsatkichni juftlab ko'rsating.

1)D1D1D2D2, 2)D1d1D2D2 3)D1D1D2d2 4)D1D1d2d2 5)D1d1d2d2; 6)d1d1d2d2; 7)d1d1D2d2 8)D1d1D2d2.

a)24 sm; b)21 sm; c)18 sm; d)15 sm; e)12 sm

A)a - 1; b - 2, 3; c - 4, 8; d - 5, 7; e - 6

B)a - 1; b - 4, 8; c - 2, 3; d - 5, 7; e - 6

C)a - 1; b - 2, 4; c - 3, 7; d - 5, 8; e - 6

D)a - 6; b - 2, 5; c - 7, 8; d - 4, 5; e - 1

19. Muhitning ta'siri unchalik e'tiborga olinmasa, odam bo'yining uzunligi A1A1A2A2A3A3, past bo'lishi a1a1a2a2a3a3 genlariga bog'liq.

Odamda barcha genlar dominant bo'lganda bo'y uzunligi 180 sm, barcha genlar retsessiv bo'lganda bo'y uzunligi 150 sm ga teng.

I.Barcha genlar bo'yicha dominant gomozigota erkak, past bo'yli ayolga uylandi. Ularning farzandlarida bo'y uzunligi necha sm bo'ladi?

A)50% 180 sm, 50% 150 sm

B)barchasi 165 sm

C)barchasi 175 sm

D)180 sm, 175 sm, 170 sm, 165 sm, 160 sm, 155 sm, 150 sm

II. Quyida berilgan genotiplarni ularga mos keladigan bo'y uzunligi bilan juftlab ko'rsating.

1)A1A1A2A2A3A3; 2)a1a1a2a2a3a3

3)A1A1A2A2A3a3; 4)A1a1A2a2A3a3; 5)A1A1A2a2A3a3; 6)A1a1A2a2a3a3

a)160 sm; b)165 sm; c)170 sm; d)175 sm; e)150 sm; f)180 sm

A) 1-a; 2-b;3-a;4-e;5-c;6-d

B) 1 - a; 2 - e; 3 - d; 4 - c; 5 - b; 6 - f

C) 1-f; 2-e;3-d;4- b; 5 - c; 6 - a

D) 1 - a; 2 - d; 3 - f; 4 - b; 5 - e; 6 - c

III. Quyida berilganlardan bo'y uzunligi 160 sm bo'ladigan genotipini toping.

A) A1A1A2A2A3A3 B)a1a1a2a2a3a3 C)A1a1A2a2a3a3 D)A1A1A2A2A3a3

IV. Quyida berilganlardan bo'y uzunligi 175 sm bo'ladigan genotipini toping.

A)A1A1A2A2A3A3 B)a1a1a2a2a3a3 C)A1a1A2a2a3a3 D)A1A1A2A2A3a3

20. Jag'-jag’ o'simligining mevasi uchburchakli va oval shaklda bo’ladi. Mevaning shakli 2 juft birikmagan, allel bo'lmagan genlar bilan

ifodalanadi. 2 ta o'simlikni o'zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo’lib, ularning 24570 tasi uchburchakli va 1638 tasi oval shaklli mevalarga ega bo’lgan. Ota-ona genotipini aniqlang.

A) A1A1A2a2 x A1a1A2a2

B) A1A1A2A2 x a1a1a2a2

C) A1a1A2a2 x A1a1A2a2

D) A1a1A2a2 x a1a1a2a2

21.Agar 4 gen bo‘yicha gomozigota dominant bo’lgan genotip 136 sm, gomozigota retsessiv bo’lgan genotip 72 sm ni tashkil qilsa, genotipi A1A1A2a2a3a3A4A4 bo’lgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganda F1 avlodda 104 sm li individlar necha foizni tashkil etadi?

A) 25% B) 50% C)75% D)12,5%

22. Quyonlarning quloq suprasining 24 sm uzunlikda bo'lishi dominant D1D1D2D2 genlarga, 12 sm uzunlikda bo'lishi retsessiv d1d1d2d2 genlarga bog'liq. Quloq suprasi uzun (24 sm)bo'lgan Baron quyon zoti quloq suprasi kalta (12 sm)bo'lgan zot bilan chatishtirilgan. F1duragayining quloq suprasining uzunligini toping.

A)21 sm B)18 sm C)15 sm D)16 sm

23.Makkajo'xori so'tasining uzunligi bir juft polimer genlar (A1 va A2)bilan belgilanadi. Dominant gomozigotali formalar so'tasining uzunligi 24 sm, retsessiv gomozigotali formalar so'tasining uzunligi 16 sm bo'lsa,

I. F2da 24 sm li so'taga ega bo'lgan formalar naslning necha foizini tashkil etadi?

A)6,25 B)25 C)37,5 D)50

II.F2da 16 sm li so'taga ega bo'lgan formalar naslning necha foizini tashkil etadi?

A)6,25 B)25 C)37,5 D)50

III.F2da 20 sm li so'taga ega bo'lgan formalar naslning necha foizini tashkil etadi?

A)6,25 B)25 C)37,5 D)50

IV. F2da 18 sm li so'taga ega bo'lgan formalar naslning necha foizini tashkil etadi?

A)6,25 B)25 C)37,5 D)50

V.F2da 22 sm li so'taga ega bo'lgan formalar naslning necha foizini tashkil etadi?

A)6,25 B)25 C)37,5 D)50

24. So’tasining uzunligi 32 sm bo’lgan makkajo’xori 12 sm uzunlikdagisi ustidan dominantlik qiladi. Agar yuqoridagi so’talar chatishtirilsa F1 dagi so’talar uzunligi qancha bo’ladi?

A)24 sm B)22 sm C)28 sm D)32sm

25.Xizritum turiga mansub g'o'za chigitining urug' yo'li qismidagi tuklar bo'lishi dominant U1U1U2U2 genlariga bog'liq. Agar genotipda 4

ta dominant gen bo'lsa tuklar ko'p, 3 ta bo’lsa normal, 2 ta bo’lsa oraliq, bitta bo'lsa juda oz bo'ladi. Bu genlar retsessiv bo’lganida tuklar rivojlanmaydi. Oraliq turdagi tuklarga ega bo’lgan o'simliklar chatishtirilganida 1120 ta o'simlik olingan bo'lsa

a) ulardan nechtasida tuklar ko'p bo’ladi?

b) nechtasida tuklar normal bo’ladi?

c) nechtasida tuklar umuman bo'lmaydi?

A) a-70,b-280,c-170

B) a-70,b-280,c-280

C) a-140,b-280,c-70

D) a-70,b-280,c-70

26.Makkajo’xorining so’tasi 24 va 12 sm uzunlikda bo’lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, u holda birinchi avlod duragaylarida so’taning uzunligi qancha bo’ladi(a),ikkinchi avlodda qanday ajralish kuzatiladi(b), F2 dagi 960 ta o’simlikdan nechtasi 1 ta, nechtasi 2 ta, nechtasi 3 ta dominant genli bo’ladi (c)?

A)a-18 sm,b-1:4:6:4:1, C-240:360:240

B) a-18 sm,b-15:1, C-240:360:240

C) a-18 sm,b-1:4:6:4:1, C-240:360:360

D) a-20 sm,b-1:4:6:4:1, C-240:360:240

27. Bug’doy doning rangi ikki juft polimer genga bog’liq va donning qizil, och qizil, pushti, och pushti, oq formalari uchraydi. Quyidagi genotiplarning qaysi biri donning och qizil bo’lishini belgilaydi?

1- A1A1A2a2; 2- A1a1A2a2; 3- A1A1A2a2;

4- A1A1A2A2; 5- A1A1a2a2; 6- A1A1a2a2;

A) 3,4 B) 1,3

C) 2,5 D) bunday genotip ko’rsatilmagan

28.Agar 4 gen bo'yicha gomozigota dominant bo'lgan genotip 104 sm, gomozigota retsessiv bo'lgan genotip 48 sm ni tashkil qilsa,genotipi

A1a1 A2 A2 A3 A3 A4 a4 bo’lgan o'simlik o'z-o'zidan changlantirilganda

a) olingan avlodning necha %ini 83 sm li individlar tashkil qiladi?

b) Sof gomozigotali organizmlar necha % bo’ladi?

c) olingan avlodning necha %ini 76 sm li individlar tashkil qiladi?

d) olingan avlodning necha %ini 69 sm li individlar tashkil qiladi?

e) olingan avlodning necha %ini 90 sm li individlar tashkil qiladi?

A)a-25, b-25, c-6,25, d-0, e-37,5

B) a-25, b-25, c-6,25, d-0, e-12,5

C) a-25, b-25, c-18,75, d-0, e-37,5

D) a-12,5, b-25, c-6,25, d-0, e-37,5

29.Odam tanasining rangi ikki juft polimer genlarga bog’liq. Terisining rangi oraliq bo’lgan avlodlarning dominant genlar sonini toping.

A.4 ta B.3 ta C. 2 ta D. 1 ta

30.Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 3kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,5kg bo`lsa, A1A1A2a2 va a1a1a2a2 chatishtirilganda olingan mevalar og`irliklari to`gri ko`rsatilgan javobni aniqlang.(gramm birlikda)

A)2250;1875 B) 2625;1875

C)2500;2625 D) 2250;2500

31. Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 3kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,5kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan mevalarning nechtasi 2250gr og`irlikka ega bo`ladi.

A)6 B)8 C)4 D)2

32.Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 3kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,5kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan mevalarning nechtasi 2625gr og`irlikka ega bo`ladi.

A)6 B)8 C)4 D)2

33.Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 3kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,5kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan mevalarning nechtasi 1875gr og`irlikka ega bo`ladi.

A)6 B)8 C)4 D)2

34.Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 3kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,5kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan mevalarning nechtasi 1500gr og`irlikka ega bo`ladi.

A)6 B)1 C)4 D)2

35.Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4,8kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,6kg bo`lsa, A1A1A2a2 va a1a1a2a2 chatishtirilganda olingan mevalar og`irliklari to`gri ko`rsatilgan javobni aniqlang.(gramm birlikda)

A)2400;1600 B)3200;2400

C)3200;1200 D)3600;2400

36.Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4,8kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,6kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan mevalarning nechtasi 3200 gr og`irlikka ega bo`ladi.

A)8 B)6 C)4 D)2

37.Oshqovoq mevasining og`irligi uch juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 3 juft dominat gendan iborat bo`lsa 3kg, agar 3 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,5kg bo`lsa, a1a1A2A2a3a3 va A1A1A2A2A3A3 genli qovoq chatishtirilganda hosil bo`ladigan qovoq mevasi og`irligini aniqlang.

A)2500 B)2250 C)2000 D)2750

38.Oshqovoq mevasining og`irligi uch juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 3 juft dominat gendan iborat bo`lsa 3kg, agar 3 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,5kg bo`lsa, A1A1a2a2a3a3 va a1a1A2A2A3A3 genli qovoq chatishtirilganda hosil bo`ladigan qovoq mevasi og`irligini aniqlang.

A)2500 B)2250 C)2000 D)2750

39.Qizil va oq donli bug`doylar o`zaro chatishtirilganda F1 da pushti, F2 da esa qizil, och qizil, pushti, och pushti va oq donli bug`doylar olingan bo`lsa. F2 da olingan och pushti donli bug`doylarning necha foizi taxliliy chatishtirilganda ajralish ro`y bermaydi?

A)100 B)0 C)25 D)50

40. Oshqovoq mevasining og`irligi uch juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 3 juft dominat gendan iborat bo`lsa 3kg, agar 3 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,5kg bo`lsa, A1A1a2a2a3a3 va A1A1A2A2a3a3 genli qovoq chatishtirilganda hosil bo`ladigan qovoq mevasi og`irligini aniqlang.

A)2500 B)2250 C)2000 D)2750

41.Qizil va oq donli bug`doylar o`zaro chatishtirilganda F1 da pushti, F2 da esa qizil, och qizil, pushti, och pushti va oq donli bug`doylar olingan bo`lsa. F2 da olingan avlodlarning necha foizi taxliliy chatishtirilganda ajralish ro`y beradi?

A)75 B)62,5 C)50 D)37,5

42.Oshqovoq mevasining og`irligi uch juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 3 juft dominat gendan iborat bo`lsa 3kg, agar 3 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,5kg bo`lsa, A1A1a2a2a3a3 va a1a1A2A2a3a3 genli qovoq chatishtirilganda hosil bo`ladigan qovoq mevasi og`irligini aniqlang.

A)2500 B)2250 C)2000 D)2750

43.Digomozigota oq va qizil donli bug`doylar o`zaro chatishtirilganda olingan F1 duragaylar o`zaro chatishtirilganda hosil bo`lgan pushti rangli donlarning necha foizi taxliliy chatishtirilganda ajralish ro`y bermaydi?

A)33,3% B)12,5% C)66,65 D)25%

44.Digomozigota oq va qizil donli bug`doylar o`zaro chatishtirilganda olingan F1 duragaylar o`zaro chatishtirilganda hosil bo`lgan och qizil rangli donlarning necha foizi taxliliy chatishtirilganda ajralish ro`y bermaydi?

A)0% B)12,5% C)100% D)25%

45.Digomozigota oq va qizil donli bug`doylar o`zaro chatishtirilganda olingan F1 duragaylar o`zaro chatishtirilganda hosil bo`lgan och qizil rangli donlarning necha foizi taxliliy chatishtirilganda ajralish ro`y beradi?

A)0% B)12,5% C)100% D)25%

46.Oshqovoq mevasining og`irligi uch juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 3 juft dominat gendan iborat bo`lsa 3kg, agar 3 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,5kg bo`lsa, a1a1a2a2a3a3 va a1a1a2a2A3A3 genli qovoq chatishtirilganda hosil bo`ladigan qovoq mevasi og`irligini aniqlang.

A)2500 B)2250 C)2000 D)1750

47.Makkajo`xori gulining qizil rangi A_B_ gen ta`sirida yuzaga chiqadi.Dominat genlarning birining bo`lishi sariq rangni uchramasligi oq rangni yuzaga chiqaradi. Qizil va oq gulli makkajo`xorilar chatishtirilganda F1 da qizil gulli o`simliklar olindi. F2 olingan o`simliklarning necha foizi fenotipi qizil rangli makkajo`xoriga o`xshab genotip jihatdan farq qiladi.

A)31,25 B)25 C)56,25 D)75


Download 194.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling